Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Azimak kaps. 500 mg №3
Nomi | Narx | |||||
Азимак капс. 500мг №3 (90040124##2 233) |
UZS 51 400
Stokda yetarli (11)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Азимак капс. 500мг №3 (90040124##2 234) |
UZS 51 400
Stokda yetarli (8)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Азимак капс. 500мг №3 (90040124##2 271) |
UZS 51 400
Stokda yetarli (10)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Азитромицин
Страна производитель
Грузия
Дозировка
500 мг
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Azimak
Ta'sir etuvchi modda (XPN) azitromitsin
Dori shakli
kapsulalar.
Tarkibi
Preparatning bir kapsulasi quyidagilarni saqlaydi
faol modda 250 mg azitromitsin;
yordamchi moddalar jelatinlangan kraxmal, magniy stearati.
Preparatning bir kapsulasi quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500 mg azitromitsin;
yordamchi moddalar gidroksipropiltsellyuloza, magniy stearati.
Ta'rifi №0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsula rangi – qopqog‘i va korpusi yashil. Kapsula ichidagisi – oq kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
antibiotik
ATX kodi J01FA10.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklar – azolidlarning yangi kichik guruhining birinchi vakilidir. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori kontsentratsiyalari hosil qilinganida bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi.
Azimak grammusbat (shu jumladan beta-laktamaza hosil qiluvchilar, stafilokokklar, streptokokklar) va grammanfiy (enterokokklar, ichak va gemofil tayoqchalari) bakteriyalarga, mikoplazmalar, legionellalar, bakteroidlar, xlamidiyalar va boshqalarga nisbatan faol.
Farmakokinetikasi
Azitromitsin me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bu uning kislotali muhitda turg‘unligi va lipofilligi bilan bog‘liq. 500 mg ichga qabul qilinganidan keyin Smax
0,4 mg/l ni tashkil qiladi, biroq to‘qimalar va xujayralardagi kontsentratsiyasi zardobdagiga qaraganda 10-50 marta yuqori; bunda infektsiya o‘choqlarida sog‘lom to‘qimalardagiga qaraganda yuqori (24-34% ga) va yallig‘lanish shishining darajasi bilan to‘g‘ri keladi. Biokiraolishi 37% ni tashkil qiladi. Oxirgi dozasi qabul qilinganidan keyin infektsion yallig‘lanish o‘chog‘ida 5-7 kun davomida bakteritsid kontsentratsiyalarda saqlanadi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi
-yuqori va quyi nafas yo‘llarining va LOR a'zolarining infektsiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta otit, bronxit, bakterial va atipik pnevmoniyalar);
-skarlatina;
-teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar);
-urogenital yo‘llarining infektsiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit);
-Layma kasalligi (borrelioz);
-Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan me'da va o‘nikki barmoqli ichakning kasalliklari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Azimakni albatta ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin qabul qilish kerak.
Preparat sutkada 1 marta qabul qilinadi.
Kattalarga nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlarini infektsiyalarida, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida 1 kunda 500 mg dan buyuriladi, so‘ngra 250 mg dan 2-5 kunlari yoki sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1,5 g).
Uroginetal yo‘llarining o‘tkir infektsiyalarida bir marta 1 g buyuriladi.
Layma kasalligida (borreliozda) birinchi bosqichni davolash uchun (erythema migrans) 1 g dan kuniga 1 marta va 500 mg dan har kuni 2-5 kunlari (kurs dozasi – 3 g).
Bolalarga preparat tana vazni hisobidan buyuriladi.
Tana vazni 10 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga 1 kun – 10 mg/kg tana vazniga; keyingi 4 kun – 5 mg/kg dan. Uch kunlik davolash kursi mumkin; bu holda bir martalik doza 10 mg/kg ni tashkil qiladi. Kurs dozasi –tana vazniga 30 mg/kg.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum.
Infektsiyalar
Tez-tez emas — kandidoz, vaginit.
Qon va limfa tizimi tomonidan
Tez-tez emas — neytropeniya.
Kam hollarda — neytrofiliya, eozinofiliya, trombotsitopeniya.
MNT tomonidan
Tez-tez emas — bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, ta'mni buzilishi, sinkope.
Kam hollarda — uyqusizlik, giperfaollik, tez charchash, paresteziya, asteniya.
Ruhiy buzilishlar
Kam hollarda — tajavvuzkorlik, qo‘zg‘alish, xavotirlik va asabiylik.
Eshitish a'zolari tomonidan
Kam hollarda — eshitishni buzilishi, karlik va quloqlarda shovqin.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan
Kam hollarda — AG, taxikardiya, aritmiya, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi, (boshqa makrolidlarni qo‘llashda kuzatilgan). Q–T uzayishi va torsades de pointes turi bo‘yicha aritmiyalar.
MIY tomonidan
Tez-tez emas — ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq.
Tez-tez emas — suyuq ich kelishi, meteorizm, ovqat xazm qilishni buzilishi, anoreksiya, dispepsiya.
Kam hollarda — qabziyat, til rangini o‘zgarishi, pankreatit. Soxtamembranoz kolit holatlari aniqlangan.
Gepatobiliar tizimi tomonidan
Kam hollarda — gepatit vaxolestatik sariqlik.
Juda kam hollarda — jigar nekrozi, jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan
Tez-tez emas — qichishish, toshma.
Kam hollarda — angionevrotik shish, eshakemi, fotosensibilizatsiya, ko‘pshaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.
Suyak-muushak tizimi tomonidan
Tez-tez emas — artralgiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan
Kam hollarda — interstitsial nefrit, O‘BE.
Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi
Tez-tez emas —AsAT, AlAT, kreatinin, LDG, bilirubin va IF miqdorini oshishi kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Marolid antibiotiklariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Azitromitsinni antatsidlar bilan bir vaqtda qo‘llash azitromitsinni biokiraolishiga ta'sir qilmaydi, biroq qon plazmasida azitromitsinni Smax 30% ga kamayadi. Shuning uchun azitromitsinni antiatsidlarni qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin qo‘llash lozim.
Makrolid antibiotiklar bilan (masalan, eritromitsin, klaritromitsin) kuzatilishi mumkin bo‘lgan ko‘pgina o‘zaro ta'sirlar, hozirgi vaqtgacha azitromitsin bilan aniqlanmagan. Azitromitsin sitoxrom R450 ferment tizimiga ta'sir qilmaydi deb taxmin qilish mumkin va shuning uchun preparatlar bilan ushbu tizimga o‘zaro ta'siri yo‘q. Biroq azitromitsin va boshqa makrolidlar guruhi antibiotiklari o‘xshash farmakokinetik ta'sirga ega va analogik o‘zaro ta'sirning ehtimolini istisno etib bo‘lmaydi. Digoksin, ergotamin yoki digidroergotamin va CYP izofermenti bilan metabolizmga uchraydigan preparatlar (tsiklosporin, geksobarbital, terfenadin va fenitoin) bilan azitromitsinni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlar domiy kuzatuvni talab etadi, chunki bu ushbu preparatlarning qon plazmasida kontsentratsiyasi, shuningdek ushbu dori preparatlarining nojo‘ya samaralarini rivojlanishi xavfini oshiradi. Ushbu o‘zaro ta'sirlar aynan azitromitsin uchun xabar berilmagan, biroq boshqa makrolidlar guruhi xaqida xabar berilgan.
Azitromitsinni varfarin bilan bir vaqtda qabul qilgan barcha patsiyentlarda protrombin vaqtini nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi. Makrolidlar guruhi antibiotiklari va varfarinni bir vaqtda qo‘llash antikoagulyant samaraning oshishi bilan assosatsiyalanganligini klinik amaliyot ko‘rsatdi.
Azitromitsin atorvastatinning farmakokinetikasiga ahamiyatsiz darajada ta'sir ko‘rsatadi va shuning uchun preparatlarning dozasiga to‘g‘rilashni kiritish tavsiya etilmaydi. Biroq lovastatinni uzoq muddat qo‘llanilgan patsiyentlarda azitromitsinni peroral qabul qilish (250 mg dan 5 sutka davomida) rabdomioliz rivojlanishini tezlashtirishi mumkin.
Azitromitsin va nelfinavirni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida azitromitsinning kontsentratsiyasini oshiradi.
Azitromitsinni dozasiga to‘g‘rilashni kiritishning zarurati bo‘lmasa ham, azitromitsinning jigar fermentlarining ko‘rsatkichlarini buzilishi va eshitishni buzilishi kabi nojo‘ya samaralarini rivojlanishini oldini olish maqsadida patsiyentlarni doimiy kuzatuvi talab etiladi.
Azitromitsinni terapevtik dozalarda qabul qilganda ushbu preparatlarning farmakodinamikasiga kam ta'sir ko‘rsatadi indinavir, zidovudin, didanozin, triazolam, midazolam, karbamazepin, setirizin, trimetoprim, sulfametoksazol, flukonazol, rifabutin, sildenafil va teofillin. Efavirenza yoki flukonazolni azitromitsin bilan bir vaqtda qo‘llash azitromitsinni farmakokinetikasiga kam ta'sir ko‘rsatadi va preparatlarning dozasiga to‘g‘rilash kiritishni talab etmaydi.
Makrolidlar guruhi antibiotiklari pimozidning metabolizmini bostirishi mumkin, bu qon plazmasida o‘zgarmagan pimozidning kontsentratsiyasini oshiradi. Pimozidning ushbu farmakokinetik buzilishlari Q-Tva Q-Tc intervalining uzayishini chaqirishi mumkin, pimozidni makrolidli antibiotiklar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Q-T intervalini uzaytiradigan boshqa preparatlar bilan (xinidin, siklofosfamid, sizaprid, ketokonazol, terfenadin, galoperidol, litiy) qabul qiluvchi patsiyentlarga azitromitsinni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaktsiyalar
Azitromitsin bilan davolashni qabul qilayotgan patsiyentlarda angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir allergik reaktsiyalar kelib chiqishi mumkin. Ushbureaktsiyalar kelib chiqqanda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va simptomatik davolashni buyurish lozim. Davolash to‘xtatilganidan so‘ng ayrim patsiyentlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yana saqlanishi mumkin, bu shifokor nazorati ostida maxsus yordamni talab etadi.
Uzaygan yurak repolyarizatsiyasi va Q-T intervali
Yurakning uzaygan repolyarizatsiyasining yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarga azitromitsinni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi
-Q-T intervalini tug‘ma yoki aniqlangan uzayishi;
-Q-T intervalini uzaytiruvchi boshqa preparatlar, masalan I a va III sinf antiaritmik preparatlari, sizaprid va terfenadin bilan bir vaqtda qabul qilish;
-elektrolitlar almashinuvi buzilishida, ayniqsa gipokaliyemiya va gipomagniyemiya holatida;
-klinik ahamiyatga ega bradikardiya, aritmiya yoki og‘ir yurak yetishmovchiligida.
Streptokokkli infektsiyalar. Streptococcus pyogenes chaqirganLOR –a'zolarining infektsiyalarini (faringit/tonzillit) davolashda va bo‘g‘imlarning revmatik shikastlanishlarini oldini olish sifatida penitsillin birinchi qator preparati hisoblanadi. Shuningdek, azitromitsin LOR-a'zolarini infektsion shikastlanishida samaralidir, biroq revmatik poliartritni oldini olishda uning samarasini tasdiqlovchi xech qanday ma'lumotlar yo‘q.
Superinfektsiya. Boshqa antibakterial preparatlar bilan davolashdagi kabi, sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar, shu jumladan zamburug‘lar chaqirgan superinfektsiyaning simptomlarini kelib chiqishi ehtimolini hisobga olish lozim.
Jigar funktsiyasini buzilishi. Azitromitsin asosan jigar orqali chiqarilganligi uchun, azitromitsinni jigarni og‘ir yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilmaydi. Tez rivojlanuvchi asteniya sariqlik, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi bilan birgalikda kelishi kabi jigar funktsiyasini buzilishi paydo bo‘lganida, qon ketishi yoki entsefalopatiyaga moyilligi bo‘lganda jigar funktsiyasini tekshirishni o‘tkazish lozim.
Buyrak funktsiyasini buzilishi. Azitromitsinni og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga (glomerulyar filtratsiya tezligi <10 ml/min) buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki ushbu patsiyentlarda azitromitsinga tizimli ekspozitsiya 33% ga oshadi.
Miasteniya gravis. Azitromitsini qabul qilgan patsiyentlarda miasteniya sindromlari holatlari va miasteniya simptomlarining xurujlari xaqida xabar berilgan.
Diareya. Deyarli barcha antibakterial vositalarni, shu jumladan Azitromitsinni qo‘llashdagi kabi, Clostridium difficile bilan bog‘liq bo‘lgan diareyaning holatlari xaqida xabar berilgan, ular kuchsiz ifodalangan diareyadan to kolitni o‘lim bilan tugashi holatlarigacha bo‘lgan.
Anamnezni sinchkovlik bilan tahlilqilish lozim, chunki Clostridium difficile bilan bog‘liq bo‘lgan diareya antibakterial preparatlarni qabul qilgandan so‘ng 2 oydan keyin rivojlanishi mumkin va davolanishga turg‘un bo‘lishi va koloektomiyaga sabab bo‘lib qolishi mumkin.
Ergotizm. Shoxkuya hosilalari va makrolidli antibiotiklarni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda, ba'zida ergotizmning ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. Shoxkuya hosilalari va azitromitsin orasida o‘zaro ta'sirini tasdiqlovchi ma'lumotlar yo‘q. Biroq, makrolidlar va shoxkuya hosilalarini qabul qilayotgan shaxslarda ergotizmning amalda rivojlanishi tufayli, azitromitsin bilan davolanishda shoxkuya hosilalarini qabul qilishdan saqlanish lozim.
Preparat bilan davolanish vaqtida spirtli ichimliklarni ichishdan saqlanish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya
Preparatni qo‘llash xavfsizligiga tegishli ma'lumotlarni yetarli emasligini hisobga olib, azitromitsinni homiladorlik yoki emizish davrida buyurish tavsiya etilmaydi, faqat preparatni qo‘llashdagi ona uchun kutilayotgan samara homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun xavfdan ustun bo‘lgan holatlar bundan istisno.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rishini buzilishi kabi nojo‘ya reaktsiyalarni kelib chiqishi ehtimolini hisobga olish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Azitromitsin bilan dozani oshirib yuborilishida uni oddiy terapevtik dozalarda qabul qilgandagi kabi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Makrolidlar guruhi antibiotiklari bilan dozani oshirib yuborilishi eshitishni yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya bilan namoyon bo‘ladi.
Davolash faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish va organizmning hayot uchun muhim bo‘lgan funktsiyalarini tutib turishga yo‘naltirilgan simtomatik davolashni o‘tkazish.
Chiqarilish shakli
250 mg dan 6 kapsula yoki 500 mg dan 3 kapsula.
Saqlash sharoiti
10-250S haroratda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha!
Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd.
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel. +995 32 2404801/02; Faks +995 32 2404803
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«GMP» MChJ Vakolatxonasi,
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik prospekti, 75
Tel. 141-03-73
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.