Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Furasol kukun 1000mg №15 (paketiklar)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фуразидина калия
Страна производитель
Латвия
Дозировка
100 мг 1000 мг
Производитель
Олайнфарм, АО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления раствора для наружного применения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Furasol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) furazidin
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
Har bir paketcha quyidagilarni saqlaydi
faol modda furazidin kaliy - 100,0 mg;
yordamchi modda natriy xloridi - 900,0 mg.
Kukunning umumiy massasi – 1000,0 mg.
Ta'rifi to‘q sariq-jigarrang rangli yirik kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
antibakterial sintetik vosita (nitrofuranlar guruhi).
ATX kodi A01AV11
Farmakologik xususiyatlari
Mikroblarga qarshi vosita, nitrofuran hosilasi. Grammusbat kokklar (Staphylococcus spp., Streptococcus spp.), grammanfiy tayoqchalar (E. coli, Salmonella spp., Shigella spp., Klebsiella spp.) ga nisbatan samarali. Plasmodium aeruginosa, Enterococcus spp., Acinetobacter spp., Proteus spp., Serratia spp. ning ko‘pgina shtammlari chidamli. Ta'sir mexanizmi nuklein kislotalarini sintezini ingibitsiya qilinishi bilan bog‘liq. Kontsentratsiyaga qarab bakteritsid yoki bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadi.
Ko‘pgina bakteriyalarga nisbatan bakteriostatik kontsentratsiyasi 10-20 mkg/ml dan yuqorini tashkil etadi. Bakteritsid kontsentratsiyasi taxminan 2 marta yuqori. Nitrofuranlar ta'siri ostida mikroorganizmlarda nafas zanjiri va trikarbon kislotalari siklining (Krebs sikli) faolligini susayishi, shuningdek boshqa biokimyoviy jarayonlarni susayishi yuz beradi, bu ularning qobig‘ini yoki sitoplazmatik membranasini parchalanishiga olib keladi. Nitrofuranlar komplementning titri va leykotsitlarning mikroorganizmlarni fagotsitoz qilish qobiliyatini oshiradi. Dori vositasi teri qoplamalari va shilliq qavatlarda qo‘llanilganda ta'sirlovchi samara va og‘riq hislarini chaqirmaydi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz-halqumning infektsion-yallig‘lanish kasalliklari, infektsiyalangan yaralarni majmuaviy davolashda sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.
Eritmani qo‘llashdan bevosita oldin tayyorlanadi. Tayyorlangan eritmani saqlash mumkin emas.
Og‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz-halqumning infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini majmuaviy davolashda
-Paketcha ichidagisi bir stakan (200 ml) issiq qaynatilgan suvda eritiladi va iliq eritma og‘iz va og‘iz-halqumni kuniga 2-3 marta chayish uchun qo‘llanadi.
Infektsiyalangan yaralarni majmuaviy davolashda
-Paketcha ichidagisi bir stakan (200 ml) issiq qaynatilgan suvda yoki distillangan suvda eritiladi. Iliq eritma infektsiyalangan yaralarga kuniga 1-2 marta ishlov berish uchun qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi Furasol nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
MedDRA (Reglamentar faoliyat terminologiyasining tibbiy lug‘ati) tasnifi tizimi bo‘yicha nojo‘ya ta'sirlarning tez-tezligi
Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan 1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan 1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan 1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar juda kam hollarda – allergik reaktsiyalar.
Allergik reaktsiyalar rivojlangan hollarda darhol preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak (antigistamin preparatlari, kaltsiy xloridi va V guruhi vitaminlari qabul qilish tavsiya etiladi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Furazidin kaliyga yoki nitrofuran qatori boshqa preparatlariga yuqori sezuvchanlik. Allergik dermatit. Homiladorlik va emizish davri.
Og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqumni chayish uchun 4 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas (bola xali og‘iz bo‘shlig‘i va og‘iz-halqumni chayishni bilmaydi).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antibiotiklar bilan qo‘llanilganda sinergizm (samaradorlikni o‘zaro kuchayishi) ni namoyish qiladi.
Preparat bilan davolash vaqtida alkogolni iste'mol qilgan hollarda teri allergik reaktsiyalarini rivojlanish ehtimoli oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Eritma terini sariq rangga bo‘yaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Qo‘llash mumkin emas. Dori vositasini homiladorlik va emizish davrida qo‘llashning xavfsizligi haqida adekvat nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin..
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
1000,0 mg dan preparat laminat paketchalarga qadoqlanadi.
15 laminat paketchalar iste'molchilar uchun karton qutiga joylanadi.
Har bir qutiga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi joylanadi.
Paketcha burunligi buzilganda ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Quruq, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
va qayd etish guvohnomasining egasi
“Olaynfarm” AJ
Manzili Rupnitsu ko‘ch. 5, Olayne, LV-2114, Latviya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.