Bronxit va pnevmoniyada qo’llaniladigan antibiotiklarni qanday tanlash kerak?
Bronxitga bakterial infeksiya sabab bo‘lgan hollarda antibiotiklar qo‘llaniladi. Hozirda bronxit tez-tez uchraydigan kasalliklardan biri bo‘lib, o‘z vaqtida davolanmasa, xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kasallik o‘tkir va surunkali shakllarda o‘tishi mumkin. Kasallik o‘tkir davrda kechayotganida majburiy medikamentoz davolanish talab etiladi, surunkali bronxitda esa asosan qo‘zg‘alish davrida davolaniladi.
Kasallik alomatlari:
-
kuchli yo‘tal;
-
balg‘am ajralishi;
-
yuqori harorat;
-
terlash;
-
umumiy holsizlik;
-
va boshqalar.
"Bronxit" tashxisi faqat vrach tomonidan laboratoriya-klinik tekshiruvlar natijalari asosida qo‘yilishi mumkin. Kasallikning tabiatini, ya’ni uning kelib chiqish sababini faqat laboratoriya tahlillari ko‘rsatadi.
Bronxit kasalligiga qarshi qanday turdagi antibiotiklarni qo‘llash mumkin?
Kattalar uchun antibiotik sifatida makrolidlar va beta-laktamlar ishlatiladi. Odatda, oxirgi avlod dori vositalari eng samarali hisoblanadi. Profilaktik chora sifatida antibiotiklarni qabul qilish, shuningdek, bolalar va kattalarda bronxitda antibiotiklarni mustaqil ravishda tanlash tavsiya etilmaydi, chunki noto‘g‘ri terapiya yoki kerakli ta’sir ko‘rsatmaydi, yoki yanada yomon oqibatlarga olib keladi.
Pnevmoniya va bronxitda antibiotiklar tabletka, kapsula, suspenziya, kukun, inyeksiya uchun eritma ko’rinishida ishlab chiqariladi.
Kasallikni antibiotiklar bilan davolash, odatda, keng ta’sir doirasiga ega dorilarni simptomatik dorilar bilan birgalikda qabul qilishdan boshlanadi.
Toshkentda kattalar va bolalar uchun bronxit va pnevmoniyaga qarshi antibiotiklarni tabletka shaklida sotib olish
PharmaClick.uz yordamida siz kerakli dorilarni arzon narxlarda va Toshkentning har qanday nuqtasiga yetkazib berish xizmati bilan osongina va tezda topishingiz mumkin. Kuryerlar buyurtmani boshqa shaharlarimizga ham yetkazib bera oladilar. Agar sizda bronxit va pnevmoniya uchun antibiotiklar haqida qo'shimcha savollar bo'lsa, bizning onlayn mutaxassislarimizga murojaat qilishingiz va maksimal darajada batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.