Ayollarda sistitda antibiotiklar kerakmi?
Sistitda antibiotik mutaxassis tomonidan kasallikning o‘tkir va surunkali shakllarini davolash uchun buyuriladi.
Patologiyaga infeksiya sabab bo‘lishi mumkin, aksariyat hollarda kasallik qo‘zg‘atuvchisi - ichak tayoqchasidir. Bunday holda davolash uchun antibakterial terapiya zarur.
Kasallikning asosiy belgilari:
-
tana haroratining ko‘tarilishi;
-
holsizlik;
-
bosh aylanishi;
-
siydik tuta olmaslik;
-
yolg‘on chaqiriqlar;
-
qovuqning to‘liq bo‘shalmaganligini his qilish;
-
uretra sohasida achishish.
Ayollar bu kasallikka erkaklarga qaraganda ko‘proq chalinadilar. Kasallik sabablari orasida eng keng tarqalgani – bu gigiyena qoidalariga rioya etmaslik va noto‘g‘ri yuvinish natijasida bakteriyalarning organizmga kirishi.Stafilokokklar, enterokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar, zamburug‘lar, gerpes virusi, ichak tayoqchasi kasallik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lishi mumkin. Kasallik surunkali shaklga o‘tganda, haddan tashqari sovqotish, doimiy stress, ortiqcha charchash, immunitetning pasayishi, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik kabi omillar patologik holatning kuchayishiga olib keladi.
Sistitda qaysi antibiotiklar eng samarali hisoblanadi?
Sistitda qabul qilinadigan antibiotiklar turli xil dori shakllarida ishlab chiqariladi. Sistit tabletka, kapsula, ukol, kukun va suspenziya ko‘rinishidagi antibiotiklar bilan davolanadi.
Ayollar va erkaklarda sistitni antibiotiklar bilan davolash samaralidir. Kasallikni davolashda qo‘llaniladigan antibiotiklar ro‘yxati ancha keng. Antibakterial terapiya simptomatik terapiya bilan birgalikda o‘tkaziladi.
Erkaklar, ayollar va bolalarda sistitda antibiotiklarning ta’siri kasallik qo‘zg‘atuvchisini yo‘q qilishga qaratilgan. Immunomodulyatorlar, polivitaminlar, spazmolitiklar, yallig‘lanishga qarshi yoki og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilish bilan kompleks davolash, odatda, retsidivlarning oldini olish uchun yetarlicha samarali bo‘ladi.
Preparatlarning quyidagi guruhlari eng samarali hisoblanadi:
-
aminoglikozidlar;
-
karbapenemalar;
-
penitsillinlar;
-
sefalosporinlar.
Toshkentda sistitga qarshi eng yaxshi antibiotikni xarid qilish
PharmaClick.uz - bu keng spektrli sistitga qarshi yuqori sifatli antibiotiklarni arzon narxlarda topish va xarid qilishingiz mumkin bo‘lgan onlayn-aptekadir. Saytda poytaxtning istalgan tumaniga yoki respublikaning boshqa shaharlaridagi maxsus punktlarga yetkazib berish orqali buyurtirish mumkin bo‘lgan dorilarning katta tanlovi mavjud. Bizning onlayn mutaxassislarimiz esa qo‘shimcha savollar paydo bo‘lganda javob topishga yordam beradilar.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.