Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fosfotsineo in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 4g №5 (Flakonlar)
Fosfotsineo in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 4g №5 (Flakonlar)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фосфомицин
Страна производитель
Турция
Дозировка
4г
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления раствора для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fosfotsineo
Ta'sir etuvchi modda (XPN) fosfomitsin natriy
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1,0 g (1,000,000 fosfomitsin birligi) yoki 4 g (4,000,000 fosfomitsin birligi);
yordamchi modda limonnaya kislota
Ta'rifi oq yoki deyarli oq kristall kukun
Farmakoterapevtik guruhi
Fosfon kislotasi xosilalari guruhi antibiotigi. Uroantiseptik
ATX kodi J01XX01
Farmakologik xususiyatlari
Antibakterial va bakteritsid xususiyatga ega.
Farmakodinamika
si
Keng ta'sir doirasiga ega antibakterial vosita.
Ko‘pchilik grammanfiy mikroorganizmlar, shu jumladan Pseudomonas aeruginosa, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Klebsiella pneumoniae, va grammusbat mikroorganizmlar Staphylococcus spp. (v t.ch. Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis), Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus faecalis) ga nisbatan faol.
Ta'sir mexanizmi bakteriyalarning xujayra devori sintezini birinchini bosqich susayishi bilan bog‘liq. Fosfoenol piruvatni struktur analogi bo‘lib, N-atsetil-glyukozamino-3-O-enolpiruvil-transferaza fermenti bilan o‘zaro raqobatli ta'sir qiladi, natijada ushbu fermentni spetsifik, tanlangan va qaytmas ingibitsiyasi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga yuborilganda Smax - 74-87,3 mkg/ml teng, preparatni mushak ichiga yuborilgandagiga qaraganda TSmax – ikki martaga qisqaroq.
Balg‘amda Smax — 7 mkg/ml , TSmax – 180 minutni tashkil qiladi.
Qon oqsillari bilan 2,16% ga bog‘lanadi.
Suyuqlik va organizmni turli to‘qimalariga yaxshi o‘tish xususiyatiga ega.
Metabolizm jarayoniga uyramaydi.
Vena ichiga in'ektsiyasidan keyin yarim chiqarilish davri - 1,5-1,7 soat.
O‘zgarmagan xolda siydik orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-MNT infektsiyalari bakterial meningit (birlamchi va ikkilamchi, shu jumladan operatsiyadan keyingi), ventrikulit;
-yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, shu jumladan periferik qon aylanishi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda (qandli diabet, oyoq arteriyalari kasalliklari), kuygan jarohatlar infektsiyasi;
-suyak va bo‘g‘imlarning infektsiyalari kattalar va bolalardagi o‘tkir va surunkali gematogen osteomiyelit, jaroxatdan keyingi va operatsiyadan keyingi osteomiyelitlar, infektsion artritlar;
-quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari statsionar davolashni talab etuvchi, ayniqsa penitsillinga chidamli pnevmokokklarni ajralishi xollaridagi bakterial pnevmoniyalar, shu jumladan grammanfiy qo‘zg‘atuvchilar Enterobacteriaceae oilasidan; mukovistsidozli bemorlardagi o‘pka infektsiyalari;
-qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari o‘tkir xoletsistit, xolangit, ikkilamchi peritonit;
-ayollardagi kichik tos a'zolarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari salpingit, endometrit, pelvioperitonit, adneksit, ona qornidagi infektsiya;
-siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari o‘rtacha og‘ir va og‘ir kechuvchi o‘tkir piyelonefrit, asoratlangan va surunkali siydik yo‘llarining infektsiyalarini kuchayishi (siydik-tosh kasalligi fonida piyelonefrit, gidronefrozni infektsion asorati, urologiyadagi operatsiyadan keyingi infektsiyalar);
-bakterial endokardit.
Boshqa guruh antibiotiklari bilan fosfomitsinni majmuaviy qo‘llash uchun ko‘rsatmalar og‘ir infektsiyalar hisoblanadi, shu jumladan aralash flora tomonidan chaqirilgan infektsiyalar, shuningdek oldin o‘tkazilgan davolashning natijasizligi
-septitsemiya, enterobakteriyalar chaqirgan (Klebsiella spp., Proteus spp., Enterobacter spp., Serratia mercessens) va Pseudomonas aeruginosa – sefalosporinlar, penitsillinlar bilan (ko‘kyiringli tayoqchalarga nisbatan faol), aminoglikozid yoki ftorxinolonlar bilan majmuada;
-bakterial meningit - sefalosporinlar, ampitsillinlar yoki rifampitsinlar bilan majmuada;
-Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis yoki Enterococcus spp. metitsillin-sezuvchan shtammlari chaqirgan og‘ir infektsiyalar – oksatsillin yoki ampitsillin bilan majmuada;
-Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis metitsillin-sezuvchan shtammlari chaqirgan infektsiyalar – glikopeptidlar bilan majmuada;
-intraabdominal infektsiyalar va ayollarda kichik tos a'zolari infektsiyalari – anaerob (metronidazol) ga nisbatan faol antibiotiklar bilan yoki aminoglikozidlar bilan majmuada;
- qon kasalliklari va neytropeniya bilan bo‘lgan bemorlardagi infektsiyalar – sefoperazon/sulbaktam, IV avlod sefalosporinlari va karbapenemlar bilan majmuada;
-Pseudomonas aeruginosa polirezistent shtammlari chaqirgan infektsiyalar - IV avlod sefalosporinlari bilan, aztreonam yoki karbapenemlar bilan majmuada.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni vena ichiga tomchilab yuboriladi. Fosfomitsinni mushak ichiga yuborish in'ektsiyasi og‘riq chaqiradi.
Kattalar kuniga 4-12 g, vena ichiga tomchilab, 2-3 qabulga bo‘lingan, jiddiy infektsiyalarda doza 16 g gacha oshirilishi kerak.
Bolalar 0,1-0,3 g/kg, vena ichiga tomchilab, 2-3 qabulga bo‘lingan xolda yuboriladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan va gemodializdagi bemorlarga Fosfotsineo preparatini yuborish tartibiga tuzatish kiritish talab qilinadi
Klirens kreatininiDoza/yuborish vaqti
minutiga 50-90 ml2-4 g har 6-8 soat
minutiga 30-50 ml2-4 g har 12 soat
minutiga 10-30 ml2-4 g har 24 soat
< 10 ml/min2-4 g har 48 soat
Gemodializdagi bemorlarga 2-4 g dan dializning har muolajasidan keyin yuboriladi.
Eritmalarni tayyorlash va yuborish qoidalari
Fosfotsineo 10-20 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi. Tayyor bo‘lgan eritmani 250-500 ml infuziya uchun mutanosib suyuqlikka qo‘shiladi.
Mutanosib infuzion suyuqliklar 0,9% li natriy xlorid eritmasi (fiziologik eritma), 5% dekstroza eritmasi (glyukoza), Ringer eritmasi, Ringer laktat eritmasi.
Fosfotsineo eritilayotganda ekzotermik reaktsiya yuz berishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Fosfomitsin uchun toksiklik minimal xarakterga ega. Davolash odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, kutilmagan nojo‘ya reaktsiyalar kam uchraydi.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan ALT, AST, IF, laktatdegidrogenaza va qon zardobidagi bilirubin faolligini oshishi ko‘rinishida o‘tib ketuvchijigar faoliyatini buzilishlari, juda kam hollarda – sariqlik.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan diareya, kam hollarda-stomatit, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, anoreksiya.
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; juda kam hollarda – tirishishlar (yuqori dozalarda yuborilganda).
Qon yaratish tizimi tomonidan granulotsitopeniya, eozinofiliya, leykopeniya; juda kam hollarda - anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya va agranulotsitoz (<1%).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan periferik shishlar, ko‘krakda diskomfort xissini sezish, ko‘krak qafasida ezilish xissi, yurak urishini tezlashishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan kam hollarda – buyrak faoliyatini buzilishi, mochevinani qondagi kontsentratsiyasini oshishi, proteinuriya.
Mahalliy reaktsiyalar m/i yuborish joyida og‘riq va infiltrat, vena bo‘ylab og‘riq; kam holllarda – flebit.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, et uvishishi yoki isitma, toshma, qichishish, yo‘tal, bronxospazm; juda kam hollarda – anafilaktik shok (<1%).
Boshqalar kam hollarda chanqash, isitma, xolsizlik, elektrolitlar disbalansi (natriy va kaliy).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Fosfomitsinga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash
Dorilarning o‘zaro ta'siri
1.Preparat zardob albuminiga (shu jumladan metitsillin natriyga chidamli zardob albumini) va β-laktam antibiotiklari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ko‘kyiring tayoqchaga nisbatan sinergik ta'sirga ega.
2.Preparat aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda sinergik ta'sirga ega.
3.Uning in vitro antibakterial faolligi glyukoza yoki (va) substratdagi fosfat ta'sirida kamayadi. Uning faolligi glyukozo-6-fosfat qo‘shilganda kuchayadi.
4.Metoklopramid peroral qo‘llanganda qon zardobida va siydikda kontsentratsiyasini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
1.Sekin yuborish tezligi tavsiya etiladi, bir marta vena ichiga yuborish vaqti 1-2 soatdan ko‘proq bo‘lishi kerak.
2.Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llashlari kerak.
3.Jiddiy infektsiyalarni davolashda boshqa β-laktam yoki aminoglikozid kabi antibiotiklar bilan majmuada qabul qilish kerak, shu jumladan preparat dozasini oshirish kerak. Majmuaviy qabul tilla rang stafilakokk chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etiladi.
4.Katta dozalarni qabul qilganda jigar faoliyatini monitoringini o‘tkazish kerak.
5.Preparat in vitro bilvosita ADF gematoblastlar agglyutinatsiyasini ingibitsiya qiladi. Ushbu samara doza oshirilganda oshadi, ammo bu ma'lumotlar klinik amaliyotda mavjud emas.
Homiladorlik va laktatsiya
Agar ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan xollarda homiladorlarda Fosfotsineoni qo‘llash mumkin, va mutaxassis kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
Fosfomitsin juda kam kontsentratsiyalarda ko‘krak suti orqali chiqariladi. Fosfotsineoni laktatsiya davrida qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Fosfomitsin dozasini oshirib yuborilishidagi toksiklik xaqida ma'lumotlar yo‘q.
Davolash ko‘p suyuqlik ichish (diurezni ko‘paytirish uchun), simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Shisha flakonlarda, 1 g yoki 4 g dan fosfomitsin. 2 yoki 10 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Northeast Pharmaceutical Group Shenyang №1 Pharmaceutical Co., Ltd
Manzili
Xitoy, Shenyan sh., Ekonomik va texnologik rivojlangan xudud, Kunmin ko‘ch. 8
O‘rta Osiyodagi mas'ul distribyutor
«Mu Lin Sen» MChJ, http//www.mulinsen.ru
O‘zbekiston, Toshkent sh., 100070, Sh.Rustaveli ko‘ch, 1 berk ko‘cha., 5 uy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.