Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Furamag kaps. 50mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фуразидина калия
Страна производитель
Латвия
Дозировка
50 мг
Производитель
Олайнфарм, АО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Furamag
Ta'sir etuvchi moddaning XPN mavjud emas.
Ta'sir etuvchi moddaning umumiy qabul qilingan nomi furazidin
Dori shakli
kapsulalar.
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 25 mg furazidin kaliy (Furazidinum potassium).
Yordamchi moddalar magniy karbonati asosi, kaliy karbonati, tal'k.
№4 kapsulaning tarkibi titan dioksidi (E 171), temir II oksidi bo‘yovchisi (E 172) va jelatin.
Ta'rifi zarg‘aldoq-jigarrangdan qizg‘ish-jigarrangligacha rangli yirik kukun saqlovchi qattiq №4 kapsulalar (jigarrang-sariq/jigarrang-sariq). Oq, sariq, zarg‘aldoq va zarg‘aldoq-jigarrang rangli zarrachalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar. Nitrofuran hosilalari.
ATX kodi J01XE.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Furamag keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita nitrofuranlar guruhiga kiradi. Furamagga rezistentlik asta-sekin rivojlanadi va yuqori darajaga yetmaydi.
Furamag grammusbat mikroblarga ham, grammanfiy mikroblarga ham, Staphylococcus spp. ning patogen shtammlari va antibiotiklarga chidamli boshqa mikroorganizmlarga nisbatan faol.
Stafilokokklar (Staphylococcus aureus, S. saprophyticus, S. epidermidis), Escherichia coli, Aerobacter aerogenes, Bact. citrovorum, Proteus mirabilis, Proteus morganii ga nisbatan Furamag boshqa nitrofuranlarga qaraganda faolroq. Shuningdek ko‘pgina patogen va shartli-patogen bakteriyalar, shu jumladan Streptococcus agalactiae, Enterococcus spp. – Enterococcus faecalis, Enterococcus faecium va Corynebacterium, ba'zi grammanfiy bakteriyalar (Citobacter amalonaticus, C.diversus, C.freundii, Klebsiella oxytoca, K.ozaenae, Enterobacter, Neisseria, Salmonella, Shigella) nisbatan faol.
Pseudomonas aeruginosa, Proteus spp., Serratia spp. ko‘pgina shtammlari preparatga chidamli.
In vitro sezuvchan ko‘pgina mikroorganizmlar uchun furazidin kaliyning minimal ingibirlovchi kontsentratsiyasi (MIC) 0,2 dan 6 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Ta'sir mexanizmi. Nitrofuranlar mikroorganizmlarning hujayra nafas olish jarayonini buzadi, trikarbon kislotalari siklini (Krebs sikli) ni susaytiradi, shuningdek mikroorganizmlarning nuklein kislotalari biosintezini ingibirlaydi, buning natijasida ularning qobig‘i va sitoplazmatik membranalari parchalanadi.
Nitrofuranlar ta'siri ostida mikroorganizmlar kamroq toksinlar chiqaradi, buning natijasida mikroflorani o‘sishi yaqqol susaygunigacha, patsiyentning umumiy ahvoli yaxshilanishi mumkin.
Nitrofuranlar ko‘pgina mikroblarga qarshi vositalardan farq qilib, organizmning immun tizimini susaytirmasdan, aksincha faollashtiradi (komplementning titrini va leykotsitlarning mikroorganizmlarni fagotsitozlash qobiliyatini oshiradi). Nitrofuranlar terapevtik dozalarda leykopoezni rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Furamag furazidin kaliy va ishqoriy magniy karbonatining 11 nisbatdagi aralashmasi hisoblanadi. Furazidin kaliyning farmakokinetik xususiyatlari oddiy furazidinining xususiyatlaridan farq qiladi. Furazidin kaliyning biokiraolishliligi furazidinni xuddi shu dozada ichga qabul qilganga nisbatan taxminan 3 marta yuqori, shu sababli bakteriostatik samarasi ahamiyatli darajada oshadi.
So‘rilishi – ingichka ichakda, passiv diffuziya yo‘li bilan amalga oshadi. Ingichka ichakning distal segmentidan nitrofuranlarni so‘rilishi proksimal va medial segmentidan so‘rilishidan muvofiq ravishda 2 va 4 marta yuqori (urogenital infektsiyalar va me'da-ichak yo‘llari kasalliklari, shu jumladan surunkali enteritlarni bir vaqtda davolashda e'tiborga olish kerak).
Ovqat qabul qilish dori vositasini so‘rilishiga yordam beradi.
Furamagni 50 mg dozada bir marta qabul qilingandan keyin qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga 3 soatdan keyin erishiladi va 6-8 soat saqlanib qoladi; siydikda furazidin kaliy 2-4 soatdan keyin aniqlanadi. Limfada dori vositasini yuqori miqdorda bo‘lishi klinik jihatdan muhim (limfa yo‘li orqali infektsiyani tarqalishi tutib qolinadi). Zardobga nisbatan faol moddaning kontsentratsiyasi safro va siydikda bir necha barobar yuqori, likvorda esa bir necha barobar past bo‘ladi. So‘lakda furazidinning miqdori, uning zardobdagi kontsentratsiyasining 30% ni tashkil qiladi.
Organizmda dori vositasi bir tekis taqsimlanadi.
Qon va to‘qimalarda furazidinning kontsentratsiyasi nisbatan yuqori emas, bu uni tez chiqarilishi bilan bog‘liq, bunda qonga nisbatan siydikda kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada yuqori.
Buyrak orqali chiqarilishi kalavalar filtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi (85%) yordamida amalga oshadi, naychalarda qisman qayta so‘riladi. Siydikda furazidin kaliyning past kontsentratsiyalarida filtratsiya va sekretsiya jarayonlari ustun bo‘ladi, yuqori kontsentratsiyalarda sekretsiya kamayadi va reabsorbtsiya ortadi.
Boshqa nitrofuranlardan farq qilib, Furamag qabul qilinganidan keyin siydikning rN o‘zgarmaydi.
Kislotali muhitga ega siydikda (rN ≤ 5,5) nitrofuranlarning faolligi ortadi va toksiklikni rivojlanish xavfi oshadi.
Ishqoriy muhitga ega siydikda furazidin kaliyni chiqarilishi kuchayadi va dori vositasining samaradorligi kamayadi.
Buyrakning ajratish faoliyati pasayganida biroz biotransformatsiyaga uchraydi (10% kamroq), metabolizmining jadalligi ortadi. Kunlik doza organizmdan 24 soat davomida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Furazidin kaliyga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalar siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir sistit, uretrit, piyelonefrit), prostatit, teri va yumshoq to‘qimalar infektsiyalari, og‘ir darajali infektsiyalangan kuyishlar, ginekologik infektsiyalarda qo‘llanadi.
Urologik operatsiyalar, sistoskopiya, kateterizatsiya va boshqalarda profilaktika maqsadda qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kapsulani butunligicha, chaynamasdan, ovqatdan keyin, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Kattalar 50-100 mg dan (1-2 kapsula) kuniga 3 marta buyuriladi.
Tana vazni 30 kg va undan yuqori bo‘lgan bolalar 50 mg dan (1 kapsula) kuniga 3 marta buyuriladi.
1 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vazniga 5 mg/kg dan, kunlik dozani 2-3 qabul qilishga bo‘linadi.
BolalarSutkalik doza
YoshiTana vazni kg damg25 mg dan kapsulalar
1-1,5 yosh10-1350-652-3
1,5-2 yosh14-1570-753
3-4 yosh16-1880-903-4
5-6 yosh19-2495-1204-5
7-10 yosh25-30125-1505-6
11 yosh va undan katta30 kg dan ortiq1506
Davolash kursi 7-10 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida 10-15 kunlik tanaffusdan keyin davolash kursi takrorlanadi.
Infektsiyani oldini olish uchun
Kattalar va tana vazni 30 kg va undan yuqori bo‘lgan bolalar 50 mg dan kuniga bir marta buyuriladi.
1 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar surunkali sistit yoki piyelonefritda obstruktsiyani bartaraf etishdan oldin tana vazniga 1-2 mg/kg dan buyuriladi.
Agar dorini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz uni eslashingiz bilan darhol qabul qiling, ammo agar keyingi qabul vaqti yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa qabul qilishni o‘tkazib yuboring. O‘tkazib yuborilgan dozanini o‘rnini to‘ldirish uchun ikkilangan dozani qabul qilmang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Furamag boshqa dori vositalari kabi hamma patsiyentlarda ham namoyon bo‘lmaydigan nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin.
Noxush nojo‘ya reaktsiyalarning rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha tasnifi juda tez (≥ 1/10); tez (≥ 1/100 < 1/10 gacha); tez emas (≥ 1/1000 < 1/100 gacha); kam (≥ 1/10000 < 1/1000 gacha); juda kam (< 1/10000); * namoyon bo‘lish tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga asosan aniqlab bo‘lmaydi).
Tez – bosh og‘rig‘i.
Tez emas – bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, meteorizm.
Kam hollarda – periferik neyropatiya, ko‘rishni buzilishi, qusish, ishtahani yo‘qligi, diareya, dispepsiya, qabziyat, qorinda og‘riq, papulez toshmalar, qichishish.
Juda kam hollarda – qon yaratilishini buzilishi (aplastik anemiya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya), pankreatit, angionevrotik shish, eshakemi, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli eritema, qaytuvchan alopetsiya, yengil darajali bosh miya gipertenziyasi (bosh miya ichki bosimini oshishi), artralgiya (bo‘g‘imlarda og‘riq), xolestatik sariqlik, gepatit, holsizlik, tana haroratini oshishi, o‘pkaning yuqori sezuvchanligining o‘tkir va surunkali reaktsiyalari. O‘tkir o‘pka reaktsiyasi bilan bir vaqtda teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish va mialgiya (mushakda og‘riq) haqida xabar berilgan. O‘tkir o‘pka reaktsiyasi – bir necha soat, kam hollarda – bir necha minut davomida rivojlanishi mumkin bo‘lgan va isitma, eozinofiliya, yo‘tal (balg‘am bilan yoki balg‘amsiz), ko‘krakda og‘riq, kuchli hansirash bilan xarakterlanadigan yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi. O‘tkir o‘pka reaktsiyasi qaytuvchan xarakterga ega, odatda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatgandan keyin o‘tib ketadi. Surunkali o‘pka reaktsiyalari nitrofuranlar bilan davolash to‘xtatilganidan keyin uzoq vaqt davr davomida paydo bo‘lishi mumkin va asta-sekin kuchayib boruvchi hansirash, nafasni tezlashishi, isitma, eozinofiliya, avj olib boruvchi yo‘tal, interstitsial pnevmoniya va/yoki o‘pka fibrozi bilan xarakterlanadi.
Furamag siydikni to‘q-sariq yoki jigarrang rangga bo‘yaydi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya samaralarni namoyon bo‘lishi preparatni ovqat bilan qabul qilishda kamayadi.
Nojo‘ya ta'sirlardan saqlanish yoki yaqqolligini kamaytirish uchun ko‘p miqdorda suyuqlik iste'mol qilish, V guruhi vitaminlari va antigistamin vositalarini qabul qilish tavsiya qilinadi. Yaqqol namoyon bo‘lgan nojo‘ya samaralarda dori vositasining dozasini kamaytirish yoki qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Agar davolash vaqtida yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya ta'sir paydo bo‘lsa yoki ko‘rsatib o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlar aniqsa kuchli ifodalangan bo‘lsa shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Ta'sir etuvchi moddaga, nitrofuran guruhining boshqa birikmalari yoki dori vositasining yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
-Og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi.
-Polineyropatiya (shu jumladan, diabetik).
-Porfiriya (qonda pigment almashinuvini tug‘ma buzilishi).
-Homiladorlik va emizish.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Siz qabul qilayotgan barcha dori vositalari, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori vositalari haqida davolovchi shifokorga albbatta xabar bering.
Ristomitsin, levomitsetin, sulfanilamidlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki qon yaratilishi jarayonlarini susaytirishi mumkin.
Penitsillin va sefalosporin bir vaqtda qo‘llash, antibakterial ta'siri ahamiyatli darajada oshadi. Tetratsiklin, eritromitsin yoki oleandomitsin (antibiotiklar) bilan yaxshi kombinatsiyalanadi.
Siydikni ishqoriyligini oshiruvchi vositalar nitrofuranlarning faolligini susaytiradi.
Siydikni kislotaligini oshiruvchi vositalar (kislotalar, shu jumladan askorbin kislotasi, shuningdek kaltsiy xloridi) dori vositasining faolligini oshiradi, ammo toksik ko‘rinishlarni rivojlanish xavfi oshadi.
Furamag va urikozurik dori vositalarini (probenetsid, sulfinpirazon) kaliy furazidinini siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi va shu tariqa toksikligi ortishi mumkin.
Davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish mumkin emas, chunki nohush nojo‘ya ta'sirlar (bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, yurak urishini kuchayishi, arterial bosimni pasayishi, tirishishlar) kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki gemoliz rivojlanishi xavfi mavjud.
Buyrak, jigar va nerv tizimi faoliyati buzilgan patsiyentlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Furamagni buyrak parenximasining infektsiyalarida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Anemiya, V guruhi vitaminlari tanqisligi, o‘pka kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar va dori vositalariga ma'lum yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga polineyropatiyani rivojlanishi xavfi sababli, ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Neyropatiyaning birinchi simptomlarida dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Furamagni uzoq muddat qo‘llanishi, ham shuningdek periferik neyropatiyani (muvofiq nerv sohasida og‘riq, sezuvchanlikni buzilishi) chaqirishi mumkin.
Uzoq muddat qo‘llanganida jigar va buyrak faoliyatining ko‘rsatkichlari, shuningdek o‘pka faoliyatini, ayniqsa 65 yoshdan oshgan patsiyentlarda (o‘pka fibrozini xavfi) nazorat qilish kerak.
Furamagning profilaktik dozalarini uzoq muddat qo‘llanganida klinik ahamiyatga ega
bakteriyalarning chidamliligi rivojlanmaydi.
Garchi deyarli barcha antibakterial vositalar, shu jumladan nitrofuran hosilalarida soxtamembranoz kolit hollari haqida xabarlar mavjud bo‘lsada, Furamag bilan davolash vaqtida soxtamembranoz kolitni rivojlanish hollari haqida ma'lumotlar yo‘q. Antibakterial vositalarni qo‘llash vaqtida diareyasi bo‘lgan patsiyentlarda ushbu nojo‘ya ta'sirlarning ehtimolini e'tiborga olish kerak. Antibiotiklardan farq qilib, Furamag ichak mikroflorasini deyarli o‘zgartirmaydi. Yengil ko‘rinishdagi soxtamembranoz kolit yuz berganida antibakterial vositani qabul qilishni to‘xtatish yetarli hisoblanadi.
Furamag qabul qiluvchi patsiyentlarda siydikda glyukozaning darajasini misni qaytarilishi usuli yordamida aniqlashda soxta-musbat natijalar bo‘lishi mumkin. Agar siydikda glyukozani aniqlash uchun fermentativ usul ishlatilsa, Furamag tahlil natijalariga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik va emizish
Qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Dori vositasi transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Ammo davolanish vaqtida bosh aylanishi, uyquchanlik va markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralar paydo bo‘ladigan patsiyentlar avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llash mumkin emas va bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar kelib tushmagan. Odatda toksik ko‘rinishlar buyrak faoliyati buzilgan patsiyentlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limida ko‘rsatilgan simptomlar kuzatiladi.
Davolash Dozani oshirib yuborilishi hollarida ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilish kerak. O‘tkir simptomlarni bartaraf qilish uchun antigistamin vositalar qo‘llaniladi. V guruhi vitaminlarini (tiaminbromid) qabul qilish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
Birlamchi o‘rami 10 kapsula polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali kontur uyali o‘ramda;
Ikkilamchi o‘rami 30 kontur uyali o‘ramdan (30 kapsula) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlatilmagan preparatni yo‘q qilishda ehtiyotkorlikning alohida choralari
Ishlatilmagan preparatni mahalliy talablarga binoan yo‘q qilish kerak.
Ishlab chiqaruvchi
va qayd qilish guvohnomasining egasi
“Olaynfarm” AJ.
Manzili Rupnitsu ko‘ch. 5, Olayne, LV-2114, Latviya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.