Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bakteriofag stafilokokkoviy jidkiy «MediPhag» suyuqlik 20 ml №4
Nomi | Narx | |||||
Бактериофаг стафилококковый "MediPhag" жидкость 20мл №4 (040424##2 234) |
UZS 228 600
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Стафилококки
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
20 мл
Производитель
AZIYA IMMUNOPREPARAT
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
ампулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Bakteriofag stafilokokkoviy jidkiy «MediPhag»
Ta'sir etuvchi modda (XPN) stafilokokk bakteriofagi
Dori shakli
preparat turli jadallikdagi sariq rangli, tiniq eritmadir. 10 ml dan 5 flakon, 20 ml dan 4 flakon va 100 ml dan 1 flakon yoki dozator-purkagichli qopqoqli 20 ml dan 1 flakon (sprey) karton qutida.
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar Staphylococcus aureus bakteriyalari fagolizatlarining steril tozalangan filtrati, kamida 1x106 KOE/ml.
yordamchi moddalar konservant, xinozol 0,00001 g/ml yoki suyuq fag xajmining 0,0001%. Tozalangan suv.
Ta'rifi turli jadallikdagi sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
stafilokokk bakteriofagi – immunobiologik preparat, Staphylococcus ni tanlab lizisga uchratadigan spetsifik virus.
Farmakologik xususiyatlari
Stafilokokk bakteriofagi – yiringli va yallig‘lanish kasalliklarining etiologiyasida eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan stafilokokklarning shtammlariga nisbatan spetsifik bakteritsid ta'sirga ega bo‘lgan dori preparatidir. Bakteriofag Staphylococcus bakteriyalarini spetsifik lizisga uchratadi. Fag zarrachalari sezgir bakteriyalarning membranasiga yopishadi, xujayra ichiga kiradi va uning resurslari hisobiga ko‘payadi. Buning oqibatida xujayra nobud bo‘ladi va boshqa sezgir bakterial xujayralarni zararlash qobiliyatiga ega yetilgan virulent fag qismlarini ajralib chiqishi kuzatiladi. Stafilokokk bakteriofagi boshqa xujayralarga ta'sir ko‘rsatmaydi, xususan tabiiy mikroflorani buzmaydi.
Qo‘llanilishi
Preparat barcha yoshdagi va yuqori xavf guruhdagilarda Staphylococcus aureus tomonidan chaqirilgan bakterial yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.
Quyidgilarni davolash
-jarroxlik infektsiyalari yiringli yara, kuyish, abstsess, flegmona, furunkul, karbonkul, gidradenit, panaritsiy, paraproktit, mastit, bursit, osteomiyelit.
-urogenital infektsiyalar uretrit, sistit, piyelonefrit, kolpit, endometrit va salpingoofarit.
-gastroenterologik kasalliklar enterokolit, xoletsistit, ta'sirlangan ichak sindromi (TIS), disbakterioz.
-yuqori nafas yo‘llarining bakterial infektsiyalari burun bo‘shliqlari va o‘rta quloqni yallig‘lanishi, angina, faringit, laringit, traxeit, bronxit, pnevmoniya va plevritni davolash uchun qo‘llaniladi.
Profilaktika
-yangi jarohatlarga ishlov berish.
-jarroxlik muolajalari va operatsiyalardagi yiringli asoratlar.
-o‘tkir respirator-virusli kasalliklarda bakterial asoratlar.
-ona qornida infektsiyalangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sepsis va enterokolit.
-davolash muassasalarida bakterial ifloslanish va kasalxona ichki infektsiyalarini profilaktikasida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Samarali fagoterapiyaning muhim sharti bo‘lib, dastlab kasallik qo‘zg‘atuvchisining fagosezuvchanligini aniqlash (bemordan ajratib olingan shtammlarning stafilokokk bakteriofagiga sezuvchanligini aniqlash) hisoblanadi. Stafilokokk bakteriofagini qo‘llash kasallikning ilk bosqichida, shuningdek uni infektsiya o‘chog‘iga yuborish eng samarali hisoblanadi. Infektsiya o‘chog‘ini joylashishiga qarab, Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy
mahalliy – chayish, yuvish, tomizish, applikatsiyalar, tamponlar, turundalar ko‘rinishida. Karillyar drenaj, kateter orqali bo‘shliqlar (qorin, plevra, bo‘g‘im, qovuq) ichiga yuborish yo‘li orqali; ichga qabul qilish (per os) yo‘li orqali; klizma yordamida to‘g‘ri ichakka (per rectum) yuborish mumkin.
Mahalliy shikastlanish bilan kechuvchi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy ham mahalliy, ham ichga qabul qilish (per os) uchun buyuriladi. Preparat bilan davolash kursi davomiyligi 5 kundan 10 kungacha. Preparatning dozasi infektsiya o‘chog‘ining xarakteri bilan belgilanadi va quyidagilarni tashkil etadi; 200 ml gacha (shikastlangan o‘choqning o‘lchamini hisobga olib) – chayish, namlash, tamponlar; 100 ml gacha – bo‘shliqlar (plevral, bo‘g‘im va boshqa chegaralangan bo‘shliqlar) ichiga yuborish uchun kapillyar drenaj orqali yuboriladi. So‘ngra bo‘shliq to‘liq tikiladi yoki kapillyar drenaj qoldiriladi, u orqali bir necha kun davomida bakteriofag takroran yuboriladi.
1.Abstsesslarda punktsiya yordamida yiring olib tashlangandan keyin preparat o‘choq bo‘shlig‘iga yuboriladi. Yuborilayotgan preparatning miqdori olib tashlangan yiringning xajmidan biroz kam bo‘lishi kerak. Yiring abstsessni ochish yo‘li bilan olib tashlanishi mumkin, keyinchalik bakteriofag bilan namlangan tampon bo‘shliqqa yuboriladi.
10-20 ml – osteomiyelitda yaralarga yuborish uchun (tegishli jarroxlik ishlovidan keyin) qo‘llaniladi.
2-10 ml – quloq, tomoq, burunning yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida chayish, yuvish, tomizish, turundalarni namlash uchun qo‘llaniladi. Muolaja kuniga 1-3 marta o‘tkaziladi (turunda 1 soatga qoldiriladi). 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bodomsimon bezlarga shprits (yoki grusha) yordamida ishlov berish va halqumning orqa sohasiga ishlov berish uchun preparatni burunga tomizgan afzal; katta yoshdagi bolalar tomoqni chayishlari va preparatning oz miqdorini (2 ml) burunga tomizishlari mumkin.
2.Sistit, piyelonefrit, uretritlarda preparat ichga qabul qilinadi. Agar qovuq yoki buyrak jomi drenajlangan bo‘lsa, bakteriofag kateter yoki zond orqali 20-30 ml dan qovuqqa va 10 ml dan buyrak jomiga kuniga 2 mata yuboriladi.
3.Staphylococcus aureus mikroorganizm tomonidan chaqirilgan enteral patologiyada, TIS (disbakterioz) da Stafilokokkovыy bakteriofag jidkiy ichga va klizma ko‘rinishida qo‘llanadi. Preparat ovqatdan 1-1,5 soat oldin och qoringa qabul qilinadi. Klizma ko‘rinishida kuniga 1 marta, kechqurun, uyqudan oldin, ichak bo‘shaganidan keyin buyuriladi.
Preparatning tavsiya etilgan dozalari
YoshIchga (per os)Klizma (per rectum)
16 oylikkagacha5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 1 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi 10 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
26 oylikdan 12 oylikkagacha5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi10 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
31 yoshdan 3 yoshgacha5 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi20 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
43 yoshdan 8 yoshgacha10 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi30 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
58 yoshdan oshganlar20 ml bir marta qabul qilish uchun, kuniga 2-3 marta, 5-7 kun davomida buyuriladi40-50 ml kuniga bir marta, 5-7 kun davomida buyuriladi
Stafilokokk bakteriofagi sprey ko‘rinishida kuyishlar, yirinli-yallig‘lanish kasalliklari, infektsiyalangan yaralar, anginada stafilokokk bilan infektsiyalangan teri qoplamalari va shilliq qavatlarni chayish ko‘rinishida davolash va profilaktika maqsadida qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat zaharli emas. Biron-bir nojo‘ya ko‘rinishlari aniqlanmagan.
Sezuvchan patsiyentlarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni har qanday guruhdagi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bakteriofag bilan davolashni iloji boricha erta boshlash kerak. Preparatni qo‘llashdan oldin chayqatish kerak. Xira preparatni ishlatish mumkin emas. Agar bakriofagni qo‘llashdan oldin yaraga ishlov berish uchun kimyoviy antiseptiklar ishlatilgan bo‘lsa, yarani 0,9% li natriy xloridining sterial eritmasi bilan yaxshilab yuvish kerak. Chunki preparat atrof muhitdagi bakteriyalar rivojlanishi mumkin bo‘lgan ozuqa muhitini saqlaydi, flakon ochilganda, tanlab olganda va saqlaganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak;
-Qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak
-Flakon qalpoqchasini ochishdan oldin uni spirt eritmasi bilan ishlov berish kerak;
-Qalpoqchani tiqinni olmasdan ochish kerak;
-Ochilgan flakondagi preparatni steril shprits yordamida (tiqinni teshish orqali) olish kerak;
-Agar flakonni ochishda qalpoqcha bilan birga tiqin ham chiqqan bo‘lsa, flakonni ochiq qoldirish mumkin emas;
-Ochilgan flakonni sovutgichda saqlash kerak. Tegishli sharoitlarda saqlaganda flakon ochilgandan keyin 24 soat davomida preparatni ishlatishga yo‘l qo‘yiladi.
-Spreydan foydalanilganda flakonni qalpoqchasi bilan yuqoriga qaratilgan vertikal holatda va purkagich ishlov berilayotgan yuzaga qaratilgan holatda ushlash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Bakteriofagni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi holatlari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
Preparat dozator-purkagich bo‘lgan qalpoqcha (sprey) 10 ml dan 5 flakonda, 20 ml dan 4 flakonda va 100 ml dan 1 flakonda yoki 20 ml dan 1 flakonda, davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, qorong‘i joyda, +2°S dan +15°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“AZIYA IMMUNOPREPARAT” MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yunus-Obod tumani, 17 dahasi, sanoat zonasi, shimoliy qismi, №2 uchastkasi. Telefon +998712209144
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.