Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Biseptol tab 120 mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сульфаметоксазол, триметоприм
Страна производитель
Польша
Дозировка
120 мг
Производитель
Роlfa S.A.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Biseptol 120, 100 mg+20 mg tabletkalar
Biseptol 480, 400 mg+80 mg tabletkalar
Biseptol 960, 800 mg+160 mg tabletkalar
Sultfamethoxazolum+Trimethoprimum
Dori preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, ilova-varaqaning mazmuni bilan tanishib chiqish kerak, chunki unda patsiyent uchun muhim ma'lumot saqlanadi.
-Ushbu yo‘riqnomani, uni zarurati bo‘lgan holda yana o‘qib chiqish imkoniyati bo‘lishi uchun saqlab qo‘yish kerak.
-Keyinchalik shubha tug‘ilganida shifokorga, farmatsevtga yoki hamshiraga murojaat qilish lozim.
-Ushbu dori vositasi qat'iy ma'lum bir shaxsga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas. Bu preparat ularda xuddi shunday simptomlar bor bo‘lsa xam, ularga zarar keltirishi mumkin.
-Qandaydir nohush holat og‘irlashgan hollarda yoki ilova-varaqada eslatib o‘tilmagan nohush holatlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki hamshiraga murojaat qilish kerak. 4 bo‘limga qarang.
Ilova-varaqaning mazmuni
1.Biseptol dori mahsuloti nima va u qanday maqsadda qo‘llanadi?
2.Biseptol dori mahsulotini qabul qilishdan avval
3.Biseptol dori mahsulotini qanday qabul qilish kerak?
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
5.Biseptol dori mahsulotini saqlash sharoitlari
6.O‘rami va boshqa ma'lumotlar
1.Biseptol dori mahsuloti nima va u qanday maqsadlarda qo‘llanadi?
Biseptol ko-trimoksazol - trimetoprim va sulfametoksazolning (o‘rtacha davomiylikda ta'sir qiluvchi sulfanilamid) aralashmasini muvofiq proportsiyalarda saqlovchi majmuaviy antibakterial preparatdir.
Ikkala komponent xam biokimyoviy aylanishlarning aynan bir zanjiriga ta'sir qiladi, bu antibakterial ta'sirni potentsiyalanishiga va bakterial rezistentlikni rivojlanishini sekinlashishiga olib keladi.
Ko-trimoksazol Escherichia coli (shu jumladan enteropatogen shtammlari), Proteus spp. ning indolmusbat shtammlariga (shu jumladan P. vulgaris), Morganella morganii, Klebsiella spp., Proteus mirabilis, Enterobacter spp., Haemophilus influenzae, Streptococcus pneumoniae, Shigella flexneri, S. Sonnei, Neisseria gonorrhoeae, shuningdek Pneumocystis carrinii ga nisbatan faol.
Dori preparatining ikkala komponenti me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi; ikkala komponentning qondagi maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilinganidan so‘ng 1-4 soat o‘tgach erishiladi. Ikkala komponent ham organizmning to‘qima va suyuqliklarida terapevtik kontsentratsiyalarda aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
Preparat quyidagi bakterial infektsiyalarni davolashda qo‘llanadi
- E. coli, Klebsiella spp., Enterobacter spp., Morganella morganii, Proteus mirabilis va Proteus vulgaris ning sezgir shtammlari tomonidan chaqirilgan siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida;
- Streptococcus pneumoniae yoki H. influenzae ning sezgir shtammlari tomonidan chaqirilgan o‘tkir o‘rta otitda;
- Streptococcus pneumoniae yoki H. Influenzae ning sezgir shtammlari tomonidan chaqirilgan surunkali bronxitni zo‘rayishida;
- Shigella tayoqchalari tomonidan chaqirilgan me'da-ichak yo‘llarining infektsiyalanishida;
- mikrobiologik tekshirishlar bilan tasdiqlangan Pneumocystis carinii tomonidan chaqirilgan pnevmoniya va immuniteti pasaygan bemorlarda bu mikroorganizm bilan infektsiyalanishni oldini olish (masalan, OITV bilan infektsiyalangan patsiyentlarda);
- E. coli ning enteropatogen shtammlari tomonidan chaqirilgan sayoxatchilar diareyasida qo‘llaniladi.
2.Biseptol dori preparatini qabul qilishdan avval
Biseptol dori preparatini qachon qo‘llash mumkin emas
-Ko-trimoksazolga (sulfametoksazol trimetoprimom bilan), bu preparatning har qanday boshqa ingrediyentlariga (6. bo‘limda keltirilgan), sulfanilamidga yoki trimetoprimga yuqori sezuvchanlik;
-jigar parenximasining diagnostika qilingan jarohati;
-og‘ir buyrak yetishmovchiligi, dori preparatining qondagi kontsentratsiyasini aniqlashning iloji bo‘lmaganda;
-gematologik kasalliklarning og‘ir shakllari;
-folat kislotasi tanqisligi oqibatidagi megaloblast anemiya;
-glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;
-2 oylikdan kichik bolalarda (yadroli sariqlikni rivojlanish xavfi tufayli) qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
va ehtiyotkorlik choralari
Quyida Biseptol preparati qo‘llangan hollarda maxsus ehtiyotkoorlikka rioya qilish lozim bo‘lgan vaziyatlar ta'riflangan.
Sulfanilamidlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan hayot uchun xavfli asoratlar, shu jumladan jigarning o‘tkir nekrozi, aplastik anemiya, agranulotsitoz, qon tarkibining boshqa buzilishlari va nafas tizimi tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining kam hollari ta'riflangan.
Sulfametoksazol bilan davolash natijasida Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi, boshida qizil dog‘lar yoki markazida pufakchalari bo‘lgan dumaloq blyashkalar ko‘rinishida paydo bo‘ladigan hayot uchun potentsial xavfli teri toshmalari hollari haqida xabar berilgan.
E'tibor berish lozim bo‘lgan qo‘shimcha simptomlar, bu og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, burun, jinsiy a'zolarning shilliq qavatini yaralanishi va kon'yunktivit (ko‘zlarni qizarishi va shishishi).
Hayotga potentsial xavf tug‘diruvchi teri toshmalari, ko‘pincha grippga o‘xshash simptomlar bilan birga kechadi. Teri toshmalari yirik pufaklarni hosil bo‘lishiga yoki epidermisni ko‘chishiga olib kelishi mumkin.
Jiddiy teri reaktsiyalarini paydo bo‘lishining eng katta xavfi davolashning birinchi haftalarida aniqlanadi.
Agar Biseptol bilan davolanish vaqtida patsiyentda Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz yuz bersa, ushbu preparat bu patsiyentda qachonlardir kechajakda takroran qo‘llanmasligi mumkin.
Agar teri toshmalari yoki yuqorida ko‘rsatilgan teri reaktsiyalari paydo bo‘lsa, darhol shifokrga murojaat qilish va qabul qilinayotgan preparat to‘g‘risida xabar berish lozim.
Ko-trimoksazol bilan davolash vaqtida teri toshmasi, tomoqda og‘riq, yuqori tana xarorati, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, yo‘tal, bo‘g‘ilish, sariqlik, siyishni buzilishlari, shishlar, belda yoki qorinni yuqori qismida og‘riq paydo bo‘lishi mumkin; preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Ko-trimoksazolni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, folat kislotasi tanqisligida (masalan, keksalar yoshida, tirishishga qarshi dori preparatlari bilan davolangan alkogolga qaramligi bo‘lgan shaxslarda, kam so‘rilish sindromi bo‘lgan va ovqatlanishi pasaygan shaxslarda), og‘ir allergik reaktsiyalarining belgilari bo‘lgan yoki bronxial astmasi bo‘lgan shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar borligi to‘g‘risida shifokorni xabardor qilish kerak. Ko-trimoksazol qo‘llaganidan keyin og‘ir noxush samaralar (buyrak yoki jigarning shikastlanishi, og‘ir teri reaktsiyalari, ko‘mik faoliyatini susayishi) ko‘proq keksa yoshdagi patsiyentlarda namoyon bo‘ladi.
Ko-trimoksazol bilan davolangan OITS li bemorlarda ko‘pincha teri toshmalari, yuqori tana xarorati, leykopeniya (qonda leykotsitlarning sonini kamayishi), jigar fermentlarining (aminotransferazalar) qon zardobidagi darajasini oshishi, giperkaliyemiya, (kaliyning qondagi darajasini oshishi) va giponatriyemiya (natriyning qondagi past darajasi) kabi nojo‘ya samaralari kuzatiladi.
Ko-trimoksazolni qabul qilish vaqtida (shuningdek boshqa antibakterial preparatlarni qabul qilish vaqtidagi kabi) soxtamembronoz enterokolit rivojlanishi mumkin. Shuning uchun, agar preparat qabul qilinganidan keyin ich ketishi paydo bo‘lsa, darxol shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni bekor qilish va muvofiq davolashni buyurish (metronidazol yoki vankomitsinni ichga qabul qilish) lozim bo‘lishi mumkin. Diareyaga qarshi vositalarini qo‘llash mumkin emas.
Agar, hatto ko‘rsatilgan ogohlantirishlar ilgari bo‘lgan holatlarga taalluqli bo‘lsa ham, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Biseptol va boshqa preparatlarni qabul qilish
Patsiyent qabul qilayotgan yoki so‘nggi paytlarda qabul qilgan, shuningdek patsiyent qabul qilishni rejalashtirayotgan barcha dori vositalari to‘g‘risida shifokorga yoki farmatsevtga xabar berish kerak.
Tiazid diuretiklari
Keksa yoshdagi patsiyentlarda ko-trimoksazolni ayrim diuretiklar, ayniqsa tiazidlar bilan birga qo‘llanganida, gemorragik diatez bilan kechuvchi trombotsitopeniyaning xavfi oshadi.
Antikoagulyantlar
Ko-trimoksazol antikoagulyantlarning ta'sirini, dozalashni muvofiqlashtirish talab etiladigan darajada potentsiyalashi mumkin.
Fenitoin
Ko-trimoksazol fenitoinning metabolizmini susaytiradi; ikkala dori preparatini qabul qilayotgan shaxslarda fenitoinning yarim chiqarilishi davri oshadi.
Metotreksat
Ko-trimoksazol metotreksatning ta'sirini potentsiyalashi mumkin.
Sulfonilmochevina hosilalari
Ko-trimoksazol bir vaqtda qabul qilinayotgan gipoglikemik dori preparatlarining, sulfonilmochevina hosilalarining ta'sirini potentsiyalashi mumkin va shunday qilib glyukozaning qondagi darajasini kamayishi xavfini oshirishi mumkin.
Digoksin
Ko-trimoksazol ayrim keksa yoshdagi patsiyentlarda plazmada digoksin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Tritsiklin antidepressantlar
Ko-trimoksazol tritsiklik antidepressantlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Pirimetamin
Ko-trimoksazol pirimetamin bilan megaloblast anemiyani chaqirishi mumkin.
Siklosporin
Buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin, ko-trimoksazol va siklosporin bilan davolangan patsiyentlarda kreatininning zardobdagi darajasining oshishini bildiruvchi ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak faoliyatini tranzitor buzilishi kuzatiladi, bu ehtimol trimetoprimning ta'siri bilan bog‘liq.
Sulfanilamidlar antitireoid preparatlarga, diuretiklarga (atsetazolamid va tiazid) va peroral gipoglikemik preparatlarga yuqori reaktsiyali shaxslarda o‘xshash kimyoviy tuzilishi tufayli allergiya chiqarishi mumkin.
Laboratoriya tekshirishlarining natijalariga ta'siri
- Trimetoprim zardobdagi metotreksatning kontsentratsiyasini enzimatik usulda aniqlash natijalarini o‘zgartirish mumkin.
- Ko-trimoksazol kreatininni ishqoriy Yaffe pikrinatini ishlatish bilan aniqlash natijalarini oshirishi mumkin (taxminan 10% ga).
Biseptol dori preparatini ovqat va ichimliklar bilan qo‘llanishi
Dori preparati ichga ovqatlanish vaqtida yoki ovqat qabul qilinganidan keyin qabul qilinadi. Dori preparatini qo‘llash vaqtida ko‘p miqdorida suyuqlik iste'mol qilish kerak.
Biseptol dori preparatini buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi
Preparatni buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. (3 bo‘limga qarang).
Biseptol dori preparatini bolalarda qo‘llanishi
6 yoshdan kichik bolalarda tabletkani nafas yo‘llariga tushib qolishi mumkinligi tufayli preparat tavsiya qilinmaydi; 6 yoshdan kichik bolalar uchun suspenziya ko‘rinishidagi preparatlar mavjud.
2 oylikkacha bo‘lgan emizikli bolalarda Biseptolni qo‘llash mumkin emas.
Biseptol dori preparatini keksa yoshdagi patsiyentlarda qo‘llanishi
Jiddiy nojo‘ya ta'sirlarini paydo bo‘lishining yuqori xavfi tufayli, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik
Dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilish kerak.
Dori mahsulotini, shifokorning fikriga ko‘ra, ona uchun bo‘lgan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Emizish

Trimetoprim ham, sulfametoksazol ham ko‘krak bilan chiqariladi. Ko-trimoksazolni laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish
Preparat odatda psixofizik faollikning buzilishlarini chiqarmaydi va transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga
ta'sir qilmaydi.
Biroq transport vositalarini boshqarishda va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, asabiylik, charchoqlik hissi kabi nohush simptomlar paydo bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Biseptol dori preparati paragidroksibenzoatlarni saqlaydi
Dori preparati paragidroksibenzoatlarni saqlaydi, ular allergik reaktsiyalarini chiqarishi mumkin (kechki turdagi reaktsiyalar bo‘lishi mumkin).
3.Biseptol dori preparatini qanday qabul qilish kerak?
Dori preparatini har doim shifokorning tavsiyalariga muvofiq qo‘llash kerak.
Shubha bo‘lgan hollarda yana shifokorga murojaat qilish kerak.
Tabletkalarni ikkiga bo‘lish mumkin emas.
Siydik-chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, me'da-ichak yo‘llarining Shigella tayoqchasi bilan infektsiyalanishi va kattalarda surunkali bronxitning zo‘rayishi
Odatda ichga 960 mg ko-trimoksazol (8 tabletka Biseptol 120 yoki 2 tabletka Biseptol 480 yoki 1 tabletka Biseptol 960) sutkada 2 marta qabul qilinadi.
Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalanishida dori preparati odatda 10-14 kun davomida, surunkali bronxitda-14 kun davomida, me'da-ichak yo‘llarining Shigella tayoqchasi bilan infektsiyalanganida-5 kun davomida qo‘llanadi.
Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, me'da-ichak yo‘llarining Shigella tayoqchasi bilan infektsiyalanishi va bolalardagi o‘tkir o‘rta otit
Odatda doza sutkada 48 mg/kg tana vazniga hisobidan, ikkita qabulga har 12 soatda buyuriladi. Kattalarda qo‘llanadigandan katta dozani qo‘llash mumkin emas.
Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida va o‘tkir o‘rta otitda preparat, odatda 10 kun davomida, me'da-ichak yo‘llarining Shigella tayoqchasi bilan infektsiyalanishi-5 kun davomida qo‘llanadi.
Kattalarda va bolalarda Pneumocystis carinii chaqirgan pnevmoniya
Tashxislangan infektsiyali patsiyentlar uchun tavsiya qilinadigan doza sutkada 90-120 mg tana vazniga, ko-trimoksazol teng qabullarda, har 6 soatda 14-21 kun davomida tashkil qiladi.
Pneumocystis carinii bilan infektsiyalanishni oldini olish
Kattalar 960 mg ko-trimoksazol (8 tabletka Biseptol 120 yoki 2 tabletka Biseptol 480 mg ni yoki 1 tabletka Biseptol 960) sutkada 1 marta, 7 kun davomida.
Bolalarga sutkada 900 mg ko-trimoksazol/m2 tana yuzasiga, 2 teng qabulda, har 12 soatda ketma-ket haftaning 3 kuni davomida.
Maksimal sutkalik doza 1920 mg ni (Biseptol 480 4 tabletkasi yoki Biseptol 9602 tabletkasi) tashkil qiladi.
E. coli ning enteropatogen shtammlari tomonidan chaqirilgan kattalardagi sayoxatchilar diareyasi
Tavsiya etiladigan doza 960 mg (8 tabletka Biseptol 120 yoki 2 tabletka Biseptol 480 yoki 1 tabletka Biseptol 960 mg) tashkil qiladi har 12 soatda.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozalash
Kreatinin klirensi minutiga 15-30 ml bo‘lgan bemorlarda dozani ikki marta kamaytirish kerak, kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kam bo‘lganida ko-trimoksazolni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Biseptol dori preparatini tavsiya qilingandan katta dozasini qo‘llanganda
Biseptol dori preparatini tavsiya qilingandan katta dozasini qabul qilgan hollarda, zudlik bilan shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.
Ko-trimoksazolning qanday dozasi hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi noma'lum.
Dozani oshirib yuborilishi
ning ehtimol bo‘lishi mumikn bo‘lgan simptomlari ishtahani yo‘qotish, ichak sanchig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i, tana xaroratini oshishi, uyquchanlik, xushni yo‘qotish, ongni chalkashishi, siydikda qon yoki kristallarni bo‘lishi hisoblanadi. Keyinchalik suyakko‘miki faoliyatini susayishi va sariqlik aniqlanishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilganidan keyin me'dani yuvish, qusishni chiqarish, agarda siydikni chiqarish yetarli darajada bo‘lmasa, biroq buyraklar faoliyati me'yorda bo‘lsa ko‘p miqdorda suyuqlik buyurish ko‘rsatilgan.
Trimetoprimni chiqarilishini patsiyentga siydikning kislotali muhitini oshiruvchi vositalarni buyurib oshirish mumkin. Siydikning ishqoriylashtiruvchi va uning chiqarilishini oshiruvchi vositalarni yuborish sulfametoksazolning eliminatsiyasiga yordam beradi.
Organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini tutib turish yuzasidan chora-tadbirlarni o‘tkazish, ko‘p miqdorda suyuqlikni yuborish va qon morfologiyasini va elektrolitlarning nazoratini o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Biseptol dori preparatini qabul qilishni o‘tkazib yuborish
Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozasini darxol qabul qilish kerak.
O‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish maqsadida ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas.
Keyinchalik dori preparatini qo‘llanishi bilan bog‘liq yana qandaydir shubhalar tug‘ilganda, shifokorga murojaat qilish kerak.

Har qanday dori preparati kabi Biseptol ham, garchi ular hammada kuzatilmasa ham, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Tavsiya etilgan dozalarda Biseptol odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Eng ko‘p paydo bo‘ladigan nohush samaralar bo‘lib (10 nafar patsiyentdan 1 tasidan kamida, lekin 100 nafar patsiyentdan 1 tasidan ko‘pida) teridagi o‘zgarishlar (toshmalar, eshakemi) va me'da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlar (ko‘ngil aynishi, diareya, qusish) va paydo hisoblanadi.
Kam kuzatiladigan nohush samaralar bo‘lib (10 nafar patsiyentdan 1 tasidan kamida, lekin 1000 nafar patsiyentdan 1 tasidan ko‘pida) quyidagilar hisoblanadi
- qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar leykotsitlar sonini kamayishi (leykopeniya), trombotsitlar sonini kamayishi (trombotsitopeniya);
- immun tizimi tomonidan buzilishlar tugunli periarteriit;
- me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar qorinda og‘riq, glossit, stomatit, diareya;
- buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar siydik miqdorini oshishi;
- modda almashinuvi va energiya buzilishlari qon zardobida glyukoza darajasini pasayishi (gipoglikemiya).
Juda kam uchraydigan nohush samaralar (lekin 10000 nafar patsiyentdan 1 tasidan kamida)
- qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar leykotsitlar sonini ancha kamayishi yoki yo‘qligi (agranulotsitoz), aplastik, gemolitik yoki megaloblast anemiya, gipoprotrombinemiya, qonda metgemoglobinni bo‘lishi (metgemoglobinemiya), eozinofiliya, neytropeniya.
- immun tizimi tomonidan buzilishlar zardob kasalligi sindromi (terida reaktsiyalar, bo‘g‘imlar va suyaklarda og‘riqlar, isitma), anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan og‘ir, hayot uchun xavf tug‘diruvchi reaktsiyalar), allergik miokardit, angionevrotik shish (yuz va tomoqni qamrab oluvchi shish, ba'zan hayot uchun xavf tug‘diruvchi bo‘g‘ilishni chaqiradi), dori isitmasi, Genox-Shenleyn purpurasi, yugurik sindromi, et uvishishi, nafas tizimi tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, kon'yunktiva va ko‘z sklerasining giperemiyasi.
- modda almashinuvi va energiya buzilishlari zardobda kaliyning kontsentratsiyasini oshishi (giperkaliyemiya), giponatriyemiya, ishtahani yo‘qolishi;
- ruhiy buzilishlar depressiya, gallyutsinatsiyalar;
- nerv tizimi tomonidan buzilishlar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, aseptik meningit, tirishishlar, periferik nevrit, ataksiya (harakat koordinatsiyasini buzilishi), quloqlarda shovqin, apatiya, asabiylik.
- nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar bo‘g‘ilish hissi, yo‘tal, o‘pkada infiltrat;
- me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar soxtamembranoz enterokolit, pankreatit;
- jigar va o‘t-safro yo‘llari tomonidan buzilishlar aminotransferazlar darajasini oshishi, ba'zida xolestatik sariqlik yoki jigar nekrozi bilan kechuvchi gepatit;
- teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Stivens-Djonson sindromi (inglizcha SJS) va toksik epidermal nekroliz (inglizcha TEN) holatlari to‘g‘risida xabar berilgan (4.4. bo‘limga qarang).
- tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar bo‘g‘imlarda og‘riq, mushak og‘riqlari;
- buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar kristalluriya, buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit, oliguriya yoki anuriya bilan kechuvchi nefrotik sindrom, zardobda nooqsil azot va kreatinin darajasini oshishi.
Boshqalar
Holsizlik, charchoqlik hissi, uyqusizlik.
Biseptol dori mahsulotini qo‘llash davrida ayrim patsiyentlarda boshqa nojo‘ya ta'sirlari kuzatilishi mumkin.
5.Biseptol preparatini saqlash sharoitlari
Dori preparatini bolalar olaolmaydigan va ko‘raolmaydigan joyda saqlash kerak.
25°S dan past haroratda saqlansin.
Biseptol dori preparatini o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qabul qilish mumkin emas.
Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki chiqindilar uchun uydagi yeonteynerlarga tashlab yuborish mumkin emas. Ishlatilmagan preparatni qanday utilizatsiya qilish to‘g‘risida farmatsevtdan bilib olish kerak. Bu chora-tadbirlar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6.O‘ramning ichidagisi va boshqa ma'lumot
Biseptol dori preparatining tarkibi
Dori preparatining ta'sir etuvchi moddalari sulfametoksazol va trimetoprimdir.
Biseptol 120 1 tabletkasi 100 mg sulfametoksazol va 20 mg trimetoprim saqlaydi.
Qolgan ingrediyentlar kartoshka kraxmali, talk, magniy stearati, polivinil spirti, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, propilenglikol.
Biseptol 480 1 tabletkasi 400 mg sulfametoksazol va 80 mg trimetoprim saqlaydi.

Biseptol 960 1 tabletkasi 800 mg sulfametoksazol va 160 mg trimetoprim saqlaydi.
Qolgan ingrediyentlar kartoshka kraxmali, talk, magniy stearati, natriy karboksimetiltsellyuloza, polivinil spirti, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, propilenglikol.
Biseptol preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ramning ichidagisi
Biseptol 120 – sarg‘ish tusli oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama yassi, fasakali, silliq yuzali, chetlari kesilmagan, bir tomonida “Bs” bo‘rtib yozuvi bo‘lgan tabletkalar.
Tabletkalarni 20 donadan PVX/Al plyonka blisterlarga yoki qopqoq bilan berkitilgan shisha flakonlarga joylangan. Blister yoki flakon karton qutiga joylanadi.
Biseptol 480 – sarg‘ish tusli oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama yassi, fasakali, silliq yuzali, chetlari kesilmagan, bir tomonida bo‘rtiq bo‘lib, uning ustida “Bs” bo‘rtib yozuvi bo‘lgan tabletkalar.
Tabletkalarni 20 donadan PVX/Al plyonka blisterlarga joylangan. Blister karton qutiga joylanadi.
Biseptol 960 – sarg‘ish tusli oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama yassi, fasakali, silliq yuzali, chetlari kesilmagan, bir tomonida “-” bo‘rtig‘i bo‘lgan tabletkalar.
Tabletkalarni 20 donadan PVX/Al plyonka blisterlarga yoki qopqoq bilan berkitilgan polietilen flakonlarga joylangan. Blister yoki polietilen flakon karton qutiga joylanadi.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Pabyanitskiy farmatsevticheskiy zavod Polfa AJ
Marshalka Y. Pilsudskogo ko‘ch. 5
95-200 Pabyanitse
Tel. 42 22 50 555-559

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.