Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dekasan eritma 0,02% 200 ml
Nomi | Narx | |||||
Декасан р-р 0,02% 200 мл (AP1133/1-1##2 089) |
UZS 57 100
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Декаметоксин
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,02%
Производитель
ООО "Юрия Фарм", Украина
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dekasan®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) dekametoksin
Dori shakli
eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,2 mg dekametoksin;
yordamchi moddalar natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik vosita
ATX kodi D08AJ10
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Dekasan® mikrob hujayrasining sitoplazmatik membranasida (TSPM) to‘planadi va membrana lipidlarining fosfatid guruhlari bilan birikadi, mikroorganizmlarning SPM ni buzib, mikroblarga qarshi, zamburug‘larga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Dekametoksin stafilokokklar, streptokokklar, difteriya va ko‘k yiring tayyoqchasi xamda kapsulali bakteriyalarga nisbatan yaqqol bakteritsid ta'sirga, achitqilarga, achitqisimon zamburug‘larga, epidermofitiya, trixofitiya, mikrosporiya, eritrazma qo‘zg‘atuvchilariga, mog‘or zamburug‘larining ayrim turlariga (asperigillar, penitsillinlar) nisbatan fungitsid ta'sirga, trixomonadalar, lyambliyalarga nisbatan protistotsid, viruslarga nisbatan virusotsid ta'sirga ega. Antibiotiklarning ta'siriga chidamli mikroorganizmlarga nisbatan yuqori faol. Uzoq muddat qo‘llanganida mikroorganizmlarning dekametoksinga chidamli shakllarini hosil bo‘lishi sekin yuz beradi va preparatning samarali kontsentratsiyalarini oshirmaydi. Bakteriostatik (fungistatik) kontsentratsiyalari uning bakteritsid (fungitsid), virusotsid, protistotsid kontsentratsiyalari bilan o‘xshash. Preparat bilan davolash jarayonida antibiotiklarga rezistent mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligi oshadi.
VeroE6 hujayra kulturasida o‘tkazilgan in vitro tadqiqoti 0,2 mg/ml kontsentratsiyadagi dekametoksinni 60 soniya davomidagi ekspozitsiyasi COVID-19 koronavirus kasalligini keltirib chiqaradigan SARS-CoV-2 virusiga (koronavirus) nisbatan yaqqol virutsid ta'sir ko‘rsatishini tasdiqladi, bu virusning yuqumlilik titrining pasayishi bilan ifodalanadi.
Farmakokinetikasi
Preparat shilliq qavatlari, shikastlanmagan teri orqali va jarohat yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Terining yiringli bakterial va zamburug‘li kasalliklari, mikrobli ekzema, yumshoq to‘qimalarning yiringli-yallig‘lanish shikastlanishlari (abstsesslar, karbunkullar, flegmonalar, furunkulalar, yiringli jarohatlar, panaritsiylar); stomatologik kasalliklarni (stomatitlar, yarali-nekrotik gingivit, zo‘rayish bosqichidagi I-II darajali parodontozning distrofik-yallig‘lanish shaklini) davolash.
Shuningdek o‘pka abstsessida, bronxoektatik kasallikda, o‘pkaning yiring bilan asoratlangan kistoz gipoplaziyasida, surunkali bronxitni zo‘rayishi bosqichida, surunkali tonzillitda, anginada, stofilokokklar va difteriya tayyoqchalarini tashuvchanlikda, yarali kolitda, paraproktitda qo‘llanadi.
Ginekologiya amaliyotida - qin shilliq qavatining kandidozini, mikrobli kelib chiqishga ega bo‘lgan genitaliyning yallig‘lanish kasalliklarini davolash, tug‘ruq yo‘llarini tug‘ruqdan oldingi sanatsiyasi, tug‘ruqdan keyingi endometritni davolash uchun qo‘llanadi.
Qorin bo‘shlig‘i va plevra bo‘shlig‘i yiringli-yallig‘lanishli jarayonlarida. Bemorlarni tekshirish, tibbiy muolajalarni va kichik jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazish vaqtida tibbiyot xodimlarining qo‘llarini va rezina qo‘lqoplarni gigiyenik dezinfektsiyasida, metall, rezina, polimer materiallar va shishadan tayyorlangan tibbiy buyumlar va diagnostik qurilmalarni sterilizatsiyasidan oldin dezinfektsiya qilishda ishlatiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Terining yiringli va zamburug‘li shikastlanishlarida, yiringli jarohatlarda eritmani yuvish uchun va primochka (eritma bilan xo‘llangan doka) ko‘rinishida qo‘llanadi. Proktit va yarali kolitni davolash uchun preparatning iliq eritmasini ho‘qna ko‘rinishida 50-100 ml dan sutkada 2 marta, o‘tkir yallig‘lanish belgilari to‘liq yo‘qolgunicha yuboriladi. Surunkali paraproktitda oqma yara 3-4 sutka davomida Dekasan® eritmasi bilan har kuni yuviladi. Kattalarda qovuqni yuvish uchun dekametoksin eritmasi tozalangan suv bilan oldindan 17 nisbatda suyultirilganidan keyin 500-600 ml dozada qo‘llanadi (davolash kursi 7-20 marta yuvishdan iborat).
Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishida 25-50 ml dan applikatsiya yo‘li bilan 10-15 minut davomida, yoki chayish (100-150 ml) yordamida davolanadi. Parodontozni zo‘rayishi bosqichidagi I-II darajali distrofik-yallig‘lanish shaklini patologik cho‘ntaklarni iliq eritma (50-70 ml) bilan yuvish, yoki milkdagi yallig‘lanish holatlari yo‘qolgunicha applikatsiya qilish yo‘li bilan davolanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozli shikastlanishi, yarali-nekrotik gingiviti bo‘lgan bemorlarga sutkada 4 marta og‘izni chayish uchun (100-150 ml) 5-10 kun davomida buyuriladi.
Bodomchalar kandidozini, surunkali tonzilitni davolash tanglay osti bodomchalarining lakunalarini yuvish yo‘li bilan o‘tkaziladi (yuvishga 50-75 ml ishlatiladi).
Stafilokokklar, difteriya tayoqchasini tashuvchilarni sanatsiyasi tomoqni chayish, lakunalarni yuvish, burun-halqumni, bodomchalarni yuvish yo‘li orqali o‘tkaziladi. Lakunalar kunora 3-5 marta yuviladi.
O‘pka abstsessida, bronxoektatik kasallikda, o‘pkaning yiring bilan asoratlangan kistoz gipoplaziyasida, zo‘rayish bosqichidagi surunkali bronxitda Dekasan® eritmasini endobronxial yuboriladi
- mikrotraxeostoma orqali 25-50 ml dan kuniga 1-2 marta, transnazal kateter orqali 5-10 ml dan kuniga 1 marta;
- ultratovush ingalyatsiyasi usuli orqali 5-10 ml dan kuniga 1-2 marta;
- traxeobronxial daraxtni 100 ml hajmda yuvish.
Davolash davomiyligi 2-4 hafta.
Qorin va plevra bo‘shliqlaridagi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarni davolashda shikastlangan sohani qirralarigacha 10 daqiqadan kam bo‘lmagan ekspozitsiyada Dekasan® eritmasi bilan to‘ldiriladi. Zarurat tug‘ilganida, shu jumladan to‘liq yopilib tikilganda (drenajsiz), operatsion bo‘shliqni yuvindi suv tozalangunicha ko‘p marotaba eritma bilan to‘ldirib keyinchalik chiqarib tashlanadi. Bo‘shliqni oqimli-yuvuvchi drenajlash drenajlar yoki punktsion usul bilan bajariladi.
Qin shilliq qavatining mikrobli, zamburug‘li va trixomonadali shikastlanishlarini davolash uchun Dekasan® eritmasi sprintsevaniye ko‘rinishida (38°S isitilgan 50-100 ml preparat kuniga 3 marta) qo‘llanadi. Tug‘ruq yo‘llarini ham tug‘ruqdan oldin bir marta xuddi shunday sanatsiya qilinadi. Tug‘ruqdan keyingi endometritni davolash bachadon bo‘shlig‘ini iliq preparat bilan (150-200 ml) sutkada 2 marta yuvish bilan amalga oshiriladi.
Qo‘llarning terisini va rezina qo‘lqoplarni zararsizlantirish dezinfektsiya qilinishi kerak bo‘lgan oldindan yuvilgan yuzaga 5-10 ml preparatni 5 minut davomida butun yuza bo‘ylab teng taqsimlab surtish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Tozalangan tibbiy buyumlar, naychalar va jihozlar 30 minutga eritmaga tushirish yo‘li bilan dezinfektsiya qilinadi.
Bolalar
12 yoshdan boshlab bolalarda surunkali bronxitni zo‘rayish davrida sutkasiga 1-2 marta 5-10 ml dan ultratovushli ingalyatsiya orqali qo‘llash mumkin. Boshqa holatlarda bolalarda 18 yoshgacha bo‘lgan davrda qo‘llash tajribasi haqida ma'lumotlar yuq.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yakka hollarda individual yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Bunday shaxslarda preparat qo‘llanganidan keyin terida toshmalar, achishish, terini qurishi va qichishishi va boshqa allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin, endobronxial yuborilganda esa to‘sh ortida qizish hissi paydo bo‘ladi, u muolaja tugaganidan so‘ng 20-30 minut o‘tgach mustaqil o‘tib ketadi.
Shubhali salbiy reaktsiyalar haqida xabar berish
Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin shubhali nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berish muhim protsedura hisoblanadi. Bu tegishli dori vositasi uchun foyda/xavf nisbatini doimiy monitoring qilish imkonini beradi. Tibbiyot mutaxassislari har qanday shubhali nojo‘ya reaktsiyalar to‘g‘risida milliy farmakonadzor tizimi orqali xabar berishlari yoki quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkin +998 78 150 71 00 yoki +998 90 982 24 05.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga individual o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Farmatsevtik dekametoksin kationli sirt taranglik faolligiga ega moddadir, shuning uchun u sovun va boshqa anion birikmalar bilan nomutanosib.
Farmakodinamik dekametoksin antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dekametoksin Dekasan® eritmasida qo‘llanadigan kontsentratsiyada toksik ta'sirlarga ega emas. Dekasan® eritmasini uzoq muddat qo‘llanishi hech qanday toksik reaktsiyalarni chaqirmaydi. Ishlatishdan oldin preparatni 38°S gacha isitish ta'sir samarasini oshiradi. Yallig‘lanish jarayonlarida va terini ta'sirlanishida preparat 11 yoki 12 nisbatda suyultiriladi.
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanishi yuzasidan maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'siri yuzasidan maxsus ehtiyotkorliklar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
So‘rilmasligi sababli dozani oshirib yuborilishi kuzatilmaydi.
Chiqarilish shakli
200 ml, 400 ml dan shisha butilkalarda. 1000 ml dan polimer konteynerlarda. 2 ml dan bir dozali konteynerlarda; 10 yoki 12 bir dozali konteynerdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Yuriya-Farm» MChJ,
Ukraina, 18030, Cherkassы viloyati, Cherkassы sh., Kabzarskaya ko‘ch., 108
Tel. +38(044) 281-01-01.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Yuriya-Farm» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘cha 71 uy.
Tel. 78 150 71 00.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.