Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dioksidin eritmasi 10ml №10 Farmak
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диоксидин
Страна производитель
Украина
Дозировка
10 мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для внутриполостного и наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dioksidin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) dioksidin
Dori shakli
eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% moddaga qayta hisoblaganda 10 mg dioksidin;
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, ko‘kimtir-sariq rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
. antibakterial vositalar.
ATX kodi J01X X.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Dioksidin – keng ta'sir doirasiga ega antibakterial preparatdir. Vulgar protey, ko‘k yiring tayoqchasi, Fridlender tayoqchasi, ichak va dizenteriya tayoqchalari, salmonellalar, stafilokokklar, streptokokklar, patogen anaeroblar, shu jumladan gazli gangrena qo‘zg‘atuvchilari chaqirgan infektsiyalarda samarali. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, nitrofuranlar va boshqa preparatlarga chidamli bakteriyalar shtammlariga nisbatan faol.
Farmakokinetikasi
.
Mahalliy qo‘llanganida dioksidin qisman so‘riladi, mahalliy ta'sirlovchi samara ko‘rsatmaydi. Metabolizmga uchramaydi. To‘planmaydi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Joylashishi turlicha bo‘lgan yiringli-yallig‘lanish jarayonlari yiringli plevritlar, plevra empiyemasi, o‘pka abstsessi, peritonit, sistit, chuqur bo‘shliqli yaralar, yumshoq to‘qimalarning abstsesslari, flegmonalar, siydik va o‘t chiqarish yo‘llaridagi operatsiyadan keyingi jarohatlar. Shuningdek qovuqning kateterizatsiyasidan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish uchun ham qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dioksidin faqat kattalarga buyuriladi.
Davolash kursini boshlandan oldin preparatni o‘zlashtiraolish sinamasini o‘tkazish kerak, buning uchun yiringli bo‘shliqqa 10 ml 1% li eritma yuboriladi. 3-6 soat davomida nojo‘ya ko‘rinishlari (bosh aylanishi, qaltirash, tana haroratini oshishi) bo‘lmaganida davolash kursi boshlanadi. Eritmani bo‘shliqqa drenaj naycha, kateter yoki shprits orqali yuboriladi – odatda 10-50 ml 1% li eritma. Maksimal sutkalik doza 70 ml 1% li eritmani tashkil qiladi. Sutkada 1 yoki 2 marta qo‘llanadi (sutkalik doza 1% li eritma 70 ml dan oshirilmasdan). Davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasi va preparatni o‘zlashtiraolishligiga bog‘liq. Davolash kursi 3 hafta va undan ortiq davom etishi mumkin. Zarurati bo‘lganida 1-1,5 oydan keyin davolash kursi takrorlanadi.
Shuningdek mahalliy qo‘llanadi, 1% li eritma bilan xo‘llangan bog‘lovlar jarohat yuzasiga qo‘yiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, shu jumladan teri toshmalari, qichishish; bosh og‘rig‘i, qaltirash, terining giperemiyasi, dispepsiya, qo‘llash joyida o‘zgarishlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, anamnezda buyrak usti bezlarining yetishmovchiligini mavjudligi, homiladorlik va laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dioksidin faqat shifokorning sinchkov nazorati ostida qo‘llanadi. Dioksidin va uni saqlovchi dori shakllarini nazoratsiz qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Nojo‘ya reaktsiyalari paydo bo‘lganida dozani kamaytirish, antigistamin preparatlarni buyurish, zarurati bo‘lganida esa – Dioksidinni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatni qo‘llash tajribasi cheklanganligi sababli homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni boshqarish/mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Preparatni avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Bolalar. Ushbu toifa bemorlarda klinik tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli preparat bolalarni davolash uchun qo‘llanmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Eritma. 10 ml dan ampulada. 10 ampuladan qutida.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 18S dan 25S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Saqlash jarayonida (15S dan past haroratda) ampulalarda dioksidinning kristallari hosil bo‘lgan hollarda, kristallar to‘liq erigunicha (tiniq eritma) ampula qaytayotgan suv hammomida silkitib qizdiriladi. Agar (37+1)ºS gacha sovutilganida kristallar takroran hosil bo‘lmasa, preparat qo‘llash uchun yaroqli.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili.
«Farmak» JAJ
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.