Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fleksid tab. 500mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Левофлоксацин
Kelib chiqqan mamlakat
Sloveniya
Дозировка/Dozalash
500 мг
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
Lek Pharmaceuticals d.d.
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- Tez-tez emas
- Kam hollarda
Preparatning savdo nomi
Fleksid®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) levofloksatsin/levofloxacin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Faol modda levofloksatsin (gemigidrat ko‘rinishida).
Fleksid® 250 mg har bir tabletka 250 mg gemigidrat ko‘rinishida levofloksatsin saqlaydi.
Fleksid® 500 mg har bir tabletka 500 mg gemigidrat ko‘rinishida levofloksatsin saqlaydi.
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, povidon K30, natriy kraxmal glikolyati (A tipi), talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, glitserin dibegenat; qobig‘i gipromelloza, gidroksipropiltsellyuloza, makrogol 6000, titan dioksidi (E171), temir II oksidi (E172), temir III oksidi (E172), talk.
Ta'rifi
Fleksid® 250 mg yorqin to‘q sariq-pushti rangli, ikkala tomonida riskali, sakkiz burchakli ikki yoq qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Fleksid® 500 mg yorqin to‘q sariq-pushti rangli, bir tomonida riskali, sakkiz burchakli ikki yoq qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tabletkani teng bo‘laklarga bo‘lish mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi)
ATX kodi J01MA12.
Farmakologik xususiyati
Farmakodinamika
si
Levofloksatsin, ftorxinolonlar sinfiga mansub sintetik antibakterial preparat bo‘lib, ofloksatsin ratsemik dori moddasining S (-) enantiomeri hisoblanadi.
Levofloksatsin boshqa ftorxinolonlar kabi bakteriyalarning DNK - DNK-giraza kompleksi va topomeraza IV ga ta'sir qiladi.
Levofloksatsinning bakteritsid faollik darajasi qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasining nisbatiga (Cmax) yoki farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydoniga (AUC) va minimal susaytiruvchi kontsentratsiyasiga (MSK) bog‘liq bo‘ladi.
Rezistentlik mexanizmi gyr-A mutatsiyasi orqali ifodalanadi. Mikroorganizmlarda levofloksatsin va boshqa ftorxinolonlarga nisbatan In vitro kesishgan rezistentlik mavjud.
Sezgirlik chegaralari
Quyidagi jadvalda antibiotiklarga nisbatan sezuvchanlikni tekshirish bo‘yicha Yevropa ishchi guruhi (EUCAST) tomonidan tasdiqlangan va ushbu preparatga nisbatan qo‘zg‘atuvchini sezgirligini (sezgir, kam sezgir yoki rezistent) aniqlashga imkon beruvchi MSK ning (mg/l) nazorat ko‘rsatkichlari sanab o‘tilgan.
Levofloksatsin uchun EUCAST tomonidan o‘rnatilgan MSK ning klinik nazorat ko‘rsatkichlari (2013 yil aprel oyi ma'lumotlari)
Qo‘zg‘atuvchi Sezgir Rezistent
Enterobacteriacae , Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Staphylococcus spp., Streptococcus spp.≤ 1 mg/l> 2 mg/l
Sezgirlik chegaralari, aniq qo‘zg‘atuvchi turiga bog‘liq bo‘lmagan3
S. pneumoniae 1≤ 2 mg/l> 2 mg/l
H. influenzae , M. catarrhalis 2≤ 1 mg/l> 1 mg/l
1 Streptococcus pneumoniae — S.pneumoniae yovvoyi tipi, siprofloksatsin yoki ofloksatsinga nisbatan sezgir emas deb hisoblanadi, shu sababli o‘rtacha sezgirlar qatoriga kiradi. Qo‘zg‘atuvchilarning yovvoyi tiplari uchun MSK ko‘rsatkichini ajratmaslik uchun ofloksatsin uchun sezgirlik chegaralari «kam sezgirlik/chidamlilik» 1,0 dan 4,0 mg/l gacha oshirildi, levofloksatsiinga esa «sezgirlik/kam sezgirlik» chegaralari 1,0 dan 2,0 gacha oshirildi. Levofloksatsin uchun sezgirlik chegaralari preparatning yuqori dozalariga to‘g‘ri keladi.
2 «Sezgirlik/oraliq sezgirlik»ning yuqori ko‘rsatkichlardan ham yuqori bo‘lgan MSK ko‘rsatkichlariga ega shtammlar juda kam uchraydi va ular to‘g‘risida shu vaqtgacha xabar berilmagan. Shunday shtamm ajratib olinganda uning xususiyatlarini aniqlovchi tekshiruvlarni qayta o‘tkazish va antibiotiklarga nisbatan rezistentligini qayta aniqlash kerak va natijalar tasdiqlansa, izolyatni olingan natijani tasdiqlovchi laboratoriyaga jo‘natish kerak. MSK ko‘rsatkichlari rezistentlikni (kursiv bilan ajratilgan) o‘rnatilgan chegara ko‘rsatkichlaridan oshib ketsa, izolyatlarni rezistent deb hisoblash kerak, faqat klinik samaradorlik kuzatilgan holat bundan mustasno. Haemophilus/Moraxella – H.influenzae larda ftorxinolonlarga nisbatan past darajadagi rezistentlik kuzatilishi mumkin (MSK siprofloksatsin uchun 0,125–
0,5 mg/l). Rezistentlikning ushbu past darajasi H. influenzae tomonidan chaqirilgan nafas yo‘llarining infektsiyalarida klinik ahamiyatga ega ekanligi belgilari mavjud emas.
3 Ma'lum bir qo‘zg‘atuvchilar turi bilan bog‘liq bo‘lmagan sezgirlik chegaralari, asosan farmakinetik/farmakodinamik ma'lumotlarga asoslanib, o‘rnatilgan va aniq qo‘zg‘atuvchi turlari uchun MSK ko‘rsatkichlarini taqsimlanishiga bog‘liq emas. Ular faqat jadvalda yoki ilovada ko‘rsatilmagan bakteriya turlari uchun qo‘llaniladi.
Antibakterial spektr
Bakteriyalarning rezistent shtammlarining tarqalishi geografik hudud va vaqtga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin, shuning uchun bakteriyalarning chidamliligi haqida mahalliy ma'lumotlarni, ayniqsa og‘ir infektsiyalarni davolashda olish maqsadga muvofiqdir. Zarur holatlarda, agar mahalliy rezistent shtammlarning tarqalishiga ko‘ra (kamida infektsiyalarning ba'zi turlarida) preparatdan keladigan foyda shubhali bo‘lsa, mikrobiologlarga murojaat qilish kerak,
Asosan bakteriyalarning sezgir turlari
Aerob grammusbat bakteriyalar
Staphylococcus aureus* metitsillinga sezgir, Koagulaza-negativ metitsillinga sezgir, Staphylococcus, shu jumladan Staphylococcus saprophyticus, Streptococci, C va G guruhlari, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae*, Streptococcus pyogenes*,
Aerob grammanfiy bakteriyalar
Eikenella corrodens, Haemophilus influenzae*, Haemophilus para-influenzae*, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae*, Legionella pneumophila*, Moraxella catarrhalis*, Pasteurella multocida, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri
Anaerob bakteriyalar
Clostridium perfringens, Fusobacterium, Prevotella$, Propionibacterium,
Boshqalar
Chlamydia trachomatis, Chlamydophila pneumoniae*, Chlamydophila psittaci, Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae*, Ureaplasma urealyticum
Orttirilgan rezistentlik kuzatilishi mumkin bo‘lgan bakteriya turlari
Aerob grammusbat bakteriyalar
Enterococcus faecalis*, Staphylococcus aureus metitsillinga sezgir, Koagulaza-manfiy metitsillinga sezgir, Staphylococcus spp.
Aerob grammanfiy bakteriyalar
Acinetobacter baumannii*, Citrobacter freundii*, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter cloacae*, Escherichia coli*, Morganella morganii*, Proteus mirabilis*, Providencia stuartii, Pseudomonas aeruginosa*, Serratia marcescens*,
Anaerob bakteriyalar
Peptostreptococcus
Avvalidan rezistent mikroorganizmlar
Aerob grammusbat bakteriyalar
Enterococcus faecium
Aerob grammanfiy bakteriyalar
Burkholderia cepacia
Anaerob bakteriyalar
Bacteroides, Clostridium difficile,
Tasdiqlangan ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanganda, sezgir izolyatlarga nisbatan klinik samaradorligi ko‘rsatib o‘tilgan.
$ Tabiiy oraliq sezgirlik
Boshqa ma'lumot
Ko‘kyiring tayoqchasi (P. aeruginosa) va metitsillinga rezistent tilla rang stafilokkok (MRTS) tomonidan chaqirilgan kasalxona ichi infektsiyalarida majmuaviy davolash talab etiladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda levofloksatsin tez va deyarli to‘liq so‘riladi, plazmada bir soat davomida cho‘qqi (yuqori) kontsentratsiyasiga yetadi. Absolyut biokiraolishligi – taxminan 100%. 50-600 mg dozalar dipazonida levofloksatsinning farmakokinetikasi bir tekisdir.
Ovqat qabul qilish levofloksatsinni so‘rilishiga biroz ta'sir ko‘rsatadi.
Levofloksatsinning taxminan 30-40% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Levofloksatsinni sutkada bir marta 500 mg dozada ko‘p marta qabul qilish, preparatni to‘planib qolishiga deyarli olib kelmaydi. Levofloksatsinni kuniga 2 marta 500 mg dan qabul qilishda o‘rtacha, lekin avvaldan aytish mumkin bo‘lgan kumulyatsiya kuzatiladi. Muvozanat holatiga 3 kun davomida erishiladi.
Levofloksatsinni 500 mg dozada qabul qilinganda bronxlar shilliq qavatida va bronxial sekretdagi maksimal kontsentratsiyasi mos ravishda 8,3 mkg/ml va 10,8 mkg/ml ni tashkil qildi. Ularga preparatni qabul qilingandan keyin taxminan bir soatdan so‘ng erishildi.
Levofloksatsinni 500 mg dozada qabul qilinganda o‘pka to‘qimasidagi maksimal kontsentratsiyasi taxminan 11,3 mkg/ml ni tashkil qiladi va preparatni qabul qilingandan so‘ng 4-6 soat ichida erishiladi. Preparatni o‘pkadagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagi kontsentratsiyasidan barqaror yuqori bo‘ladi.
Levofloksatsinni 3 kun davomida 500 mg dozada sutkada 2 marta qabul qilinganda pufak suyuqligidagi maksimal kontsentratsiyasi preparatni qabul qilingandan so‘ng 2-4 soatdan keyin muvofiq ravishda 4,0 va 6,7 mkg/ml ni tashkil qildi.
Levofloksatsin orqa miya suyuqligiga yomon o‘tadi.
Levofloksatsinni 3 kun davomida 500 mg dozada sutkada 1 marta qabul qilingandan keyin 2, 6 va 24 soatdan so‘ng prostata bezi to‘qimasida o‘rtacha kontsentratsiyasi muvofiq ravishda 8,7 mkg/ml, 8,2 va 2,0 mkg/ml ni tashkil qildi; preparatning prostata bezidagi va qon zardobidagi kontsentratsiyasini o‘rtacha nisbati 1,84 ni tashkil etadi.
Levofloksatsinni 150 mg, 300 mg yoki 500 mg 1 marta og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin siydikdagi o‘rtacha kontsentratsiyalari 8-12 soatdan so‘ng muvofiq ravishda 44 mg/ml, 91 mg/ml va 200 mg/ml ni tashkil qildi.
Levofloksatsinning faqat ozgina qismi metabolizmga uchraydi. Uning metabolitlari desmetil-levofloksatsin va levofloksatsin-N-oksidi hisoblanadi. Ular siydik bilan ajralayotgan preparatning umumiy miqdorini < 5% ni tashkil qiladi. Levofloksatsin stereokimyoviy jihatdan turg‘un va xiral inversiyaga uchramaydi.
Levofloksatsinni og‘iz orqali qabul qilingandan va vena ichiga yuborilgandan keyin qon plazmasidan nisbatan sekin (t½6–8 soat) chiqariladi. Chiqarilish asosan buyrak orqali (> 85% qabul qilingan dozani) yuz beradi.
Levofloksatsinni og‘iz orqali qabul qilinganida va vena ichiga yuborilganida preparatning farmakokinetikasida sezilarli farq bo‘lmaydi, bu esa ushbu yuborish yo‘llarini teng ekanligini ko‘rsatadi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Buyrak faoliyatini buzilishi levofloksatsinning farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatadi. Buyrak faoliyati susayganida preparatning buyrak orqali chiqarilishi va klirensi kamayadi, yarim chiqarilish davri quyidagi jadvalda ko‘rsatilgandek uzayadi
Kreatinin klirensi (ml/min)< 2020–4050–80
Buyrak klirensi (ml/min)132657
t1/2 (soat)35279
Keksa patsiyentlar
Yosh va keksa patsiyentlarda levofloksatsinning kinetikasida, faqat kreatinin klirensi bilan bog‘liq bo‘lgan tafovutdan tashqari, sezilarli farq aniqlanmagan,
Jinsga bog‘liq bo‘lgan farqlar
Levofloksatsinning farmakokinetikasida jinsga bog‘liq bo‘lgan ozgina farqlar aniqlangan, lekin ularning klinik ahamiyati aniqlanmagan.
Qo‘llanilishi
Preparat kattalarda levofloksatsinga sezgir mikroflora tomonidan chaqirilgan yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi
-o‘tkir bakterial sinusit (nafas yo‘llarining infektsiyalarini davolash bo‘yicha milliy va (yoki) mahalliy qo‘llanmalarga mos holda tashxis qilingan, ularni boshlang‘ich davolash uchun odatda tavsiya qilinadigan antibakterial preparatlar samarasiz yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda);
-surunkali bronxit xuruji (nafas yo‘llari infektsiyalarini davolash bo‘yicha milliy va (yoki) mahalliy qo‘llanmalarga mos holda tashxislangan, ularni boshlang‘ich davolash uchun odatda tavsiya qilinadigan antibakterial preparatlar samarasiz yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda);
-shifoxonadan tashqari pnevmoniya (boshlang‘ich davolash uchun tavsiya qilinadigan preparatlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda);
-siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalari;
-siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari, shu jumladan piyelonefrit;
-surunkali bakterial prostatit;
-teri va teri osti to‘qimalarining infektsiyalari.
Preparatni buyurishdan oldin, ftorxinolonlarni adekvat qo‘llash bo‘yicha mahalliy qo‘llanmani hisobga olish zarur.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
Sutkada bir-ikki marta qabul qilinadi. Doza infektsiyaning turi va og‘irligiga, shuningdek taxminan kasallikni chaqirgan mikrofloraning sezuvchanligiga bog‘liq.
Qabul qilish davomiyligi
Qabul qilish davomiyligi kasallikni kechishiga qarab o‘zgarishi mumkin. Boshqa har qanday antibiotikoterapiyada bo‘lgani kabi Fleksidni qo‘llanishi isitma yo‘qolgani yoki kasallik simptomlari yo‘qolgandan so‘ng kamida 48-72 soat davom etishi kerak.
Qo‘llash usullari
Tabletkalar butunligicha yetarli miqdordagi suyuqlik bilan yutiladi. Dozaga tuzatish kiritish uchun tabletkalarni bo‘linish chizig‘i bo‘ylab sindirish mumkin. Preparatni ovqat paytida, shuningdek ovqat qabul qilish oralig‘ida ham qabul qilish mumkin. Fleksidni temir preparatlari, antatsidlar va sukralfatni qabul qilishdan ikki soat oldin yoki ikki soatdan keyin qabul qilish mumkin.
Tavsiya qilinadigan dozalar
Buyrak faoliyati me'yorida bo‘lgan patsiyentlar
(kreatininklirensi > 50 ml/min)
Ko‘rsatmaSutkalik dozalashni tartibi
(kasallikni og‘ir darajasiga bog‘liq)Preparatni qabul qilish davomiyligi
Burun oldi bo‘shliqlari-ni o‘tkir yallig‘lanishi (sinusit) 500 mg sutkada bir marta 10–14 kun
Surunkali bronxitni zo‘rayishi 250–500 mg sutkada bir marta7–10 kun
Kasallikdan tashqari pnevmoniya 500 mg sutkada bir yoki ikki marta7–14 kun
Siydik chiqarish yo‘lla-rining asoratlanmagan infektsiyasi 250 mg sutkada bir marta3 kun
Siydik chiqarish yo‘lla-rining asoratlangan infektsiyalari, shu jumladan piyelonefrit 250 mg sutkada bir marta 17–10 kun
Surunkali bakterial prostatit500 mg sutkada bir marta28 kun
Teri va teri osti to‘qimalarining infektsiyalar 250 mg bir marta sutkada yoki 500 mg sutkada bir yoki ikki marta27–14 kun
1,2 Og‘ir infektsiyalarda preparatning dozasini oshirish mumkin, bunday hollarda davolashdan oldin qo‘zg‘atuvchilarni levofloksatsinga nisbatan chidamliligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni diqqat bilan o‘rganib chiqish kerak. 1E. coli shtammlarining rezistentligi oshganda sutkasiga 500 mg doza afzal hisoblanadi. 2Stafilokkoklarning rezistentligi oshganda sutkada 500 mg dozani afzal bilish kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
(kreatinin klirensi ≤ 50 ml/min)
Dozalash tartibi
250 mg/24 ch500 mg/24 ch500 mg/12 ch
Kreatinin klirensiBirinchi doza
250 mgBirinchi doza
500 mgBirinchi doza 500 mg
50–20 ml/minkeyin
125 mg/24 chkeyin
250 mg/24 chkeyin
250 mg/12 ch
19–10 ml/minkeyin
125 mg/48 chkeyin
125 mg/24 chkeyin
125 mg/12 ch
< 10 ml/min
(shu jumladan gemodializ va AShSPD)*keyin
125 mg/48 chkeyin
125 mg/24 chkeyin
125 mg/24 ch
* Gemodializ yoki ambulator sharoitdagi surunkali peritoneal dializ (AShSPD) tugagach, preparatning qo‘shimcha dozalarini qabul qilish talab etilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Dozalarga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki preparat deyarli jigarda metabolizmga uchramaydi va asosan buyrak orqali chiqariladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, faqat buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
Bolalar va o‘smirlar
Preparatni bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida taqdim etilgan ma'lumotlar 83 000 dan ortiq patsiyentlar ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlardan olingan ma'lumotlarga va shuningdek, preparatni qo‘llash bo‘yicha katta postregistratsion tajribaga asoslangan.
Noxush reaktsiyalarni uchrash tez-tezligini tavsiflash uchun quyidagi nomenklatura (MedDRA ga ko‘ra) qo‘llandi juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100 gacha), kam (≥1/10 000, <1/1000 gacha), juda kam (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga muvofiq iloji yo‘q). Har bir toifada nojo‘ya ta'sirlarning tez-tezligi ularning jiddiylik darajasini kamayishi tartibida ko‘rsatilgan.
Infektsion va parazitar kasalliklar
Tez-tez emas
patogenlarga rezistent zamburug‘li, shu jumladan Candida infektsiyasi.
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
eozinofiliya, leykopeniya.
Kam hollarda
trombotsitopeniya, neytropeniya.
Noma'lum pantsitopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda
Kvinke shishi, o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Noma'lum anafilaktik shok, anafilaktoid shok.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
anoreksiya.
Kam hollarda
gipoglikemiya, ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda.
Noma'lum giperglikemiya, gipoglikemik koma.
Ruxiy buzilishlar
Tez-tez uyqusizlik.
Tez-tez emas
xavotirlik, ongni chalkashishi, nerv qo‘zg‘aluvchanligini oshishi.
Kam hollarda
ruxiy reaktsiyalar (birga kechuvchi, masalan, gallyutsinatsiyalar, paranoid ko‘rinishlar), depressiya, qo‘zg‘aluvchanlik, anomal tushlar, tungi dahshatlar.
Noma'lum patsiyentning o‘z xavfsizligiga xavf soluvchi xulq-atvorli ruxiy reaktsiyalar, shu jumladan o‘z joniga qasd qilish fikrlari yoki o‘zini o‘ldirishga urinish.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Tez-tez emas
uyquchanlik, tremor, ta'm bilishni buzilishlari.
Kam hollarda
tirishish, paresteziya.
Noma'lum periferik sensor neyropatiya, parosmiya, shu jumladan anosmiya, diskineziya, ekstrapiramidal buzilishlar, ta'm bilishni yo‘qolishi, xushdan ketish, xavfsiz bosh miya ichki gipertenziyasi.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda
ko‘rishni buzilishi, shu jumladan ko‘rish fokuslanishini buzilishi
Noma'lum ko‘rishni vaqtincha yo‘qolishi
Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
vertigo (bosh aylanishi).
Kam hollarda
quloqni shang‘illashi.
Noma'lum eshitishni yo‘qolishi, eshitishni buzilishi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Kam taxikardiya, yurak urib ketishi.
Noma'lum yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurak qorinchalari aritmiyasi va ikki yo‘nalishli yurak qorinchalari taxikardiyasi (asosan QT intervalni uzayishi xavf omili bo‘lgan patsiyentlar), elektrokardiogrammada QT intervalni uzayishi.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda
gipotenziya.
Nafas olish a'zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
dispnoe.
Noma'lum bronxospazm, allergik pnevmonit.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda
diareya, qusish, ko‘ngil aynishi.
Tez-tez emas
qorinda og‘riq, dispepsiya, meteorizm, qabziyat.
Noma'lum juda kam holatlarda enterokolit belgisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan qon aralash diareya, shu jumladan psevdomembranoz kolit, pankreatit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez jigar fermentlari darajasini oshishi (ALT/AST, ishqoriy fosfataza, GGT).
Tez-tez emas
qonda bilirubin miqdorini oshishi.
Noma'lum sariqlik va jigarning og‘ir shikastlanishi, shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi, birinchi navbatda yondosh og‘ir kasalliklar bilan kechuvchi o‘tkir jigar yetishmovchiligi, gepatit.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
qichishish, toshma, eshakemi, gipergidroz.
Noma'lum toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, yorug‘likka yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, leykotsitoklastik vaskulit, stomatit.
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
artralgiya, mialgiya.
Kam paylarni buzilishi, shu jumladan tendinit (masalan, axillov payini), mushak kuchsizligi, ayniqsa miasteniyasi bo‘lgan bemorlarda ahamiyatga ega.
Noma'lum rabdomioliz, paylarni uzilishi (masalan, axillov payini), bog‘lamlarni uzilishi, mushaklarni uzilishi, artrit.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas
qonda kreatinin miqdorini oshishi.
Kam o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (masalan, interstitsial nefrit oqibatida).
Umumiy o‘zgarishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez emas
asteniya.
Kam isitma.
Noma'lum og‘riq (shu jumladan tana orqa tomonidagi, ko‘krak qafasi va oyoq-qo‘llardagi og‘riq).
Ftorxinolonlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa nohush holatlarga porfiriya bilan xastalangan bemorlarda kasallikning xurujlari kiradi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Levofloksatsinga va boshqa xinolon hosilalariga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birortasiga nisbatan o‘ta sezuvchanlik; tutqanoq; anamnezida ftorxinolonlar qo‘llanganda chaqirilgan pay patologiyasi; bolalik va o‘smirlik yoshi (18 yoshgacha); homiladorlik; emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Levofloksatsinga boshqa dori vositalarining ta'siri
Temir tuzlari, rux tuzlari, magniy yoki alyuminiy saqlovchi antatsid vositalar, didanozin
Levofloksatsinni temir tuzlari saqlovchi preparatlar yoki magniy yoki alyuminiy saqlovchi antatsid vositalar, shuningdek didanozin (bu faqat didanozinning magniy yoki alyuminiy saqlovchi bufer moddalari bo‘lgan dori shakllariga taalluqlidir) bilan bir vaqtda qo‘llaganda preparatni so‘rilishi sezilarli kamayadi. Ftorxinolonlar va tarkibida rux saqlovchi multivitaminlarni bir vaqtda peroral qo‘llanishi, ularni so‘rilishini susaytiradi.
Tarkibi
da 2 yoki 3 valentli kationlar mavjud bo‘lgan preparatlar, jumladan temir tuzlari, rux tuzlari, magniy yoki alyuminiy saqlovchi antatsidlar yoki didanozinni (bu faqat didanozinning magniy yoki alyuminiy saqlovchi bufer moddalari bo‘lgan dori shakllariga taalluqlidir) levofloksatsin tabletkasini qabul qilinishidan 2 soat oldin yoki undan keyin 2 soat gacha qabul qilish tavsiya etilmaydi. Kaltsiy tuzlari levofloksatsinni og‘iz orqali qabul qilinganida uni so‘rilishiga minimal ta'sir ko‘rsatadi.
Sukralfat
Sukralfat bilan bir vaqtda qo‘llanganida levofloksatsin tabletkalarining biokirishaolishligi sezilarli kamayadi. Sukralfatni bir vaqtda qabul qilish zaruriyati tug‘ilganda, uni levofloksatsin tabletkalari qabul qilinganidan keyin 2 soatdan so‘ng qabul qilish maqsadga muvofiq.
Teofillin, fenbufen yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari
Klinik tadqiqotlarda levofloksatsinni teofillin bilan farmakokinetik o‘zaro ta'siri aniqlanmagan. Biroq ba'zi holatlarda xinolonlarni teofillin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar yoki tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini kamaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda bosh miyani tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini kamayishi mumkin.
Fenuben ishtirokida levofloksatsinning kontsentratsiyasi uni alohida qo‘llangandagi ko‘rsatkichga nisbatan taxminan 13% ga oshadi.
Probenetsid va simetidin
Probenetsid va simetidin levofloksatsinni ajralib chiqarilishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Simetidin yoki probenetsid bilan bir vaqtda qo‘llanganda levofloksatsinni buyrak klirensi muvofiq ravishda 24% va 34% ga kamayadi. Bu levofloksatsinni buyrak naychalaridan ajralib chiqarilishini bloklanishi bilan ifodalanadi. Biroq, bu o‘zgarishlarning klinik ahamiyati yo‘q.
Levofloksatsinni buyrak naychalari sekretsiyasini buzuvchi preparatlar (probenitsid va simetidin) bilan bir vaqtda qabul qilinganda, ayniqsa buyrak faoliyati buzilgan patsiyentlarni davolaganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.
Boshqa muhim ma'lumot
Levofloksatsinni kaltsiy karbonati, digoksin, glibenklamid, ranitidin kabi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda, levofloksatsinni farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'siri yo‘qligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Boshqa dori vositalariga levofloksatsinni ta'siri
Siklosporin
Levofloksatsin bilan bir vaqtda qo‘llaganda siklosporinning yarim chiqarilish davri 33% ga uzayadi.
Vitamin K antagonistlari
Levofloksatsinni K vitamini antagonistlari (masalan, varfarin) bilan majmuada qabul qilayotgan patsiyentlarda qon ivish ko‘rsatkichlarining (protrombin vaqti/MNO) va (yoki) qon ketishi xavfini (ba'zida og‘ir qon ketish) oshganligi aniqlangan. Shuning uchun bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda qon ivishi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish lozim.
QT oraliqni uzaytirsh xossasiga ega preparatlar
Levofloksatsin va boshqa ftorxinolonlarni QT intervalni uzaytiruvchi xossaga ega preparatlar (masalan, IA va III sinf aritmiya qarshi preparatlar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, antipsixotik preparatlar) bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Boshqa muhim ma'lumot
Levofloksatsin teofillinni farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi (bu CYP1A2 uchun belgilovchi substrat hisoblanadi); bu esa levofloksatsinni CYP1A2 ingibitori emasligini ko‘rsatadi.
O‘zaro ta'sirning boshqa shakllari
Ovqat qabul qilish
Ovqat bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sir aniqlanmagan. Shu sababli, preparatni ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Pnevmokokkli pnevmoniyaning og‘ir holatlarida Fleksid eng samarali preparat bo‘lmasligi mumkin. Ko‘k yiring tayoqchasi (P. aeruginosa) tomonidan chaqirilgan kasalxona ichi infektsiyasini davolash uchun ba'zi holatlarda majmuaviy davolash talab etiladi.
Metitsillinga-rezistent tillarang stafilokokk (MRTS)
Metitsillinga-rezistent tillarang stafilokokkda (MRTS) ftorxinolonlarga, jumladan levofloksatsinga korezistentlik (kesishgan rezistentlik) bo‘lishi mumkin. Shuning uchun MRTS tomonidan chaqirilgan infektsiyani davolash uchun levofloksatsin tavsiya etilmaydi, faqatgina laborator tekshiruv natijalariga ko‘ra organizmning levofloksatsinga sezuvchanligi tasdiqlangan holatlar bundan mustasnodir.
Levofloksatsin o‘tkir bakterial sinusit va surunkali bronxitni zo‘rayishini davolashda, bu infektsiyalar adekvat tashxis qilingan sharoitdagina, qo‘llanilishi mumkin.
Ftorxinolon qatori preparatlarni buyurganda E. coli ning mahalliy shtammlarini ftorxinolonlarga rezistentligini hisobga olish kerak.
Kuydirgi kasalligining o‘pka shaklini davolash uchun ishlatilayotganda kuydirgi kasalligini davolash yuzasidan milliy va (yoki) xalqaro hujjatlarga murojat qilish tavsiya etiladi.
Tendinit va pay uzilishi
Xinolon guruhi preparatlari bilan davolayotganda kam yuz beruvchi tendinit, ba'zida paylarni uzilishiga, xususan axillov payini uzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat ikki taraflama bo‘lishi mumkin va davolash boshlanganidan so‘ng 48 soatdan to davolash tugatilgandan so‘ng bir necha oy davomida rivojlanishi mumkin. Tendinitni rivojlanishi va pay uzilishi xavfi ayniqsa keksa patsiyentlar (60 yoshdan katta), dori vositasini sutkalik dozasi 1000 mg qabul qilgan va kortikosteroid qabul qilayotganpatsiyentlarda oshadi. Fleksid buyurilganda bunday patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish lozim. Tendinit simptomlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qilish zarur.
Tendinitga shubha tug‘ilganida Fleksid darhol bekor qilinadi va shikastlangan payni muvofiq ravishda davolash boshlanadi (masalan, immobilizatsiya).
Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan kasallik
Levofloksatsin bilan davolash vaqtida yoki davolashdan so‘ng (shu jumladan davolash to‘xtatilgandan bir necha haftadan so‘ng) paydo bo‘luvchi diareya, ayniqsa agar u juda og‘ir kechsa, cho‘ziluvchan xarakterga ega bo‘lsa va(yoki) qon aralash bo‘lsa, bu Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan kasallikning simptomi bo‘lishi mumkin. Kasallikning og‘irlik darajasi - yengil darajadan to hayot uchun xavf soluvchi darajagacha bo‘lishi mumkin. Bunday kasallikning eng og‘ir shakli psevdomembranoz kolit hisoblanadi. Bunday simptom bo‘lsa, levofloksatsinni qabul qilish darhol to‘xtatiladi va zudlik bilan tegishli davolash buyuriladi. Bunday klinik vaziyatlarda peristaltikani susaytiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas.
Tirishishga moyilligi bo‘lgan patsiyentlar
Xinolonlar tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytirish va tirishish chaqirish xususiyatiga ega. Tutqanoq bilan xastalangan patsiyentlarda levofloksatsinni qo‘llash mumkin emas. Boshqa xinolonlarga o‘xshab, uni talvasa reaktsiyalariga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki teofillin kabi, bosh miyadagi tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini kamaytiruvchi faol moddalar bilan majmuada qo‘llanganda juda ehtiyotkorlik bilan ishlatiladi. Tirishish xuruji yuz berganda, levofloksatsin bilan davolash to‘xtatiladi.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza faolligini yashirin yoki yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar xinolon guruhi antibakterial preparatlari bilan davolaganda gemolitik reaktsiyalarga moyil bo‘lishlari mumkin. Gemoliz rivojlanishi mumkinligini nazorat qilish zarur.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Buyrak faoliyatini buzilishlarida preparatning dozasiga tuzatish kiritish lozim.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Ba'zida, hatto Fleksidning birinchi dozasidan so‘ng o‘ta yuqori sezuvchanlikning jiddiy reaktsiyalari (angionevrotik shish, anafilaktik shok) rivojlanishi mumkin. Bunday holatda darhol preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shoshilinch yordam chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun davolovchi shifokor yoki tez tibbiy yordam shifokori bilan bog‘lanish lozim.
Og‘ir bullyoz reaktsiyalar
Levofloksatsin bilan davolashda og‘ir bullyoz teri reaktsiyalari (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz) holatlari kuzatilgan. Teri va (yoki) shilliq qavatlarda reaktsiya bo‘lganida, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va davolanishni davom ettirish masalasini hal qilish uchun kechiktirmasdan shifokorga murojat qilish lozim.
Disglikemiya
Xinolon qatori preparatlari qo‘llanganda qondagi glyukoza miqdorini o‘zgarishi, shu jumladan gipoglikemiya yoki giperglikemiya, kuzatilishi mumkin. Bu holatlar ko‘pincha qandli diabeti bo‘lgan va peroral gipoglikemik preparatlarni (masalan, glibenklamidni) yoki insulin qabul qiladigan bemorlarda bo‘ladi. Gipoglikemik koma rivojlanishi mumkin. Qandli diabet bilan og‘riyotgan bemorlarga qondagi glyukoza miqdorini e'tibor bilan nazorat qilib turishlari tavsiya etiladi..
Fotosensibilizatsiyani oldini olish
Levofloksatsin qo‘llaganda ba'zi bemorlarda fotosensibilizatsiya kuzatilishi mumkin. Uni oldini olish maqsadida davolanish vaqtida va davolanish tugaganidan so‘ng 48 soat ichida jadal quyosh nuri yoki sun'iy ultrabinafsha nurlanishdan (masalan, davolanish maqsadida ultrabinafsha nurlarini qo‘llash, solyariyga qatnash) saqlanish tavsiya etiladi.
Vitamin K antagonistlarini qabul qilayotgan patsiyentlar
Levofloksatsin bilan birga vitamin K antagonistini (masalan, varfarin) majmuada qabul qilayotgan patsiyentlarda qon ivishi ko‘rsatkichlarini (protrombin vaqti/MNO) oshishi va/yoki qon ketish xavfini oshishi aniqlangan. Shuning uchun bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llayotganda qon ivish ko‘rsatkichlarini kuzatib turish lozim.
Ruxiy reaktsiyalar
Xinolon guruhi preparatlarini, jumladan levofloksatsinni qabul qilayotgan ba'zi patsiyentlarda psixotik reaktsiyalar yuzaga kelgan.
Ushbu reaktsiyalar juda kam hollarda, ba'zida hattoki levofloksatsinni bir marta qabul qilingandan keyin ham patsiyentning hayotiga xavf tug‘diruvchi o‘z joniga qasd qilish fikrlari va hulq-atvorigacha avj olib borgan. Shunga o‘xshash reaktsiyalar rivojlanganda Fleksidni qabul qilish to‘xtatiladi va tegishli choralar ko‘riladi.
Fleksidni psixotik bemorlarga va anamnezida psixotik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya etiladi.
QT intervalni uzayishi
QT intervalni uzayish xavf omili bo‘lgan patsiyentlarga ftorxinolonlarni (jumladan levofloksatsin) buyurilganda ehtiyotkorlikka amal qilish kerak. Bunday omillarga quydagilar kiradi
- tug‘ma QT intervalni uzayish sindromi;
- QT intervalni uzaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan sabab bo‘luvchi dori preparatlarini (masalan, IA va III sinf aritmiyaga qarshi preparatlar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, antipsixotik preparatlar) birga yondosh qabul qilish;
- elektrolitlar muvozanatini muvofiqlashtirilmagan buzilishi (masalan, gipokaliyemiya, gipomagniyemiya);
- keksa yoshdagi patsiyentlar;
- yurak kasalliklari (masalan, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya).
Keksa patsiyentlar va ayollarda QT intervalni uzaytiruvchi preparatlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Shu sababli, bu toifa patsiyentlarda ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni qo‘llayotganda o‘ziga xos ehtiyotkorlik zarur.
Periferik neyropatiya
Ftorxinolon preparatlarini, shu jumladan levofloksatsinni qabul qilayotgan patsiyentlarda periferik sensor neyropatiya va periferik sensomotor neyropatiya kuzatilgan, ularni rivojlanishi yetarlicha darajada tez bo‘lishi mumkin. Neyropatiya simptomlari paydo bo‘lganida, qaytmas buzilishlarni oldini olish uchun levofloksatsinni qo‘llash to‘xtatiladi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari faoliyatini buzilishlari
Levofloksatsinni qo‘llayotganda (asosan yondosh og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, masalan sepsisda) hayotga xavf soluvchi darajadagi jigar yetishmovchiligi rivojlanishigacha avj oluvchi jigar nekrozi holati kuzatilgan. Anoreksiya, sariqlik, siydikni to‘qlashishi, qichishish yoki qorin sohasidagi og‘riq kabi jigar shikastlanishining klinik belgilari paydo bo‘lsa, darhol preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish va yordam uchun shifokorga murojaat qilish lozim.
Miasteniyani zo‘rayishi
Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin nerv-mushak faolligini bloklaydi va miasteniyasi bo‘lgan patsiyentlarda mushak zaifligini kuchaytirishi mumkin. Ftorxinolonlarni miasteniya bilan og‘ruvchi patsiyentlarda qo‘llaganda, og‘ir nojo‘ya reaktsiyalar, jumladan o‘lim bilan yakunlangan holatlar, shuningdek patsiyentlarga sun'iy nafas talab etilgan holatlar bilan kechgan holatlar aniqlangan. Anamnezida miasteniyasi bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsinni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ko‘rishni buzilishi
Ko‘rishni yomonlashishi yoki ko‘zga har qanday ta'sir bo‘lgan holatlarda, shoshilinch okulist maslahati zarur.
Superinfektsiya
Levofloksatsinni qabul qilish, ayniqsa uzoq muddat davomida qabul qilish sezgir bo‘lmagan organizmlarni haddan tashqari o‘sib ketishiga olib kelishi mumkin. Superinfektsiya holatida kerakli choralarni ko‘rish lozim.
Laborator tekshiruv natijalari ishonchligiga ta'siri
Levofloksatsinni qabul qilgan patsiyentlarda siydikda opiatlarning miqdori bo‘yicha test sinamasi soxta-musbat natijalarni berishi mumkin. Opiatlar yuzasidan testning musbat natijasini tasdiqlash uchun yuqori spetsifik usullar yordamida qayta tahlil o‘tkazish talab etilishi mumkin.
Levofloksatsin tuberkulyoz mikobakteriyalarini o‘sishini susaytirishi mumkin, demak, buning natijasida tuberkulyoz tashxis qilishda soxta-manfiy natijalar olinishi mumkin.
Homiladorlik va emizish
Levofloksatsinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan. Levofloksatsinni homilador va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga kuchsiz yoki o‘rtacha ta'sir ko‘rsatadi. Noxush ta'sirlar (masalan, bosh aylanish, shu jumladan vestibulyar, uyquchanlik, ko‘rishni buzilishi) diqqatni jamlash va javob reaktsiyasi tezligini buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa ushbu qobiliyatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vaziyatlarda (masalan, avtomobil boshqarganda yoki mexanizmlar bilan ishlaganda) xavf omili bo‘lishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘proq ahamiyatli belgilarga markaziy nerv tizimi tomonidan bo‘lgan simptomlar (ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ongni buzilishlari, talvasa xurujlari), QT interval uzayishi, shuningdek me'da ichak yo‘llari tomonidan reaktsiyalar (ko‘ngil aynishi va shilliq qavatida eroziyalar) kiradi. MNT ga ta'siri aniqlangan (ongni chalkashishi, tirishish, gallyutsinatsiya va tremor). Doza oshirib yuborilgan holatlarda simptomatik davolash o‘tkaziladi. QT interval uzayishi mumkinligi tufayli, EKG nazorat qilinadi. Me'da shilliq qavatini himoyalash uchun antatsidlarni qo‘llash mumkin. Levofloksatsin gemodializ, peritoneal dializ yoki AShSPD yordamida chiqarilmaydi. Maxsus antidoti mavjud emas.
Chiqarilish shakli
PVX/TE/PVDX/alyuminiy blisterda.
O‘ram o‘lchamlari qutida 5, 7 va 10 ta tabletkalar.
Sotuvda barcha o‘lchamdagi o‘ramlari bo‘lmasligi mumkin.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori haroratda orginal o‘rimida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Faqat retsept bo‘yicha beriladi
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
LEK d.d., Verovshkova 57, Lyublyana, Sloveniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.