Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fromilid Uno 500mg №7
Nomi | Narx | |||||
Фромилид Уно 500мг №7 (NN6545##2 387) |
UZS 68 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фромилид Уно 500мг №7 (NN6545##2 391) |
UZS 68 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Sloveniya
Дозировка
500 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
КРКА d.d.
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
Fromilid uno
Ta'sir uzaytirilgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar 500 mg
Klaritromitsin
Ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
-Ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Sizga uni yana o‘qib chiqish zarurati tug‘ilishi mumkin.
-Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
-Ushbu preparat faqat Siz uchun buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yubormang. Agar Sizda kasallikning belgilariga o‘xshash belgilar kuzatilsa ham, bu ularga ziyon yetkazishi mumkin.
-Agar Sizda nojo‘ya samaralar kuzatilsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir. 4 bo‘limga qarang.
Ushbu ilova-varaqada qanday ma'lumot saqlanadi
1.Fromilid uno preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
2.Fromilid uno preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak.
3.Fromilid uno preparatini qanday qabul qilish kerak
4.Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
5.Fromilid uno preparatini qanday saqlash kerak
6.O‘ramining ichidagisi va boshqa ma'lumotlar

Fromilid uno makrolidlar guruhiga mansub antibiotikdir. Uning ta'siri odam organizmida infektsiyalarni chaqiradigan bakteriyalarning o‘sishini susaytirilishi bilan ifodalanadi.
Fromilid uno respirator infektsiyalar (masalan, burunning yondosh bo‘shliqlari, tomoq, murtaklar, bronxlar va o‘pka infektsiyalari), shuningdek teri va teri osti to‘qimalarining infektsiyalarini davolash uchun qo‘llanadi.
Fromilid uno kattalar va 12 yosh va undan katta bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.

Fromilid uno preparatini
-agar Sizda klaritromitsinga yoki ushbu preparatning boshqa komponentlariga (6bo‘limda sanab o‘tilgan), yoki boshqa makrolid antibiotiklarga allergiya bo‘lsa;
-agar Sizda qonda kaliyning kontsentratsiyasi past (gipokaliyemiya) bo‘lsa;
-jigar funktsiyasini juda og‘ir darajada buzilishi va buyrak funktsiyasini yondosh buzilishi bo‘lganida;
-agar Siz qonda xolesterinning yuqori darajasini to‘g‘rilash uchun qo‘llanadigan preparatlar (lovastatin yoki simvastatin kabilar) qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Sizning yoki oilangizdan biror kimsaning anamnezida yurak ritmini buzilishlari (qorinchalar aritmiyasi, shu jumladan ikki tomonga yo‘nalgan qorinchalar taxikardiyasi) yoki elektrokardiogrammada (EKG, yurakning elektrik faolligini qayd etish) “QT oralig‘ini uzayishi sindromi” deb nomlangan siljishi bo‘lsa, preparatni qabul qilmang;
-Agar siz quyidagi preparatlardan birortasini avvaldan qabul qilayotgan bo‘lsangiz
-ergotamin yoki digidroergotamin (migrenni davolash uchun vosita),
-sizaprid (me'da kasalliklarini davolash uchun vosita),
-pimozid (ayrim ruhiy kasalliklarni davolash uchun vosita),
-terfenadin yoki astemizol (pichan isitmasi yoki allergiyani davolash uchun vosita),
-yurak ritmining jiddiy buzilishlarini chaqirishi ma'lum bo‘lgan boshqa preparatlar,
-tikagrelor (qonni suyultirish uchun) yoki ranolazin (stenokardiyani davolash uchun vosita),
-kolxitsin (podagrada qo‘llaniladigan vosita).
Maxsus ko‘rsatmalar
Fromilid uno preparatini qabul qilishdan avval shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
-agar Siz homilador bo‘lsangiz;
-agar Sizda og‘ir darajadagi buyrak kasalligi bo‘lsa;
-agar Sizda jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lsa;
-agar Siz og‘ir darajadagi miasteniya sifatida ma'lum bo‘lgan kasallik bilan xastalangan bo‘lsangiz;
-agar Siz avvaldan kolxitsin qabul qilayotgan bo‘lsangiz, chunki bu jiddiy nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin;
-Fromilid uno preparatini uzoq muddat qo‘llash rezistent bakteriyalarni haddan ziyod tez o‘sishiga (superinfektsiyaga) olib kelishi mumkin;
-agar Siz avvaldan boshqa antibiotiklardan birortasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Siz yurak kasalliklari bilan xastalangan bo‘lsangiz;
-agar Sizda yurakni urishi sekinlashgan bo‘lsa (bradikardiya);
-agar Sizda qonda magniyning darajasi patologik past (gipomagniyemiya) bo‘lsa, ushbu tabletkalarni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
Og‘ir allergik reaktsiyalar ushbu preparat hatto birinchi marta qabul qilinganida ham rivojlanishi mumkin. Agar sizda terini qichishishi, teri toshmalari paydo bo‘lsa, yoki nafas olish faoliyati to‘satdan qiyinlashgan bo‘lsa, e'tibor bering va zudlik bilan shifokoringiz bilan maslahatlashing. Agar sizda Fromilid® uno preparatini qabul qilish vaqtida yoki qabul qilgandan so‘ng og‘ir yoki barqaror diareya rivojlansa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi

Fromilid uno bolalar uchun, ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar ko‘rinishida, 6 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.
Boshqa preparatlar va Fromilid uno
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Fromilid uno preparatining ta'siriga, uni ayrim boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish ta'sir qilishi mumkin. Preparatning dozasini o‘zgartirish, boshqa ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish yoki ayrim hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish talab etilishi mumkin. Xususan, bu quyidagi preparatlarga taalluqlidir
-karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, valproat (tutqanoqni davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalari),
-teofillin (astmani davolash uchun vosita),
-varfarin (qonni suyultirish uchun vosita),

-triazolam, midazolam yoki alprazolam (trankvilizatorlar),
-dizopiramid, digoksin, xinidin yoki verapamil (yurak ritmini buzilishlarini davolash uchun vosita),
-statinlar (xolesterinning darajasi yuqori bo‘lganida qo‘llaniladigan vosita),
-pimozid (shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadi),
-flukonazol yoki itrakonazol (zamburug‘li infektsiyalarni davolash uchun vosita),
-rifabutin, rifampitsin (ayrim infektsiyalarga nisbatan samarali antibiotiklar),
-etravirin, efavirenz, nevirapin, zidovudin, ritonavir, atazanavir yoki sakvinavir (OITV-infektsiyasini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar),
-siklosporin, sirolimus yoki takrolimus (a'zolar ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin qo‘llanadigan preparatlar),

-sizaprid yoki omeprazol (me'da kasalliklarini davolash uchun vosita),
-aminoglikozidlar antibiotiklar (bakterial infektsiyalarda qo‘llaniladi),
-kolxitsin (podagrada qo‘llanadi),
-amlodipin, diltiazem (arterial bosim yuqori bo‘lganida qo‘llanadi),
-tolterodin (qovuqdagi muammolarda qo‘llanadi),
-insulin yoki boshqa ichga qabul qilish uchun qandni pasaytiruvchi preparatlar (qandli diabetda qo‘llanadi),
-teshik dalachoy (o‘simlikdan olinadigan dori vositasi),
-silostazol (oyoqlarda qon aylanishini yaxshilash uchun qo‘llanadi),
-metilprednizolon (yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi),
-sildenafil, talalafil yoki vardenafil (erektil disfunktsiyada qo‘llanadi),
-vinblastin (rakni davolash uchun qo‘llanadi).
Fromilid® uno preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish
Fromilid® uno preparatini ovqat vaqtida qabul qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davri
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu dori preparatini qabul qilishdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Garchi homiladorlik va emizish vaqtida preparatning havfsizligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, shifokoringiz Fromilid uno preparatini, davolashdan kutiladigan foyda, bola uchun havfdan ustun bo‘lgan holatdagina buyuradi.
Klaritromitsin ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi, shuning uchun davolanish vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Fromilid uno ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya, bosh aylanishi yoki vertigoni chaqirishi mumkin. Yuqoridagilar sizga taaluqli emasligiga ishonch hosil qilmaguncha, transport vositalarini boshqarmang va mexanizmlar bilan ishlamang.
Fromilid uno tarkibida laktoza va natriy saqlaydi
Agar shifokoringiz, Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtirolmaslik borligi xaqida aytgan bo‘lsa, ushbu dori vositasini qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashing. Fromilid uno preparatining har bir tabletkasi 12,85 mg natriy saqlaydi. Fromilid uno preparatining 1 tabletkadan (ortiq) dozalari 23 mg (ortiq) natriy (1 mmol) saqlaydi. Preparat natriyning miqdori nazorat qilinuvchi parhezga rioya qiluvchi patsiyentlarga qo‘llanganida buni inobatga olish kerak.
3Fromilid uno preparatini qanday qabul qilish kerak
Shifokoringiz yoki farmatsevt qanday aytgan bo‘lsa, preparatni hamisha shunday qabul qilish kerak. Agar Sizda shubha tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Siz tabletkani sindirishingiz mumkin emas; tabletkani butun holda kamida yarim stakan suv bilan yutish kerak.
Preparatning dozasi va davolash davomiyligi infektsiyaning turi va lokalizatsiyasiga, patsiyentning yoshi va davolashga nisbatan javob reaktsiyasiga bog‘liq. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun standart dozasi – har 24 soatda 500 mg li bir tabletkani tashkil etadi. Yanada og‘irroq infektsiyalarda sutkalik doza har 24 soatda 500 mg dan ikkita tabletkani tashkil etadi.
Davolash odatda 6 kundan 14 kungacha davom etadi.
Agar sizda jiddiy buyrak kasalliklari bo‘lsa, shifokor sizga boshqa dozani buyurishi mumkin.
Bolalarda qo‘llanishi
Fromilid uno ushbu dori shaklida 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Fromilid uno ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar shaklida 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Agar siz Fromilid uno preparatini keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz
Dozani oshirib yuborilishi
odatda me'da-ichak faoliyatini buzilishlari (ko‘ngil aynishi, o‘zini yomon his etish, qorinda og‘riq), bosh og‘rig‘i va dezoriyentatsiyani chaqiradi.
Dozani oshirib yuborilish simptomlari paydo bo‘lganida zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling. Shifokoringiz tegishli choralarni (me'dani yuvish, simptomatik davolash) ko‘radi. Gemodializ organizmdan klaritromitsinni chiqarilishini tezlashtirish uchun samarali usul bo‘lib hisoblanmaydi.
Agar siz Fromilid uno preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas. Preparatni har kuni aynan bir vaqtda qabul qilishga harakat qiling. Agar siz dozani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, yodingizga tushgan zahoti qabul qiling. Navbatdagi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling.
Agar siz Fromilid uno preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Tabletkani shifokor tayinlagan butun vaqt davomida qabul qiling. Agar hatto siz o‘zingizni yaxshi his qilsangiz ham, infektsiya organizmda saqlanib turishi mumkin va agar davolash tez tugatilsa, yana qaytadan rivojlanishi mumkin.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llashga nisbatan qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat, garchi ular hammada ham rivojlanmasa-da, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Tez-tez 10 nafar odamdan 1 tasida rivojlanishi mumkin
-uyqusizlik
-bosh og‘rig‘i, ta'm bilish hissini o‘zgarishi
-diareya, ko‘ngil aynishi yoki qusish, me'dani buzilishi (dispepsiya), me'dada og‘riq
-jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlarini siljishi
-toshma, kuchli terlash (gipergidroz)
Tez-tez emas 100 nafar odamdan 1 tasida rivojlanishi mumkin
-me'da va ichak infektsiyalari kabi infektsiyalar, zamburug‘li infektsiyalar, vaginal infektsiyalar
-leykotsitlar darajasini past bo‘lishi, anemiya va leykotsitlar tomonidan boshqa buzilishlar
-ishtahani yo‘qolishi, ishtahani pasayishi
-asabiylik, havotirlik
-bosh aylanishi, uyquchanlik, titroq
-quloqlarni shang‘illashi, bosh aylanishi (bosh aylanishi hissi) va quloq kasalliklari
-yurak ritmini o‘zgarishi, yurakni urib ketishi hissi (yurakni urib ketishi hissi)
-burundan qon ketishi
-og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi (stomatit), tilni yallig‘lanishi (glossit), me'dani yallig‘lanishi (gastrit), to‘g‘ri ichakda kuchli kam kuzatiladigan og‘riqlar (proktalgiya), qabziyat, og‘izni qurishi, kekirish, meteorizm, qorinni dam bo‘lishi, me'da shirasini qizilo‘ngachga qaytib chiqishi (GERK)
-safroni oqib chiqishini kamayishi yoki to‘xtashi (xolestaz), jigarni yallig‘lanishi (gepatit)
-terini qichishishi, toshma, terida mayda qizil nuqtali toshmalar toshishi (makulopapulyoz toshma)
-mushaklarda og‘riq (mialgiya), mushaklarni tortishishi va tirishishlari
-isitma, ko‘krakda og‘riq, o‘zini yomon his etish, toliqish, holsizlik (asteniya), et uvishishi
-qon tahlilida o‘zgarishlar (IF, LDG)
Uchrash tezligi noma'lum mavjud ma'lumotlar asosida uchrash tezligini aniqlash mumkin emas
-og‘ir yoki turg‘un diareya, bunda axlatda shilliq yoki qon izlari mavjud bo‘lishi mumkin (soxta membranoz kolit), terining infektsiyasi (saramas)
-leykotsitlar sonini ahamiyatli darajada kamayishi, bu infektsiyani (agranulotsitoz) rivojlanish ehtimolini oshiradi
-trombotsitlar sonini pasayishi (trombotsitopeniya)
-nafas olishini qiyinlashishi, yuz, og‘iz va tomoqni shishini chaqiruvchi og‘ir darajadagi allergik reaktsiyalar yoki bosh aylanishi (anafilaktik reaktsiya, angionevrotik shish)
-g‘ayritabiiy tushlar ko‘rish, ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya, gallyutsinatsiyalar, psixotik buzilishlar, depressiya
-ta'm bilish hissini yo‘qolishi, hid bilishni o‘zgarishi, tananing qismini yoki butun tanani kuchli titrashi ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi tirishishlar
-terini achishishi, sanchishi, chimchilash hissi, terida chumoli o‘rmalash hissi
-eshitishni yo‘qolishi
-yurakni nomuntazam yoki tez-tez urishi
-qon ketishi
-me'da osti bezini yallig‘lanishi, til va tishlar rangini o‘zgarishi
-terini sarg‘ayishi va jigarning boshqa kasalliklari
-teri, og‘iz, ko‘z va jinsiy a'zolarda po‘rsildoqlarni paydo bo‘lishi bilan kechuvchi jiddiy kasallik (Stivens-Djonson sindromi), terini qipiqlanishi bilan kechuvchi jiddiy kasallik (toksik epidermal nekroliz), akne, dori vositalari oqibatida toshma toshishi
-buyrakda muammolarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mushaklarni shikastlanishi (rabdomioliz), mushak og‘rig‘i yoki kuchsizligi (miopatiya)
-buyrak yetishmovchiligi
-qon ketishi havfini oshishi, siydik rangini o‘zgarishi bo‘lishi mumkin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Ushbu preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.
Dori vositalarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlash mumkin emas. Siz endi qabul qilmaydigan dori preparatlarni qanday utilizatsiya qilish kerakligini farmatsevtdan so‘rang. Ushbu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Fromilid uno preparatini tarkibiga nimalar kiradi
-Ta'sir etuvchi modda – klaritromitsin. Ta'sir uzaytirilgan har bir tabletka 500 mg klaritromitsin saqlaydi.
-Yordamchi moddalar
yadrosi natriy alginati, natriy kaltsiy alginati, laktoza monogidrati, povidon, polisorbat 80, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati va talk;
qobig‘i gipromelloza, tal'k, temir oksidi sariq bo‘yovchisi (E 172), titan dioksidi va propilenglikol.
Fromilid uno preparati qanday ko‘rinishga ega va o‘ramining ichidagisi
Ta'siri uzaytirilgan tabletkalar kapsulasimon, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida “U” belgisi bosilgan, jigarrang-sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
5 yoki 7 tabletkadan PVX/PVDX folga va alyumin folgali blisterga joylanadi.
1 blister (5 tabletkali blister) dan yoki 1 yoki 2 blister (7 tabletkali blister) dan ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmaryeshka sesta, 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.