Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ginokaps vag.kaps. №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метронидазол, миконазол
Страна производитель
Беларусь
Производитель
Минскинтеркапс,УП,Беларусь
Форма выпуска
Капсулы вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ginokaps
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metronidazol, mikonazol nitrati
Dori shakli
vaginal kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 100 mg metronidazol, 100 mg mikonazol nitrati.
yordamchi moddalar - tozalangan letsitin (Solek V-10, soyali suyuq), asalari mumi, tozalangan suv, kungaboqar moyi.
jelatin kapsula qobig‘ining tarkibi jelatin, glitserin, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv, titan dioksidi, sariq “quyosh shafag‘i” Ye-110 bo‘yovchisi.
Ta'rifi Oxiri uchli, tuxumsimon shaklli, chokli, bukiluvchan, tiniq bo‘lmagan , och-jigarrang rangli yumshoq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagisi - och-sariqdan to to‘q-sariqqacha bo‘lgan rangdagi, oq rangli kiritmali va achimagan hidli moysimon suyuqlik. Saqlanganida aralashma qavatlanishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
imidazol hosilalarining majmuasi.
ATX kodi G01AF20
Farmakologik xususiyatlari
Ginokaps dori vositasining farmakologik faolligi uning komponentlari - metronidazol va mikonazol nitratining ta'siri bilan bog‘liq. Preparat zamburug‘larga qarshi, protozoylarga qarshi va antibakterial ta'sir ko‘rsatadi.
Metronidazol - mikroblarga qarshi va protozoylarga qarshi vosita, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta'sir mexanizmi metronidazolning 5-nitroguruhini mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayrasi ichidagi anaerob transport proteinlarini bilan biokimyoviy tiklanishi bilan bog‘liq.
Metronidazolning tiklangan 5-nitroguruhi mikroorganizm hujayrasining DNK bilan, ularni nuklein kislotasi sintezini ingibitsiya qilib, o‘zaro ta'sirlashadi, bu bakteriyani nobud bo‘lishiga olib keladi. Trichomonas vaginalis, Gardrenella vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolitica, Lamblia spp., hamda obligat anaeroblar Bacteroides spp, (Bacteroides fragilis Bacteroides distasonis Bacteroides ovatus Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Velionella spp., Prevotella (Prevotella bivia, Prevotella buccae, Prevotella disiens) va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacter spp. Clostridium spp., Pertococcus spp., Peptostreptococcus spp., Mobiluncus spp) nisbatan faol. Metronidazolga aerob mikroorganizmlar sezuvchan emas.
Mikonazol - hujayra membranasining ergosteroli sintezini ingibitsiya qiluvchi zamburug‘larga qarshi vosita. Dermatofitlar, achitqi va ayrim boshqa zamburug‘larga nisbatan faol. Grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan mikroblarga qarshi faollik namoyon qiladi. Qichishishni bartaraf qiladi, u odatda zamburug‘ infektsiyasi bilan kechadi. Qin ichiga qo‘llanganida asosan Candida albicans ga nisbatan faol.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Qin ichiga yuborilganidan keyin metronidazol tizimli qon aylanishiga so‘riladi. “Ginokaps” kapsulasini qin ichiga qo‘llanilganda metronidazolning biokiraolishligi yuborilgan dozaning 20% ni tashkil qiladi.
Bu yuborish usulida mikonazol nitratining tizimli so‘rilishi juda past (taxminan dozaning 1,4%).
Metabolizmi va chiqarilishi
Metronidazol jigarda gidroksilizatsiya, oksidlanish va glyukuronizatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolitining (2-oksimetronidazol) faolligi – dastlabki birikma faolligining 30% ni tashkil qiladi.
Metronidazolning T1/2 6-11 soatni tashkil qiladi. Tizimli ta'sirga ega preparatning 60-80% dozasi buyraklar orqali chiqariladi (bu miqdorning 20% o‘zgarmagan ko‘rinishda). Metronidazolning metaboliti 2-oksimetronidazol metronidazolning metabolizmi oqibatida hosil bo‘luvchi suvda eruvchan pigment mavjudligi tufayli siydikni qizil-jigarrangga bo‘yaydi. Tizimli ta'sir etuvchi preparat dozasining 6-15% ichak orqali chiqariladi.
Ko‘krak sutiga va ko‘pchilik to‘qimalarga kiradi, GET va yo‘ldosh orqali o‘tadi.
Mikonazol jigarda faol bo‘lmagan metabolitlarini hosil qilib metabolizmga uchraydi. Mikonazol gistogematik to‘siqlardan yomon o‘tadi, orqa miya suyuqligiga deyarli o‘tmaydi.
Preparat qo‘llanilgandan 8 soatdan keyin mikonazolning 90% qinda mavjud bo‘ladi. O‘zgarmagan mikonazol plazmada ham, siydikda ham aniqlanmaydi.
Qo‘llanilishi
Ginokaps qinning trixomonadalar va/yoki kandidalar chaqirgan kasalliklarini mahalliy davolash uchun qo‘llanadi
- bakterial vaginoz
- trixomoniaz
- kandidozli vaginit.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ginokaps qin ichiga qo‘llanadi va qinga chuqur kiritiladi.
Trixomoniazda 1 kapsuladan sutkada 1 marta kechqurun, uyqudan oldin 10 kun davomida metronidazolni ichga qabul qilish bilan birga buyuriladi.
Bakterial vaginozda 1 qin kapsulasidan sutkada 1-2 marta 10 kun davomida buyuriladi, zarurati bo‘lganida metronidazolni ichga qabul bilan birga buyuriladi.
Kandidoz vulvovaginitda 1 qin kapsulasi qinga chuqur qilib kuniga 1 marta 10 kun davomida yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy kam hollarda – qin shilliq qavatini ta'sirlanishi va yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Tizimli samaralar rivojlanishi mumkin.
MIY tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi, qorinning pastki sohasida sanchiqsimon og‘riqlar, diareya, tilni karash bilan qoplanishi, og‘izda achchiq, metall ta'mi.
Qon yaratish tizimi tomonidan qaytuvchan neytropeniya (leykopeniya).
MNT tomonidan periferik nevropatiya (qo‘l-oyoqda uvishish hissi), kam hollarda va uzoq vaqt qo‘llaganda bosh og‘rig‘i, tirishishlar, uyquchanlik, bosh aylanishi, koordinatsiyani buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi kuzatilgan.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, eshakemi, teri qichishishi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, nisbatan kam hollarda angionevrotik shish va anafilaktik reaktsiyalar kuzatilgan.
Preparatning jigarga ta'siri jigar fermentlari faolligini oshishi, xolestaz, sariqlik haqida kam hollarda xabar berilgan.
Boshqalar tana haroratini oshishi, siydikni to‘qlashishi (metronidazolning metaboliti chaqiradi, klinik ahamiyatga ega emas).
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganda Ginokaps bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi;
- harakat koordinatsiyasini buzilishi;
- MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq);
- homiladorlikning I uch oyligi, laktatsiya davri;
- nitroimidazol hosilalarini o‘zlashtiraolmaslik;
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat peroral antikoagulyant preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Protrombin vaqti uzayishi mumkin, shuning uchun peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
Fermentlar induktorlari (masalan fenitoin, fenobarbital) metronidazolni chiqarilishini tezlashtirishi mumkin, bu fenitoinning klirensini oshishi bilan bir vaqtda metronidazolning plazmadagi darajasini pasayishiga olib keladi.
Alkogolni bir vaqtda iste'mol qilish disulfiramga o‘xshash (qorinda sanchiqsimon og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘irig‘i, terini qizarishi) reaktsiyalar chaqiradi.
Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (additiv ta'sir, psixotik holat, ongni chalkashishini chaqirishi mumkin).
Metronidazol bilan davolash kursi vaqtida qonda litiyning darajasi oshishi mumkin, shuning uchun Ginokapsni qo‘llashni boshlashdan oldin litiyning dozasini kamaytirish yoki davolash vaqtida uni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Siklosporinni metronidazol bilan bir vaqtda yuborish plazmada siklosporinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu laborator nazoratni (qon plazmasida siklosporinning darajasini aniqlashni) talab etadi.
Metronidazol 5-ftoruratsilning klirensini kamaytiradi, shu sababli uning toksikligi oshadi.
Preparat laborator tekshiruvlarda ALT, AST, laktatdegidrogenaza, glyukoz-geksokinaza faolligi va triglitseridlar darajasini aniqlashda xalaqit berishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bilan davolash vaqtida va davolagandan keyin kamida bir oy davomida alkogolni iste'mol qilish taqiqlanadi (disulfiramsimon reaktsiya spastik xarakterdagi abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon quyilishlari) va jinsiy aloqadan saqlanish tavsiya etiladi.
Trixomoniazni davolaganda jinsiy sherikni metronidazolning ichga qabul qilish uchun tabletkalari bilan davolashni bir vaqtda o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Qin kapsulalarini metronidazolning peroral shakllari bilan majmuada buyurish maqsadga muvofiq.
Preparatni ichga qabul qilish uchun metronidazol bilan birga qo‘llanilgan hollarda, ayniqsa takroran davolash kurslarida periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak (leykopeniya xavfi).
Ehtiyotkorlik bilan homiladorlik (II va III uch oyliklar), anamnezidagi leykopeniya.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Metronidazol gemato-yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Kalamushlarda tadqiqotlar o‘tkazilgan, ularda besh martalik doza kalamushlarga yuborilganda preparatni katta kalamushlarning fertilligiga ham, homilaga ham salbiy ta'siri aniqlanmaganligini ko‘rsatdi. Homilador sichqonlarga odamlarni davolash uchun buyuriladigan oddiy doza intraperitoneal yuborilganda fetotoksiklikni oshishi kuzatilgan, lekin xuddi shunday doza peroral yuborilganda og‘ishlar kuzatilmagan.
Shunga qaramasdan homilador ayollarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Homiladorlikning birinchi uch oyligida metronidazolni yuborilganda meta-tahlil o‘tkazilgan va homilaga salbiy ta'sirni tezlashishi aniqlanmaganligi haqida xulosa qilingan.
Shunga qaramasdan, metronidazolni homiladorlik vaqtida faqat preparatni qo‘llashning kutilayotgan afzalliklari va salbiy tomonlarini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina buyurish mumkin.
Emizish
Peroral metronidazol plazmadagi kontsentratsiyadagi kabi kontsentratsiyada ko‘krak sutida aniqlanadi. U sutga achchiq ta'm berishi mumkin. Preparatni bolaga salbiy ta'siridan saqlanish uchun ona uchun davolash kursini o‘tkazish zaruratiga qarab, davolash vaqtida va davolash kursi tugaganidan keyin yana 1-2 sutka davomida emizishni yoki preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Preparatni keksa patsiyentlarda qo‘llanishi
Metronidazolning farmakokinetikasini yoshga doir o‘zgarishlari tufayli, keksa yoshdagi patsiyentlarda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab etadi.
Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Faqat qin ichiga qo‘llanadi. Yuqori dozada to‘satdan ichga qabul qilinganda me'dani yuvish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya) paydo bo‘lganda faqat simptomatik davolash (me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yuborish, gemodializni o‘tkazish) amalga oshiriladi, chunki metronidazolning spetsifik antidoti yo‘q. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializ yordamida yaxshi chiqariladi.
Chiqarilish shakli
Yumshoq jelatin kapsulalar, 5 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.
Saqlash sharoiti
Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
18 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
“Minskinterkaps” UK, Belarus Respublikasi,
220075, Minsk sh., a/q 112, Injenernaya ko‘ch., 26 uy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.