Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lefloks 500 tab. №7
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левофлоксацин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
500 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lefloks®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) levofloksatsin
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
faol modda 256,23 mg, 512,46 mg, 768,69 mg levofloksatsin gemigidrati (250 mg, 500 mg va 750 mg levofloksatsinga ekvivalent);
yordamchi moddalar mikrokristallik sellyuloza, gidroksipropilmetiltsellyuloza, krospovidon, natriy stearil fumarati;
qobiq film-qoplama uchun material №11 gidroksipropilmetiltsellyuloza, mikrokristallik sellyuloza, makrogol 40 OE, titan dioksidi.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, oval shaklli, bir tomonida riskali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).
ATX kodi J01MA12
Farmakologik xususiyatlari
Faol modda sifatida ofloksatsinning chapga aylanuvchi izomerini saqlovchi, keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan ftorxinolonlar guruhiga mansub sintetik antibakterial preparatdir. DNK-giraza (topoizomeraza II) va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNK superspiralizatsiyasini va uzilishlarini birikishini buzadi, DNK sintezini bostiradi, sitoplazmada, hujayra devorida va membranalarda chuqur morfologik o‘zgarishlarni chaqiradi.
Mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan in vitro sharoitida ham, in vivo sharoitida ham samarali. Preparat ta'siriga sezgirlar
• aerob grammusbat mikroorganizmlarga Corynebacterium diphtheriae, Enterococcus spp. (shu jumladan Enterococcus faecalis), Liseria monocytogenes, Staphylococcus spp. (koagulaza manfiy metitsillinga sezgir/o‘rtacha sezgir shtammlari), Staphylococcus aureus ni ham qo‘shib (metitsillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus epidermidis (metitsillinga sezgir shtammlari), Staphylococcus spp, (leykotoksin saqlovchi); Sterptococcus spp. C va G guruhlari Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae (penitsillinga sezgir/o‘rtacha sezgir/rezistent shtammlari);
• anaerob grammanfiy mikroorganizmlar Acinetobacter spp. (shu jumladan Acinetobacter baumannii), Actinobacillus actinomycetemcomitans, Citrobacter freundii, Eikenella corrodens, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter spp. (shu jumladan Enterobacter cloacae), Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae (ampitsillinga sezgir/rezistent shtammlari), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pilori, Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae), Moraxella catarrhalis (beta-laktamazalarini ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae (penitsillinaza ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Neisseria meningitidis, Pasteurella spp. (shu jumladan Pasreurella canis, Pasteurella dagmatis, Pasreurella multocida), Proteus mirabilis, Proteus vilgaris, Providencia spp. (shu jumladan Providencia rettgeri, Providencia stuartii), Pseudomonas spp. (shu jumladan Pseudomonas aeruginosa), Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens), Salmonella spp.;
• anaerob mikroorganizmlar Bacteroides fragilis, Bifidobacterium spp., Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus spp., Propionibacterium spp., Veilonella spp.;
• boshqa mikroorganizmlar Bartonella spp., Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila spp., Mycobacterium spp. (shu jumladan Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis, Mycoplasma hominis), Mycoplasma pneumoniae, Riskettsia spp., Ureaplasma urealyticum;
O‘rtacha sezgir mikroorganizmlar (minimal bostiruvchi kontsentratsiya 4 mg/ml dan ko‘proq.
• aerob grammusbat mikroorganizmlar Corynebacterium urealyticum, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermidis (metitsillinga rezistent shtammlari), Staphylococcus haemolyticus (metitsillinga rezistent shtammlari);
• aerob grammanfiy mikroorganizmlar Burkholderia cepacia, Campilobacter jejuni, Campilobacter coli;
• anaerob mikroorganizmlar Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus, Bacteroides ovatus, Prevotella spp., Porphyromonas spp.;
Chidamli mikroorganizmlar (minimal bostiruvchi kontsentratsiya 8 mg/l dan ko‘proq
• aerob grammusbat mikroorganizmlar Corynebacterium jeikeium, Staphylococcus aureus (metitsillinga rezistent shtammlari), boshqalar Staphylococcus spp. (koagulaza manfiy metitsillinga rezistent shtammlari);
• aerob grammanfiy mikroorganizmlar Alcaligenes xylosoxidans;
• boshqa mikroorganizmlar Mycobacterium avium.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida levofloksatsin me'da-ichak yo‘lidan tez va deyarli to‘liq so‘riladi (ovqat qabul qilish so‘rilish tezligiga va to‘liqligiga kam ta'sir qiladi).
Biokiraolishligi - 99%. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) -1-2 soat. 50 mg qabul qilinganida plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) 5,2 mkg/ml ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30-40%.
Levofloksatsinni o‘rtacha to‘planishi preparat 500 mg dozada kuniga 2 marta qabul qilinganida uchinchi kuni kuzatiladi. A'zolar va to‘qimalarga yaxshi kiradi o‘pkaga, bronxlarni shilliq qavatiga, balg‘am, siydik-jinsiy tizimi a'zolariga, polimorf-yadroli leykotsitlarga, alveolyar makrofaglarga. Bronxlarning shilliq qavatida va epitelial qoplama suyuqligida 500 mg preparatni peroral qabul qilinganidan keyin Smax muvofiq -8,3 mkg/g va 10,8 mkg/ml ga qavariqlarning suyuqligida levofloksatsinning Smax 4,0-6,7 mkg/ml, Tmax holatida 2-4 soat, 500 mg preparat peroral qabul qilinganidan keyin o‘pka to‘qimasidagi Smax-11,3 mkg/g; TSmax esa -4-6 soat. Levofloksatsin oz miqdorda orqa miya suyuqligiga kiradi. Sutkada 500 mg levofloksatsin peroral qabul qilinganidan keyin davolashning uchinchi kuni preparat qabul qilinganidan keyin 2, 6 va 24 soatdan keyin prostata bezi to‘qimasida Smax muvofiq - 8,7 mkg/g, 8,2 mkg/g va 2,0 mkg/g. Prostata bezi/plazma kontsentratsiya nisbati o‘rtacha -1,84. 500 mg preparat qabul qilinganidan keyin siydikdagi Smax o‘rtacha qiymati 8-12 soatdan keyin - 200 mkg/l. Jigarda preparatni katta bo‘lmagan qismi oksidlanadi va/yoki dezatsetillanadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2)-6-8 soat. Organizmdan asosan buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning taxminan 85%) kalava filtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Levofloksatsinning ichga qabul qilingan dozasining 4% ichak orqali 72 soat davomida chiqariladi. Buyrak funktsiyasini buzilishlarida va buyrak klirensini kamayishida T1/2 oshadi.
Klinik sinovlarda erkak va ayollarda preparatning farmakokinetikasida farqlar aniqlanmagan.
Qo‘llanilishi
Kattalarda preparatga sezgir mikroorganizmlar yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari
- o‘tkir sinusitlar;
- surunkali bronxitni zo‘rayishi;
- shifoxonadan tashqari va shifoxona ichi pnevmoniyasi;
- teri va teri osti yog‘ qavati, shuningdek yumshoq to‘qimalarning asoratlangan va asoratlanmagan infektsiyalari;
- o‘tkir piyelonefrit;
- siydik-chiqarish yo‘llarining asoratlangan va asoratlanmagan infektsiyalari;
- surunkali bakterial prostatit;
- septitsemiya/bakteriyemiya;
- tuberkulyozning doriga chidamli shakllarida (majmuaviy davolash tarkibida);
- kuydirgining havo-tomchi yo‘li bilan yuqishida (davolash va profilaktikasida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Preparatni butunligicha, chaynamasdan, ko‘p miqdordagi suv bilan (0,5-1 stakan) qabul qilish kerak. Levofloksatsin tabletkalarini ovqat qabul qilishga bog‘liq bo‘lmagan xolda qabul qilish mumkin.
Preparat kattalarga jadvalda ko‘rsatilgandek buyuriladi
Infektsiya
Dozalash
Soni
(sutkada/marta)
Davolashning davomiyligi
O‘tkir sinusit
500 mg
1
10-14 kun
Shifoxonadan tashqari pnevmoniya
500-750 mg
1-2
7-10 kun
Shifoxona ichi pnevmoniyasi
750 mg
1
7-10 kun
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infektsiyalari
750 mg
1-2
7-14 kun
Surunkali bronxitning zo‘rayishi
500 mg
1
7-10 kun
Teri va teri osti yog‘ qavatining asoratlanmagan infektsiyalari
500 mg
1
7-10 kun
Piyelonefrit
500 mg
1
7-10 kun
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari
250-500 mg
1
7-14 kun
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalari
250 mg
1
3 kun
Surunkali bakterial prostatit
500 mg
1
28 kun
Septitsemiya
500 mg
1-2
10-14 kun
Abdominal soha infektsiyalari
(kompleks davo sifatida)
500 mg
1
7-14 kun
Tuberkulyozning doriga-chidamli shakllarida (kompleks davolash tarkibida)
500 mg
1-2
90 kungacha
Kuydirgining havo-tomchi yo‘li bilan yuqishida (davolash va profilaktikasida)
500 mg
1
2 oygacha
Nojo‘ya ta'sirlari
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma'lum – mavjud ma'lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q.
Infektsion va parazitar kasalliklar tez-tez emas – kandidozlar.
Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan tez-tez emas– leykopeniya, eozinofiliya; kam hollarda– trombotsitopeniya, neytropeniya; noma'lum – pantsitopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya.
Immun tizimi tomonidan kam hollarda– angiodistrofiya, yuqori sezuvchanlik; noma'lum – anafilaktik shok, anafilaktoid shok.
Oziqlanish va moddalar almashinuvi tomonidan tez-tez emas – anoreksiya; kamdan-kam – qandli diabet bemorlarida gipoglikemiya; noma'lum – giperglikemiya, gipoglikemik koma.
Ruhiyat tomonidan tez-tez – uyqusizlik; tez-tez emas – bezovtalik, chalkashish, asabiylilik; kam hollarda– psixotik reaktsiyalar (masalan, gallyutsinatsiyalar, paranoyya), depresiya, qo‘rquv holati; noma'lum – o‘z hayotiga qasd qilish holatlari, xususan, suitsid hayollar va harakatlar.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; kam – uyquchanlik, tremor, disgevziya (ta'm bilishning buzilishi); kam hollarda– tirishishlar, paresteziya; noma'lum – periferik sensor va motor neyropatiyalar, parosmiya, periferik parosmiya, anosmiya va diskineziya, ekstrapiramid buzilishlar, agveziya (ta'm sezishni buzilishi), sinkope, xavfsiz bosh miya ichi gipertoniyasi.
Ko‘rish a'zolari tomonidan kam hollarda– vizual buzilishlar, shuningdek ko‘rishni xiralashishi; noma'lum - o‘tuvchi ko‘rishning buzilishi.
Eshitish a'zolari va muvozanat tomonidan tez-tez emas – vertigo; kam hollarda – quloqda shovqin; noma'lum – eshitishning buzilishi yoki yo‘qolishi.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan kam hollarda – taxikardiya, yurakni tez urishi, gipotenziya; noma'lum – yurak to‘xtashigicha olib keluvchi qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar aritmiyasi (EKG da QT intervali uzayish xavfi bo‘lgan patsiyentlarda).
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan tez-tez emas – dispnoe; noma'lum – bronxospazm, allergik pnevmonit.
Me'da–ichak yo‘llari tomonidan tez-tez – diareya, qusish, ko‘ngil aynishi; tez-tez emas –qorinda og‘riq, dispepsiya, meteorizm, qabziyat; noma'lum – psevdomembranoz kolit, shuningdek enterokolit, pankreatitga shubha qiluvchi qon aralash diareya.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez – jigar fermentlarining oshishi (ALT, AST, ishqoriy fosfataza); tez-tez emas – qonda bilirubin miqdorining oshishi; noma'lum –gepatitlar.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez emas – toshma, qichishish, eshakemi, gipergidroz; noma'lum – toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, fotosezuvchanlik.
Tayanch-harakat tizimi tomonidan tez-tez emas – artralgiya, mialgiya; kam hollarda– , tendinit, mushakni bo‘shashishi; noma'lum – rabdomioliz, paylarning uzilishi (masalan, Axill payi), boylamlarni uzilishi, mushaklar uzilishi, artrit.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez emas – qonda kreatinin miqdorining oshishi; kam hollarda– buyrak yetishmovchiligi, nefrit.
Kimyoterapevtik ta'sir bilan bog‘liq samaralar tez-tez emas – kandidozlar kuzatilishi mumkin.
NOXUSh REAKTSIYaLAR KUZATILGANDA ShIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- antibakterial xinolon guruhiga mansub vositalarga va preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- tutqanoq;
- psevdoparalitik miasteniya (myasthenia gravis);
- anamnezda ftorxinolonlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan paylarning jarohatlanishi;
- bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (tog‘ay nuqtalarining rivojlanishida skeletning to‘liq o‘sishi uchun xavfni bartaraf etish mumkin emas);
- homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda
- antatsidlar, ya'ni polivalent kation saqlovchi preparatlar (magniy/alyuminiy antatsidlari, sukralfat, didenozin) yoki kaltsiy, temir yoki rux saqlovchi preparatlar (chaynaladigan tabletkalar va bolalar kukuni), levofloksatsinning so‘rilishini sezilarli darajada pasaytirishi mumkin, bu zardob va siydikdagi darajasi kutilganidan ancha past bo‘lishiga olib keladi. Bu preparatlar, levofloksatsin qabul qilingandan keyin kamida ikki soat o‘tgach yoki qabul qilishdan ikki soat oldin qabul qilinishi kerak;
- teofillin bilan, zardobda teofillinning kontsentratsiyasini oshishiga va yarim chiqarilish vaqtini uzayishiga olib kelishi mumkin. Bu teofillinni qabul qilinishi bilan bog‘liq nojo‘ya samaralar xavfini oshishi bilan tugallanishi mumkin. Agar birga qo‘llashdan saqlanib bo‘lmasa, zardobdagi teofillinning darajasi nazorat qilinishi va dozani muvofiq ravishda tuzatish kerak;
- varfarin bilan, protrombin vaqtini, Halqaro me'yorlashtirilgan nisbatni (XMN) (International Normalized ratio – NMR) yoki boshqa tegishli antikoagulyant sinamalarni muntazam nazorat qilish lozim. Patsiyentlar, shuningdek, qon ketish xavfi yuzasidan kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak;
- siklosporin, digoksin, probenetsid, simetidin bilan, levofloksatsinning yoki sanab o‘tilgan preparatlarning dozasini tuzatish talab etilmaydi;
- klinik oldi tadqiqotlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (atsetilsalitsil kislotasidan tashqari) xinolin preparatlari bilan majmuada katta dozalarda qo‘llanganida tirishishlarni qo‘zg‘atgan;
- gipoglikemik preparatlari bilan, patsentlarning qonidagi glyukoza darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Xinolon preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarda yelka, qo‘l, axill paylari va boshqa paylar uzilishi mumkin, ular travmatologik yordamni talab qiladi va uzoq muddat davomida mehnatga yaroqsizlikka olib keladi. Paylarning uzilish xavfi, bir vaqtda kortikosteroid preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, ayniqsa keksalarda oshadi. Agar patsiyent payning og‘rishi, yallig‘lanishi yoki uzilishini qayd etsa, levofloksatsin qo‘llanilishini to‘xtatish kerak. Tendinit yoki payni uzilishi tashhisi butunlay istisno qilinmagunicha patsiyentlar davolash kursidan saqlanishlari kerak.
Deyarli barcha antibakterial vositalar qo‘llanganda soxta membranoz kolit kuzatilishi va og‘irligi bo‘yicha yengil darajadan to hayot uchun xavf tug‘diruvchi holatgacha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun antibakterial vositalarni buyurgandan keyin diareya yuz bergan bemorlarda tashhisni aniqlash juda muhimdir. Antibakterial vositalar bilan davolash, yo‘g‘on ichak florasini o‘zgartirishi va klostridiylarni haddan ziyod tez o‘sishiga olib kelishi mumkin. Clostridium difficile ishlab chiqaradigan toksin «antibiotik bilan bog‘liq kolitning» birinchi sababchisidir. Soxta membranoz kolit tashhisi aniqlanganidan keyin davo choralarini boshlash kerak. Soxta membranoz kolit o‘rtacha va og‘ir darajasida infuziya uchun eritmalar, elektrolitlar, oqsillar va Clostridium difficile chaqirgan kolitda klinik jihatdan samarali hisoblangan antibakterial vositalar buyurilishi kerak.
Xinolon preparatlarini, shu jumladan levofloksatsinni qabul qilayotgan bemorlarda tirishishlar va toksik psixozlar aniqlangan. Boshqa xinolon preparatlari kabi, levofloksatsin ham, markaziy nerv tizimining shubha qilingan yoki aniqlangan kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yoki xurujlarga moyilligi chaqirishi yoki xurujlar bo‘sag‘asini pasaytirishi (masalan, serebral arteroskleroz, tutqanoq, teofillin bilan davolash, buyraklar faoliyatining buzilishi) mumkin bo‘lgan boshqa xavf omillari bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Xinolon preparatlari bilan davolash vaqtida gemolitik reaktsiyalar rivojlanishi tufayli, preparatni glyukoza-6-fosfatdegidrokinaza tanqisligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozalash tartibini tuzatish kerak
- kreatinin klirensi minutiga 20 dan 49 ml gacha bo‘lganida – boshlang‘ich doza sutkada 500 mg; keyinchalik sutkada 250 mg dozada.
- kreatinin klirensi minutiga <20 ml bo‘lganida – boshlang‘ich doza 500 mg, keyinchalik 48 soatda 250 mg dozada buyuriladi.
Piyelonefrit va siydik-chiqarish tizimining boshqa asoratlangan infektsiyalari bo‘lgan bemorlarda
Boshlang‘ich doza 250 mg; keyinchalik 48 soatda 250 mg dozada buyuriladi.
Fotosensibilizatsiya rivojlanishidan saqlanish uchun bemorlarga kuchli quyosh yoki sun'iy ultrabinafsha nurlanishga uchramaslik tavsiya qilinadi. Fotosensibilizatsiya paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish kerak.
Geriatrik patsiyentlarda qo‘llanishi
Buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarda dozani tuzatish talab qilinmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparatning xomiladorlik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha FDA tasnifiga binoan Lefloks® (levofloksatsin) preparati homilaga ta'siriga ko‘ra “C” toifaga kiradi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda dori vosita homilaga salbiy ta'sir ko‘rsatgan, homilador ayollarga mos yetarli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, ammo, homilador ayollarda shu dori vositasini qo‘llanganlik bilan bog‘lik potentsial foyda, xavf ehtimoli bo‘lishiga qaramay, undan foydalanishni oqlashi mumkin. Levofloksatsin ayollarga ko‘krak suti bilan emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Levofloksatsinni ko‘krak sutiga o‘tish xaqidagi ma'lumotlar yetarli emas. Ammo boshqa ftorxinolonlar ko‘krak sutiga o‘tadi. Odamlardagi ma'lumotlar bo‘lmaganligi va eksperimental ma'lumotlar o‘sayotgan organizmda ftorxinolonlarni ta'siri ostida suyak-tog‘aylarni shikastlanishi xavfligi tufayli laktatsiya davrida ayollarda levofloksatsinqo‘lanilmasligi ma'qul.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Patsiyentlarning transport vositalarini boshqarish, mexanik qurilmalarga xizmat qilish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan bog‘liq xavf to‘g‘risida xabardor qilish lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Sipmtomlari ongni chalkashishi, bosh aylanishi, tirishish xurujlari, ko‘ngil aynishi, shilliq qavatlarni shikastlanishi.
Davolash maxsus antidoti yo‘q. Simptomatik davolash. Gemodializ yoki peritoneal dializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
«Lefloks® 250», qobiq bilan qoplangan tabletkalar, №3.
«Lefloks® 500», qobiq bilan qoplangan tabletkalar, №7.
«Lefloks® 750», qobiq bilan qoplangan tabletkalar, №7, tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 “A”Tel. (99871) 207 99 00; Faks (99871) 207 99 01; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.