Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Levofloksacin infuziya uchun eritma 5 mg / ml 100 ml Radiks
Levofloksacin infuziya uchun eritma 5 mg / ml 100 ml Radiks
Nomi | Narx | |||||
Левофлоксацин р-р д/инф 5мг/мл 100мл Radiks (070224##2 053) |
UZS 12 000
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Левофлоксацин р-р д/инф 5мг/мл 100мл Radiks (070224##2 059) |
UZS 12 000
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левофлоксацин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,5% 100 мл
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Levofloksatsin
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) levofloksatsin (levofloxacin)
Dori shakli
infuziya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda levofloksatsin gemigidrati -5,0 mg;
yordamchi moddalar natriy xloridi, dinatriya edetati, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, sarg‘ish-yashil rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi)
ATX kodi J01MA12
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ftorxinolonlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi preparat. Keng antibakterial (bakteritsid) ta'sir doirasiga ega.
Preparat mikroorganizmlarni ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faol
- aerob grammusbat bakteriyalar Sorynebacterium diphtheriae, Enterococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Viridans group streptococci;
- aerob grammanfiy bakteriyalar Acinetobacter spp. (shu jumladan Acinetobacter baumanii, Acinetobacter calcoaceticus, Acinetobacter anitratus), Acinobacilus actinomycetemcomitans, Bordetella pertussis, Citrobacter freundii, Citrobacter diversus, Eikenella corrodens, Enterobacter cloacae, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter sakazakii, Escherichia coli, Gardenella vaginalis, Haemophilus ducrey, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca, Legionella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Pasteurella dogmatis, Pasterella multocida, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia stuartii, Providencia retgeri, Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas fluorescens, Salmonella spp., Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens);
- anaerob grammusbat bakteriyalar Clostridium perfringens, Peptostreptococcus, Propionibacterium spp.;
- anaerob grammanfiy bakteriyalar Bacteroides fragillis, Bartonella spp. Bifidobacterium spp., Fusobacterium spp., Veillonella spp.;
- hujayra ichki parazitlar Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
500 dozasi bir marta (60 minut davomida) yuborilganida qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga 1,3 soatdan keyin erishiladi va 5,2-6,9 mkg/ml tashkil etadi.
Levofloksatsinning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega va preparat bir marta va ko‘p marta yuborilganida oldindan aytish mumkin. Vena ichiga yuborilganidan so‘ng levofloksatsinning plazmadagi kontsentratsiyasi tabletka shaklida qabul qilingandagi bilan o‘xshashdir. Shuning uchun peroral qabul qilish va vena ichiga yuborish usullarini o‘zaro o‘rnini bosuvchi deb hisoblash mumkin.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 30-40%.
To‘qima va a'zolarga o‘pka, bronxlarning shilliq qavati, balg‘am, siydik chiqarish a'zolari, jinsiy a'zolar, suyak to‘qimasi, orqa miya suyuqligi, prostata bezi, polimorf yadroli leykotsitlar, al’veolyar makrofaglarga oson o‘tadi.
Metabolizmi
Levofloksatsinning katta bo‘lmagan qismi jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
500 mg bir martalik dozasi vena ichiga yuborilganidan so‘ng yarim chiqarilish davri 6-8 soatni tashkil etadi.
Asosan buyraklar orqali kalavalar filtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi yordamida chiqariladi.
Yuborilgan dozasining taxminan 87% siydik bilan o‘zgarmagan holda 48 soat davomida chiqariladi. 4% dan kamroq qismi 72 soat davomida axlatda aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Levofloksatsinga sezgir mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan yengil, o‘rtacha va og‘ir infektsiyalarni davolash
- Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis chaqirgan o‘tkir sinusit;
- Bakterial infektsiyalar (Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Moraxella catarrhalis) bilan bog‘liq bo‘lgan surunkali bronxitni zo‘rayishi;
- Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae (shu jumladan penitsillinga chidamli shtammlari, penitsillinni MBK si ≥2 mkg/ml), Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Chlamydia pneumoniae yoki Mycoplasma pneumoniae chaqirgan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
- Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes, Enterococcus faecalis, Proteus mirabolisning metitsillinga sezgir shtammlari chaqirgan teri va uning qo‘shimchalarini asoratlangan infektsiyalari;
- Streptococcus aereus yoki Streptococcus pyogenes chaqirgan teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlanmagan infektsiyalari (engil va o‘rta og‘irlik darajasidagi), shu jumladan abstsess, flegmona, furunkul, impetigo, piodermiya, jarohat infektsiyasi;
- Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Strahilococcus saprophyticus chaqirgan siydik-chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan (engil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi) infektsiyalari;
- Enterococcus faecalis, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Klebsiella pneeumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa chaqirgan siydik-chiqarish yo‘llarining va buyraklarning asoratlangan (engil va o‘rta darajadagi) infektsiyalari;
- Escherichia coli chaqirgan o‘tkir piyelonefritda (engil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga tomchilab asta-sekin har 24 soatda 250-750 mg dan (250-500 mg doza 60 minut davomida, 750 mg - 90 minut davomida) yuboriladi. Keyinchalik xuddi shu dozada peroral qabulga o‘tish mumkin. Davolanish davomiyligi qo‘llashga ko‘rsatmalar, shuningdek taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchining sezgirligiga bog‘liq. Tavsiya qilingan dozalash tartibiga qat'iy rioya qilish lozim. Tana harorati me'yorlashganidan keyin 2-3 kun davomida preparatni qo‘llashni davom ettirish tavsiya qilinadi. Preparat bilan davolashni mustaqil uzish yoki muddatidan oldin to‘xtatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Pnevmoniyada vena ichga 500 mg dan sutkada 1-2 marta 7-14 kun davomida yuboriladi.
Siydik-chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalarida – vena ichiga 250 mg dan sutkada 1 marta 3 kun davomida. Siydik-chiqarish yo‘llarining va buyraklarning og‘ir infektsiyalarida vena ichiga yuborish uchun doza va davolanish muddati oshirilishi mumkin.
Teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalarida - vena ichiga 500 mg dan sutkada 2 marta 7-14 kun davomida qo‘llanadi.
Pnevmokokklar va gospital infektsiya chaqirgan, Pseudomonas aeruginosa qo‘zg‘atuvchisi chaqirgan og‘ir pnevmoniyada, preparatni qo‘llash yetarli darajada samarali bo‘lmasligi mumkin va majmuaviy davolash talab qilinishi mumkin.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinadi. Kreatinin klirensining ko‘rsatkichiga bog‘liq holda preparatni quyidagi sxema bo‘yicha buyurish lozim
- kreatinin klirensi minutiga 50-20 ml bo‘lganida birinchi sutkada odatdagi doza yuboriladi, (kreatinin klirensi me'yorida bo‘lgan patsiyentlar uchun tavsiya qilingan), ikkinchi sutkadan boshlab – preparatning dozasi ikki martaga kamaytiriladi.
- kreatinin klirensi minutiga 19-10 ml bo‘lganida birinchi sutkada odatdagi doza yuboriladi, (kreatinin klirensi me'yorida bo‘lgan patsiyentlar uchun tavsiya qilingan), ikkinchi sutkadan boshlab – preparatning dozasi to‘rt martaga kamaytiriladi.
- kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kamligida (shu jumladan gemodializ va uzoq muddatli peritoneal dializda) birinchi sutkada odatdagi doza yuboriladi (kreatinin klirensi me'yorida bo‘lgan patsiyentlar uchun tavsiya qilingan). Sutkada 500 mg dan yuqori bo‘lmagan dozalarda ikkinchi sutkadan boshlab preparatning dozasi to‘rt martaga kamaytiriladi.
Sutkada 500 mg dan 1000 mg gacha bo‘lgan dozalar buyurilgan patsiyentlarga, ikkinchi sutkadan boshlab preparatning dozasi sakkiz martaga kamaytiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar ba'zida – terini qichishishi va qizarishi; kam hollarda – anafilaktik yoki anafilaktoid reaktsiyalar (eshakemi, yuzni shishi kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladigan), juda kam hollarda – AB ni to‘satdan pasayishi va shok; ayrim hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ekssudativ ko‘p shaklli eritema.
Mahalliy reaktsiyalar vena ichiga yuborilganida - yuborish joyida og‘riq va yallig‘lanishi, belda va ko‘krakda og‘riq, ko‘p terlash.
Nerv tizimi tomonidan ba'zida - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, toliqish, ta'm sezishni buzilishi; kam hollarda - qo‘l-barmoqlarda paresteziyalar, qaltirash, bezovtalik, qo‘rquv hissi, tirishish hurujlari va ongni chalkashishi; juda kam hollarda – ko‘rishni va eshitishni buzilishi, ta'm sezish va hid bilishni buzilishi, taktil sezuvchanlikni pasayishi, diqqatni jamlashni pasayishi, gallyutsinatsiyalar va depressiyalar kabi psixotik reaktsiyalar, koordinatsiyani buzilishi (shu jumladan yurishdagi).
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez - ko‘ngil aynishi, diareya (juda kam hollarda qon bilan, bu ichakni yallig‘lanishi yoki soxtamembranoz kolitning belgilari bo‘lishi mumkin), ba'zida - ishtahani yo‘qolishi, qusish, qorin og‘riqlari, ovqatni hazm bo‘lishini buzilishi, kam hollarda - og‘izni qurishi, me'da-ichak qon ketishlari; juda kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (gepatit, xolelitiaz).
Qon-yaratish a'zolari tomonidan ba'zida – eozinofiliya, leykopeniya; kam – neytropeniya, trombotsitopeniya (qon quyilishlariga yoki qon ketishiga moyillikda); juda kam – yaqqol agranulotsitoz (tana haroratini turg‘un yoki qaytalanuvchi oshishi; bodomsimon bezlarni yallig‘lanishi va holatni turg‘un yomonlashishi bilan birga kechuvchi); alohida hollarda – gemolitik anemiya, pantsitopeniya.
Yurak - qon tomir tizimi tomonidan kam hollarda – taxikardiya, gipotenziya va gipertenziya; juda kam hollarda – kardiogrammada QT intervalni uzayishi, tomirli kollaps, yurak qorinchalarini titrashi - lipillashi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan kam hollarda – paylarni shikastlanishi (shu jumladan tendinit), bo‘g‘im va mushak og‘riqlari; juda kam hollarda – axillov payini uzilishi (ikki tomonlama xarakterga ega va davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida namoyon bo‘ladi), mushak zaifligi (miasteniyali bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega); alohida hollarda – rabdomioliz.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan ba'zida - vaginit, juda kam hollarda – buyrak funktsiyasini o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha yomonlashishi (masalan, allergik reaktsiyalar oqibatidagi – interstitsial nefrit).
Boshqalar ba'zida – asteniya; juda kam hollarda – gipoglikemiya, isitma, allergik pnevmonit, vaskulit.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari ba'zida - ALT, AST faolligini oshishi, qon zardobida kreatininning darajasini oshishi; kam hollarda – LDG oshishi, glyukozaning miqdorini oshishi yoki kamayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Levofloksatsinga yoki boshqa xinolonlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; tutqanoq, anamnezdagi xinolonlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan paylarni shikastlanishi; homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fenbufen bilan va unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, teofillin bilan majmuaviy davolashda, preparat tirishishga tayyorgarlik pog‘onasini kamaytirishi mumkin.
Sukralfat temir tuzlari va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalari levofloksatsinning samarasini kamaytiradi (preparatlarni qabul qilish orasidagi interval 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak).
Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida protrombin vaqti va qon ketishining xavfi (MNO, protrombin vaqti va koagulyatsiyaning boshqa ko‘rsatkichlarini sinchkov chuqur monitoringi, shuningdek qon ketishini mumkin bo‘lgan belgilarini monitoringi zarur) oshadi.
Simetidin va probentsid ta'siri ostida Levofloksatsinni chaqirlishi biroz sekinlashadi. Levofloksatsin qon plazmasidan siklosporinning T1/2 biroz oshishini chaqiradi.
Glyukokortikoidlar paylarni uzilish xavfini oshiradi (ayniqsa keksalarda).
Alkogol markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarini (bosh aylanishi, karaxtlik, uyquchanlik) kuchaytirishi mumkin.
Diabeti bo‘lgan, peroral gipoglikemik vositalarni yoki insulinni qabul qilayotgan bemorlarda, levofloksatsinning fonida gipo- yoki giperglikemik holatlar bo‘lishi mumkin (glyukozaning qondagi darajasini sinchiklab monitoring qilish tavsiya qilinadi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning infuzion eritmasi quyidagi eritmalar bilan mutanosib fiziologik eritma, 5% li dektroza eritmasi, 2,5% li Ringerning dektroza bilan eritmasi, parenteral yuborish uchun majmuaviy eritmalar (aminokislotalar, uglevodlar, elektrolitlar). Preparatning infuzion eritmasini geparin va ishqoriy reaktsiyali eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatni bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘llash mumkin emas.
Flakon butunligi buzilganda va eritmaning tiniqligi o‘zgarganda qo‘llash man etiladi!
Avtomobilni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri davolash davrida bosh aylanishi, uyquchanlik, tanglik va ko‘rishni buzilishini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, avtomobil va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak, chunki psixomotor reaktsiyalarning tezligini sekinlashishi va diqqatni jamlashni pasayishi mumkin.
Ehtiyotkorlik choralari ilgari bosh miyani shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda (insult yoki og‘ir jarohat) tirishishlarni rivojlanishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Bir vaqtda peroral gipoglikemik vositalarini (insulin yoki glibenklamid) qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llashda, levofloksatsinni gipoglikemiya chaqirishi mumkinligini hisobga olish lozim.
Teri qoplamalarini shikastlanishidan saqlanish uchun (fotosensibilizatsiya) patsiyentlarga quyosh yoki sun'iy ultrabinafsha nurlanishga (masalan, uzoq vaqt to‘g‘ri quyosh nurida bo‘lishi yoki solyariyga borish) duchor bo‘lmaslik tavsiya qilinadi, fototoksik samaralari (teri toshmalari) paydo bo‘lganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda eritrotsitlarning gemolizi rivojlanishi mumkin. Og‘ir, turg‘un qon bilan yoki qonsiz diareya paydo bo‘lganida, darhol shifokorni xabardor qilish kerak. Diareya antibiotikoterapiya chaqirgan enterokolit sababi bo‘lishi mumkin. Soxtamembranoz kolitga shubha bo‘lganida preparatni darhol bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash lozim. Bunday hollarda ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas.
Keksa yoshli patsiyentlar preparatni qo‘llash tendinitni rivojlanishga (eng avvalo axillov paylarini) va ularni uzilishiga olib kelishi mumkin. Tendinitga shubha bo‘lganida preparatni bekor qilish va shikastlangan paylarni, ularning immobilizatsiyasini ta'minlab, davolashni boshlash lozim.
Davolash vaqtida alkogolni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ongni chalkashishi, bosh aylanishi va tirishish hurujlari, ko‘ngil aynishi, shilliq qavatlarini eroziv shikastlanishi.
Davolash simptomatik davolash (maxsus antidoti yo‘q), dializ orqali chiqarilmaydi.
Chiqarilish shakli
100 ml dan butilkalarda (flakonlarda). Infuziya uchun eritma 5 mg/ml.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha haroratda saqlansin.
Muzlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llnilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, 100054, Toshkent sh., Lutfiy ko‘ch, 50.
Tel (+99871) 273-92-31, faks (+99871) 273-80-58.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
"RADIKS" MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, 100054, Toshkent sh. Lutfiy ko‘ch., 50
Tel. (+99871) 273-43-98, faks (+99871) 273-80-58.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.