Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Levomak tab 500 №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левофлоксацин
Страна производитель
Индия
Дозировка
500 мг
Производитель
Macleods Pharmaceuticals Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta'sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Levomak Ta'sir qiluvchi modda (XPN) levofloksatsin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi Faol modda 250,0 mg/500,0 mg levofloksatsinga ekvivalent levofloksatsin gemigidrati Yordamchi moddalar mikrokristallik sellyuloza, o‘ta jelatinlangan kraxmal, polisorbat 20, krospovidon, tozalangan talk, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. Qobiq tarkibi gipromelloza, tozalangan talk, titan dioksidi (E171), temir III oksidi bo‘yovchisi (E172), temir II oksidi bo‘yovchisi (E172), propilenglikol, dietilftalat. Ta'rifi Tabletkalar 250 mg dumaloq, ikki yoqlama qavariq jigarrangroq-qizil rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq tabletkalar. Tabletkalar 500 mg kapsula shaklidagi ikki yoqlama qavariq, jigarrangroq-qizil rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi). ATX kodi J01MA12.
Farmakologik xususiyatlari
Levofloksatsin - ftorxinolon, keng ta'sir doirasiga ega bakteritsid vosita. Ta'sir mexanizmi bakterial DNK replikatsiyasi, transkriptsiyasi, tiklanishi va rekombinatsiyasi uchun zarur bo‘lgan fermentlar - bakterial topoizomeraza IV va DNK-girazani (topoizomeraza II) ingibirlanishi bilan bog‘liq. Mikroblarga qarshi faolligi In vitro levofloksatsin grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan keng mikroblarga qarshi faollikni namoyish qiladi. Levofloksatsin va boshqa ftorxinolonlar orasida kesishgan rezistentlik aniqlanadi, lekin boshqa ftorxinolonlarga rezistent mikroorganizmlar, levofloksatsinga sezgir. Levofloksatsin xam in vivo, xam in vitro sharoitlarida mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faol. In vitro sharoitlarda Sezgir mikroorganizmlar (MIK ≤2 mg/l, ingibirlanish zonasi ≥17 mm) bunga ham - Aerob grammusbat mikroorganizmlar Corynobacterium diphtheriae, Corynobacterium striatum, Enterococcus faecalis, Enterococcus spp., Listeria monocytogenes, Staphylococcus coagulase-negative methi-S(1) [metitsillinga sezgir/o‘rtacha sezgir], Staphylococcus aureus methi-S, Staphylococcus epidermidis methi-S, Staphylococcus spp., Streptococci C va G guruhlari, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae peni I/S/R (penitsillinga sezgir/o‘rtacha sezgir/rezistent), Streptococcus pyogenes, Viridans streptococci peni-S/R. - Aerob grammanfiy mikroorganizmlar Acinetobacter baumannii, Acinetobacter spp., Acinetobacillus actinomycetemcomitans, Citrobacter freundi, Eikenella corrodens, Enterobacter aerogenes, Enterobacter aggiomerans, Enterobacter cloacae, Enterobacter spp., Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae ampi-S/R (ampitsillinga sezgir/rezistent), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella spp., Moraxella catarrhalis β+/β-, Morganell morganii, Neisseria gomorrhoeae, Neisseria meningitids, Pasteurella canis, Pasteurella dagmatis, Pasteurella multocida, Pasteurella spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Providencia spp., Pseudomonas aeruginosa (Pseudomonas aeruginosa chaqirgan gospital infektsiyalar majmuaviy davolashni talab qilishi mumkin), Pseudomonas spp., Salmonella spp., Serratia marcescens, Serratia spp. - Anaerob mikroorganizmlar Bacteroides fragilis, Bifidibacterium spp., Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus, Propionibacterium spp., Veilonella spp. - Boshqa mikroorganizmlar Bartonella spp., Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Legionella spp., Mycobacterium spp., Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis, Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Ricketsia spp., Ureaplasma urealyticum. O‘rtacha sezgir mikroorganizmlar (MPK= 4 mg/l, ingibirlanish zonasi 16-14 mm). - Aerob grammusbat mikroorganizmlar Corynebacterium urealyticum, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermidis methi-R (metitsillinga-rezistent), Staphylococcus haemolyticus methi-R. - Aerob grammanfiy mikroorganizmlar Burkholderia cepacia, Campylodacter jejuni/coli. - Anaerob mikroorganizmlar Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgarus, Bacteroides ovatus, Provotella spp., Porphyromonas spp. Levofloksatsinga chidamli mikroorganizmlar (MPK ≥8 mg/l, ingibirlanish zonasi ≤13 mm) - Aerob grammusbat mikroorganizmlar Corynobacterium jeikeium, Staphylococcus aureus methi-R, Staphylococcus coagulase-negative methi-R. - Anaerob grammanfiy mikroorganizmlar Alcaligenes xylosoxidans. - Anaerob mikroorganizmlar Bacteroides thetaiotaomicron. - Boshqa mikroorganizmlar Mycobacterium avium. Klinik samaradorlik (quyida sanab o‘tilgan mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarni davolashdagi klinik tekshirishlardagi samaradorlik). - Aerob grammusbat mikroorganizmlar Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes. - Aerob grammanfiy mikroorganizmlar Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Morganella morganii, Proteus morabilis, Serratia marcescens. - Boshqa mikroorganizmlar Chlamydia pneumoniae, Legionella pneumophila, Mycoplasma pneumoniae. Levofloksatsinning ta'sir mexanizmini xususiyatlari tufayli, odatda levofloksatsin va boshqa mikroblarga qarshi vositalar orasida kesishgan rezistentlik kuzatilmaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida levofloksatsin tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga ichga qabul qilinganidan keyin 1-2 soat o‘tgach erishiladi va 5,2±1,2 mkg/ml ni tashkil qiladi. Levofloksatsinning biokiraolishi - taxminan 99%. Preparatni ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin. Organizmning to‘qimalari va suyuqliklariga yaxshi kiradi. Levofloksatsinning o‘pka to‘qimasidagi kontsentratsiyasi (maksimal kontsentratsiyasi taxminan 11,3 mkg/ml ni tashkil qiladi va 4-5 soatdan keyin erishiladi) qon plazmasidagiga qaraganda 2-5 marta yuqori. 24-38% preparat plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat organizmda qisman metabolizmga uchraydi. Asosan o‘zgarmagan holda buyraklar orqali (taxminan 87%) va 5% - metabolitlari ko‘rinishida 48 soat davomida chiqariladi. 4% dan kamrog‘i 72 soat davomida ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 6 dan 8 soatgacha o‘zgaradi. Alohida guruh bemorlari Buyrak yetishmovchiligi. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda levofloksatsinning plazmadan yarim chiqarilish davri uzayadi, bu holat kumulyatsiyadan saqlanish uchun dozani to‘g‘rilashni talab qiladi. Levofloksatsin organizmdan gemodializ yoki davomli ambulator peritoneal dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi. Jigar yetishmovchiligi. Jigar faoliyatini buzilishi levofloksatsinning metabolizmiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Levofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari • LOR-a'zolarining infektsiyalari (shu jumladan o‘tkir sinusit); • quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (shu jumladan surunkali bronxitni zo‘rayishi, kasalxonadan tashqari pnevmoniya); • siydik chiqarish yo‘llari va buyraklarning infektsiyalari (shu jumladan o‘tkir piyelonefrit); • jinsiy a'zolarning infektsiyalari (shu jumladan surunkali bakterial prostatit); • teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (yiringlagan ateromalar, abstsess, furunkulez); • intraabdominal infektsiya. • tuberkulyoz (dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolash); • septitsemiya/bakteriyemiya (yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan oldin yoki ovqat qabul qilish orasidagi tanaffuslarda, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan bemorlarda kreatinin klirensi ≥50 ml/min) turli ko‘rsatmalarda preparatning quyidagi dozalari qo‘llanadi Ko‘rsatilishi Doza Davomiyligi (kunlar) 1 Teri va yumshoq to‘qimalarning infektsion kasalliklari 250-500 mg sutkada 2 marta 7-14 kun 2 Kasalxonadan tashqari pnevmoniya 500 mg sutkada 1-2 marta 7-14 kun 3 Surunkali bronxitni zo‘rayishi 250-500 mg sutkada 1 marta 7-10 kun 4 O‘tkir yuqori jag‘ sinusiti 500 mg sutkada 1 marta 10-14 kun 5 Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan o‘tkir piyelonefrit) 250 mg sutkada 1 marta 7-10 kun 6 Siydik chiqarish yo‘llarining asoratmanmagan infektsiyalari 250 mg sutkada 1 marta 3 kun 7 Intraabdominal infektsiya 500 mg sutkada 1 marta 7-14 kun (anaerob floraga ta'sir qiluvchi antibakterial preparatlar bilan majmuada) 8 Surunkali bakterial prostatit 500 mg sutkada 1 marta 28 kun 9 Yuqorida ko‘rsatilganlar bilan bog‘liq bo‘lgan septitsemiya/bakteriyemiya 500 mg sutkada 1-2 marta 10-14 kun 10 Tuberkulyozning dorilarga chidamli shakllarini majmuaviy davolash 500 mg sutkada 1-2 marta 3 oygacha Levofloksatsin asosan buyrak orqali chiqariladi, shuning uchun buyrak faoliyati buzilgan patsiyentlarda preparatning dozasini pasaytirish talab qilinadi (quyidagi jadvalga qarang). Kreatinin klirensi Levofloksatsinni dozalash tartibi Kreatinin klirensi >50 ml/min tavsiya qilinadigan doza 250 mg/24 soat Kreatinin klirensi >50 ml/min tavsiya qilinadigan doza 500 mg/24 soat Kreatinin klirensi ≥50 ml/min tavsiya qilinadigan doza 500 mg/12 soat 50-20 ml/min Birinchi doza 250 mg; so‘ngra 125 mg/24 soat Birinchi doza 500 mg; so‘ngra 250 mg/24 soat Birinchi doza 500 mg; so‘ngra 250 mg/12 soat 19-10 ml/min Birinchi doza 250 mg; so‘ngra 125 mg/48 soat Birinchi doza 500 mg; so‘ngra 125 mg/24 soat Birinchi doza 500 mg; so‘ngra 125 mg/12 soat <10 ml/min (shu jumladan gemodializ va DAPD1) Birinchi doza 250 mg; so‘ngra 125 mg/48 soat Birinchi doza 500 mg; so‘ngra 125 mg/24 soat Birinchi doza 500 mg; so‘ngra 125 mg/24 soat 1 Gemodializ yoki doimiy ambulator peritoneal dializdan (DAPD) keyin qo‘shimcha dozalarni yuborish talab qilinmaydi. Jigar faoliyatini buzilishida dozani maxsus tanlash talab qilinmaydi, chunki levofloksatsin jigarda faqat axamiyatsiz darajada metabolizmga uchraydi. Keksa yoshli patsiyentlar uchun kreatinin klirensining past hollaridan tashqari (minutiga 50 ml gacha va past), dozalash tartibini o‘zgartirish talab qilanmaydi. Preparat bilan davolashni tana harorati normallashganidan keyin yoki qo‘zg‘atuvchi ishonchli yo‘qotilganidan keyin yana kamida 48-72 soat davom ettirish tavsiya etiladi.
Dozalash tartibi
infektsiyaning xarakteri va og‘irligi, shuningdek taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchining sezgirligiga qarab aniqlanadi. Davollash davomiyligi kasallikning turiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta'sir
lari Nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligini aniqlash (bemorlarning sonini holatlarning umumiy soniga nisbati) tez-tez (>1/100 va <1/10), tez-tez emas (>1/1000 va <1/100), kam hollarda (>1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/1000). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez - ko‘ngil aynishi, diareya, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi. Tez-tez emas - ishtahani yo‘qolishi, qusish, anoreksiya, qorin og‘riqlari, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi. Kam hollarda- qonli diareya, soxtamembranoz kolit, giperbilirubinemiya. Juda kam - jigar reaktsiyalari (masalan, jigarni yallig‘lanishi yoki gepatit). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan kam - arterial bosimni pasayishi, taxikardiya. Juda kam - tomirli kollaps. Alohida hollarda - QT intervalini cho‘zilishi. Juda kam - hilpillovchi aritmiya. Moddalar almashinuvi tomonidan juda kam - gipokaliyemiya (ishtahani oshishi, terchanlik, asabiylik, qaltirash). Nerv tizimi tomonidan tez-tez emas - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va/yoki qotib qolish, kuchsizlik, uyquchanlik, uyqusizlik. Kam hollarda - depressiya, xavotirlik, qo‘rquv, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi, harakat buzilishlari, tirishishlar, parasteziyalar, tremor. Juda kam - ko‘rish va eshitishni buzilishi, xid sezish, ta'm va xid sezishni buzilishi, taktil sezuvchanlikni buzilishi, periferik sensor va sensor-motor neyropatiya, quloqlarda jaranglash, ajitatsiya (qo‘zg‘alish), “dahshatli” tushlar ko‘rish, o‘ziga zarar yetkazishli xulqni buzilishlari bilan ruhiyatni buzilishi, suitsidal fikrlar, suitsidal urinishlar, ekstrapiramid buzilishlar. Tayanch-harakat apparati tomonidan kam hollarda- paylarni shikastlanishi (shu jumladan tendinit), bo‘g‘im va mushak og‘riqlari. Juda kam - mushak kuchsizligi, paylarni uzilishi (masalan, axillov payini), bu nojo‘ya samara davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida kuzatilishi mumkin va ikki tomonli xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Alohida hollarda - rabdomioliz. Siydik chiqarish tizimi tomonidan kam - giperkreatininemiya. Juda kam - interstitsial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi. Qon yaratish a'zolari tomonidan tez-tez emas - eozinofiliya, leykopeniya. Kam hollarda- neytropeniya, trombotsitopeniya. Juda kam - anranulotsitoz va og‘ir infektsiyalarni rivojlanishi. Alohida hollarda - pantsitopeniya, gemolitik anemiya. Allergik reaktsiyalar tez-tez emas - qichishish, terining giperemiyasi. Kam hollarda- eshakemi, bronxospazm va mumkin bo‘lgan og‘ir bo‘g‘ilish kabi o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaktsiyalari (anafilaktik va anafilaktoid). Juda kam - teri va shilliq qavatlarning shishi, arterial bosimni keskin pasayishi va shok, fotosensibilizatsiya (quyosh va UB-nurlanishga yuqorit sezuvchanlik), allergik pnevmonit, vaskulit. Alohida hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Boshqalar tez-tez emas - umumiy kuchsizlik. Juda kam - turg‘un isitma, superinfektsiyani rivojlanishi. Alohida hollarda - porfiriyani zo‘rayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Levofloksatsinga, boshqa xinolonlarga yoki dori vositasining ayrim komponentlariga shaxsiy o‘ta yuqori sezuvchanlik. Markaziy nerv tizimining buzilishlari (tutqanoq, serebral aterosklerozning og‘ir shakli). Xinolonlar bilan ilgari o‘tkazilgan davolashda paylarni shikastlanishi. Xomiladorlik va laktatsiya davri. Bolalik va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlik yoshi. Buyraklar faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam). Ehtiyotkorlik bilan Tirishish reaktsiyalariga moyillik (bosh miya tomirlarining aterosklerozi, miya qon aylanishini buzilishlari (anamnezdagi), markaziy nerv tizimining organik kasalliklari), keksalik yoshi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, buyrak yetishmovchiligi, Q-T intervalini tug‘ma uzayish sindromi, yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya), elektrolitlar disbalansi (masalan, gipokaliyemiyadagi, gipomagniyemiyadagi), qandli diabet, miasteniya gravis, psixozlar va anamnezdagi boshqa psixik buzilishlar, jigar porfiriyasi, Q-T intervalini uzaytiruvchi (IA va III sinflari antiaritmik vositalar, tritsiklik va tetratsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, makrolidlar, zamburug‘larga qarshi vositalar, imidazol hosilalari, ayrim antigistaminlar, shu jumladan astemizol, terfinadin, ebastin) va bosh miyaning tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi (fenbufen, teofillin) dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Levofloksatsin siklosporinning yarim chiqarilish davrini oshiradi. Ichak motorikasini susaytiruvchi preparatlar, sukralfat, magniy- va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalar, temir ionlari, multivitaminlar tarkibidagi rux Levofloksatsinning samarasini pasaytiradi (bu preparatlar va levofloksatsinni qabul qilish kamida 2 soatlik tanaffus bo‘lishi kerak). Levofloksatsinni chiqarilishi simetidin, probenitsid va naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalarining ta'siri ostida sekinlashadi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va teofillin levofloksatsin bilan qo‘llanganida tirishishga tayyorlikni oshiradi. Glyukokortikosteroidlar paylarni uzilish xavfini oshiradi. Antidiabetik preparatlar qondagi glyukoza darajasini qat'iy nazorati qilish kerak, chunki ular levofloksatsin bilan bir vaqtda ishlatilganida giper- va gipoglikemiyaning ehtimoli bor. Kumarin hosilalari bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, xalqaro normallashtirilgan nisbatni nazorat qilish kerak. Q-T intervalini uzaytiruvchi preparatlar (1A va 111sinfi antiaritmik vositalar, tritsiklik va tetratsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, makrolidlar, zamburug‘larga qarshi vositalar, imidazol xosilalari, ayrim antigistaminlar, shu jumladan astemizol, terfenadin, ebastin) bir vaqtda qo‘llanganida Q-T intervalini uzayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tirishish reaktsiyalariga moyillik (bosh miya tomirlarining aterosklerozi, miya qon aylanishini buzilishlari (anamnezdagi), markaziy nerv tizimining organik kasalliklari), keksalik yoshi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, buyrak yetishmovchiligi, Q-T intervalini tug‘ma uzayishi sindromi, yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya), elektrolitlar disbalansi (masalan, gipokaliyemiyadagi, gipomagniyemiyadagi), qandli diabet, miasteniya gravis, psixozlar va anamnezdagi boshqa psixik buzilishlar, jigar porfiriyasi, Q-T intervalini uzaytiruvchi (IA va III sinflari antiaritmik vositalar, tritsiklik va tetratsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, makrolidlar, zamburug‘larga qarshi vositalar, imidazol xosilalari, ayrim antigistaminlar, shu jumladan astemizol, terfinadin, ebastin) va bosh miyaning tirishishga tayyorlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi (fenbufen, teofillin) dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish. Pseudomobos aeruginosa chaqirgan gospital infektsiyalar, majmuaviy davolashni talab qilishi mumkin. Levofloksatsin asosan buyrak orqali chiqarilishi tufayli, buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarda, buyrak faoliyatini nazorat qilish, shuningdek dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi. Ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni olayotgan patsiyentlarda Q-T intervali uzayishi mumkin. Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qo‘llanganida, Q-T intervalining uzayishini xavf omillari bo‘lgan ayrim patsiyentlarda extiyotkorlikka rioya qilish kerak keksalik yoshi, elektrolit balansini buzilishi (gipokaliyemiya, gipomagniyemiya); Q-T intervalini tug‘ma uzayishi sindromi; yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya); Q-T intervalini uzaytirish hususiyatiga ega bo‘lgan dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish. Peroral gipoglikemik preparatlar (masalan, glibenklamid) yoki insulin olayotgan qandli diabeti bo‘lgan pauiyentlarda, levofloksatsin qo‘llanganida gipoglikemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Bunday patsiyentlarda qondagi glyukozaning kontsentratsiyasini monitoringi talab qilinadi. Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin olayotgan patsiyentlarda, sensor va sensor-motor periferik neyropatiya aniqlangan, uning boshlanishi tez bo‘lishi mumkin. Patsiyentlarda neyropatiya simptomlari paydo bo‘lganida, levofloksatsinni qo‘llashni to‘xtatish kerak (mumkin bo‘lgan qaytmas o‘zgarishlar rivojlanishi xavfini minimallashtiradi). Preparatni birinchi qabul qilishda yoki u bekor qilinganida o‘ziga xos ta'sirlar ko‘rsatmaydi. Boshlangan davolash kursini mustaqil muddatidan oldin to‘xtatish yoki vaqtincha tanaffus qilish, shuningdek preparatni nomuntazam qabul qilish mumkin emas. Bir dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, preparatning navbatdagi dozasini iloji boricha tezroq qabul qilish, keyinchalik preparatni shifokor belgilagan tartib bo‘yicha qabul qilishni davom ettirish kerak. Preparatni ikki barobar katta dozasini qabul qilish mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya Homiladorlikda preparatni qo‘llash mumkin emas. Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Davolanish vaqtida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ongni chalkashishi, bosh aylanishi, tirishishlar, me'da-ichak buzilishlari (masalan, ko‘ngil aynishi) va shilliq qavatlarning eroziv shikastlanishi, QT intervalini uzayishi. Davolash simptomatik, dializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 250 mg va 500 mg. 5 tabletkadan blisterda (PVX/Alyuminiy). 1, 2, 5 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Macleods Pharmaceuticals Ltd., 304, Atlanta Arkade, Marol Chech Roud, Anderi (Ist), Mumbay – 400059 HINDISTON
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.