Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Levomitsetin tab. 500mg №10 (Usol'e-Sibirskiy)
Nomi | Narx | |||||
Левомицетин таб. 500мг №10 (Усолье Сибирский) (021023##2 248) |
UZS 14 600
Stokda yetarli (14)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Левомицетин таб. 500мг №10 (Усолье Сибирский) (021023##2 290) |
UZS 15 800
Stokda yetarli (10)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
АО "Усолье-Сибирский химфармзавод"
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
ye Levomitsetin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Xloramfenikol
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda Levomitsetin (Xloramfenikol) – 500 mg;
yordamchi moddalar
Kartoshka kraxmali- 40,0 mg;
Povidon – K-17— 5,0 mg;
Stearin kislotasi — 5,0,
Ta'rifi oq rangli yoki kuchsiz sarg‘ish tusli oq rangli, yassi silindrik shaklli, faskali var iskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
. Antibiotik.
ATX kodi JO1BAO1
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Keng ta'sir doirasiga ega bakteriostatik antibiotik, t-RNK dan ribosomalarga aminokislotalarni o‘tkazish bosqichida mikrob xujayrasida oqsil sintezi jarayonini izdan chiqaradi. Penitsillin, tetratsiklin, sul'fanilamidlarga chidamli bakteriyalar shtammlariga nisbatan samarali.
Ko‘pgina grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, yiringli infektsiyalar, qorin tifi, dizenteriya, meningokokk infektsiyalari qo‘zg‘atuvchilari, gemofil bakteriyalar, Escherichia coli, Shigella dysenteria spp., Shigella flexneri spp., Shigella boydii spp., Shigella sonnei spp., Salmonella spp. (shu jumladan Salmonella typhi, Salmonella paratyphi), Staphylococcus spp., Streptococcus spp., (shu jumladan Streptococcus pneumoniae), Neisseria meningitides, Proteus spp. bir qator shtammlari, Pseudomonas pseudomallei; Rickettsia spp., Treponema spp., Leptospira spp., Chlamyda spp. (shu jumladan Chlamydia trahomatis), Coxiella burnetti, Ehrlichia canis, Bacteroides fragilis, Klebsiella pneumoniae, Haemophilusin fluenzae ga nisbatan faol.
Kislotaga chidamli bakteriyalar (shu jumladan Mycobacterium tuberculosis), ko‘k yiring
tayoqchasi, klostridiyalar, metitsillinga chidamli stafilokokklar, Acinetobacter, Enterobacter, Serratiamarcescens, Proteus spp. ning indol-musbat shtammlari, Pseudomonas aeruginosa spp., sodda hayvonlar, zamburug‘larga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Mikroorganizmlarning chidamliligi sekin rivojlanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi – 90% (tez va deyarli to‘liq). Biokiraolishligi – 80%, Plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi — 50-60%. Peroral qabul qilingandan keyin maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti 1-3 soat. Taqsimlanish xajmi - 0,6-1,0 mkg. Qondagi terapevtik kontsentratsiyasi qabul qilingandan keyin 4-5 soat davomida saqlanadi.
Organizmning suyuqliklari va to‘qimalariga yaxshi kiradi. Eng yuqori kontsentratsiyalari jigar va buyraklarda hosil bo‘ladi. Safroda yuborilgan dozaning 30% gachasi aniqlanadi.
Orqa miya suyuqligidagi maksimal koptsentratsiyasi bir marta ichga qabul qilgandan keyin 4-5 soat o‘tgach aniqlanishi mumkin va bosh miya qobiqlar yalliglanmaganda plazmadagi maksimal kontsentratsiyaning 21-50% va bosh miya qobiqlari yallig‘langanda — 45-59% ni tashkil qilishi mumkin. Yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, homila qon zardobidagi kontsentratsiyasi ona qonidagi kontsentratsiyaning 30-80% ni tashkil qilishi mumkin. Ko‘krak sutiga kiradi. Asosiy qismi (90%) jigarda metabolizmga uchraydi. Ichakda nofaol metabolitlarini hosil qilib ichak bakteriyalari tomonidan gidrolizga uchraydi.
24 soat davomida buyraklar orqali (kalavalar fil'tratsiyasi yo‘li bilan – 5-10% o‘zgarmagan ko‘rinishda, kanalchalar sekretsiyasi yo‘li bilan nofaol metabolitlari ko‘rinishida - 80%), ichak orqali — 1-3 chiqariladi. Kattalarda yarim chiqarilish davri — 1,5-3,5 soat, buyrak funktsiyasini buzilishlarida — 3-11 soat. Bolalarda yarim chiqarilish davri — 3 yoshdan 16 yoshgacha – 3-6,5 soat, 1 dan 2 kunlikkacha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 24 soat va undan ko‘proq (ayniqsa tug‘ilganda tana vazni past bo‘lgan bolalarda o‘zgaradi), 10-16 kunlik — 10 soat.
Gemodializ jarayonida kuchsiz chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Xloramfenikolga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan siydik chiqarish va o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga (ovqatdan 30 minut oldin, ko‘ngil aynishi va qusish rivojlanganda — ovqatdan keyin 1 soat o‘tgach) sutkada 3-4 marta qabul qilinadi. Kattalar uchun bir martalik doza – 250-500 mg, sutkalik doza – 2000 mg. 3 yoshdan oshgan va tana vazni 20 kg dan yuqori bo‘lgan bolalarda har 6 soatdan 12,5 mg/kg yoki har 12 soatda 25 mg/kg qo‘llanadi (qon zardobida preparatning kontsentratsiyasini nazorati ostida). Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi – 8-10 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish (ovqat qabul qilgandan keyin 1 soat o‘tgach qabul qilganda rivojlanish ehtimoli pasayadi), diareya, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatini ta'sirlanishi, disbakterioz (normal mikroflorani bostirilishi).
Qon yaratish a'zolari tomonidan buzilishlar retikulotsitopeniya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya, eritrotsitopeniya; aplastik anemiya, agranulotsitoz.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar psixomotor buzilishlar, depressiya, ongni chalkashishi, periferik nevrit, ko‘ruv nervi nevriti, ko‘rish va eshitish gallotsinatsiyalari, ko‘rish o‘tkirligi va eshitishni pasayishi, bosh og‘rig‘i.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar teri toshmasi, angionevrotik otek.
Boshqalar ikkilamchi zamburug‘li infektsiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Xloramfenikolga, preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, suyak ko‘migida qon yaratishni susayishi, o‘tkir vaqti-vaqti bilai zo‘rayuvchi porfiriya, glyukozo-6b-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, 3 yoshgacha bo‘lgan va tana vazni 20 kg dan kamroq bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Avval sitostatik preparatlar yoki nur bilan davolangan patsiyentlar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Qon yaratishni susaytiruvchi (sul'fanilamidlar, sitostatiklar), jigarda moddalar almashinuviga ta'sir ko‘rsatuvchi dori vositalari, nur bilan davolash bilan bir vaqtda buyurish nojo‘ya ta'sir rivojlanishi xavfini oshiradi.
Etanolni bir vaqtda qabul qilganda disul'firamsimon reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Peroral gipoglikemik preparatlar bilan birga buyurilganda ularning ta'sirini kuchayishi kuzatiladi (jigarda metabolizmipi susayishi va plazmada ularning kontsentratsiyasini oshishi hisobiga). Eritromitsin, klindamitsin, linkomitsin bilan bir vaqtda buyurilganda, xloramfenikol ushbu preparatlarni bog‘langan holatlan siqib chiqarilishi yoki ularni bakterial ribosomalarning 50S subbirligi bilan bog‘lanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligi hisobiga ta'sirni o‘zaro susayishi kuzatilishi mumkin.
Penitsillin va sefalosporinlarning antibakterial samarasini pasaytiradi. Xloramfenikol sitoxrom P450 ferment tizimini susaytiradi, shuning uchun fenobarbital,
fenitoin, bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ushbu preparatlarning metabolizmini susayishi, chiqarilishini sekinlashishi va plazmada ularning kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi. Miyelotoksik dori vositalari preparatning gemotoksik ko‘rinishlarini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Etanolni bir vaqtda qabul qilganida disulufiramsimon reaktsiyalar (teri qoplamalari giperemiyasi, taxikardiya, ko‘ngil aynishi, qusish, reflektor yo‘tal, tirishishlar) rivojlanishi mumkin. Davolash jarayonida periferik qon manzarasini tizimli nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat bilan davolash davrida transport vositalarini boshqarganda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari suyak ko‘migida qon yaratishni susayishi, me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, jigar va buyrakni shikastlanishi, neyropatiya (shu jumladan ko‘ruv nervini) va retinopatiya.
Davolash gemosorbtsiya, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 500 mg dan.
10 tabletkalar polivinilxlorid plyonka va alyumin fol'gali kontur uyali o‘ramlarda.
1 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yerug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«Usol'e-Sibirskiy ximfarmzavod» AJ
Rossiya, 665462, Irkutsk vil., Usol'e-Sibirskoye sh., shaharning shimoli-g‘arbiy qismi, shimoli-sharqiy tomondan, Pribaykal avtoyo‘lidan 115 m.
Tel. +7(39543)5-89-10, faks +7(39543)5-89-08.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.