Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ortsipol tab. 500mg/500mg №10
Nomi | Narx | |||||
Орципол табл. 500мг/500мг №10 (308002720##2 094) |
UZS 82 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Орципол табл. 500мг/500мг №10 (308002720##2 171) |
UZS 93 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ципрофлоксацин, орнидазол
Страна производитель
Турция
Дозировка
500мг/500мг
Производитель
World Medicine Ilac San.ve Tic. A.S., Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San.ve Tic A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ortsipol
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) siprofloksatsin + ornidazol
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
siprofloksatsin (tsiprofloksatsin gidroxloridi shaklida) 500 mg;
ornidazol 500 mg;
yordamchi moddalar natriy kraxmalglikolyati, natriy kroskarmelloza, povidon, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, talk, makkajo‘xori kraxmali;
qobig‘ining tarkibi sariq Opadri 02F22025 (gipromelloza, titan dioksidi, makrogol 6000, temir (II) oksidi, talk).
Ta'rifi oval shaklli, och sariq rangli, bir tomonida “ORCP” gravirovkasi, boshqa tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka.
Farmakoterapevtik guruhi
tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi va protozoylarga qarshi preparatlar.
ATX kodi J01
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ortsipol – mikroblarga qarshi va protozoylarga qarshi majmuaviy preparat bo‘lib, farmakologik ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar siprofloksatsin (II avlod ftorxinoloni hosilasi) va ornidazol (5-nitroimidazol hosilasi) ning xususiyatlari bilan ifodalanadi.
Siprofloksatsin bakteriyalardagi DNK-giraza fermentini ingibitsiya qiladi va DNK sintezini susaytiradi; bakteriyalarning hujayra devori va membranasida morfologik o‘zgarishlar chaqiradi, bu hujayralarni tez nobud bo‘lishiga olib keladi. Ko‘payotgan va tinch holatdagi mikroorganizmlarga ta'sir qiladi. Mikroblarga qarshi keng ta'sir doirasiga ega, qator aerob grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar Staphylococcus spp. (shu jumladan penitsillinaza ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan shtammlari, metitsillinga rezistent bo‘lgan shtammlari), Streptococcus spp. (shu jumladan S. pneumoniae va S. pyogenes shtammlari), Enterococcus spp, Listeria monocytogenes; Enterobacter spp., Haemophilus influenzae, Klebsiella spp., Legionella spp., Moraxella catarrhalis, Morganella morganii, Neisseria spp., Proteus spp., Pseudomonas aeruginosa, Salmonella spp., Shigella spp., Vibrio cholerae, Campylobacter spp., Citrobacter spp., Yersinia enterocolitica, E.coli; va boshqalar – Mycobacterium tuberculosis, Chlamydia trachomatis va Mycoplasma hominis. Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides lar siprofloksatsinga rezistentdir. Treponema pallidum nisbatan ta'siri yetarli darajada o‘rganilmagan.
Ornidazolning ta'sir mexanizmi sezgir mikroorganizmlarning DNK strukturasini buzilishi bilan bog‘liq. Trichomonas vaginalis, Giardia lamblia, Entamoeba histolytica larga nisbatan, shuningdek ba'zi anaerob bakteriyalar (shu jumladan Bacteroides spp., Clostridium spp., Fusobacterium spp. va anaerob kokklar) ga nisbatan faoldir.
Farmakokinetikasi
Siprofloksatsin me'da-ichak yo‘llaridan (MIY) dan tez so‘riladi. Biokiraolishligi 70-80% ni tashkil etadi.
Ornidazol peroral qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Biokiraolishligi 90% ni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Ortsipol siprofloksatsin/ornidazolning majmuasiga sezgir bo‘lgan mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan quyidagi infektsiyalarni davolash uchun mo‘ljallangan
• kichik chanoq a'zolarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash, shu jumladan abortlar va operatsiyadan keyingi infektsiyani oldini olish uchun;
• buyrak va/yoki siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari o‘tkir va surunkali piyelonefrit, sistit, uretrit, prostatit, epididimit, shu jumladan, asoratlangan va qaytalanuvchi infektsiyalarda;
• jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infektsiyalar xlamidioz, mikoplazmoz, gonoreya, trixomoniaz, aralash infektsiyalar (mikst-infektsiyalar) da;
• nafas yo‘llarining infektsiyalari o‘tkir bronxit, surunkali bronxitni zo‘rayishi, pnevmoniya (Ortsipol preparatini Klebsiella, Enterobacter, Proteus, E. coli, Pseudomonas, Haemophilus, Branhamella, Legionella, Staphylococcus chaqirgan pnevmoniyalarda buyurish tavsiya etiladi), infektsiyalangan bronxoektazlar, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasida;
• LOR-a'zolarining infektsiyalari sinusit, tashqi va o‘rta quloq otiti, mastoiditda;
• ko‘zning infektsiyalarida;
• teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida;
• suyak va bo‘g‘imlarning infektsiyalarida;
• qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari, MIY va o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, peritonitda;
• amyobiazda (Entamoeba histolytica chaqirgan ichak infektsiyalari, shu jumladan amyobali dizenteriya va amyobiazning ichakdan tashqari barcha shakllari, ayniqsa amyobali jigar abstsessida);
• lyambliozda;
• sepsisda;
• immuniteti past bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, immunodepressantlar qabul qilayotgan patsiyentlar yoki neytropeniyasi bo‘lgan patsiyentlarda) infektsiyalarni oldini olish va davolashda;
• immuniteti past bo‘lgan patsiyentlarda tanlangan ichak dekontaminatsiyasida;
• yo‘g‘on ichakda o‘tkazilgan operatsiyalarda va ginekologik aralashuvlarda anaerob infektsiyani oldini olish uchun;
• kuydirgining (Bacillus anthracis chaqirgan) o‘pka shaklini oldini olish va davolash uchun;
• 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘pka mukovistsidozi bilan xastalangan bolalarda Pseudomonas aeruginosa chaqirgan asoratlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ortsipol ovqatdan oldin yoki ovqatdan keyin 2 soat o‘tgach ichga chaynamasdan qabul qilinadi.
O‘tkir infektsiyalarda davolash kursi 5-7 kunni tashkil etadi, surunkali qaytalanuvchi infektsiyalarni davolashda esa 10-14 kunni tashkil etadi, 1 tabletkadan sutkada 2 marta qo‘llanadi.
Kasallik simptomlari bartaraf bo‘lganidan so‘ng yana 2 kun davomida preparat qabul qilishni davom ettirish kerak.
Kreatinin klirensi minutiga 20 minut va undan kam bo‘lgan bemorlarga, keksa yoshdagi patsiyentlarga va tana vazni yengil bo‘lgan patsiyentlarga odatdagi dozasning yarmi buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Simptomlar odatda yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasida va tez o‘tib ketadigan bo‘ladi, ayrim hollarda davolashni bekor qilish talab etiladi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq;
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi;
Qon yaratish tizimi tomonidan eozonofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitlar miqdorini o‘zgarishi;
Immun tizimi va teri qoplamlari tomonidan allergik reaktsiyalar, yorug‘likka sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Siprofloksatsin yoki ornidazolga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Siprofloksatsin va teofillinni bir vaqtda qabul qilish sitoxrom R450 ni bog‘langan sohalarida raqobatli ingibitsiya bo‘lishi hisobiga qon plazmasida teofillinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu teofillinning yarim chiqarilish davrini uzayishiga va teofillin qo‘zg‘atgan nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib keladi.
Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi, bu ularning dozalariga tuzatish kiritishni talab etadi.
Ornidazol vekuroniy bromidning miorelaksatsiya qiluvchi ta'sirini uzaytiradi.
Siprofloksatsin va varfarinni bir vaqtda qo‘llash varfarinning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Antatsidlar, shuningdek tarkibida alyuminiy, rux, temir yoki magniy ionlarini saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish siprofloksatsinning so‘rilishini pasaytirishi mumkin, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq kamida 4 soat bo‘lishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda preparatning dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda, bosh miyadagi qon-tomirlar aterosklerozida, bosh miyada qon aylanishini buzilishlarida, tutqanoqda, noma'lum etiologiyali tirishish sindromida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Davolanish vaqtida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun rivojlanishi mumkin bo‘lgan havfdan ahamiyatli darajada ustun bo‘lgan holatdagina Ortsipol preparatini qo‘llash tavsiya etiladi. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Juda zarur bo‘lgan hollarda, ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ortsipolni qabul qilganda diqqatni jamlash qobiliyati va psixomotor reaktsiyalar tezligi pasayishi mumkin, ish faoliyati avtotransportni boshqarish, mashinalar va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish, noturg‘un holatda ish bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarda preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida yuqoridagini hisobga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh aylanishi, ongni buzilishi va tirishish hurujlari, ko‘ngil aynishi, shilliq qavatlarni shikastlanishi bo‘lishi mumkin.
Davolash simptomatik davolash o‘tkaziladi. Spetsifik antidoti mavjud emas.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjilar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.