Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Polimik tab. №10
Nomi | Narx | |||||
Полимик таб. п/о №10 (1002448##1996) |
UZS 61 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Полимик таб. п/о №10 (1002448##2 106) |
UZS 61 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Офлоксацин, орнидазол
Страна производитель
Индия
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Polimik®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) ofloksatsin, ornidazol
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Dori preparatining tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 200 mg ofloksatsin va 500 mg ornidazol;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, povidon K-30, magniy stearati, Opadray to‘q sariq bo‘yovchisi.
Ta'rifi kapsulasimon shaklli, sindirish chizig‘i bo‘lgan, to‘q sariq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
majmuaviy antibakterial preparat.
ATX kodi J01RA04.
Farmakologik xususiyatlari
Ofloksatsin ftorxinolonlar guruhiga mansub. Keng ta'sir doirasiga ega.
Ofloksatsinning bakteritsid ta'siri, boshqa ftorxinolonlar kabi bakteriyalarning DNK-giraza (mikroorganizmlar ularsiz yashay olmaydi) fermentini bloklab qo‘yish qobiliyati bilan bog‘liq.
Ofloksatsin penitsillin, aminoglikozidlar, sefalosporinlarga chidamli va shu bilan birga ko‘psonli chidamli mikroorganizmlarga nisbatan keng ta'sir doirasiga ega. Preparatga viruslar va zamburug‘lar sezgir emas. Ornidazol protozoy va aralash infektsiyalarni davolashda yuqori samaradorlikka ega.
Qo‘llanilishi
Polimik preparatining komponentlariga sezgir qo‘zg‘atuvchilar (mikroorganizmlar va sodda hayvonlar) tomonidan chaqirilgan aralash infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi
-siydik jinsiy a'zolari tizimining kasalliklari o‘tkir va surunkali piyelonefrit, prostatit, sistit, epididimit, jarrohlik infektsiyalari, siydik-jinsiy yo‘llarining asoratlangan va qaytalanadigan infektsiyalari, ginekologik kasalliklar;
-penitsillinga chidamli gonokokklar, xlamidiyalar, trixomonadalar va boshqa mikroorganizmlar tomonidan chaqiriladigan, jinsiy yo‘li orqali yuqadigan kasalliklar;
-qorin bo‘shlig‘i a'zolari va safro yo‘llarining infektsiyalari, shuningdek amyobiaz – amyoba dizenteriyasi, ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa jigarning amyobali abstsessi, lyamblioz va qorin tifi, salmonellez, shigellez kabi boshqa infektsion kasalliklar;
-og‘iz bo‘shlig‘ining infektsiyalari, o‘tkir nekrotik yarali gingivit;
-immuntanqisligi bo‘lgan bemorlar yoki neytropeniyali bemorlarda infektsion asoratlarni oldini olish; operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va jarrohlik infektsiyalarni operatsiyadan keyingi davolash, ayniqsa gastroenterologiyada.
Qo‘llash usuli va dozalari
Polimik®ni chaynamasdan, suv bilan birga, ichga qabul qilish lozim. Preparatni ovqatdan oldin ham, keyin ham qabul qilishga ruxsat beriladi. 2 oydan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi. Polimik®ning dozasini va davolash davomiyligini shifokor belgilaydi. Kattalar uchun o‘rtacha doza 1 tabletkadan sutkada 2 marta, davolash davomiyligi 7-10 kun; davolashni kasallikning klinik simptomlari yo‘qolganidan keyin kamida 3 kun davom ettirish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi, enterokolit, gipoglikemik preparatlar qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya, qo‘zg‘alish, bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi (uyqusizlik yoki uyquchanlik), periferik sezuvchanlikni buzilishi yoki koordinatsiyani buzilishi, anemiya, leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, qonda kreatininni oshishi, jigar fermentlari faolligini va bilirubinni oshishi, gipotenziya, taxikardiya, tendenitlar, ayniqsa, keksa yoshdagi patsiyentlarda, shuningdek artralgiyalar, mialgiya, allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichima, Kvinke shishi).
Har qanday odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar paydo bo‘lgan holda, preparatni keyinchalik qo‘llash yuzasidan shifokor bilan albatta maslahatlashish lozim!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya), tutqanoq, markaziy nerv tizimining tirishishga moyilligi bo‘lgan shikastlanishlari (bosh miya jarohati, insult, miya va miya pardalarining yallig‘lanishi jarayonlaridan keyin), 16 yoshgacha bolalar, homiladorlik, emizish davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agarda Siz antatsid preparatlarni yoki temir saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Polimik®ning samaradorligi susayadi, shuning uchun preparatni ko‘rsatilgan preparatlardan 2 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish lozim.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida MNTga va tutqanoq xurujlarini rivojlanishiga rag‘batlantiruvchi ta'sirining xavfi oshadi.
Probentsid, simetidin, furosemid va metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganida, Polimik®ni siydik bilan chiqarilishi kamayadi, yarim chiqarilish davri uzayadi va uning zaharli ta'sirini havfi oshadi. Kumarin qatori antikoagulyantlarning samarasini kuchaytiradi, vekuroniy bromidining miorelaksiyalovchi ta'sirini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agarda Siz Polimik® bilan davolanayotgan bo‘lsangiz, kerak bo‘lmasa, to‘g‘ri quyosh nurlari ta'siri ostida bo‘lmasligi kerak, ultrabinafsha nurlari (simob-kvarts lampalari, solyariy) bilan nurlanishdan saqlanish kerak.
Qandni kamaytiradigan preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabetli bemorlarda Polimik®ni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Buyraklar faoliyatini buzilishi yoki jigarning og‘ir shikastlanishi (tsirroz) bo‘lgan bemorlar o‘rtacha sutkalik dozani (2 tabletka) oshirmasliklari lozim.
Transport vositalarini boshqarayotgan, mashina va mexanizmlarda ishlaydigan patsiyentlar nerv tizimi tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush samaralarni yodda tutishlari lozim.
Polimik®ni uzoq muddat qo‘llanishi preparatga chidamli mikroorganizmlarni o‘sishi bilan bog‘liq ikkilamchi infektsiyani chaqirishi mumkin.
Preparat bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarini iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining eng muhim simptomlari uyidagilardir
markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tutqanoq xurujlari;
ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi va qusish.
Dozani oshirib yuborish hollarida darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 1 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruchining nomi va manzili.
KUSUM HEALTHCARE PVT.LTD.
SP-289(A), RIICO INDL.AREA, CHOPANKI,
BHIWADI (RAJ.) INDIA
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.