Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rofloksan tabletkalar 200mg. №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Офлоксацин
Страна производитель
Турция
Дозировка
200 мг
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция
Рецептурный препарат
Да
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rofloksan
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ofloksatsin
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml infuziya uchun eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda ofloksatsin – 2 mg.
yordamchi moddalar natriy xloridi, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun eritma.
Ta'rifi och sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun mo‘ljallangan antibakterial preparatlar. Xinolonlar guruhiga mansub antibakterial preparatlar. Ftorxinolonlar.
ATX kodi J01MA01
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Ta'sir mexanizmi
Ofloksatsin grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan keng antibakterial faollik doirasiga ega bo‘lgan xinolon-karbon kislotasi hosilasi hisoblanadi.
Xinolonlarni asosiy ta'sir mexanizmi bakteriyalardagi DNK-giraza fermentini o‘ziga xos ravishda ingibitsiya qilish hisoblanadi. DNK-giraza fermenti bakteriyalardagi DNKni replikatsiyasi, transkriptsiyasi, reparatsiyasi va rekombinatsiyasi uchun zarur hisoblanadi. Uni ingibitsiyasi bakteriyalardagi DNK spiralini tekislanishiga va destabilizatsiyasiga olib keladi va buning oqibatida mikrob hujayrasi nobud bo‘ladi.
Ehtimol, ayrim xinolonlar, shu jumladan ofloksatsin bakteriya hujayralariga bakteritsid samaradorlikni kuchaytiradigan, qo‘shimcha – RNKga bog‘lik bo‘lmagan ta'sirga ega. Hozirgi vaqtda bunday ta'sir qilish hususiyati noma'lum.
Farmakokinetik/farmakodinamik ko‘rsatkichlarini nisbati
Ftorxinolonlar kontsentratsiyaga bog‘liq bakteritsid faollikka ega va o‘rtacha postantibiotik samaraga ega. Ushbu antibakterial preparatlari sinfi uchun egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) va minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiya (MIK) nisbati va maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) va MIK nisbati muvaffaqiyatli klinik davolash uchun oldindan darak beruvchi omil hisoblanadi.
Rezistentlik mexanizmi
Ofloksatsinga rezistentlik har ikkala topoizomerazaning II turi DNK-giraza va topoizomeraza IV larni kodlaydigan genlarni bosqichma-bosqich kechuvchi mutatsiya jarayoni natijasida rivojlanadi. Mikrob hujayrasidagi tashqi tuzilmalarning o‘tkazuvchanligi (Pseudomonas aeruginosa uchun xarakterli) ga ta'sir mexanizmi va efflyuks mexanizmi (mikrob hujayrasidan mikroblarga qarshi vositalarni faol chiqarilishi) kabi boshqa rezistentlik mexanizmlari mikroorganizmlarning ofloksatsinga nisbatan sezgirligiga ham ta'sir qilishi mumkin.
Sezgirlikni aniqlashda MIKning chegara qiymatlari
MIKning chegara qiymatlari oraliq sezgirlikka ega bo‘lgan shtammlardan sezgir shatmmlari, oxirgilari esa – rezistent shtammlardan aniqlanadi.
Antibiotiklarga sezgirlikni aniqlash bo‘yicha Yevropa qo‘mitasi (EUCAST) tomonidan o‘rnatilgan MIKning chegara qiymatlari
Pogranichnoye znacheniye MIK (mg/l)
Mikroorganizmlar
Sezgir
Rezistent
Enterobacteriaceae
≤ 0,5
> 1
Staphylococcus spp.
≤ 1
> 1a
Streptococcus pneumoniaeb
≤ 0,125
> 4
Haemophilus influenzae
≤ 0,5
> 0,5
Moraxella catarrhalis
≤ 0,5
> 0,5
Neisseria gonorrheae
≤ 0,125
> 0,25
a. MIK chegara qiymati yuqori dozalari bilan davolashga taalluqli.
b. S. Pneumonia “yovvoyi” turi ofloksatsinga sezgir emas hisoblanadi va shuning uchun oraliq sezgirlikka ega bo‘lgan mikroorganizmlar toifasiga kiradi.
Sazgirligi
Bakteriyalarning ma'lum turlari uchun rezistentlikni tarqalganligi geografik jihatdan va vaqtga qarab tebranishi mumkin. Shunday ekan, ayniqsa og‘ir infektsiyalarni davolashda aniq bir hudud uchun rezistentlik xaqidagi ma'lumotlarni inobatga olgan afzal. Zarurat bo‘lganida, chidamli shtammlarni tarqalganligi yuzasidan mahalliy ma'lumot mavjud bo‘lganida va dori vositasini, hech bo‘lmaganida ayrim infektsiyalarga nisbatan qo‘llashdan kutiladigan foyda shubha tug‘dirganida, maslahat olish uchun mutaxassisga murojaat qilish kerak.
Odatda ofloksatsinga sezgir turlar, shu jumladan oraliq sezgirlikka ega bo‘lgan mikroorganizmlar
- aerob grammusbat mikroorganizmlar – Bacillus anthracis, Bordetella pertussis, Corynebacteria, Streptococci;
- aerob grammanfiy mikroorganizmlar – Campylobacter, Enterobacter, Haemophilus influenzae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Morganella morganii, Proteus vulgaris, Salmonella, Shigella, Yersinia;
- boshqa mikroorganizmlar – Chlamydia, Chlamydophila pneumoniae, Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum.
Chidamlilik orttirishi mumkin bo‘lgan turlar
- aerob grammusbat mikroorganizmlar – Staphylococci (koagulaza manfiy shtammlari), Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pneumoniae;
- aerob grammanfiy mikroorganizmlar – Acinetobacter baumannii, Citrobacter freundii, Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Neisseria gonorrhoeae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa, Serratia.
Rezistent mikroorganizmlar
- aerob grammusbat mikroorganizmlar – Enterococci, Listeria monocytogenes, Nocardia, Staphylococci (metitsillinga rezistent shtammlari);
- anaerob mikroorganizmlar – Bacteroides spp., Clostridium difficile.
Terapevtik dozalarda ofloksatsin somatik va vegetativ nerv tizimiga farmakologik ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga infuziya tugaganidan so‘ng besh minut davomida erishadi. Ofloksatsinning 200 mg bir martalik peroral dozasi qabul qilinganidan so‘ng qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasi o‘rtacha 2,5-3 mkg/ml ni tashkil etadi va 1 soat davomida erishadi. Qon zardobidan yarim chiqarilish davri 6-7 soatni tashkil etadi va bir chiziqli hisoblanadi. Taxminiy taqsimlanish hajmi 120 litrni tashkil etadi. Ofloksatsin bir kurs qo‘llanganida, qon zardobidagi kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada oshmaydi (to‘planish koeffitsiyenti 1,5 ni tashkil etadi). Siydikda va infektsiyalangan siydik yo‘llaridagi ofloksatsinning kontsentratsiyasi qon zardobidagi ofloksatsinning kontsentratsiyasidan 5-100 barobar ko‘p bo‘ladi. Ofloksatsin siydik bilan asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida preparatni siydik bilan chiqarilishi pasayadi.
Qo‘llanilishi
Ofloksatsin kattalarda quyidagi bakterial infektsiyalarni davolash uchun ko‘rsatilgan
• o‘tkir piyelonefrit va siydik chiqarish yo‘llarini asoratlangan infektsiyalari;
• bakterial prostatit, epididimoorxit;
• kichik chanoq a'zolari infektsiyalari, boshqa antibakterial dori vositalari bilan majmuada;
• urosepsisda qo‘llanadi.
Quyida ko‘rsatilgan infektsiyalarni davolash uchun ofloksatsinni, mazkur ko‘rsatmalar bo‘yicha boshqa antibakterial dori vositalarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki asoslanmagan holatlarda qo‘llash kerak
• teri va yumshoq to‘qimalarni asoratlangan infektsiyalari;
• o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligini zo‘rayishi, jumladan bronxit;
• kasalxonadan tashqari pnevmoniya.
Preparatni qo‘llash vaqtida antibakterial preparatlarni muvofiq ravishda qo‘llash bo‘yicha rasmiy tavsiyalarni inobatga olish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
bo‘yicha umumiy tavsiyalar
Ofloksatsinning dozasi infektsiyani turi va og‘irlik darajasi bilan belgilanadi. Ofloksatsinning 400 mg gacha bo‘lgan sutkalik dozasini bir martalik doza sifatida yuborish mumkin. Bunday holatda preparatni ertalab yuborgan afzal.
400 mg dan ortiq sutkalik dozalarini ikki marta qabul qilishga bo‘lish va teng vaqtlar oralig‘ida qabul qilish kerak.
Kattalar
Kattalar uchun vena ichiga yuboriladigan odatdagi dozalari
Surunkali bronxitni zo‘rayishi, kasalxonadan tashqari pnevmoniya 200 mg dan kuniga 2 marta yuboriladi.
Teri va yumshoq to‘qimalarni asoratlangan infektsiyalari 400 mg dan kuniga 2 marta yuboriladi.
Og‘ir darajadagi yoki asoratlangan infektsiyalarda preparatning dozasi 400 mg dan kuniga 2 martagacha oshrilishi mumkin.
Ko‘rsatmalar
Sutkalik dozalash tartibi
(og‘irlik darajasiga qarab)
Davolash davomiyligi
(og‘irlik darajasiga qarab)
Siydik chiqarish yo‘llarini asoratlangan infektsiyalari
200 mg dan kuniga 2 marta
(400 mg dan kuniga 2 martagacha oshirilishi mumkin)
7-21 kun
Piyelonefrit
200 mg dan kuniga 2 marta
(400 mg dan kuniga 2 martagacha oshirilishi mumkin)
7-10 kun
(14 kungacha davom ettirilishi mumkin)
O‘tkir prostatit
Surunkali prostatit
200 mg dan kuniga 2 marta
(400 mg dan kuniga 2 martagacha oshirilishi mumkin)
2-4 hafta
4-8 hafta
Epididimoorxit
200 mg dan kuniga 2 marta
(400 mg dan kuniga 2 martagacha oshirilishi mumkin)
14 kun
Kichik chanoq a'zolari infektsiyalari
400 mg dan kuniga 2 marta
14 kun
prostatitda yanada davomli davolash kursi patsiyent yaxshilab takroran ko‘rib chiqilganidan so‘ng ko‘rib chiqilishi mumkin.
Patsiyentning ahvoli yaxshilanganidan so‘ng ofloksatsinning vena ichiga infuziya shakli bilan davolashni boshlash preparatni tabletkalar shaklida ichga qabul qilish orqali davom ettirilishi mumkin.
Ofloksatsin eritmasi faqat vena ichiga infuziya ko‘rinishida sekin yuborish uchun mo‘ljallangan. Vena ichiga infuziya kuniga bir yoki ikki marta o‘tkaziladi. Infuziya davomiyligi 200 mg ofloksatsinning har bir dozasi uchun kamida 30 minut bo‘lishi kerak. Agar ofloksatsin arterial bosimni pasaytirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda yoki barbituratlar guruhiga mansub noingalyatsion umumiy anesteziya uchun mo‘ljallangan dori vositalari bilan bir vaqtda yuborilsa, ayniqsa bu muhim. Yuboriladigan dozalar o‘rtasida teng vaqt oraliqlariga rioya qilish muhim.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozalash tartibi
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda quyidagi peroral qabul qilinadigan yoki vena ichiga yuboriladigan dozalarini qo‘llash tavsiya etiladi
Kreatinin klirensi
Bir martalik dozasi, mg
Qo‘llash tezligi/ 24 soat
Vaqt oralig‘i, soatlar
50-20 ml/min
100-200
1
24
< 20 ml/min
yoki gemodializ
yoki peritoneal dializ
100
yoki
200
1
1
24
48
qo‘llash uchun ko‘rsatmalar yoki dozalarni qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliqqa qarab.
og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, dializdagi patsiyentlarda qon zardobidagi ofloksatsinning kontsentratsiyasini tekshirish kerak.
Kattalarda kreatininning klirensini aniqlash imkoni bo‘lmaganida, u Kokroft formulasi bo‘yicha qon zardobidagi kreatininning darajasi yordamida aniqlanadi
tana vazni (kg) x (140 – yosh (yillar))
Erkaklar kreatinin klirensi (ml/min) = ----------------------------------------------------
72 x zardob kreatinini (mg/dl)
yoki
tana vazni (kg) x (140 – yosh (yillar))
kreatinina klirensi (ml/min) = --------------------------------------------------------
0,814 x zardob kreatinini (mkmol/l)
Ayollar kreatinin klirensi (ml/min) = 0,85 x (yuqorida ko‘rsatilgan qiymat)
Jigar yetishmovchiligi (masalan, astsit bilan kechuvchi sirroz) bo‘lgan patsiyentlar uchun dozalash tartibi
Organizmdan chiqarilishi pasayishi mumkinligi tufayli ofloksatsinning maksimal sutkalik dozasini 400 mg dan oshirmaslik tavsiya etiladi.
Bolalar
Ofloksatsinni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Buyraklarni normal funktsiyasi saqlanib turganida keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Davolash davomiyligi
Davolash davomiyligi infektsiyaning og‘irligi, organizmni davolashga nisbatan reaktsiyasi va umumiy klinik manzarasiga bog‘liq. Har qanday antibakterial preparatlar bilan davolashda bo‘lgani kabi, ofloksatsin bilan davolash tana xarorati normallashganidan va simptomlar yo‘qolganidan so‘ng kamida 3 kun davomida davom ettirilishi kerak.
Ko‘pgina holatlarda o‘tkir infektsiyalarni davolash uchun 7-10 kunlik davolash kursi yetarli hisoblanadi. Patsiyentning ahvoli yaxshilanganidan so‘ng preparatni aynan bir xil dozadagi peroral shaklini qabul qilishga o‘tish kerak.
Davolash davomiyligi 2 oydan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo <1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Infektsion va parazitar kasalliklar tez-tez emas – zamburug‘li infektsiya, ofloksatsinga nisbatan mikroorganizmlarning rezistentligini rivojlanishi.
Qon va limfa tizimlari tomonidan juda kam hollarda – anemiya, gemolitik anemiya, leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya; uchrash tezligi noma'lum – agranulotsitoz, suyak ko‘migida qon hosil bo‘lishini susayishi.
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish; juda kam hollarda – anafilaktik shok, anafilaktoid shok.
Moddalar almashinuvi va oziqlantirish tomonidan kam hollarda – anoreksiya; uchrash tezligi noma'lum – qandli diabet bilan xastalangan, gipoglikemik dori vositalari bilan davolanayotgan patsiyentlarda gipoglikemiya, giperglikemiya, gipoglikemik koma.
Ruhiyatni buzilishlari tez-tez emas – psixomotor qo‘zg‘alish, uyquni buzilishi, uyqusizlik; kam hollarda – psixotik buzilishlar (masalan, gallyutsinatsiyalar), bezovtalik, ongni chalkashishi, qo‘rquvlar, depressiya, alahsirash; uchrash tezligi noma'lum – psixotik buzilishlar va depressiya, jumladan suiqasdlik fikrlari yoki o‘z joniga suiqasdlik qilish harakatlari, asabiylik.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez emas – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; kam hollarda – uyquchanlik, paresteziya, disgevziya, parosmiya; juda kam hollarda – periferik sensor neyropatiya, periferik sensomotor neyropatiya, tirishishlar, ekstrapiramidal simptomlar yoki mushaklar koordinatsiyasini boshqa buzilishlari; uchrash tezligi noma'lum – tremor, diskineziya, agevziya, xushdan ketish, havfsiz bosh miya gipertenziyasi (bosh miyani soxta o‘smasi).
Ko‘rish a'zolari tomonidan tez-tez emas – ko‘zlarni ta'sirlanishi; kam hollarda – ko‘rishni buzilishi; uchrash tezligi noma'lum – uveit.
Eshitish a'zolari tomonidan va labirint buzilishlari tez-tez emas – vertigo; juda kam hollarda – quloqlarda shovqin, eshitishni yo‘qolishi; uchrash tezligi noma'lum – eshitishni buzilishi.
Yurak tomonidan kam hollarda – taxikardiya; uchrash tezligi noma'lum – yurak qorinchalari aritmiyasi, “piruet” turidagi yurak qorinchalari taxikardiyasi (ayniqsa QT oralig‘ini uzayish havf omillari bo‘lgan patsiyentlarda), EKG da QT oralig‘ini uzayish.
Qon-tomirlari tomonidan tez-tez – flebit; kam hollarda – gipotenziya; uchrash tezligi noma'lum – ofloksatsinni infuziya vaqtida taxikardiya va gipotenziya yuz berishi mumkin. Arterial bosimni bunday pasayishi kam holatlarda og‘ir bo‘lishi mumkin.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan tez-tez emas – yo‘tal, nazofaringit; kam hollarda – hansirash, bronxospazm; uchrash tezligi noma'lum – allergik pnevmonit, yaqqol ifodalangan hansirash.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez emas – tez-tez emas – qorinda og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; kam hollarda – enterokolit, ba'zida gemorragik; juda kam hollarda – soxta membranoz kolit; uchrash tezligi noma'lum – dispepsiya, meteorizm, qabziyat, pankreatit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan kam hollarda – qonda jigar fermentlarining (ALT, AST, LDG, gamma-glutamiltransferaza va/yoki ishqoriy fosfatazaning) faolligini oshishi, bilirubinning darajasini oshishi; juda kam hollarda – xolestatik sariqlik; uchrash tezligi noma'lum – og‘ir kechishi mumkin bo‘lgan gepatit. Ofloksatsinni qabul qilish vaqtida jigarni og‘ir shikastlanishi holatlari, shu jumladan o‘tkir jigar yetishmovchiligi holati, eng avvalo jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘lim bilan yakunlangan holatlar qayd etilgan.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez emas – qichishish, toshma; kam hollarda – eshakemi, qon oqib kelishini kuchayishi, gipergidroz, pustulyoz toshma; juda kam hollarda – ko‘p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, fotosensibilizatsiya reaktsiyasi, dori vositasi ta'siridagi toshma, qon-tomir purpurasi, ayrim holatlarda teri nekroziga oli kelishi mumkin bo‘lgan vaskulit; uchrash tezligi noma'lum – Stivens-Djonson sindromi, o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz, dori vositasi ta'siridagi toshma, stomatit, eksfoliativ dermatit.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan kam hollarda – tendinit; juda kam hollarda – artralgiya, mialgiya, paylarni uzilishi (masalan axill payini), bular davolash boshlanganidan so‘ng 48 soat davomida rivojlanishi mumkin va ikki tomonlama bo‘lishi mumkin; uchrash tezligi noma'lum – rabdomioliz va/yoki miopatiya, mushaklarni zaifligi, mushaklarni yorilishi, mushaklarni uzilishi, paylarni uzilishi, artrit.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kam hollarda – qon zardobida kreatininning kontsentratsiyasini oshishi; juda kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; uchrash tezligi noma'lum – o‘tkir interstitsial nefrit.
Tug‘ma, nasliy va genetik buzilishlar uchrash tezligi noma'lum – porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarda porfiriya hurujlari.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar tez-tez – yuborilgan joyda reaktsiyalar (og‘riq va qizarish); uchrash tezligi noma'lum – asteniya, tana xaroratini ko‘tarilishi, bel, ko‘krak, qo‘l-oyoqlarda og‘riq.
xinolonlar va ftorxinolonlarni qo‘llash bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, ayrim holatlarda oldindan darak beruvchi havf omillari borligidan qat'iy nazar, odam organizmining turli, ba'zida bir qancha a'zolar tizimlari va sezgi a'zolariga ta'sir qiluvchi, juda kam holatlarda rivojlanuvchi, uzoq davom etuvchi (oy yoki yil davom etuvchi), nogironlikka olib keluvchi, dorilar ta'siriga potentsial orqaga qaytmas jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar (jumladan tendinit, paylarni uzilishi, artralgiyalar, qo‘l-oyoqlarda og‘riq, qadam tashlashni buzilishi, paresteziya bilan assotsiatsiyalangan neyropatiyalar, depressiya, toliqish, xotirani buzilishi, uyqu, eshitish, ko‘rish, ta'm bilish va hid bilan funktsiyalarini buzilishi kabi nojo‘ya reaktsiyalar) rivojlanganligi xaqida xabarlar tushgan.
postmarketing tadqiqotlar
ftorxinolonlar bilan davolanayotgan patsiyentlarda anevrizma va aortani qavatlarga ajralishi, ba'zida uzilishi bilan asoratlangan (shu bilan birga o‘lim bilan yakunlangan) holatlar, shuningdek yurak klapanlarining istalgan birortasini regurgitatsiyasi/ holatini yomonligi qayd etilgan.
Shubha qilingan nojo‘ya reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan nojo‘ya reaktsiyalar xaqida habarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy nojo‘ya reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi nojo‘ya reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq ravishda axborot berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• ofloksatsinga, boshqa xinolonlarga yoki preparatning yordamchi komponentidan birortasiga yuqori sezuvchanlikda;
• anamnezida, ftorxinolonlar qabul qilinganidan keyin rivojlangan tendinit;
• tutqanoq yoki tirishish bo‘sag‘asini pasayishi;
• 18 yoshgacha, homiladorlik va emizish davrida, bolalar va homilada artropatiya rivojlanishi mumkinligi tufayli;
• gemolitik reaktsiya kuzatilishi mumkinligi tuayli, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza fermentining nuqsoni bo‘lganida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
QT oralig‘ini uzaytiruvchi dori vositalar
Ofloksatsinni, boshqa ftorxinolonlar kabi, QT oralig‘ini uzaytiruvchi preparatlarni (masalan, IA va III sinf antiaritmik preparatlar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar) qabul qilayotgan patsiyentlarda ehiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Ofloksatsin va antikoagulyantlar bir vaqtda qo‘llanganida qon ketishi vaqtini uzayganligi xaqida xabarlar tushgan.
Teofillin, fenbufen yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
Klinik tadqiqotlarda ofloksatsinni teofillin bilan biror-bir farmakokinetik o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan. Biroq xinolonlar va teofillin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar yoki tirishish bo‘sag‘asini pasaytiruvchi boshqa preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida bosh miyani tirishishga faollik bo‘sag‘asini ahamiyatli pasayishi kuzatilishi mumkin.
Tirishish hurujlari kuzatilganida ofloksatsin bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Glibenklamid
Ofloksatsin glibenklamid bilan bir vaqtda qo‘llanganida uning qon zardobidagi kontsentratsiyasini biroz oshishiga olib kelishi mumkin; bunday majmuani qabul qilayotgan patsiyentlar kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
Probenetsid, simetidin, furosemid va metotreksat
Probenetsid ofloksatsinning umumiy klirensini 24% ga pasaytiradi, va AUC qiymatini 16% ga oshiradi. Taxminiy mexanizmi buyrak naychalari orqali sekretsiyasida faol transport yoki uni ingibitsiya bo‘lishi uchun raqobatlashishdan iborat. Ofloksatsin probenetsid, simetidin, furosemid va metotreksat kabi buyrak naychalari sekretsiyasiga ta'sir qiluvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
K vitamining antagonistlari
Ofloksatsin K vitaminining antagonistlari (varfarin) bilan majmuada qabul qilayotgan patsiyentlarda koagulyatsion sinamalar (protrombin vaqti/xalqaro normallashtirilgan nisbat) ning qiymatlarini oshganligi va/yoki og‘ir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qon ketishi kuzatilganligi xaqida xabarlar tushgan. Shuning uchun ko‘rsatilgan dori vositalar bir vaqtda qo‘llanganida, kumarin hosilalarining samarasi kuchayishi mumkinligi tufayli, qonning ivish tizimini nazorat qilish kerak.
Nomutanosibligi
Agar infuziya uchun boshqa suyuqliklar bilan mutanosibligi namoyish etilmagan bo‘lsa, Rofloksanni monoterapiya shaklida qo‘llash kerak. Infuziya uchun mutanosib eritmalar natriy xloridining izotonik eritmasi, Ringer eritmasi va 5% li glyukoza eritmasi. Geparin va ofloksatsin mutanosib emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Anamnezida jiddiy nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanishi tarkibida xinolonlar va ftorxinolonlar saqlovchi preparatlarni qabul qilish bog‘liq bo‘lgan patsiyentlarda ofloksatsinni qo‘llashdan saqlanish kerak. Bunday patsiyentlarni ofloksatsin bilan davolashni muqobil davolash usullari bo‘lmaganida va foyda-havf nisbati yaxshilab baholangandan keyingina boshlash kerak.
Metitsillinga rezistent mikroorganizmlar S. aureus (MRSA)ni ftorxinolonlarga, jumladan ofloksatsinga kesishgan rezistentlikka ega bo‘lish ehtimoli yuqori. Shunday ekan, infektsiya qo‘zg‘atuvchilarning ofloksatsinga sezgirligi laborator tekshiruvlarning natijalari bilan tasdiqlanmagunicha va boshqa tavsiya etiladigan antibiotiklar samarali bo‘lmaganida, MRSA (yoki agar MRSA taxmin qilinsa) tomonidan chaqirilgan infektsiyani davolash uchun ofloksatsinni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ofloksatsin Pneumococci yoki Mycoplasma tomonidan chaqirilgan pnevmoniya yoki β-gemolitik streptokokklar tomonidan chaqirilgan infektsiyani davolashda birinchi tanlov preparati hisoblanmaydi.
Yescherichia coli tomonidan chaqirilgan infektsiyalar
E. coli – siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalarini eng keng tarqalgan qo‘zg‘atuvchisini ftorxinolonlarga rezistentligi – turli geografik xududlarda tebranib turadi. E. coli ni ftorxinolonlarga mahalliy rezistentligini e'tiborga olish tavsiya etiladi.
Neisseria gonorrhoeae tomonidan chaqirilgan infektsiyalar
Neisseria gonorrhoeae ning rezistentligi ortishi tufayli, gonokokkli infektsiyaga taxmin qilinganida (gonokokkli uretrit, kichik chanoq a'zolarining yallig‘lanish kasalliklari va epididimoorxit) empirik davolash sifatida ofloksatsinni qo‘llash mumkin emas. Davolashni qo‘zg‘atuvchi aniqlanganidan va ofloksatsinga sezgirligi tasdiqlanganidan keyingina o‘tkazish kerak. Agar 3 kun davolashdan keyin klinik yaxshilanishga erishilmagan bo‘lsa, davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Kichik chanoq a'zolarining yallig‘lanish kasalliklari
Kichik chanoq a'zolarining yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun ofloksatsin faqat, ta'sir doirasi anaerob mikroorganizmlarni qamrab oladigan preparat bilan majmuada qo‘llanadi.
Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va allergik reaktsiyalar
Dastlab qo‘llanganidan so‘ng ftorxinolonlarga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va allergik reaktsiyalar rivojlanganligi xaqida xabarlar tushgan. Anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar hatto dastlab qo‘llanganidan keyin ham hayot uchun havf tug‘diruvchi shokkacha zo‘rayishi mumkin. Bunday holatlarda ofloksatsinni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni (shokni davolashni) boshlash kerak.
Og‘ir darajadagi teri reaktsiyalari
Ofloksatsin bilan davolanish vaqtida rivojlangan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir darajadagi bullyoz teri reaktsiyalari rivojlanganligi xaqida xabarlar tushgan. Teri reaktsiyalari rivojlanganida va/yoki shilliq qavatlarning shikastlanishlari rivojlanganida ofloksatsin bilan davolashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerakligi xaqida patsiyentlarni xabardor qilish lozim.
Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan kasalliklar (CDAD)
Ofloksatsin bilan davolanish vaqtida yoki davolangandan so‘ng (shu jumladan davolashdan so‘ng bir necha haftadan keyin) yaqqol ifodalangan, vaqti-vaqti bilan zo‘rayib boruvchi va/yoki qon aralash diareya soxtamembranoz kolit (SMK) ning ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. CDAD ning og‘irlik darajasi yengil darajadan hayot uchun havf tug‘diruvchi darajagacha o‘zgarishi mumkin, eng og‘ir shakli soxtamembranoz kolit hisoblanadi. Shuning uchun, agar ofloksatsin bilan davolanish vaqtida yoki davolashdan so‘ng patsiyentlarda og‘ir diareya rivojlansa, ushbu taxshisni qayta ko‘rib chiqish muhimdir. SMK rivojlanganligiga shubha qilinganida ofloksatsin bilan davolash zudlik bilan to‘xtatilishi kerak. Zudlik bilan muvofiq spetsifik davolash (vankomitsinni ichga qabul qilish, teykoplanin ichga qabul qilish yoki metronidazol ichga qabul qilish) buyurilishi kerak. Bunday klinik vaziyatda ichak peristaltikasini susaytiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas.
Tirishishlarni rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlar
Xinolonlar tirishish bo‘sag‘asini pasaytirishi va tirishishlarni chaqirishi mumkin. Anamnezida tutqanoq kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga ofloksatsinni qo‘llash mumkin emas va tirishishlarni rivojlnishiga moyilli bo‘lgan patsiyentlarda ayniqsa ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Ular markaziy nerv tizimini shikastlanishlari bo‘lgan, bir vaqtda fenbufen yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar yoki teofillin kabi bosh miyaning tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlardir.
Tirishish hurujlari rivojlanganida ofloksatsin bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Uzoq davom etuvchi, nogironlikka olib keluvchi va dorilar ta'siriga potentsial orqaga qaytmas jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar
Xinolonlar va ftorxinolonlar qabul qilgan patsiyentlarda, patsiyentning yoshidan va oldindan darak beruvchi havf omillaridan qat'iy nazar, odam organizmining turli, ba'zida bir qancha a'zolar tizimlariga (skelet-mushak, nerv, psixik tizimlar, sezgi a'zolariga) ta'sir qiluvchi, juda kam holatlarda rivojlanuvchi, uzoq (bir necha oy yoki yil davomida) davom etuvchi, nogironlikka olib keluvchi va dorilar ta'siriga potentsial orqaga qaytmas jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar xaqida xabarlar tushgan. Har qanday jiddiy nojo‘ya reaktsiyani dastlabki belgilari va simptomlari paydo bo‘lganida ofloksatsinni qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Tendinit va paylarni uzilishi
Tandinit va paylarni uzilishi (ayniqsa axill payini uzilishi), ba'zida ikki tomonlama, xinolonlar va ftorxinolonlar bilan davolash boshlanganidan so‘ng 48 soat davomida, shuningdek davolash to‘xtatilganidan so‘ng bir necha oy davomida yuzaga kelishi mumkin. Tendinitni rivojlanish va paylarni uzilish havfi keksa yoshdagi patsiyentlarda, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, bir vaqtda kortikosteroidlar bilan davolanayotgan, parenximatoz a'zolarni transplantatsiyasi o‘tkazilgan patsiyentlarda oshadi. Kortikosteroidlar va ftorxinolonlarni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Tendinitning dastlabki belgilari (masalan, og‘riqli shish, yallig‘lanish) paydo bo‘lganida ofloksatsin qabul qilishni to‘xtatish va muqobil davolash usulini ko‘rib chiqish kerak. Shikastlangan qo‘l-oyoq(lar)ni muvofiq tarzda davolash kerak (masalan, qo‘l-oyoqlarni immobilizatsiya qilish kerak). Tendinopatiyaning belgilari paydo bo‘lganida kortikosteroidlarni qo‘llash mumkin emas.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Ofloksatsin asosan buyraklar orqali chiqarilganligi tufayli, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun ofloksatsinning dozasiga tuzatish kiritish kerak.
QT oralig‘ini uzayishi
Kam holatlarda ftorxinolonlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda QT oralig‘ini uzayishi kuzatiladi. Ftorxinolonlar, shu jumladan ofloksatsin QT oralig‘ini quyidagi uzaytirish havf omillari ma'lum bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak
• QT oralig‘ini ug‘ma uzayishi;
• QT oralig‘ini uzaytiruvchi preparatlarni (IA va III sinf antiaritmik preparatlar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklarni) bir vaqtda qabul qilish;
• elektrolitlar muvozanatini buzilishi (gipokaliyemiya, gipomagniyemiya);
• yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokardi infarkti, bradikardiya).
Keksa yoshdagi patsiyentlar va ayollar QT oralig‘ini uzaytiruvchi preparatlarning ta'siriga yanada sezgir bo‘lishlari mumkin. Shunday ekan, ftorxinolonlar, shu jumladan ofloksatsin ushbu patsiyentlar guruhida qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Aorta anevrizmasi va aortani qavatlarga ajralishi, yurak klapanini regurgitatsiyasi / holatini yomonlashishi
Epidemiologik tadqiqotlarda, ftorxinolonlarni qabul qilgandan so‘ng, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda anevrizmalarni hosil bo‘lish va aortani qavatlarga ajralish, shuningdek aortal va mitral klapanlarni regurgitatsiyasi xaqida xabarlar tushgan. Ftorxinolonlar qabul qilayotgan patsiyentlarda aorta anevrizmasi va aortani qavatlarga ajralishi, ba'zida uzilishi bilan asoratlangan (shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan), shuningdek yurak klapanlarining istalgan birortasini regurgitatsiyasi/holatini yomonlashishi qayd etilgan.
Shu sababli ftorxinolonlarni, oilaviy anamnezda anevrizmasi bo‘lgan patsiyentlarda yoki yurak klapanlarining tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek aorta anevrizmasi va/yoki aortani qavatlarga ajralishi tashxisi qo‘yilgan, yoki yurak klapanlari yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, yoki quyidagilarni rivojlanishiga sabab bo‘luvchi boshqa havf omillari bo‘lganida, foyda/havf nisbati yaxshilab baholangandan va boshqa mumkin bo‘lgan davolash usullari ko‘rib chiqilgandan keyingina, qo‘llash kerak
• anevrizmani rivojlanishiga va aortani qavatlarga ajralishiga va, bir vaqtda yurak klapanini regurgitatsiyasi/holatini yomonlashishiga (masalan, Marfan sindromi yoki Elers-Danlos sindromi, Terner sindromi kabi biriktiruvchi to‘qima kasalliklari, Bexchet kasalligi, gipertenziya, revmatoid artrit), yoki unga qo‘shimcha
• aorta anevrizmasi rivojlanishiga va aortani qavatlarga ajralishiga (masalan, Takayasu arteriiti, gigant hujayrali arteriit kabi yurak qon tomir kasalliklari, aterosklerozni mavjud bo‘lishi yoki Shegren sindromi), yoki unga qo‘shimcha
• yurak klapanlari regurgitatsiyasi/holatini yomonlashishi (masalan, infektsion endokardit).
Aorta anevrizmasini rivojlanishi va aortani qavatlarga ajralish va uni uzilish havfi shuningdek bir vaqtda tizimli kortikosteroidlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda ham oshishi mumkin.
Qorinda, ko‘krakda yoki belda to‘satdan og‘riq paydo bo‘lganida patsiyentlar darhol shoshilinch yordam bo‘limidagi shifokorga murojaat qilishlari kerak.
O‘tkir hansirash, yurak urishini birinchi marta tezlashishi kuzatilganida, shuningdek qorin bo‘shlig‘i yoki oyoqlarda shish paydo bo‘lganida patsiyentlarga zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilishlari kerakligini tavsiya etish lozim.
Anamnezida psixotik buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar
Ftorxinolonlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda psixotik reaktsiyalar kuzatilgan. Ayrim holatlarda, ba'zida bir martalik dozasi qabul qilinganidan so‘ng, ular zo‘rayib borib, suiqasdlik fikrlari yoki harakatlari, jumladan o‘z joniga suiqasdlik qilish harakatlari yuzaga kelgan. Patsiyentda bunday reaktsiyalar rivojlanganida ofloksatsin qabul qilishni to‘xtatish va muvofiq davolash choralarini ko‘rish kerak.
Anamnezida psixotik buzilishlari bo‘lgan yoki ruhiy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigar yetishmovchiligiga olib keluvchi (jumladan o‘lim bilan yakunlangan), yashin tezligi bilan kechuvchi gepatitni rivojlanish holatlari qayd etilgan. Agar jigar kasalliklarining anoreksiya, sariqlik, siydikning rangini to‘qlashishi, qichishish, qorinda og‘riq kabi belgilari va simptomlari kuzatilsa, patsiyentlarga davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
K vitaminining antagonistlarini qabul qiluvchi patsiyentlar
Ftorxinolonlar, shu jumladan ofloksatsinni K vitaminining antagonistlari (varfarin) bilan majmuada qabul qilayotgan patsiyentlarda koagulyatsion sinamalar (protrombin vaqti/ xalqaro normallashtirilgan nisbat) qiymatlarini oshishi va/yoki qon ketishi yuzaga kelishi mumkinligi tufayli, qonning ivish tizimi ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Gravis miasteniyasi
Ftorxinolonlar, shu jumladan ofloksatsin gravis miasteniyasi bilan xastalangan patsiyentlarda nerv-mushak blokadasini chaqirishi va mushaklar zaifligini kuchaytirishi mumkin. Gravis miasteniyasi bilan xastalangan patsiyentlarda ftorxinolonlarni qo‘llash vaqtida jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar, shu jumladan o‘lim holati, yoki o‘pkalarni sun'iy ventilyatsiyasiga ehtiyoj kuzatilganligi qayd etilgan. Gravis miasteniyasi tashxisi qo‘yilgan patsiyentlarga ofloksatsinni qo‘llash tavsiya etilmagan.
Fotosensibilizatsiyani oldini olish
Ofloksatsin qo‘llanganida fotosensibilizatsiya holatlari xaqida xabarlar tushgan. Fotosensibilizatsiyadan saqlanish maqsadida davolanish vaqtida va davolash tugaganidan so‘ng 48 soat davomida, zarurat bo‘lmasa, quyosh nurlari yoki sun'iy UB-nurlarining (masalan, quyosh yorug‘i lampalari, solyariy) haddan tashqari ta'siriga duchor bo‘lish tavsiya etilmaydi.
Superinfektsiya
Ofloksatsinni qo‘llash, ayniqsa uzoq muddat qo‘llash antibiotiklarga rezistent mikroorganizmlarni haddan tashqari o‘sishiga olib kelishi mumkin. Patsiyentning ahvolini takroran baholash lozim bo‘ladi. Davolanish vaqtida ikkilamchi infektsiya rivojlanganida muvofiq davolash choralari bajarish kerak.
Periferik neyropatiya
Xinolonlar va ftorxinolonlar qabul qilayotgan patsiyentlarda paresteziya, gipesteziya (sezuvchanlikni pasayishi), dizesteziya yoki holsizlikka olib keluvchi sensor yoki sensomotor polineyropatiya kuzatilganlik holatlari xaqida xabarlar tushgan. Ofloksatsin qabul qilayotgan patsiyentlarga davolashni davom ettirishdan avval, agar og‘riq, achishish, sanchish, uvishish yoki holsizlik kabi neyropatiya siptomlari rivojlangan bo‘lsa, potentsial orqaga qaytmas holatlarni rivojlanishini oldini olish uchun, shifokorga xabar berish kerakligini tavsiya etish lozim.
Disglikemiya
Barcha turdagi xinolonlar qo‘llanganida odatda gipoglikemik dori vositalarini peroral (glibenklamid) qabul qilayotgan yoki insulin olayotgan patsiyentlarda, qonda glyukozaning darajasini buzilishlari, jumladan ham giperglikemiya, ham gipoglikemiya holatlari rivojlanganligi xaqida xabarlar tushgan. Gipoglikemik koma holatlari xaqida xabarlar tushgan. Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarga qondagi glyukozaning darajasini yaxshilab kuzatish lozimligi tavsiya etiladi.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza fermentining yetishmovchiligi yashirin kechuvchi yoki aniqlangan patsiyentlar xinolonlar bilan davolanganda gemolitik reaktsiyalarga moyil bo‘lishlari mumkin. Shunday ekan, ofloksatsinni shunday patsiyentlarda qo‘llash zarurati bo‘lganida gemolizni potentsial rivojlanish havfini nazorat qilish kerak.
Ko‘rish faoliyatini buzilishlari
Ko‘rish faoliyati susayganida yoki ko‘rish a'zolari tomonidan har qanday boshqa noxush reaktsiya rivojlanganida zudlik bilan oftalmologga murojaat qilish kerak.
Laborator tadqiqotlarning natijalari
Ofloksatsin qabul qilgan patsiyentlarda, siydikda opiatlarni borligini aniqlash tahlili soxtamusbat natijalarni ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatlarda ma'lumotlarni tasdiqlash uchun yanada aniq usullardan foydalanish kerak.
Kam uchraydigan naslik buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar
Galaktozani o‘zlashtirolmaslikni kam uchraydigan nasliy buzilishlari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarga ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Odamga nisbatan ma'lumotlar cheklanganligini nobatga olib, homiladorlikning dastlabki uch oyligida ftorxinolonlarni qo‘llash jiddiy nuqsonlarni rivojlanish havfini oshishi yoki homiladorlikni kechishiga boshqa noxush ta'sirlarni oshishi bilan kechmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, jinsiy balog‘atga yetmagan hayvonlarda bo‘g‘im tog‘ayini shikastlanishi namoyish etilgan, ammo teratogen samaralari aniqlanmagan. Shunday qilib, ofloksatsinni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas.
Laktatsiya davri
Ofloksatsin katta bo‘lmagan miqdorlarda ko‘krak sutiga o‘tadi. Bolalarda artropatiyalar va toksiklikni boshqa jiddiy ko‘rinishlarini potentsial rivojlanish havfi borligi tufayli, ofloksatsin bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Uyquchanlik, harakatlar aniqligini buzilishi, bosh aylanishi va ko‘rish faoliyatini buzilishi kabi nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanganligi xaqida xabarlar tushganligi tufayli, davolanish vaqtida avtomobil boshqarishdan yoki turli mexanizmlardan foydalanishdan saqlanish kerak. Ushbu samaralari alkogol ta'sirida kuchayishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani o‘tkir oshirib yuborilishini eng muhim simptomlari bo‘lib markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ongni buzilishi, tirishishlar, QT oralig‘ini uzayishi kabi buzilish simptomlari, shuningdek me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, shilliq qavatlar eroziyasi kabi reaktsiyalar hisoblanadilar.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llash davrida MNT tomonidan samaralar, shu jumladan ongni chalkashishi, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar va tremor kuzatilgan.
Jadallashtirilgan diurez organizmdan ofloksatsinni chiqarilishini tezlashtiradi.
Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash o‘tkazish ko‘rsatilgan. QT oralig‘i uzayishi mumkinligi tufayli, EKGni nazorat qilish tavsiya etilgan. Me'daning shilliq qavatini himoya qilish uchun antatsidlar buyuriladi.
Ofloksatsin gemodializda organizmdan qisman chiqarilishi mumkin. Peritoneal dializ va doimiy ambulator peritoneal dializ (DAPD) o‘tkazish samarali emas. Spetsifik antidoti mavjud emas.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 100 ml dan rangsiz shisha flakonlarda brombutilkauchuk tiqin yopilgan va Flip off turidagi majmuaviy alyumin qalpoqcha bilan mahkamlangan.
1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Infuziya uchun eritmani flakon ochilgan zahoti yuborish kerak.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqarilgan
“Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.”, Turkiya
(ChOSB G.O. Pasha Max. 6. Djad. № 30 Cherkezkyoy / Tekirdag)
“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(ÇOSB G.O. Paşa Mah. 6. Cad. No 30 Çerkezköy / Tekirdağ).
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Tar Pharm Alliance” MChJ,
O‘zbeksiton Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch., 166 uy
Telefon (+998) 71 277-76-78, (+998) 71 277-76-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.