Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sintomitsin liniment 5% 25g MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хлорамфеникол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
5% 25 г
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sintomitsin-MR
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Xloramfenikol
Dori shakli
Liniment
Tarkibi
Har 1 g liniment quyidagilarni saqlaydi
Faol modda D,L-xloramfenikol (sintomitsin) – 0,05 g.
Yordamchi moddalar kanakunjut moyi, emulgator №1, sorbin kislotasi, karmelloza natriy, aerosil, tozalangan suv - 1 g gacha.
Ta'rifi Oq yoki biroz sarg‘ish tusli oq rangli, kuchsiz o‘ziga xos hidli liniment.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibiotik (xloramfenikol guruhi).
ATX kodi D06AX02
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi jarohat infektsiyalari va turli shakldagi yiringli yallig‘lanishli jarayonlarining turli shakllarini qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan yuqori antibakterial faollikka ega bo‘lgan keng ta'sir doirasiga ega antibiotik – xloramfenikoldir.
Xloramfenikol – bakteriostatik antibiotik bo‘lib, mikrob hujayrasida oqsil sintezi jarayonini buzadi, yaxshi lipofillikka ega bo‘lib, bakteriyalarning hujayra membranalari orqali o‘tadi va bakterial ribosomalarning 50S subbirligi bilan qaytuvchan bog‘lanib, o‘suvchi peptid zanjirlariga aminokislotalarni o‘tishini to‘xtatadi, bu oqsil sintezini buzishiga olib keladi. Penitsillinga, tetratsiklinlarga, sulfanilamidlarga chidamli ko‘pchilik grammanfiy va grammusbat mikroorganizm shtammlariga nisbatan faoldir. Kuygan jarohatlar va trofik yaralarni tozalanishi va bitishiga yordam beradi va ularning epitelizatsiyani tezlashtiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat teriga, jarohatlarga yoki shilliq qavatlarga qo‘llanganidan so‘ng umumiy qon oqimiga so‘rilish darajasi noma'lum.
Qo‘llanilishi
Jarohat jarayonining ikkinchi bosqichidagi jarohatlar (yiringli, nekrotik to‘qimalar bo‘lmaganida), uzoq vaqt bitmayotgan rofik yaralar, 2-3 darajali kuyishlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat sirtga ishlatiladi. Jarohatlar va kuyishlarga xirurgik ishlov berilganidan so‘ng sintomitsin linimenti bevosita jarohat yuzasiga qo‘yiladi, undan keyin steril doka bog‘lov qo‘yiladi yoki sintomitsin linimenti bog‘lov materialiga surtilib, so‘ngra jarohatga qo‘yiladi. Yiringli jarohatlar bo‘shliqlariga xirurgik ishlov berilganidan so‘ng liniment qo‘yilgan tamponlar g‘ovak qilib joylashtiriladi, sintomitsin linimetli turundalar esa yiring yo‘llariga kiritiladi.
Jarohatlar 2-chi bosqichdagi va kuyishlarni davolashda jarohatlarni bitishi dinamikasiga qarab, har 1-3 kunda 1 marta qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalari teri toshmasi, angionevrotik shish bo‘lishi mumkin.
Qon yaratish a'zolari tomonidan kam hollarda – retikulotsitopeniya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya, eritropeniya, aplastik anemiya, agranulotsitoz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi, o‘tkir intermittirlovchi porfiriya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, teri kasalliklari (zamburug‘li kasalliklar, psoriaz, ekzema). homiladorlik va laktatsiya, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (4 haftalikkacha).
Osmatik faollikka ega bo‘lmaganligi tufayli (asosi moy, emulgator) jarohat jarayonlarining birinchi bosqichida (ko‘p yiring ajralishi, to‘qimalarni yaqqol shishlari, og‘riq va nekrotik to‘qimalar mavjudligi tufayli) qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan
Ilk bolalik yoshi, avval sitostatik preparatlari bilan davolangan yoki nur terapiyasini olgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Eritromitsin, klindamitsin, linkomitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganida kuzatiladi. Buning sababi xloramfenikolni bu preparatlarni bog‘langan holatlaridan siqib chiqarishi yoki bakterial ribosomalarning 50S subbirliklari bilan bog‘lanishiga to‘sqinlik qilishini mumkinligi hisobiga, ularning ta'siri o‘zaro kuchsizlanishi mumkin.
Penitsillin va sefalosporinlarning antibakterial samarasini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash jarayonida periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish lozim.
Homiladorlik vaqtida homilaga va emizish davrida nohush ta'sirlar aniqlanmagan.
Etanol bilan bir vaqtda qabul qilinganida disulfiramga o‘xshash reaktsiya (teri qoplamalarning giperemiyasi, taxikardiya, ko‘ngil aynishi, qusish, reflektor yo‘tal, tirishishlar) rivojlanishi mumkin.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
5% li liniment 25 g alyumin tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ, O‘zbekiston Respublikasi
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.