Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sulfasalazin 500mg №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сульфасалазин
Страна производитель
Словения
Дозировка
500 мг
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sulfasalazin (Sulfasalazin).
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sulfasalazin (sulfasalazine)
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 500 mg.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500 mg sulfasalazin (povidon bilan qoplangan),
yordamchi moddalar qayta jelatinlangan kraxmal, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.
qobig‘ining tarkibi gipromelloza, propilenglikol.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama biroz qavariq, jigarrang-sariq rangli, rangsiz plenka qobiq bilan qoplangan faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Ichak kasalliklarida qo‘llanadigan mikroblarga qarshi va yallig‘lanishga qarshi vositalar. Aminosalitsil kislotasi va uning hosilalari.
ATX kodi A07ES01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sulfasalazin (salazosulfapiridin) immunosupressiv, yallig‘lanishga qarshi va bakteritsid ta'sirga ega.
Uning ta'siri ikki metabolitining ta'siri bo‘lib, ular ichak devoriga mahalliy ta'sir qiladi, o‘sha vaqtning o‘zida tizimli ta'sir ham ko‘rsatadi.
Sulfapiridin tabiiy killer xujayralar (NK-xujayralar) ning ta'sirini va limfotsitlarning transformatsiyasini ingibitsiya qiladi.
5-aminosalitsil kislotasining yallig‘lanishga qarshi ta'siri ichakning yallig‘lanishdavolashda. Ehtimol, eng muhim vositadir, chunki u ichak devoridagi siklooksigenaza va lipooksigenazani ingibitsiya qiladi va shu bilan prostaglandinlar, leykotriyenlar va yallig‘lanishning boshqa mediatorlarini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, ehtimol, kislorodning erkin radikallarini bog‘laydi.
Sulfasalazin og‘riqni qoldiruvchi samaraga ega emas.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Qabul qilingan sulfasalazinning taxminan 30% ingichka ichakdan so‘riladi; qolgan 70% yo‘g‘on ichakdagi ichak bakteriyalari tomonidan metabolizmga uchrab, sulfapiridin va 5-aminosalitsil kislotasi hosil bo‘ladi.
Taqsimlanishi
Sulfasalazin va uning metabolitlarini zardobdagi maksimal kontsentratsiyalarida katta farqlar mavjud; sekin atsetilyatorlarda ular ancha yuqori va nojo‘ya samaralarni ko‘proq rivojlanishi bilan bog‘liq. Sulfasalazin qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyasiga preparat qabul qilinganidan so‘ng 3-12 soat davomida erishadi. Qon plazmasi va biriktiruvchi to‘qimaning oqsillari bilan bog‘lanishi juda yuqori. So‘rilgan sulfasalazinning katta qismi safro bilan ichakka qaytadi; katta bo‘lmagan qismi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Sulfasalazinning yarim chiqarilish davri - 5-10 soat.
Hosil bo‘lgan sulfapiridinning katta qismi so‘riladi va preparat qabul qilinganidan so‘ng 12-24 soat o‘tgach qon zardobida maksimal kontsentratsiyasiga erishadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Sulfapiridin jigarda metabolizmga uchraydi (atsetil guruhini qo‘shilishi, gidroksidlanish va glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiya) va buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri atsetil guruhini qo‘shilish tezligiga qarab - 6-14 soatni tashkil etadi.
5-aminosalitsil kislotasining faqat 30% so‘riladi va jigarda atsetil guruhi qo‘shiladi, so‘ngra esa buyraklar orqali chiqariladi. Qolgan qismi ahlat bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Preparat quyidagilarda tavsiya etiladi
-Kron kasalligi yarali kolit va proktitni o‘tkir ko‘rinishlari va zo‘rayishlarini, davolash uchun,
-yarali kolit va proktitni remissiya fazada bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun,
-nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan davolashga turg‘un bo‘lgan revmatoid artritlar va yuvenil ideopatik surunkali poliartritlarni davolash uchun.
Sulfasalazin kortikosteroidlar va metronidazol bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozasi kasallikning og‘irligi va kuzatilishi mumkin bo‘lgan noxush samaralariga qarab belgilanishi kerak. Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Agarda navbatdagi qabul vaqti kelmagan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Aks holda, davolash sxemasiga muvofiq faqat navbatdagi dozani qabul qilish kerak.
Yarali kolit va proktit, Kron kasalligini o‘tkir xurujlari
Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar 2-4 tabletkadan (1-2 g) sutkada 4 marta qabul qilishlari kerak.
Ikki yoshdan oshgan bolalarga sutkada 1 kg tana vazniga 40-60 mg preparat berish mumkin. Remissiyaga erishilganda dozani asta-sekin pasaytirish kerak.
Yarali kolit va proktitni remissiya fazasida bir maromda saqlab turuvchi davolash
Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etilgan tutib turuvchi doza - 1 tabletka (500 g) kuniga 4 marta.
Ikki yoshdan oshgan bolalarga sutkada 1 kg tana vazniga 20-30 mg berish mumkin.
Samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashning davomiyligi cheklanmagan.
Revmatoid artritlar va yuvenil ideopatik surunkali poliartritlar
Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etilgan doza sutkada 2-3 g. Davolashni kuniga 1 tabletka (500 g) sulfasalazinni qabul qilish bilan boshlash kerak. Dozani asta-sekin, to‘rt haftadan keyin preparatning dozasi 2 tabletka (1 g) dan sutkada 2-3 martani tashkil etishi uchun, bir haftalik intervallar bilan oshirish kerak. Klinik samara davolashning 6-10 haftasida ayon bo‘ladi. Preparatni eng kamida 6 oy davomida qabul qilish kerak.
6 yoshdan oshgan bolalarga preparat sutkada 1 kg tana vazniga 30-50 mg dan 2-3 marta qabul qilish mumkin. Davolashni tavsiya etilgan dozaning 1/3 yoki ¼ bilan boshlash kerak, masalan, kechasiga 1 tabletkadan boshlash kerak. Dozani bir haftalik intervallar bilan, tavsiya etilgan dozaga erishilgunicha asta-sekin oshirish kerak. Maksimal sutkalik doza
2 g (4 tabletka) dan oshmasligi kerak.
Patsiyentlarning ayrim guruhlari
Keksa odamlar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 60 ml/min dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Davolash boshlangunicha, ba'zida davolash vaqtida siydik tahlilini nazorat qilish kerak. Davolanish vaqtida patsiyentlar yetarli miqdorda suyuqlik iste'mol qilishlari kerak.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Sulfasalazinning nojo‘ya ta'sirlari asosan qondagi sulfapiridinning yuqori kontsentratsiyalari bilan bog‘liq, ayniqsa uni parchalanishi sekin kechadigan odamlar (sekin atsetilyatorlar) orasida. Nojo‘ya ta'sirlari ko‘proq revmatoid artriti bo‘lgan patsiyentlarda uchraydi.
Sulfasalazin bilan davolanish jarayonida rivojlanishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar, rivojlanishi tez-tezligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi
-juda tez-tez (≥1/10),
-tez tez (≥1/100 dan <1/10 gacha),
-tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha),
-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha),
-juda kam hollarda (<1/10000), noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas.
Har bir guruh chegarasida nojo‘ya ta'sirlar ularning og‘irligini kamayishi tartibida berilgan. Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligi alohida a'zolar tizimi uchun sanab o‘tilgan.
Tekshirishlar
-tez-tez emas zardobda amilaza, bilirubin, ishqoriy fosfatazaning kontsentratsiyalarini va “jigar” transaminazalarining darajasinioshishi
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
-tez-tez leykopeniya, neytropeniya, makrotsitoz
-tez-tez emas megaloblast anemiya, gemolitik anemiya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya
-juda kam hollarda aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, Xeynts tanachalari bilan anemiya, gipoprotrombinemiya, limfadenopatiya, eozinofiliya.
Nerv tizimini buzilishlari
-tez-tez bosh og‘rig‘i
-kam hollarda periferik nevropatiya, bosh aylanishi, tirishishlar, ataksiya
-juda kam xollarda aseptik meningit.
Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan buzilishlari
-tez-tez emas quloqlarni shang‘illashi
Respirator, torokal buzilishlar va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar
-kam hollarda o‘pka infiltratsiyasi, dispnoe, yo‘tal
-juda kam hollarda fibroz alveolit
Me'da-ichak buzilishlari
-tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish
-tez-tez emas diareya, stomatit, parotit
-kam hollarda pankreatit
Buyraklar va siydik-tanosil tizimi tomonidan buzilishlar
-kam hollarda nefrotik sindrom, gematuriya, proteinuriya, kristalluriya
Moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlari va ovqatlanishni buzilishlari
-tez-tez anoreksiya
-tez-tez emas porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarda sulfasalazinni qabul qilish kasallikni zo‘rayishiga olib kelishi mumkin.
Immun tizimi tomonidanbuzilishlari
-juda kam hollarda zardob kasalligi, tarqoq teri toshmasi, ko‘p shaklli ekzantema, eksfoliativ dermatit, fotosensibilizatsiya, dorilar tasirida-induktsiyalangan isitma, periorbital shish, kon'yunktiva va shox pardani tugunli poliarteriiti, eshakemi, qichishish, qizarish.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
-juda kam hollarda Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz
Gepatobiliar buzilishlar
-kam hollarda gepatit, siydikni, teri yoki yumshoq kontakt linzalarni sariq-zarg‘aldoq ranggabo‘yalishi
Reproduktiv tizimi tomonidan buzilishlari va sut bezini buzilishlari
-tez-tez emas qaytuvchan oligospermiya, erkaklardagi qaytuvchan bepushtlik.
Ruxiy buzilishlar
-tez-tez emas depressiya, uyqusizlik
-kam hollarda gallyutsinatsiyalar
Agarda jiddiy nojo‘ya samaralar kuzatilsa, u xolda davolashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddaga, sulfonamidlarga, salitsilatlarga yoki yordamchi moddalardan birontasigao‘ta yuqori sezuvchanlik.
O‘tkir porfiriya va/yoki granulotsitopeniyasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qabul qilish mumkin emas.
To‘g‘ri ichakni surunkali yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va yuvenil ideopatik surunkali poliartriti bo‘lgan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki davolash xavfsizligi va samaradorligi isbotlanmagan. Bundan tashqari, preparat yuvenil ideopatik surunkali poliartritning tizimli shaklida tavsiya etilmaydi, chunki bu ko‘pincha noxush asoratlarga, jumladan zardob kasalligiga o‘xshash reaktsiyalarga olib kelishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sulfasalazin folat kislotasi va digoksinning so‘rilishini kamaytiradi.
Antikoagulyantlar yoki gipoglikemik sulfamidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, sulfasalazin ularning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sulfasalazin bilan davolashni boshlashdan oldin va, zarurati bo‘lganda, preparat bilan davolash vaqtida qon (qonni klinik taxlili davolashni boshida bir oyda 1-2 marta, so‘ngra - har 3-6 oyda) va siydik taxlilini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Davolanish vaqtida patsiyentlar yetarli miqdorda suyuqlik iste'mol qilishlari kerak.
Sulfasalazin bilan davolashda buyrak (kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam) yoki jigar yetishmovchiligi, bronxial astmasi va allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarga alohida e'tibor berish kerak (furosemidga, tiazid diuretiklarga, sulfonilmochevina xosilalariga va karboangidraza ingibitorlariga kesishgan o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin.
Sulfasalazinga allergiyaning yengilroq shakllari rivojlanganida patsiyentlar desensibilizatsiya qilinishlari mumkin.
Sulfasalazin ishlatilganida xayot uchun xavfli teri reaktsiyalari Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz qayd qilingan. Patsiyentga Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizning belgilari tushuntirilishi kerak. Patsiyent teri reaktsiyalarini diqqat bilan kuzatishi kerak. Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizni rivojlanishining eng katta xavfi davolashning birinchi haftasi davomida kuzatiladi. Agar Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizning sindromlari yoki belgilari (masalan, teri toshmasini ko‘proq bullez shikastlanishi ko‘rinishini yoki o‘sib borishi shilliq qavatlarni shikastlanishi) kuzatilsa, sulfasalazin bilan davolash to‘xtatilishi kerak.
Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz erta tashxis qo‘yilganida, ushbu kasallikni boshqarilishida yaxshi natijalarga erishiladi. Preparatni qo‘llashni erta to‘xtatish yaxshi prognozlarga erishish bilan bog‘liq. Sulfasalazinni qabul qilganda anamnezida Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz belgilari qayd etilgan patsiyentlar keyinchalik bu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya
Homilador patsiyentlarning cheklangan miqdori ishtirokida to‘plangan ma'lumotlar, sulfasalazinni homiladorlikni kechishiga yoki homila va yangi tug‘ilgan bolaning sog‘lig‘iga salbiy ta'sirini namoyish qilmaydi. Bugungi kunda boshqa relevant epidemiologik ma'lumotlar yo‘q. Homilador ayollarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Homilador ayollar sulfasalazinni yaqqol zarurati bo‘lganida va minimal samarali dozalarda qabul qilishlari mumkin. Sulfasalazinni homiladorlikning oxirgi uch oyligida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki u yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bilirubinni plazma oqsillari bilan bog‘langan markazlaridan siqib chiqarishi va yadroli sariqlikni rivojlanishi sabab bo‘lishi mumkin. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bu gemolitik anemiyaga olib kelishi mumkin.
Sulfasalazinning juda kam miqdori ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi; shunday qilib, sog‘lom yangi tug‘ilgan chaqaloqda yadroli sariqlikni rivojlanish ehtimoli juda ahamiyatsiz hisoblanadi, bu shuningdek tajribada tasdiqlangan. Xavfi bo‘lgan boshqa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yoki chala tug‘ilgan chaqaloqlarda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Sulfapiridin bilan vaziyat farq qiladi uning sutdagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasining 40% ga yetadi, lekin u, plazma oqsillari bilan o‘rtacha darajada bog‘lanadi. Emizikli bolalarda sulfasalazinni qabul qilishni keyingi oqibatlari yetarlicha o‘rganilmaganligi tufayli, davolanish vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.
Avtomobil yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Sulfasalazin avtomobil yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz ta'sir qiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Juda katta dozalari ko‘ngil aynishi, qusish va qorinda og‘riqni chaqirishi mumkin. Haddan tashqari yuqori dozalarda anuriya, kristalluriya, gematuriya, va markaziy nerv tizimining toksik shikastlanish simptomlari (tirishishlar) rivojlanishi mumkin.
Toksikligi qon zardobidagi sulfapiridazinning kontsentratsiyasiga proportsional.
Davolash preparatni so‘rilishini oldini olish (qusish, me'dani yuvish, ichakni bo‘shatish), siydikni ishqoriy muhitga o‘zgartirish, jadallashtirilgan diurez. Anuriya va/yoki buyrak yetishmovchiligida, suyuqlik va elektrolitlarni iste'mol qilishni cheklash kerak. Ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi qon plazmasidagi sulfapiridinning kontsentratsiyasini aniqlash orqali monitoring qilish mumkin.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan PVX/alyumin folga blisterda.
5 blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmaryeshka sesta, 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.