Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Тетрациклин таб 0,1г №20 (190424##2 433) |
UZS 9 000
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Тетрациклин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Биосинтез,ОАО,Россия
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tetratsiklin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tetratsiklin
Dori shakli
plyonkali qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda tetratsiklin gidroxloridi faol moddaga qayta hisoblaganda ~ 100,00 mg;
yordamchi moddalar saxaroza (oq shakar), kaltsiy stearati, tal'k, jelatin, kartoshka
kraxmali;
plyonka qobig‘i gipromelloza (oksipropilmetiltsellyuloza), laktoza monogidrati (sut qandi), polisorbat 80 (tvin-80), azorubin bo‘yovchisi (kislotali qizil 2S, karmuazin).
Ta'rifi Qizil rangli, dumaloq shaklli, ikkiyoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavat ko‘rinadi tashqi – qizil rangli, ichki — sariq rangli.
Farmakoterapevtik guruhi
antibiotik (tetratsiklinlar guruhi)
ATX kodi J01AA07
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Tetratsiklinlar guruhi bakteriostatik antibiotigidir. Transport RNK va ribosoma orasidagi kompleksni hosil bo‘lishini buzadi, bu oqsil sintezini buzilishiga olib keladi. Grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan faol - Staphylococcus SPP. (shu jumladan Staphylococcus aureus, penitsillinazani ishlab chiqaruvchi shtammlarini ham qo‘shib), Streptococcus spp. (ba'zi shtammlari, shu jumladan Streptococcus pneumoniae), Listeria monocytogenes, Bacillus anthracis, Clostridium spp., Actinomyces spp., Propionibacterium acnes, Bacillus fusiformis;
- grammanfiy mikroorganizmlar - Haemophilus influenzae, Haemophilus ducreyi, Bordetella pertussis, Escherichia coli, Enterobacter spp. (shu jumladan Enterobacter aerogenes), Klebsiella spp., Neisseria gonorrhoeae, Shigella spp., Yersinia pestis, Bartonella bacilliformis, Vibrio cholerae, Vibrio fetus, Rickettsia prawazekii, Rickettsia reckettsii, Rickettsia akari, Borrelia Vinceni, Borrelia recurrentis, Borrelia burgdorferi, Brucella spp. (streptomitsin bilan majmuada); Calymmatobacterium granulomatis, Francisella tularensis, Treponema pallidum, Treponema pertenue;
- penitsillinni buyurishga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganida - Clostridium spp., Neisseria gonorrhoeae, Actinomyces Spp.;
- Chlamydia trachomatis ra nisbatan faol; Chlamydia psittaci, Entamoeba histolytica;
- tetratsiklinga chidamli mikroorganizmlar Pseudomonas aeruginosa, Proteus spp., Serratia spp., Bacteroides spp. ning ko‘pchilik shtammlari Ba zamburug‘lar, viruslar, A guruhi beta-gemolitik streptokokklari (Streptococcus Pyogenes ning 4420 shtammlari va Streptococcus faecalis ning 74% shtammlarini ham qo‘shib).
Farmakokinetikasi
So‘rilishi - 75-77%, ovqat qabul qilinganda pasayadi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi - 55-65%. Peroral qabul qilinganida maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti - 2-3 soat (terapevtik kontsentratsiyaga erishish uchun 2-3 kun talab qilinishi mumkin). Keyingi 8 soat davomida kontsentratsiyasi asta-sekin kamayadi. Maksimal kontsentratsiyasi - 1,5-3,5
Mg/l (davolash samarasiga erishish uchunmg/kg kontsentratsiya yetarli).
Organizmda bir tekis taqsimlanmaydi jigar, buyraklar, o‘pka va retikulozendotelial tizimi yaxshi rivojlangan a'zolar - taloq, limfa tugunlarida maksimal kontsentratsiyada saqlanadi. O‘t-safrodagi kontsentratsiyasi qon zardobidagidan 5-10 marta yuqori. Qalqonsimon va prostata bezi to‘qimalarida tetratsiklinning miqdori plazmadagi kabi; plevral, astsit suyuqligi, so‘lak, emizikli ayollarning sutida – plazmadagi kontsentratsiyasining - 60-100%. Suyak to‘qimasi, o‘sma to‘qimalarida, dentinda va sut tishlarining emalida katta miqdorda to‘planadi. Gematozntsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Orqa miya suyuqligida intakt miya qobiqlarida aniqlanmaydi yoki oz mikdorda (plazmadagi kontsentratsiyasidan 5-10%) aniqlanadi. Markaziy nerv tizimining kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, ayniqsa miya qobig‘ining yallig‘lanish jarayonlarida orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasining 8-36% ni tashkil qiladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Taqsimlanish hajmi - 1,3-1,6 l/kg. Jigarda biroz metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri - 6-11 soat, anuriyada 57-108 soat. Yuborilganidan keyin 2 soat o‘tgach siydikda yuqori kontsentratsiyada aniqlanadi va 6-12 soat davomida saqlanadi; birinchi 12 soatda buyraklar orqali dozaning 10-20% gachasi chiqariladi. Kam miqdorda (umumiy dozaning 5-10%) safro orqali ichakka chiqariladi, u yerda qisman qayta so‘riladi, bu organizmda faol moddaning uzoq muddatli sirkulyatsiyasiga yordam beradi (ichak-jigar pirkulyatsiyasi). Ichak orqali chiqarilishi - 20-50%.
Gemodializda sekin chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Tetratsiklinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari
Mycoplasma pneumoniae chaqirgan nafas yo‘llarining infektsiyalari va pnevmoniyalar, Haemophilus influenzae va Klebsiella Spp. chaqirgan nafas yo‘llarining infektsiyalari, siydik-jinsiy a'zolarning bakterial infektsiyalari, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, yarali-nekrotik gingivostomatit, kon'yunktivit, xusnbuzar toshmasi, aktinomikoz, ichak amebiazi, kuydirgi, brutsellez, bartonellez, shankroid, vabo, xlamidioz, asoratlanmagan gonoreya, chov granulemasi, venerik limfogranulema, listerioz, o‘lat, psittakoz, vezikulyar rikketsioz, Qoyali tog‘lar dog‘li toshmasi bezgagi, toshmali terlama, qaytuvchi terlama, sifilis, traxoma, tulyaremiya, frambeziya, botulizm, qoqshol, gazli gangrena, ovqat toksikoinfektsiyasi, ko‘kyo‘tal, dizenteriya, vibrioz, Laym kasalligi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan ichib.
Kattalarga - 0,3-0,5 g dan har 6 soatda (sutkada 4 marta) yoki 0,5-1 g dan har 12 soatda (sutkada 2 marta). Maksimal sutkalik doza - 4 g. Davolash kursi 5-10 kun.
8 yoshdan oshgan bolalarga - 6,25-12,5 mg/kg dan har 6 soatda yoki 12,5-25 mg/kg dan har 12 soatda.
Xusnbuzar toshmasida sutkada 0,5-2 g dan bo‘lingan dozalarda. Holat yaxshilangan hollarda (odatda 3 haftadan keyin) doza tutib turuvchi 0,1-1 g gacha asta-sekin pasaytiriladi. Xusnbuzar toshmasining adekvat remissiyasiga preparatni kunora yoki bo‘lib-bo‘lib davolash ishlatilganida erishish mumkin.
Brutsellyoz - 0,5 g dan har 6 soatda 3 hafta davomida, bir vaqtda 1 g dan streptomitsin har 12 soatda birinchi hafta davomida va sutkada bir marta ikki hafta davomida, mushak ichiga yuboriladi.
Asoratlanmagan gonoreya boshlang‘ich bir martalik doza - 1,5 g, so‘ngra 0,5 g dan har 6 soatda 4 kun davomida (yig‘indi doza 9 g).
Sifilis - 0,5 g dan har 6 soatda 15 kun davomida (erta sifilis) yoki 30 kun davomida (kechki sifilis).
Chlamydia trachomatis chaqirgan asoratlanmagan ypetral, endotservikal va rektal infektsiyalarda - 0,5 g dan har 6 soatda kamida 7 kun davomida.
Laym kasalligida (faqat erta bosqichida) – sutkada 1,0-1,5 g 10-14 kun.
Listerioz – 0,2-0,3 g dan har 6 soatda 7-10 kun davomida.
Aktinomikoz – birinchi 10 kun sutkada 3 gdan, so‘ngra 0,5 gdan har 6 soatda keyingi 18 kun davomida.
Xlamidioz – 10 kun davomida sutkada 1,5-2 g dan (kyangiz shakllari) va 15-20 kun (surunkali, asoratlangan shakllari).
Chov granulemasi, venerik limfogranulema – 0,5 g dan har 6 soatda 3-4 hafta davomida.
Psittakoz – 0,5 g dan har 6 soatda (kasallikning simptomlarini susayishi va yo‘qolishi 24-48 soat o‘tgach yuz beradi. Qaytalanishini oldini olish uchun tana harorati normallashganidan keyin davolash 7-14 kun davomida davom ettiriladi.
Vezikulyar rikketsioz – sutkada 0,8-1,2 g dan 8-10 kun davomida.
Tulyaremiya – sutkada 1,5-2 g. Harorat normallashganidan keyin davolash yana 5-7 kun davom ettiriladi.
Frambeziya – 0,5 g dan xap 6 soatda 14 kun davomida.
O‘lat – sutkada b g dan. Holat yaxshilanganida harorat normallashgunicha doza sutkada 2 g gacha kamaytiriladi, lekin kamida 3 kun davomida. Muloqatda bo‘lgan shaxslarga 0,3 g dan xap 6 soatda kursni o‘tkazish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida yuqorida ta'riflangan nojo‘ya ta'sirlarini kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Plyonkali qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 100 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin fol'gali kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ramlar tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton
qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Biosintez JAJ
Rossiya, 440033, Penza sh., Drujba ko‘ch. 4,
Telefon/faks (8412) 57-72-49.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.