Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sefazolin natriya in'ektsiya eritma tayyorlash uchun kukun 1.0g №10 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Цефазолина натриевой соли 0,1 г
Kelib chiqqan mamlakat
O'zbekiston
Дозировка/Dozalash
1 г
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
MERRYMED FARM, Узбекистан
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Флакон
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Sefazolin natriy
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sefazolin (natriyli tuzi ko‘rinishida).
Dori shakli
in'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
1 flakon quyidagilarni saqlaydi
Sefazolin natriyli tuzi (tsefazolinga qayta hisoblanganda) – 1,0 g.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli kukun, gigroskopik.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).
ATX kodi J01D B04
Farmakologik hususiyatlari
Preparat birinchi avlod sefalosporinlarning asosiy antibiotiklaridan biridir. Mikroblarga qarshi keng ta'sir doirasiga ega bo‘lib, bakteritsid ta'sir qiladi. Ta'sir qilish mexanizmi mikroorganizmlarning hujayra devorining biosintezini ingibitsiya qilishi bilan bog‘liq. Grammanfiy va grammusbat bakteriyalarga faol ta'sir qiladi, shu jumladan penitsillinaza hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan stafilokokklar, gemolitik streptokokklar, pnevmokokklar, salmonellalar, shigellalar, proteyning ayrim turlari, Klebsiella guruhi mikroblari, difteriya, kuydirgi tayoqchasi, gonokokklar, meningokokklar; shuningdek spiroxeta va leptospiralarga nisbatan ham faol. Preparat metitsillinga rezistent bo‘lgan stafilokokklarga, ko‘kyiring tayoqchasiga, proteyning indolmusbat shtammlariga, tuberkulyoz mikobakteriyalariga, anaerob mikroorganizmlarga nisbatan samarasiz; preparat riketsiyalar, viruslar, zamburug‘lar va sodda hayvonlarga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga (m/i) yuborilganida preparat tez so‘riladi va 1 soatdan keyin qonda maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) erishiladi. Bir martalik dozada yuborilganida, preparatning qon plazmasidagi samarali kontsentratsiyasi 8-12 soat davomida saqlanadi. Preparat sinovial qobiq orqali o‘tadi. Preparatning suyak to‘qimasidagi kontsentratsiyasi taxminan qon plazmasidagi darajasiga to‘g‘ri keladi.
Preparat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, kindik va homila oldi suyuqligiga tushadi. Preparat ko‘krak suti tarkibida oz kontsentratsiyalarda aniqlanadi. Preparatning taxminan 90% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Asosan buyraklar orqali (taxminan 90%) o‘zgarmagan holda, asosan kalavalar va qisman naychalar filtratsiyasi orqali chiqariladi. Preparatning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 2 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion yallig‘lanish kasalliklarni, shu jumladan yuqori va quyi nafas yo‘llari, siydik va o‘t chiqarish yo‘llari, kichik chanoq a'zolari, teri va yumshoq to‘qimalar, suyaklar va bo‘g‘imlarning kasalliklari; endokardit, sepsis, peritonit, o‘rta otit, osteomiyelit, mastit; jarohatlar, kuyishlar va operatsiyadan keyingi infektsiyalar; sifilis va gonoreyani davolash. Bundan tashqari, preparat jarrohlik infektsiyalarni oldini olish uchun operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat m/i qo‘llanadi. Buyurishda 30 mkg sefazolin saqlovchi disklardan foydalanib, ajratilgan qo‘zg‘atuvchilarning unga bo‘lgan sezgirligini aniqlash kerak. M/i yuborish uchun flakondagi preparat 2-3 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi va mushakka chuqur qilib yuboriladi. Eritish vaqtda flakondagi modda to‘liq eriguncha yaxshilab chayqatiladi. Kattalar uchun preparatning sutkalik dozasi 1 dan 4 g gacha (ba'zida ko‘proq) bo‘ladi va infektsiyaning og‘irligiga, qo‘zg‘atuvchining turiga va uning antibiotikka nisbatan sezgirligiga bog‘liqdir. Agar infektsiyani grammusbat mikroorganizmlar chaqirgan bo‘lsa, kattalar uchun preparatning bir martalik dozasi, odatda 0,25-0,5 g ni tashkil qiladi; bir kunda 3 marta yuboriladi (har 8 soatda). Pnevmokokklar chaqirgan nafas yo‘llarining o‘rtacha og‘irlikdagi infektsiyalarida, antibiotikka sezgir mikroorganizmlar chaqirgan siydik yo‘llarining kasalliklarida, preparat 0,5-1,0 g dan har 12 soatda buyuriladi, Antibiotikka sezgir grammanfiy mikroorganizmlar chaqirgan kasalliklarda, preparat 0,5-1,0 g dan har 6-8 soatda buyuriladi. Sepsis, endokardit va boshqa og‘ir kasalliklarda sutkalik doza 6 g va ko‘proqni tashkil qilishi mumkin. Bolalarga sutkada 20-50 mg/kg hisobidan buyuriladi (3-4 qabulda); og‘ir infektsiyalarda sutkada 100 mg/kg gacha yuboriladi. Davolashning o‘rtacha davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi. Buyraklarning chiqarish funktsiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarga, to‘planmasligi uchun, preparat kamaytirilgan dozalarda buyuriladi.
Operatsiyadan keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun operatsiyadan 30-60 minut oldin 1,0 g, operatsiya vaqtida 0,5-1,0 g va operatsiyadan so‘ng sutka davomida 0,5-1 g dan har 6-8 soatda buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Boshqa sefalosporin antibiotiklari kabi, preparat allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin. Bu hollarda allergiyaga qarshi preparatlar buyuriladi. Leykopeniya, eozinofiliya, neytropeniya, qusish, ko‘ngil aynishi kuzatilishi mumkin. Mushak ichiga yuborilganida, yuborilgan joyda og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat sefalosporin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanlikda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, ayollarda homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganida probenitsid preparatning buyrak naychalari sekretsiyasini pasayishini chaqirishi mumkin, bu sefazolinning qondagi kontsentratsiyasini davomli oshishiga olib keladi. Preparat aminoglikozidlar, vankomitsin, rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, antibakterial ta'sirning sinergizmi kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat penitsillin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan, turli etiologiyali allergik reaktsiyalarning rivojlanishini xavfi yuqori bo‘lgan (shu jumladan - dorilarga), shuningdek buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolash davrida, siydikda qandga soxtamusbat reaktsiya bo‘lishi mumkin. Preparat me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari (ayniqsa kolit) bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash, faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila va bolaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lganida mumkin. Preparat «xalqali» diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganidaalohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Yuqori sezuvchanlikning o‘tkir reaktsiyalari, teri toshmasi, dori isitmasi, leykopeniya, eozinofiliya yoki trombotsitopeniya paydo bo‘lganida, preparat qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak. Bunday holatlarni bartaraf qilish uchun adrenalin, antigistamin preparatlar, glyukokortikosteroidlarni qo‘llash kerak.
Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida, mikroorganizmlarning preparatga nisbatan rezistentligi rivojlanishi mumkin.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida, ta'riflangan nojo‘ya ko‘rinishlarini kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
1 g preparat rezina tiqin va alyumin qalpoqcha bilan germetik berkitilgan III tip shisha flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi 1 uy. Tel (0369) 224-67-22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.