Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Производитель
Биохимик
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sefoperazon
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sefoperazon
Dori shakli
mushak ichiga va vena ichiga in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi
faol modda sefoperazon natriy sefoperazonga ekvivalent
Ta'rifi oq rangdan deyarli sarg‘ish rangligacha bo‘lgan gigroskopik kristall kukun.
Farmakoterapevtik guruxi antibiotiklar sefalosporinlar guruhi.
ATX kodi J01DA32
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega III avlod yarimsintetik sefalosporin antibiotigi. Mikroblarga qarshi keng ta'sir doirasiga ega, u ko‘pchilik grammubat va grammanfiy mikroorganizmlarni o‘z ichiga oladi. Ta'sir mexanizmi bakteriyalarning xujayra devori sintezini ingibitsiya qilishi bilan bog‘liq.
Sefoperazon grammusbat mikroorganizmlar Straphylococcus aureus (penitsillinaza hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes (A guruhi beta-gemolitik streptokokk), Streptococcus agalactiae (B guruhi beta-gemolitik streptokokk), grammanfiy mikroorganizmlar Escherichia coli, Klebsiella spp., Enterobacter spp., Citrobacter spp., Serratia spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp., Morganella morgani, Salmonella spp., Shigella spp. nisbatan faol. Pseudomonas aeruginosa ning ko‘pchilik shtammlari sefoperazonga yuqori sezgir bo‘lib, bu qo‘zg‘atuvchiga nisbatan faolligi jixatidan faqat seftazidimdan qolishadi.
Sefoperazonga shuningdek ferment ishlab chiqarmaydigan boshqa grammanfiy bakteriyalar (shu jumladan Acinetobacter spp.) ham sezgir.
Sefoperazon beta-laktamaza hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlar - Haemophilus influenzae, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidesga nisbatan faol.
Sefoperazon spora hosil qiluvchi (Clostridium spp.) va spora hosil qilmaydigan grammusbat va grammanfiy anaeroblarga - Peptococcus, Peptostreptococcus, Eubacterium, Lactobacillus, Fusobacterium va Bacteroides spp. ni ayrim turlariga nisbatan faol.
Corynebacterium spp. va Enterococcus faecalis ning ko‘pchilik shtammlari sefoperazonga kamroq sezgir.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Sefoperazon ichga qabul qilinganida so‘rilmaydi. Mushak ichiga yuborilganidan keyin qon plazmasida Smax 1 soatdan keyin erishiladi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 90% nitashkil qiladi.
Organizmning suyuq muhitlarida va to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi. Terapevtik kontsentratsiyalarda astsitik, peritonial, sinovial suyuqliklarida, safro va o‘t pufagining devorida, balg‘amda, bodomsimon bezlarda, miokardda, buyrakda, siydik yo‘llari, prostata bezi, tuxumdonlar, bachadon, fallopiy naylari, shuningdek orqa miya suyuqligi va miya to‘qimalarida aniqlanadi.
Metabolizmi
Dozaning 1% dan kamrog‘i metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Yuborish usulidan qat'iy nazar sefoperazonning yarim chiqarilish davri - T1/2 o‘rtacha 2 soatni tashkil qiladi.
Asosan safro bilan (70-80%), shuningdek siydik bilan (20-30%) chiqariladi. 2 g dozada vena ichiga yuborilganidan keyin 3 soatdan so‘ng Smax safroda 6000 mkg/ml, siydikda2200 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Preparat asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Sefoperazon asosan safro bilan chiqarilishi tufayli, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga, og‘ir darajali yetishmovchiligidan tashqari xollarda, preparatni davolash tartibiga tuzatish kiritmay buyurish mumkin.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagiinfektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolashda
- nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlarining infektsiyalari;
- siydik-jinsiy tizimining infektsiyalari (shu jumladan gonoreya);
- kichik chanoq a'zolarining infektsiyalari (shu jumladan endometrit);
- abdominal infektsiyalar (shu jumladan xoletsistit);
- teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari;
- suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari;
- sepsisda qo‘llaniladi.
Abdominal ginekologik, travmatologik, torakal, yurak-tomir operatsiyalaridagi operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Parenteral qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kattalar uchun sefoperazonning sutkalik dozasi 2-4 g ni tashkil qiladi, yuborishlar soni har 12 soatda sutkada 2 martani tashkil qiladi. Davolashning davomiyligi ko‘rsatgichlari bo‘lganida 7-14 kun va ko‘proq. Og‘ir kechuvchi infektsiyalarda doza sutkada 8 g bo‘lgan maksimal dozagacha oshirilishi mumkin, bu dozani teng qismlarga bo‘lib, 12 soatlik interval bilan yuboriladi.
Vena ichiga oqim bilan yuborilganida kattalar uchun maksimal bir martalik doza 2 g ni tashkil qiladi, yuborish davomiyligi – kamida 3-5 minutni tashkil etadi.
Asoratlanmagan gonokokkli uretritda sefoperazon mushak ichiga bir marta 500 mg dozada yuboriladi.
Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun preparat vena ichiga 1 g yoki 2 g dozada bir marta, operatsiya boshlanishidan 30-60 minut oldin yuboriladi. Yuborishni 12 soat o‘tgach, shu dozalarda takrorlash mumkin. Zarurati bo‘lganida, masalan, kolorektal sohadagi operatsiyalarda, preparatni operatsiya tugallanganidan keyin 3 sutka davomida har 12 soatda yuborish mumkin.
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida (KK<18 ml/min) doza sutkada 4 g dan oshmasligi kerak.
3 oylikdan oshgan bolalarga sefoperazon sutkada 50-200 mg/kg dozalarda buyuriladi, maksimal doza – sutkada 300 mg/kg. Yuborishlar soni sutkada 2 marta 12 soatlik interval bilan.
Vena ichiga oqimli yuborishda bolalar uchun maksimal sutkalik doza 50 mg/kg ni tashkil qiladi, yuborish bilan davomiyligi – kamida 3-5 minutni tashkil qiladi.
Eritmalarni tayyorlash tartibi
Vena ichiga yuborish uchun eritma ex temporo tayyorlanadi. Erituvchilar sifatida 5% li glyukoza eritmasi, natriy xloridining izotonik (0,9%) eritmasi, Ringer laktat eritmasi, steril in'ektsiya uchun suv qo‘llanishi mumkin.
Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun eritma tayyorlash uchun 1 g sefoperazon 10 ml steril in'ektsiya uchun eritmada eritiladi.
Vena ichiga tomchilab yuborish uchun eritma tayyorlash uchun har 1 g sefoperazon 5 ml steril in'ektsiya uchun suvda eritiladi, olingan eritma infuzion eritmaga 20-100 mg/ml kontsentratsiyagacha qo‘shiladi. Yuborish davomiyligi eritmaning hajmiga qarab, 10-30 minut va ko‘proqni tashkil qilishi mumkin.
Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun erituvchilar sifatida steril in'ektsiya uchun suv, natriy xloridining izotonik eritmasi (0,9%), 0,5% li lidokain gidroxloridining eritmasini qo‘llash mumkin.
1 g sefoperazonni eritish uchun 5 ml erituvchi qo‘shiladi. Olingan eritma dumba mushagiga chuqur qilib yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar makulo-papulyoz toshma, eshakemi, tana haroratini oshishi, eozinofiliya bo‘lishi mumkin.
Qon yaratish tizimi tomonidan uzoq muddat davolanganda qaytuvchi neytropeniya, gemoglobin va gematokrit soni biroz pasayishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, suyuq ahlat, jigar fermentlarining tranzitor oshishi; kam hollarda – diareya bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik hollarda davolashni to‘xtatish va qo‘shimcha davolashni o‘tkazish talab qilinmaydi.
Mahalliy reaktsiyalar mushak ichiga yuborilganida og‘riqlilik. Preparat mahalliy qo‘zg‘atuvchi ta'sirga ega va vena ichiga yuborilganida periflebitlarni chaqirishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi;
- homiladorlik;
- laktatsiya;
- sefalosporinlarga va boshqa beta-laktam antibiotiklariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sefoperazon bir eritmada aminoglikozidlar bilan nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaktsiyalarning yaqqol ko‘rinishlarida sefoperazonni bekor qilish va gistaminga qarshi preparatlarni buyurish kerak. K vitamini tanqisligida (sifatsiz parxezda bo‘lgan bemorlar, ovqatning so‘rilishini buzilishlarida, masalan, mukovistsidozli patsiyentlar, shuningdek uzoq vaqt davomida parenteral ozuqalantirishda bo‘lganlar) protrombin vaqtini nazorat qilish, zarurati bo‘lgan hollarda esa, K vitaminini buyurish kerak.
Sefoperazon eritmasini bir shpritsda aminoglikozidlar bilan aralashtirmaslik kerak.
Sefoperazonni qo‘llash fonida soxtamusbat Kumbs reaktsiyasi bo‘lishi mumkin.
Davolanish davrida patsiyentlar alkogol iste'molь qilishdan saqlanishlari kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
3 oylikkacha bo‘lgan bolalarga sefoperazonni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va laktatsiya davrida (emizishda) sefoperazonni qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishining simptomlari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
1 g dan 1 tiniq rangsiz shisha flakonda, rezina tiqini va alyumin qalpoqchasi bilan, va PVX qopqoqli, yo‘riqnomasi bilan o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Preparatni quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerak.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"Promomed Rus" MChJ, "Bioximik" OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.