Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Seftriakson 1.0g №1 Radiks
Nomi | Narx | |||||
ЦЕФТРИАКСОН 1,0г №1 Radiks (010824##2 236) |
UZS 4 600
Stokda yetarli (14)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цефтриаксон
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
1,0г
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления раствора для в/м введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Seftriakson
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Seftriakson (natriyli tuzi ko‘rinishida).
Dori shakli
In'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).
Farmakologik xususiyatlari
Seftriakson beta-laktam guruhi, sefalosporinlarni III avlodiga mansub bakteritsid ta'sirga ega yarimsintetik antibiotik. Ta'sir mexanizmi transpeptidaza fermenti faolligini susayishi, mikroorganizmlarning hujayra devoridagi peptidoglikan biosintezini buzilishi bilan bog‘liq. Preparat keng ta'sir doirasiga ega aerob grammusbat mikroorganizmlar fakultativ anaeroblar - Staphylococcus aureus (shu jumladan penitsillinazani hosil qiluvchi shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, -gemolitik A guruhi streptokokklari (S.pyogenes), V guruhi streptokokklari (S.agalactiae), Streptococcus viridans, Streptococcus bovis, noenterokokk D guruhi streptokokklari; grammanfiy mikroorganizmlar Escherichia coli, Haemophilus influenzae, H.rarainfluenzae, Klebsiella (shu jumladan Kb.pneumonia ham), Morganella morganii, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia, Salmonella (shu jumladan S.typhy), Serratia spp. (shu jumladan S.marcescens), Shigella, Yersinia (shu jumladan Y.enterocolitica); mikroaerofillar Treponema pallidum; aeroblar - Neisseria gonorrheae (shu jumladan penitsillinazani hosil qiluvchi shtammlari), Neisseria meningitides, Pseudomonas aeruginosa; bakteroidlarning obligat anaerob-turlari (shu jumladan B.Fragilis ning ayrim shtammlari), Clostridium (ammo S.difficile ning ko‘pchilik shtammlari rezistentlikka ega), Peptococcus, Peptostreptococcus, Fusobacterium (shu jumladan F.mortiferum va F.varium) ga nisbatan faol. Preparatni mikroorganizmlarning sefalosporin qatorining boshqa preparatlariga, aminoglikozidlarga, penitsillinlarga rezistentligida buyuriladi.
Farmakokinetikasi
Preparat ichga qabul qilinmaydi, chunki u me'da shirasining ta'siri ostida tezda parchalanadi. Mushak ichiga (m/i) yuborilgandan keyin tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Preparat plazma albuminlari bilan qaytuvchan bog‘lanadi (85-95%), preparatning qondagi kontsentratsiyasi oshgan sari oqsillar bilan bog‘lanishi kamayadi. Preparat R-plazmidli beta–laktamazalar va ko‘pgina xromosomalar bilan bog‘liq penitsillinaza va sefalosporinazalar tomonidan gidrolizga uchramaydi, penitsillin va sefalosporinlarning I va II avlodlariga, penitsillinlarga va aminoglikozidlarga tolerant bo‘lgan multirezistent shtammlarga ta'sir qilishi mumkin. Bakteriyalarning ayrim shtammlarini ortirilgan chidamliligi Seftriaksonni faolsizlantiruvchi beta-laktamazani ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq. Preparat yuqori darajali barqarorlikka va davomli yarimchiqarilish (T½) davriga ega. M/i ga yuborilganda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) 1,5-2-3 soatdan keyin aniqlanadi va 1 g dozada yuborilganda 80 mg/l ni tashkil etadi; vena ichiga (v/i) yuborilgandan keyin 30 minutdan so‘ng Cmax muvofiq 100-150 mg/l ni tashkil qiladi. Barqaror kontsentratsiyaga 4 soatdan keyin erishiladi. Mikrobga qarshi minimal kontsentratsiya qonda 24 soatdan ortiq vaqt davomida aniqlanadi. Seftriakson organizmning to‘qima va suyuqliklarida (sinovial, peritoneal, interstitsial) yaxshi taqsimlanadi, miya pardalari yallig‘langanda orqa miya suyuqligiga kiradi, preparat shuningdek suyak to‘qimasida ham aniqlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Preparat oz miqdorda (3-4%) ko‘krak suti bilan chiqariladi. O‘zgarmagan shaklda (50-65%) buyraklar orqali 48 soatda, taxminan 40% safro bilan chiqariladi. Preparatni 0,15-3,0 g dozalarda yuborilgandagi T½ 6-9 soatni, taqsimlanish hajmi (Vd) – 5,78-13,5 l ni, plazmadagi klirensi soatiga – 0,58-1,45 l ni, buyrak klirensi soatiga 0,32- 0,73 l ni tashkil qiladi. Ichakda mikrofloraning ta'sirida preparat nofaol metabolitga aylanadi. T½ o‘rtacha 8 soatni tashkil qiladi. Bolalarda hayotining birinchi 8 kunida, hamda 75 yoshdan katta shaxslarda T½ 16 soatgacha uzayadi. Jigar va buyrak faoliyatini yetishmovchiligida preparatni ekskretsiyasi sekinlashadi. Kumulyatsiya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Preparat unga sezgir mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan infektsion–yallig‘lanish kasalliklarni davolash uchun buyuriladi quyi nafas yo‘llarining infektsion kasalliklarini (pnevmoniya, bronxit, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasi), otorinolaringologik infektsion kasalliklarni, buyrak va siydik-jinsiy yo‘llarining infektsion kasalliklarini (piyelit, sistit, o‘tkir va surunkali piyelonefrit, prostatit, epididimit), teri va yumshoq to‘qimalarini infektsion kasalliklarini, shu jumladan bakterial streptodermiyani; meningitni, suyak va bo‘g‘im infektsion kasalliklarini, peritonitni, o‘t pufagini yallig‘lanishini, me'da–ichak infektsiyalarini, asoratlanmagan gonoreyani va jinsiy yo‘l bilan yuquvchi boshqa infektsiyalarni (yumshoq shankr va zahm), Layma kasalligini (spiroxetoz), tuberkulez isitmasi, salmonellezni, salmonella tashuvchanlikni davolash uchun qo‘llanadi.
Preparatni shuningdek jarrohlik operatsiyalaridan so‘ng kelib chiqadigan infektsiyalarni oldini olish uchun ham qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat m/i yoki v/i yuboriladi. Yuborish joyida og‘riqni bartaraf etish maqsadida m/i yuborish uchun preparatni 1% lidokain eritmasida quyidagi nisbatda flakon ichidagi 0,5 g ni 1% lidokain eritmasining 2 ml da, 1 g ni - 3-5 ml da suyultiriladi. In'ektsiya uchun steril suvni ishlatish mumkin.
V/i yuborish uchun preparatni in'ektsiya uchun steril suvda quyidagi nisbatda flakon ichidagi 0,5 g ni 5 ml erituvchida, 1 g ni – 10 ml da suyultiriladi. Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 g sutkalik dozada (kuniga 1 marta yoki yarim dozani kuniga 2 marta) buyuriladi. Og‘ir hollarda sutkalik doza 4 g ni tashkil qiladi va bu dozani 2 qabulga har 12 soatlik interval bilan yuboriladi. Operatsiyadan keyingi asoratlarini oldini olish uchun bir marta 1-2 g dan, operatsiyadan 30–90 minut oldin yuboriladi (yuqish xavfi darajasiga bog‘liq holda). Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozani faqat og‘ir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) 10 ml/min dan past bo‘lganda) to‘g‘rilash zarur. Keksa yoshdagi bemorlar uchun doza katta bemorlar uchun dozasi bilan mos keladi. Asoratlanmagan gonoreyada v/i bir marta 0,25 g preparat yuboriladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (2 haftalikkacha bo‘lgan) va chala tug‘ilgan chaqaloqlar uchun sutkalik doza tana vazniga 20-50 mg/kg ni tashkil qiladi. 2 haftalikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza tana vazniga 20-80 mg/kg ni 2 ga bo‘lib yuboriladi. Bolalarga v/i tana vazniga 50 mg/kg dan yuqori dozada yuborilganida, preparatni yuborishlar orasida kamida 30 minutlik tanaffus bilan bo‘lib-bo‘lib qo‘llanadi.
Preparat bilan davolash davomiyligi patologik jarayonning xarakteriga va og‘irlik darajasiga bog‘liq va u bundan tashqari, bakteriologik tekshirish ma'lumotlariga ko‘ra aniqlanadi. Odatda davolanish davomiyligi 4-14 kunni tashkil etadi. Ammo og‘ir infektsion kasalliklarida uzoq muddatli davo talab qilinadi. Ko‘pchilik infektsion kasalliklarda davolash kasallik belgilari yo‘qolganidan va bakteriologik tahlil natijalarini samarasi tasdiqlanganidan keyin kamida 48-72 soat davom etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat qabul qilinganida allergik reaktsiyalar (eshakemi, qichima, eozinofiliya, zardob kasalligi, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaktsiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok), stomatit, glossit, me'da-ichak yo‘llari tomonidan esa, ko‘ngil aynishi, qusish, ta'mni yo‘qolishi, qorinda og‘riq, disbakterioz, superinfektsiya, soxtamembranoz kolit paydo bo‘lishi mumkin. Periferik qon ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi; neytropeniya, limfopeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya, kam hollarda - gemolitik anemiya yuz berishi mumkin, ayrim hollarda qon zardobi plazma omillarining (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik rivojlanadi, siydikda kreatinin darajasi oshadi, silindrlar paydo bo‘ladi, oliguriya, anuriya, biokimyoviy o‘zgarishlar (jigar transaminazalari faolligini va bilirubinni qon plazmasida oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, bosh og‘rig‘i, yuborish joyida og‘riq yoki infiltrat, alohida xollarda – v/i yuborilganda flebit yoki tromboflebit bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Sefalosporinlar sinfiga taalluqli antibiotiklarga va penitsillinlarga, shuningdek lidokainga (m/i yuborilganda) yuqori sezuvchanlik. Jigar-buyrak yetishmovchiligi, anamnezida me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari, ayniqsa nospetsifik yarali kolit yoki enterit, homiladorlik, laktatsiya.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aminoglikozidlar bilan majmuada qo‘llanganda sinergizm oqibatida grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan samaradorligi kuchayadi, ammo ularning optimal dozalarini tanlash kerak. NYaQV, antiagregantlar qon ketish imkoniyatini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar (aminoglikozidlar, polimiksin V) buyrak faoliyatini buzilishini chaqiradi. Preparatning eritmasini mikroblarga qarshi boshqa preparatlar yoki eritmalar bilan farmatsevtik nomutanosibligi sababli, aralashtirish yoki bir vaqtda yuborish mumkin emas
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak va jigar yetishmovchiligi birga qo‘shilib kelganida, shuningdek gemodializdagi patsiyentlarda plazmada preparatning kontsentratsiyasini muntazam aniqlash lozim.
Uzoq muddat davolanganda periferik qon manzarasini, jigar va buyraklarning funktsional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish lozim.
Kam hollarda o‘t pufagini ultratovush tekshiruvi (UTT) da davolash tugagandan keyin yo‘qoladigan soyalar (tseftriaksonning kaltsiyli tuzini pretsipitatlari) aniqlanadi. O‘t pufagining bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalligiga ishora qiluvchi simptomlar yoki belgilar rivojlanganda, yoki “sladj-fenomen” kabi UTT-belgilari bo‘lganida preparatni yuborishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Preparatni qo‘llaganda bemorlarda, ehtimol, o‘t-safro yo‘llarining obstruktsiyasi oqibatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan pankreatitni kamdan-kam hollari ta'riflangan. Ko‘pchilik bemorlarda bungacha o‘t-safro yo‘llarida dimlanish omillarining xavfi (preparat bilan ilgari o‘tkazilgan davolash, og‘ir yo‘ldosh kasalliklar va to‘liq parenteral oziqlanish) bo‘lgan; bunda seftriakson ta'siri ostida safro yo‘llarida pretsipitatlarni hosil bo‘lishiga turtki bo‘lishini istisno qilib bo‘lmaydi.
Preparat qo‘llaganida protrombin vaqtini o‘zgarishining juda kam hollari ta'riflangan. K vitamini tanqisligi (sintezini buzilishi, ovqatlanishni buzilishi) bo‘lgan patsiyentlarda, protrombin vaqtini nazorat qilish va protrombin vaqti oshganida seftriakson bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida K vitamini (haftada 10 mg) buyurish lozim.
Seftriakson-Sa2+ pretsipitatlarini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pkasida va buyraklarida to‘planib qolishi natijasida fatal reaktsiyalar hollari ta'riflangan. Nazariy jihatdan Seftriaksonni vena ichiga yuboriladigan kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan o‘zaro ta'sir ehtimoli boshqa yoshdagi patsiyentlar guruhida xam mavjud, shuning uchun seftriaksonni kaltsiy saqlovchi eritmalar (shu jumladan parenteral oziqlanish preparatlari) bilan aralashtirish mumkin emas. Seftriaksonni va kaltsiy saqlovchi eritmalarni yuborish orasidagi interval kamida 48 soatni tashkil qilishi lozim.
Seftriakson bilan davolashda Kumbs sinamasi, galaktozemiya sinamasi, siydikda glyukozani aniqlashda soxtamusbat natijalar aniqlanishi mumkin (glyukozuriyani faqat ferment usulida aniqlash tavsiya qilinadi).
Katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga m/i yuboriladigan in'ektsiya chuqur bo‘lishi kerak. Jigar va buyraklarning faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda preparatning dozasi kamaytiriladi. Kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam bo‘lgan bemorlarga antibiotik uchun sutkalik doza 2 g dan oshmasligi kerak.
Preparatni homiladorlikda faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish lozim.
Preparatga rezistent mikroorganizmlar paydo bo‘lishi va superinfektsiyani rivojlanishi mumkin.
“Halqali” diuretiklarni (furosemid va boshqalarni) bir vaqtda buyurilganda ehtiyotkorlitkka rioya qilish lozim.
Arterial gipertenziyada va suv-elektrolit muvozanatining buzilishda plazmada natriy miqdorini nazorat qilish kerak. Uzoq muddat qo‘llanganida disbakteriozni aniqlash uchun sitologik tekshirishlarni olib borish zarur.
Giperbilirubinemiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, allergik reaktsiyalarga moyilligi bo‘lganlarga extiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparatni transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta'sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh aylanishi, paresteziyalar, bosh og‘rig‘i, tirishishlar.
Davolash simptomatik davolash. Gemodializ yoki peritoneal dializ samarali emas.
Chiqarilish shakli
In'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun 0,5 g va 1,0 g dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” IICHK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.