Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Siprofloksatsin tab. 250mg №10 Borisovskiy
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ципрофлоксацин
Страна производитель
Беларусь
Дозировка
250 мг
Производитель
"Борисовский завод медицинских препаратов"
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Siprofloksatsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) siprofloksatsin/siprofloxacin
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mg va 500 mg
Tarkibi
Bir tabletkada quyidagilar saqlanadi
faol modda siprofloksatsin – 250 mg yoki 500 mg;
yordamchi moddalar povidon, kolloid suvsiz kremniy dioksidi, talk, natriy kroskarmelloza, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, opadray II (polivinil spirti, talk, makrogol 3350, letsitin, titan dioksidi saqlaydi).
Ta'rifi oq rangli qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni qavariq yuzali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
mikroblarga qarshi vosita – ftorxinolon.
ATX kodi J01MA02.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infektsiyalarda qo‘llanadi
-grammanfiy bakteriyalar tomonidan chaqirilgan quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmoniyalar, pnevmokokklidan tashqari o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida bronx-o‘pka infektsiyalari, mukovistsidoz, bronxoektazlarda);
-grammanfiy bakteriyalar tomonidan chaqirilgan o‘rta quloq va burun bo‘shlig‘i infektsiyalari;
-buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari;
-grammanfiy bakteriyalar tomonidan chaqirilgan teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari;
-suyak va bo‘g‘imlarning infektsiyalari;
-kichik chanoq a'zolarining infektsiyalari (shu jumladan adneksit va prostatit);
-gonoreya;
-me'da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (shu jumladan, ichak tayoqchasining Campylobaster jejuni) ning enterotoksigen shtammlari tomonidan chaqirilgan diareya;
-intraabdominal infektsiyalar;
-immuniteti pasaygan patsiyentlardagi (neytropeniyada) infektsiyalarida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Doza kasallikning og‘irligi, infektsiyaning tipi organizmning holati, bemorning yoshi (18 yoshdan kichik yoki 60 yoshdan katta), tana vazni va buyrak faoliyatiga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi.
Qo‘llanilishi
Kattalar uchun bir martalik/sutkalik dozalarDavolashni umumiydavomiyligi (tsiproflok-satsinning parenteral shakllari bilan davolashni hisobga olgan holda)
Nafas yo‘llarining quyi bo‘limlari infektsiyalari500-700 mg dan kuniga 2 marta7-14 kun
Nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlari infektsiyalariSurunkali sinusitni zo‘rayishi500-700 mg dan kuniga 2 marta7-14 kun
Surunkali yiringli o‘rta otit500-700 mg dan kuniga 2 marta7-14 kun
Xavflitashqiotit750 mg dan kuniga 2 marta28 kundan 3 oygacha
Siydik-chiqarish yo‘llarining infektsiyalariAsoratlanmagan sistit250-500 mg dan kuniga 2 marta3 kun
Ayollarga menopauza davrida – 500 mg dan bir marta
Asoratlangan sistit, asoratlan-magan piyelonefrit500 mg dan kuniga 2 marta7 kun
Asoratlangan piyelonefrit500-750 mg dan kuniga 2 martaKamida 10 kun, ayrim hollarda
(masalan, abstsesslarda) – 21 kungacha
Prostatit500-750 mg dan kuniga 2 marta2-4 hafta (o‘tkir)
4-6 hafta (surunkali)
Jinsiy a'zolarining infektsiyalariGonokokkli uretrit va servitsit500 mg dan bir martaBir martalik qabul
Orxoepididimit va kichik chanoq a'zo-larining yallig‘la-nish kasalliklari500-750 mg kuniga 2 martaKamida 14 kun
Me'da-ichak yo‘llarini infektsiyalari vaintraabdominal infektsiyalarBakterial infek-tsiya, shu jumladan Shigella spp., Shigella dysenteriae I tipidan tashqari infektsiyalari chaqirgan diareya va sayohatchilarning og‘ir diareyasini imperik davolash500 mg dan kuniga 2 marta1 kun
Shigella dysenteriae I tipi chaqirgan diareya500 mg dan kuniga 2 marta5 kun
Vibrio cholera chaqirgan diareya500 mg dan kuniga 2 marta3 kun
Qorin tifi500 mg dan kuniga 2 marta7 kun
Grammanfiy mikroorganizmlar chaqirgan intraab-dominal infektsiya-lar250-500 mg dan kuniga 2 marta5-14 kun
Teri va yumshoq to‘qimalarining infektsiyalari250-500 mg dan kuniga 2 marta7-14 kun
Bo‘g‘im va suyaklarning infektsiyalari
250-500 mg dan kuniga 2 martamaksimal 3 oygacha
Neytropeniyasi bo‘lgan patsiyentlarda infektsiyalarni oldini olish va davolash. Boshqa dori vositalari bilan birga buyurish tavsiya qilinadi500-750 mg dan kuniga 2 martaDavolash neytropeniya davri tugagunicha davom etadi
Nesseria meningitides chaqirgan invaziv infektsiyalarni oldini olish500 mg dan bir martaBir marta qabul qilinadi
Kuydirgini kontaktdan keyin oldini olish va davolash. Davolashni taxmin qi-linayotgan yoki tasdiqlangan infektsiyala-nishdan keyin iloji boricha tezroq boshlash lozim500 mg dan kuniga 2 martaInfektsiyalanish tasdiqlangan vaqtdan boshlab 60 kun
Keksa patsiyentlarga dozani 30% gacha pasaytiriladi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga quyidagi jadvalga muvofiq dozaga tuzatish kiritiladi
Kretinin klirensi ml/minZardob kreatininiDoza
>60<124Odatiy dozalash tartibi
30-60124-168250-500 mg dan 12 soatda 1 marta
<30>169250-500 mg dan 24soatda 1 marta
Gemodializ>169250-500 mg dan dializdan keyin 24 soatda
1 marta
Peritoneal dializ>169250-500 mg dan 24 soatda 1 marta dializdan keyin
Nojo‘ya ta'sirlari
Teri va teri osti qavati tomonidan ko‘p shaklliva tugunli eritema.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan QT intervalini uzayishi, yurak qorinchalar aritmiyasi (shu jumladan priuet turi), vaskulit, qizish hissi, migren, hushdan ketish
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan meteorizm, anoreksiya.
Nerv tizimi va ruhiyat tomonidan bosh miya ichki gipertenziyasi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, tremor, juda kam hollarda sezuvchanlikni periferik buzilishi, ko‘p terlash, paresteziyalar va dizesteziya, koordinatsiyani buzilishi, qadam tashlashni buzilishi, tirishish xurujlari, qo‘rqish va o‘zini yo‘qotish hisslari, tungi dahshatli tush ko‘rishlar, depressiyalar, gallyutsinatsiyalar, ta'm va hid bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi, (diplopiya. xromatopsiya), quloqlarni shang‘illashi, vaqtinchalik karlik. Bunday reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparatni darhol bekor qilish va davolovchi shifokorni xabardor qilish kerak.
Qon yaratish tizimi tomonidan trombotsitopeniya, juda kam hollarda – leykotsitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya, anemiya, agranulotsitoz, pantsitopeniya suyak ko‘migini faoliyatini susayishi (hayotga xavf soluvchi).
Allergik va immunopatologik reaktsiyalar dorilar ta'siridagi isitma, shuningdek fotosensibilizatsiya; kam hollarda – bronxospazm, juda kam hollarda – anafilaktik shok, mialgiya, Layell sindromi, intersttsial nefrit, gepatit.
Tayanch-harakat apparati artrit, mushak tonusini oshishi va tirishishlar, juda kam hollarda – mushak kuchsizligi, tendinit, paylarni cho‘zilishi (asosan axillova payi), miasteniya simptomlarini zo‘rayiishi.
Nafas a'zolari hansirash (jumladan astmatik holatlar).
Umumiy holat asteniya, isitma, shishlar, ko‘p terlash (gipergidroz).
Laboratoriya ko‘rsatkichlariga ta'siri giperglikemiya, protrombin kontsentratsiyasini o‘zgarishi, amilaza faolligini oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish, soxtamembranoz kolit, bolalar (o‘pka mukovistsidozli 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda asoratlarni davolashdan tashqari hollarda 18 yoshgacha, kuydirgini o‘pka shaklini profilaktika qilish va davolash), homiladorlik, laktatsiya davrida, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz qandaydir boshqadori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz shifokorga xabar bering, agar mustaqil davolanayotgan bo‘lsangiz - preparatni qo‘llash yuzasidan shifokor bilan maslahatlashing.
Bir vaqtda qabul qilish teofillin va boshqa ksantinlarni (masalan, kofein, pentoksifillin, okspentifillin), fenitoinni, klozapinni, peroral gipoglikemik preparatlarni, bilvosita anitkoagulyantlarning bir vaqtda qabul qilish kontsentratsiyasini oshiradi va chiqarilishini sekinlashtiradi, protrombin indeksini pasaytiradi. Tizanidinning samarasini kuchaytiradi.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (atsetilsalitsil kislotasidan tashqari) tirishishlarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Boshqa mikroblarga qarshi dori vositalarining (beta-laktam antibiotiklari, aminoglikozidlar, klindamitsin, metronidazol) ta'sirini kuchaytiradi. Azlotsillin va seftazidim bilan majmuada Pseudomonas spp., chaqirgan infektsiyalarda; mezlotsillin, azlotsillin va boshqa beta-laktam antibiotiklari bilan - streptokokk infektsiyalarida; izoksazolpenitsillin va vankomitsin bilan – stafilokokk infektsiyalarida; metronidazol va klindamitsin bilan - anaerob infektsiyalarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanishi mumkin.
Siklosporinning nefrotoksik ta'sirini kuchaytiradi, metotreksatning toksikligini oshiradi.
Temir saqlovchi preparatlari, sukralfat va magniy, kaltsiy va alyuminiy ionlarini saqlovchi antatsid preparatlari, didanozin bilan birga peroral qabul qilish, siprofloksatsinni so‘rilishini pasayishiga olib keladi, shuning uchun uni yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalarini qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki 4 soatdan keyin buyurish lozim.
Metoklopramid siprofloksatsinni so‘rilishini tezlashtiradi.
Urikozurik preparatlarini birga buyurish siprofloksatsinni chiqarilishini sekinlashishiga (50% gacha) va plazmadagi kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi.
Siprofloksatsin va sut mahsulotlarini yoki minerallar bilan to‘yintirilgan ichimliklarni (masalan, sut, kaltsiy bilan to‘yintirilgan yogurt, apelsin sharbati) bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim, chunki siprofloksatsinni so‘rilishikamayishi mumkin. Boshqa ovqat mahsulotlarini tarkibigakiradigan kaltsiy siprofloksatsinni so‘rilishini sezilarli o‘zgartirmaydi.
Siprofloksatsinni I A sinfi yoki III sinfi antiaritmik preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llashda ehitiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki siprofloksatsin QT intervalini uzaytirishi mumkin.
Siprofloksatsinni ropinirol, lidokain, klozapin, sildenafil saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish oxirgilarni kontsentratsiyasini va biokiraolishligini oshishiga olib kelishi mumkin, shu sababli ushbu majmualarni faqat foyda/xavf nisbatini baholagandan keyin qo‘llash mumkin.
Ehtiyotkorlik choralari
Bosh miya qon-tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miyada qon aylanishini buzilishlari, ruhiy kasalliklar, tutqanoq sindromi, tutqanoq, yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksa yoshlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Yurak tomonidan buzilishlar. Siprofloksatsinni QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan majmuada (masalan, I A va III sinfi antiaritmik preparatlari), yoki piruet turidagi aritmiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, QT intervalini ma'lum bo‘lgan uzayishi, gipokaliyemiya bilan to‘g‘rilangan) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Tayanch-harakat apparati. Tendinitning ilk belgilarida (bo‘g‘im sohasida og‘riqli shish, yallig‘lanish) siprofloksatsinni qo‘llashni to‘xtatish, jismoniy yuklamalarni istisno qilish lozim, chunki paylarni uzilish xavfi mavjud, shuningdek shifokor bilan maslahatlashish kerak. Siprofloksatsinni steroidlarni qo‘llayotgan, anamnezida xinolonlarini qabul qilinishi bilan bog‘liq pay kasalliklariga ko‘rsatma bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Siprofloksatsin miasteniyasi bo‘lgan patsiyentlarda mushak kuchsizligini kuchaytiradi. Anamnezida insultni, ruhiy kasalliklarni (depressiya, psixoz); buyrak yetishmovchiligini (shuningdek jigar yetishmovchiligi bilan kechadigan) o‘tkazganligi to‘g‘risida ma'lumotlar bo‘lsa, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Juda kam hollarda ruhiyatni buzilishi suitsidurinishlar bilan namoyon bo‘ladi. Bunday holatlarda siprofloksatsinni qabul qilishini darhol to‘xtatish va shifokorga bu haqida xabar berish kerak.
Siprofloksatsinni qabul qilishda fotosensibilizatsiya reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin, shuning uchun patsiyentalar to‘g‘ri quyosh nurlari va UB-nurlarini tushishidan saqlanishlari lozim. Bunday hollarda davolashni to‘xtatish lozim.
Siprofloksatsin va teofillin, metilksantin, kofein, duloksetin, klozapinlarni bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki bu preparatlarning kontsentratsiyalarini qonda oshishi spetsifik noxush reaktsiyalarnichaqirishi mumkin.
Kristalluriya rivojlanishidan saqlanish uchun tavsiya qilingan sutkalik dozadan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, hamda suyuqlikni yetarli miqdorda ist'emol qilish va siydikni nordon (kislotali) muhitini tutib turish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashing!
Davolash vaqtida yoki undan keyin og‘ir va uzoq diareya paydo bo‘lganida darholshifokorga murojaat qilish kerak.
Paylarda og‘riqlar paydo bo‘lganida dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Avtomobilni haydash va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Davolash vaqtida yuqori diqqat va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari spetsifik simptomlar yo‘q. Bir qancha holatlarda buyrakni parenximasiga qaytuvchan toksik ta'siri aniqlangan. Buyrak faoliyatini kuzatish tavsiya qiilinadi.
Davolash darhol me'dani yuvishni o‘tkazish, yetarli darajada suyuqlikni tushishini ta'minlash zarur.
Dozani oshirib yuborilishi
simptomlari paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda; o‘ramda №10x1.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan va namdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» Ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarus Respublikasi, Borisov sh., Chapayev ko‘ch., 64, tel/faks +375 (177) 735612, 731156.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.