Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Siteal antiseptik eritmasi 250ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гексамидин, хлоргексидин, хлоркрезол
Страна производитель
Франция
Дозировка
250 мл
Производитель
Pierre Fabre Medicament Production
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- faol moddalar
Preparatning savdo nomi
Siteal
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) xlorgeksedin biglyukonat, geksamidina diizetionat, para-xlormetakrezol.
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun eritma
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
xlorgeksidin biglyukonati (20№ eritma)- 0,5 ml;
gekcamidin diizetionat- 100 mg;
para-xlormetakrezol - 300 mg;
yordamchi moddalar to‘ldiruvchi (rN5) kokamidopropilbetain 30%, kopra yog‘da eruvchi diyetanolamid kislotasi, YeDTA, konifrol parfyum, laktat kislotasi, tozalangan suv 100 ml gacha.
Ta'rifi rangsiz, hushbo‘y hidli, ko‘pik hosil qiluvchi eritma
Farmakoterapevtik guruhi
antiseptik vosita
ATX kodi D08AC52
Farmakologik xususiyatlari
Tarkibi
dagi uchta faol komponentini sinergizmi tufayli Siteal Stapylococcus Aureus, Streptococcus Faecalis, Gardenella Vaginalis, Escherichia Coli, Neisseria Gonorrhea, Pseudomonas Aeruginosa, Chlamydia Trachomatis, Proteus Vulgaris grammanfiy va grammusbat bakteriyalarga bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadi; anaerob va aerob urogenital infektsiyalar, soddalar, xlamidiyalar, mikoplazmalar, ureoplazmalar, gonokokklarga bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi; virutsid ta'sirga ega; Candida albicans avlodi zamburug‘lariga va dermatofitlarga fungistatik ta'sir ko‘rsatadi.
Organizmning biologik muhitlarida (yiring, qon, seroz suyuqligi va b.) samaralidir.
Farmakokinetikasi
Shikastlanmagan teriga qo‘yilganida preparat so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
-antiseptik vosita sifatida teriga ishlov berish uchun, shuningdek quyidagi ginekologik kasalliklarda shilliq qavatlarni yuvish uchun vulvitlar, genital qichishish, vaginitlar, servitsitlar, molochnitsa, shu jumladan bolalar, o‘smirlar va keksa ayollardagi oddiy qiyilishlar;
-qin infektsiyalarini oldini olish uchun (shu jumladan bachadon ichki spirallar ishlatilganida), jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqqan infektsiyalarni oldini olish uchun;
-birlamchi infektsiya va superinfektsiya oqibatida chaqirilgan teri kasalliklarini davolash uchun yordamchi vosita sifatida;
-tibbiy xodimlarning qo‘llariga, jarohat yuzalariga antiseptik ishlov berish uchun, ularning bitishini tezlashtirish va ikkilamchi infektsiyalarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
-mahalliy davolash uchun ishlatiladi, jumladan tampon yordamida sirtga ishlov berish (suyultirilmagan preparat) yoki sprintsevaniya qilinadi (110 nisbatda suyultirilgan)
-dermatologiya va ginekologiya amaliyotida eritma odatdagi covun kabi ishlatiladi;
-jarohlik amaliyotida eritma 110 nisbatida cuyultirilgan holda jarohatlarga anticeptik ishlov berish va yuvish uchun ishlatiladi.
Cuyultirilgan preparatning eritmasini bevosita ishlatish oldidan tayyorlash lozim. Preparat qo‘llanganidan so‘ng applikatsiya qilingan joylarni yaxshilab yuvish lozim.
Siteal har kuni ishlatiladi, o‘rtacha davolash kursi 10-15 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
-geksamidinga nisbatanyuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori cezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kation va anion antiseptik vositalarining o‘zaro ta'siri yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olib (antagonizm, faolsizlanish va b.), ularni bir vaqtda yoki ketma-ket qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni teri orqali so‘rilishi uchun imkoniyat bo‘lgan hollarda (chala va muddatdan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda terining katta maydon yuzasiga takroriy applikatsiya, shikastlangan teriga applikatsiya, ayniqsa kuyishlarda, shilliq qavatlarga applikatsiya, bolalarda okklyuzion bog‘lovlar yoki plyonkalar ishlatilganda) uniehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatni ko‘zga va quloqqa (agar nog‘ora parda teshik bo‘lgan hollarda) tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Preparat oftalmologiya amaliyotida mahalliy ishlatilmaydi.
Preparat oddiy covunlar va po‘kak daraxtidan tayyorlangan materiallar, shuningdek boshqa anticeptik vositalar bilan birga ishlatilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Sitealni homiladorlik va emizish davrida ishlatish mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ko‘pik hosil qiluvchi eritma zichligi bo‘lgan yuqori maxsus polimer o‘ramda 250 ml dan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Preparatning tayyorlangan eritmalari saqlanmaydi.
Ishlatilgandan so‘ng flakon zich yopilsin. Yutilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
Pyer Fabr Medikament
45, place Abel Gance, 92100 Bulon, Fransiya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Euromedex» Fransiya kompaniyasi Vakolatxonasi,
O‘zb Res Toshkent sh, Mirzo Ulug‘bek tumani, Navnihol ko‘chasi, 86,
Tel. (+99871) 230 92 01, 230 92 02, 230 92 03
Ye-mail office.cacc@euromedex.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.