Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vragdiareya tab №10 х 10
Nomi | Narx | |||||
Врагдиарея таб №10х10 (UY3003##2002) |
UZS 154 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Норфлоксацин, тинидазол
Страна производитель
Индия
Дозировка
400 мг + 600 мг
Производитель
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vragdiareya
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) norfloksatsin, tinidazol
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 400 mg norfloksatsin, 600 mg tinidazol;
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmal, povidon (PVP K-30), natriy kraxmal glikolyati, tozalangan talk, glitserol, magniy stearati;
plyonka qobig‘i universal instacoat Quinoline Yellow, izopropil spirti, tozalangan suv.
Ta'rifi sariq rangli, kapsula shakliga ega, bir tomonidan o‘yiqchasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antibakterial va antiprotozoy preparat.
ATX kodi J01RA07
Farmakologik xususiyatlari
Vragdiareya norfloksatsin va tinidazolning majmuasi bo‘lib va aralash ichak infektsiyalari, diareya va dizenteriyada keng antimikrob ta'sir doirasiga ega va samarali hisoblanadi.
Tinidazol sodda hayvonlar va anaerob bakterial infektsiyalar nisbatan faoldir, ularga qarshi norfloksatsin nofaoldir.
Norfloksatsin – keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan antibakterial preparat, siydik-tanosil tizimi va me'da-ichak yo‘llarining infektsiyalarini davolash uchun ishlatiladi. Uning antimikrob ta'sir doirasi aerob grammanfiy va aerob grammusbat bakteriyalarni o‘z ichiga oladi.
Norfloksatsin ftorxinolonlar guruhiga mansub bo‘lgan, keng ta'sir doirasiga ega sintetik antibakterial agent hisoblanadi. U o‘zining bakteritsid samarasini DNK replikatsiyasiga aloqador muhim ferment - DNK-girazaning α-subbirligini ingibitsiya qilishi hisobiga namoyon qiladi. Tinidazol mikroaerob sodda hayvonlar Giardia lamblia, Entamoeba histolytica va Trichomonas vaginalis va obligat anaerob bakteriyalarga qarshi mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatuvchi nitroimidazol hisoblanadi. Uning ta'siri DNK zanjirini shikastlanishi yoki ularning sintezini ingibitsiyasi bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Tinidazol
Ichga qabul qilingandan keyin MIY dan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Tinidazol Cmax (maksimal kontsentratsiyasi) ga 2 soat davomida erishiladi.
Organizmning barcha to‘qimalariga yaxshi taqsimlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘i va GET, orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – taxminan 12%. Tinidazol jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Taxminan 60-65% buyraklar orqali (shu jumladan 20-25% – o‘zgarmagan holda), 12% – ichak orqali chiqariladi.
Norfloksatsin
Ichga qabul qilinganida norfloksatsin me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, lekin to‘liq emas. So‘rilishi ovqat bilan birga qabul qilinganida sekinlashadi. Preparat 400 mg dozada qabul qilinganidan keyin 1-2 soat o‘tgach qonda maksimal kontsentratsiyaga erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 14% ni tashkil qiladi.
Norfloksatsin organizmga taqsimlanib, qon zardobida, periferik to‘qimalarda va siydikda terapevtik kontsentratsiyalarga erishiladi. O‘t-safro, buyrak parenximasida va prostatada, qon plazmasidagiga nisbatan yuqori kontsentratsiyalarga erishadi. Norfloksatsin jigarda biotransformatsiyaga uchraydi va metabolitlarni hosil qiladi, ular kon'yugatsiya bo‘lmagan shaklda siydik bilan chiqariladi. T1/2 taxminan 4 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Amyobali, bakterial va aralash dizenteriya va diareyani davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar 1 tabletkadan kuniga ikki marta 5 kun davomida qabul qiladilar.
Buyrak faoliyatini buzilishlarida agar kreatinin klirensi minutiga 10-30 ml ni tashkil qilsa, dozalash kuniga 1 tabletkagacha kamaytirilishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Norfloksatsin Ayrim hollarda ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik, toshmalar, qorinda og‘riq, dispepsiya, uyquchanlik, depressiya, uyqusizlik, qabziyat, meteorizm va jig‘ildon qaynashi kuzatilishi mumkin. Kamroq uchraydigan reaktsiyalar og‘izni qurishi, diareya, isitma, qusish va eritemani o‘z ichiga oladi.
Tinidazol Og‘izda metall ta'mi, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, eshakemi, yuqori sezuvchanlik va erta leykopeniya bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ftorxinolonlar yoki nitroimidazollarga yuqori sezuvchanlik, qonning patologik o‘zgarishlari, MNT ning faol kasalliklari, jiddiy nevrologik kasalliklar, tirishish xurujlari, alkogolizm, og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi, laktatsiya, bolalar, tirishishlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alkogol Metronidazol, xabar berilganidek, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘ini chaqirib, alkogol bilan disulfiramsimon o‘zaro ta'sirga ega. Demak, tinidazol qabul qilayotgan patsiyentlar alkogol iste'mol qilishdan saqlanishlari kerak.
Probenetsid Norfloksatsin bilan birga qo‘llanganida probenetsid norfloksatsinni buyraklar orqali ekskretsiyasini kamaytiradi.
Nitrofurantoin Nitrofurantoin norfloksatsinning antibakterial samarasini kamaytiradi.
Teofillin norfloksatsin bilan birga qo‘llanganida plazmada teofillinning miqdori oshadi.
Peroral antikoagulyantlar Norfloksatsin, boshqa xinolonlar kabi, peroral antikoagulyantlarning samarasini kuchaytirishi mumkin.
Multivitaminlar Polivitaminlar, temir va rux saqlovchi mahsulotlar, antatsidlar yoki sukralfatni norfloksatsin bilan bir vaqtda yoki norfloksatsinni qabul qilishdan oldin 2 soat davomida yoki keyin buyurish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni markaziy nerv tizimini shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlarda, anamnezida tirishishlar va buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. 3 oydan kichik bolalarda preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak. Davolash vaqtida patsiyentlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarining ta'siridan saqlanishlari kerak. Bu misni qaytarish usuli yordamida siydikda glyukozani aniqlashda soxta-musbat reaktsiyasiga olib kelishi mumkin. Preparatni qonning patologik o‘zgarishlari bo‘lgan patsiyentlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oyligida va laktatsiya davrida qo‘llashdan saqlanish kerak. Davolash vaqtida patsiyentlar suyuqlikni adekvat is'temol qilishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi o‘tkir oshirib yuborilganida qusishni chaqirish yoki me'dani yuvish yo‘li orqali me'dani to‘liq tozalash va patsiyent kuzatuv ostida bo‘lishi va patsiyentning holatiga qarab simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
10 x 10 tabletkalar blisterli o‘ramda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Salqin, quruq va qorong‘i joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Buyurtmachi firma
“Isshaan Healthcare Pvt. Ltd.”,
510; 5th Floor, S.G. Shopping Mall, D.C
Showk, Sector-9 Rohini,
Delhi – 110089, Hindiston
Ishlab chiqaruvchi
firma
“Lincoln Pharmaceuticals Ltd.”,
Trimul Estate Khatraj,
Tal-Kalol, District-Gandhinagar Gujarat, Hindiston.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot haqida ma'lumot
«Ganga Healthcare» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Yangibozor ko‘ch. 1
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.