Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аmitriptilin tab 25 mg №50 Grindeks
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амитриптилин
Страна производитель
Латвия
Дозировка
25 мг
Производитель
Гриндекс, АО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Amitriptilin Grindeks
Ta'sir etuvchi modda (XPN) amitriptilin (amitriptylinum)
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg yoki 25 mg amitriptilin gidroxloridi;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, povidon (polivinilpirrolidon), kremniy dioksidi, magniy stearati;
tabletka qobig‘i
10 mg Opadray II moviy 85F20753 (polivinil spirti, titan dioksidi (E 171), makrogol PEG 3000, talk, indigokarmin (E 132), punts (Ponso 4R) (E 124), xinolin sarig‘i (E 104)), karnaub mumi;
25 mg Opadray II sariq 85F22450 (polivinil spirti, makrogol PEG 3000, xinolin sarig‘i (E 104), talk, titan dioksidi (E 171), “shafaq” sarig‘i (E 110), indigokarmin (E 132)), karnaub mumi;
Ta'rifi
10 mg li tabletkalar dumaloq, ikki tomonlama qavariq moviy rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkani bo‘lish joyi oq yoki sariq tusli oq rangli.
25 mg li tabletkalar dumaloq, ikki tomonlama qavariq sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkani bo‘lish joyi oq yoki sariq tusli oq rangda.
Farmakoterapevtik guruhi
Antidepressantlar.
ATX kodi N06AA09
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Amitriptilin tritsiklik antidepressantlar guruhiga mansub sedativ ta'sir qiluvchi psixotrop moddadir. Preparat monoaminooksidaza (MAO) fermentining faolligiga ta'sir qilmaydi va markaziy nerv tizimi (MNT) ni bevosita rag‘batlantirmaydi. U MNT ning adrenergik va serotoninergik sinapslarda noradrenalin va serotoninni qayta bog‘lanishini kechiktiradi.
Preparat yaqqol ifodalangan xolinolitik hususiyatlarga ega.
Amitriptilin asosan endogen depressiyani davolash uchun qo‘llanadi. Preparat ayniqsa qo‘zg‘algan depressiv holatda samaralidir. U depressiv bemorlarda kayfiyatni yaxshilaydi va bezovtalikni bartaraf etadi, depressiyani yaqqol namoyon bo‘lishini kamaytiradi, qo‘rquvlar, gallyutsinatsiyalar va rag‘batlantiruvchi ta'siri bo‘lgan antidepressantlarga xos bo‘lgan boshqa simptomlarni kuchaytirmaydi.
Depressiyalarda preparatning ta'sir mexanizmi to‘liq aniqlanmagan.
Farmakokinetikasi
Amitriptilin me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, peroral qo‘llanganidan so‘ng qonda maksimal kontsentratsiyasiga 6 soat davomida erishiladi. Qondagi terapevtik kontsentratsiyasi 100-250 ng/ml ni tashkil etadi. Amitriptilinning biokiraolishligi turli yuborish yo‘llarida 30-60% ni tashkil etadi. Amitriptilin me'da-ichak -yo‘llarining harakatchanligini kamaytirib, ayniqsa dozasi oshirib yuborilganida o‘zini so‘rilishini sekinlashtiradi.
Gematoentsefalik to‘siq, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali oson o‘tadi va ko‘krak sutiga tushadi.
Preparatga tizim oldi metabolizmi xos bo‘lib, u jigarda primar faol metabolit – nortriptilingacha demetillanadi. Amitriptilinning boshqa biotransformatsiya turlari – gidroksilyatsiya va N-oksidatsiyadan iborat. Nortriptilin bilan ham xuddi shunday o‘zgarishlar kuzatiladi. Amitriptilin va nortriptilin organizmda yaxshi taqsimlanadi va plazma oqsillari va to‘qimalar bilan yuqori darajada (90% gacha) bog‘lanadi. Amitriptilin ham erkin holatda, ham kon'yugatsiya shaklida asosan metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 9-25 soatni tashkil etadi va dozasi oshirib sezilarli darajada uzayadi.
Plazmada amitriptilin va nortriptilinning kontsentratsiyasi ayrim individlarda o‘zgaruvchandir, dozasi va terapevtik ta'sir o‘rtasida korrelyatsiya yo‘q.
Qo‘llanilishi
Depressiya, ayniqsa endogen depressiyani davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi. Dozasi kasallik simptomlari va patsiyentning yoshiga qarab tanlanadi, asta-sekin sutkalik dozaga yetkaziladi.
Ambulator davolanganda sutkalik dozasi odatda 75 mg ni tashkil etadi, bir necha bir martalik dozalarga (yoki kechqurun bir marta qo‘llanadi) bo‘linadi. Zarurat bo‘lganida maksimal dozagacha, ya'ni sutkada 150 mg gacha oshirish mumkin. Preparatning sutkalik dozasining katta qismini kunning ikkinchi yarmida yoki kechqurun qo‘llash tavsiya etiladi. Optimal terapevtik samaraga 30 kun davomida erishiladi.
Muqobil davolash usuli – bir martalik doza tungi uyqudan oldin 50-100 mg. Bu dozani maksimal sutkalik doza – 150 mg dan oshirmay, asta-sekin 25 yoki 50 mg ga oshirib borish mumkin.
Statsionarda davolashni kuniga 100 mg doza bilan boshlash mumkin, sutkalik doza asta-sekin 200 mg gacha oshiriladi. Kam hollarda dozani kuniga 300 mg gacha oshirish zarurati bo‘lishi mumkin.
Bolalarda qo‘llanishi. Amitriptilinning ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmagan, shuning uchun depressiyani davolash uchun preparatni faqat 16 yoshdan oshganda patsiyentlarda qo‘llash mumkin.
Keksa odamlar va o‘smirlar. Amitriptilinning sutkalik dozasi odatda kuniga 3 marta 10 mg va tungi uyqudan oldin 20 mg ni tashkil etadi.
Samarani bir maromda tutib turuvchi davolashda amitriptilinning sutkalik dozasi 50-100 mg ni tashkil etadi. Ayrim hollarda u kamroq - 40 mg bo‘lishi mumkin. Sutkalik dozani odatda kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi. Optimal terapevtik samaraga erishilganidan so‘ng sutkalik dozani kasallikning simptomlarini bartaraf etuvchi minimal dozagacha asta-sekin kamaytiriladi. Tutib turuvchi davolash 3 oy va undan ortiq davom etadi.
Agar navbatdagi dozani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, u holda dori vositasini yodingizga tushgan zahoti qabul qiling. Agar dori vositasini navbatdagi qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilmang. Dori vositasini shifokorning tavsiyasiga muvofiq qabul qilishni davom ettiring va dozani ikki barobar oshirmang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar MedDRA bo‘yicha a'zolar tizimi va uchrash tezligiga muvofiq tasniflangan juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10000, < 1/1000), juda kam hollarda (< 1/10000), shu jumladan ayrim holatlar.
Qon va limfa tizimi tomonidan
Kam hollarda suyak ko‘migi faoliyatini susayishi, agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya, eozonofiliya.
Metabolizm va oziqlanishni buzilishi
Kam hollarda anoreksiya.
Ruhiyat tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Tez-tez ongni chalkashishi, libidoni pasayishi.
Tez-tez emas gipomaniya, maniya, qo‘rquv, uyqusizlik, notinch uyqu, tungi daxshatlar.
Kam hollarda deliriy (keksa yoshdagi patsiyentlarda), gallyutsinatsiyalar (shizofreniya bilan xastalangan bemorlarda).
Uchrash tezligi noma'lum o‘z joniga qasd qilish fikrlari, o‘z joniga qasd qilish harakatlari1.
Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Juda tez-tez uyquchanlik, tremor, bosh aylanishi, bosh og‘riqlari
Tez-tez ta'm bilishni buzilishi, diqqatni jamlash qobiliyatini buzilishi, paresteziya, ataksiya.
Tez-tez emas tirishishlar.
Ko‘z tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Juda tez-tez akkomodatsiyani buzilishi.
Tez-tez midriaz.
Quloq va labirint tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Tez-tez emas tinnit
Yurak tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Juda tez-tez palpitatsiya, taxikardiya.
Tez-tez AV blokada, Gis tutami oyoqchalari blokadasi.
Kam hollarda aritmiya.
Qon-tomirlar tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Juda tez-tez ortostatik gipotenziya.
Tez-tez emas gipotenziya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Juda tez-tez og‘izni qurishi, qabziyat, ko‘ngil aynishi.
Tez-tez emas diareya, qusish, tilni shishi.
Kam hollarda so‘lak bezlarini shishi, paralitik ileus.
Jigar va/yoki o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar
Kam hollarda sariqlik.
Teri va teri osti to‘qimalarini shikastlanishi
Juda tez-tez kuchli terlash.
Tez-tez emas toshma, eshakemi, yuzni shishi.
Kam hollarda alopetsiya, yorug‘likka sezuvchanlik.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llarini shikastlanishi
Tez-tez emas siydikni tutilishi.
Sut bezlari va reproduktiv tizimi kasalliklari
Tez-tez impotentsiya.
Kam hollarda ginekomastiya.
Umumiy shikastlanishlar va yuborilgan joydaga reaktsiyalar
Tez-tez holsizlik.
Kam hollarda isitma.
Tekshiruvlar
Juda tez-tez tana vaznini oshishi.
Tez-tez EKGni o‘zgarishi QT oralig‘ini uzayishi, QRS kompleksini kengayishi.
Tez-tez emas ko‘z ichki bosimini oshishi.
Kam hollarda tana vaznini kamayishi, jigar ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi ishqoriy fosfataza va transaminazalar faolligini oshishi.
1Amitriptilin preparatini qo‘llash vaqtida yoki qo‘llash to‘xtatilgandan so‘ng darhol o‘z joniga qasd qilish fikrlari yoki o‘z joniga qasd qilish harakatlari yuzasidan xabarlar olingan.
Shuningdek quyidagi nojo‘ya samaralar (uchrash tezligi noma'lum) yuzasidan ma'lumotlar olingan
Yurak-qon tomir samaralari miokard infarkti, insult, gipertenziya, xushni yo‘qotish;
MNT va neyro-mushak samaralari koma, dezoriyentatsiya, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, periferik neyropatiya, tanglik, ekstrapiramid simptomlar, shu jumladan ixtiyorsiz harakatlar, diskineziya, dizartriya, qo‘zg‘aluvchanlik, mushaklarni bo‘shligi, antidiuretik gormon sekretsiyasini yetishmovchiligi sindromi, EEG ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi;
Antixolinergik samaralar siydik chiqarish yo‘lini kengayishi;
Gematologik reaktsiyalar qizarish;
Me'da-ichak yo‘llarida buzilishlar jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, epigastriyda yoqimsiz hissiyot, stomatit;
Endokrinlar samaralar ayollarda tuxumdonlarni shishi va galaktoreya, glyukoza darajasini oshishi yoki kamayishi;
Boshqalar tez-tez siyish.
Dori vositasini bekor qilish simptomlari. Amitriptilinni katta dozalarda va uzoq muddat qabul qilgan patsiyentlar davolashni to‘satdan to‘xtatishdan saqlanishlari kerak, chunki ko‘ngil aynishi, bosh og‘riqlari, diskomfort hissi paydo bo‘lishi mumkin. Amitriptilinning dozasini asta-sekin 2 hafta davomida kamaytirish kerak va hatto shunda ham qisqa muddatli qo‘zg‘aluvchanlik, notinch uyqu, uyquni buzilishi va qo‘rqinchli tushlar ko‘rish bo‘lishi mumkin. Kam hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng 2-7 kun o‘tgach, maniya yoki gipomaniya paydo bo‘lishi mumkin.
Preparatlar guruhining samarasi
Asosan 50 yosh va undan oshgan patsiyentlarda o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar qo‘llanganida suyaklarni sinish havfi oshishidan dalolat beradi. Ushbu havfni oshishining ta'sir mexanizmi noma'lum.
Sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan boshqa samaralar qizil yuguriksimon sindrom (migratsiyalanuvchi artrit, musbat antiyadroli antitelo va revmatoid faktor).
Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Amitriptilinga va/yoki ushbu preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
• o‘tkir miokard infarkti davri;
• aritmiyalar (ayniqsa yurak blokadasi);
• 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas;
• MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
MAO ingibitorlarini amitriptilinga o‘zgartirish zarurati tug‘ilgan hollarda, analogik holatda yo‘l tutib va aks holatda amitriptilin bilan davolashdan kamida 2 hafta oldin MAO ingibitorlarini qo‘llashni to‘xtatish kerak. Preparatning optimal dozasiga asta-sekin erishish kerak.
Preparat og‘ir darajadagi jigar kasalliklari yoki o‘tkir maniakal depressiyani maniya bosqichida bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llanmaydi.
Agar Sizda yuqori sanab o‘tilgan kasalliklar yoki holatlardan birortasi kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan oldin bu xaqida shifokorga xabar bering.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Amitriptilin va MAO ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash og‘ir nojo‘ya samaralarni (giperpiretik kriz, tirishishlar) chaqirishi va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.
Amitriptilin xolinoblokatorlar yoki neyroleptik vositalar bilan majmuada qo‘llanganida giperpireksiya hollari ta'riflangan. Tritsiklik antidepressantlar (TTSA) xolinoblokatorlar bilan majmuada shuningdek paralitik ileusni chaqirishi mumkin.
Amitriptilinni simpatomimetik preparatlar (masalan, adrenalin, efedrin, izoprenalin, noradrenalin, fenilefrin va fenilpropranololamin va boshqalar), shuningdek anestetiklar bilan birga qo‘llanishi yurak aritmiyasi va gipotenziyani chaqiradi.
Metilfenidat tritsiklik antidepressantlarning metabolizmini sekinlashtirishi mumkin.
Amitriptilinni amiodaron, pimozid yoki terfenadin bilan bir vaqtda qo‘llanishi ventrikulyar yurak aritmiyasini rivojlanish havfini oshiradi (bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak).
Amitriptilin guanetidinning ta'sirini susaytirishi mumkin. Amitriptilin klonidinning gipotenziv ta'sirini susaytiradi, klonidin bekor qilinganidan so‘ng gipotenziyani rivojlanish havfi oshadi.
Preparat alkogol, barbituratlar va boshqa MNT depressantlarining ta'sirini kuchaytiradi. Tutqanoqqa qarshi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash patsiyentda tirishish bo‘sag‘asini pasaytiradi.
Tramadol tritsiklik antidepressantlar bilan birga MNT ni intoksikatsiya havfini oshiradi.
Amitriptilin disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llanganida deliriyni rivojlanish havfi bor.
Simetidin jigarda tritsiklik antidepressantlarning metabolizmini sekinlashtiradi va ularning nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi.
Rifampitsinni qo‘llash, ehtimol, plazmada amitriptilinning kontsentratsiyasini kamaytiradi va antidepressiv samarasini susaytiradi.
Ritonavir, ehtimol, plazmada antidepressantning kontsentratsiyasini oshiradi.
Amitriptilinni katta dozalarda etxlorvinol bilan birga qo‘llash deliriyni chaqirishi mumkin.
Amitriptilinni elektroshok bilan birga buyurish havfli.
Agar Siz biron-bir boshqa boshqa dori vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu xaqida shifokorga xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalar
Holsizlangan patsiyentlarga preparatni katta dozalarda qo‘llash preparatning dozasini oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin.
Agar anamnezda tirishishlar, shuningdek siydikni tutilishi kuzatilgan bo‘lsa, amitriptilinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki preparatga atropin guruhi preparatlarining ta'siriga o‘xshash ta'sir xosdir. Preparat ko‘zning old kamerasini yopiq burchakli glaukomasi yoki ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda glaukoma hurujini chaqirishi mumkin. Amitriptilinni qo‘llash vaqtida yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarni kuzatish kerak, chunki preparat katta dozalarda yurak aritmiyasi, sinusli taxikardiyani chaqirishi va yurak bo‘ylab qo‘zg‘aluvchanlikni o‘tishini sekinlashtirishi mumkin. Ushbu guruh patsiyentlarda stenokardiya huruji yoki miokard infarktini chaqirishi mumkin. Feoxromotsitoma yoki gipertireoz bilan xastalangan patsiyentlarni, shuningdek tireoid gormonlar preparatlarini bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak. Alkogolni ko‘p iste'mol qiladigan patsiyentlarda preparat o‘z joniga qasd qilishga moyillikni yoki preparatning dozasini oshirib yuborilishini chaqirishi mumkin.
Shizofreniyasi bo‘lgan bemorlarda psixozning simptomlarini, shuningdek paranoid simptomatikani kuchaytirishi mumkin.
Depressiyada, ayniqsa anamnezida maniakal depressiya bo‘lgan patsiyentlarda, kasallik jarayoni maniakal yoki gipomaniakal yo‘nalishga qarab rivojlanishi mumkin.
Amitriptilinni xolinoblokatorlar yoki simpatomimetik preparatlar bilan bir vaqtda, shuningdek epinefrinni mahalliy og‘riqsizlantiruvchi preparatlar bilan majmuada qabul qilayotgan patsiyentlar, shifokorning qat'iy nazoratida bo‘lishlari, preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Jarrohlik operatsiyasidan oldin imkon boricha amitriptilinni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Preparat qonda glyukoza darajasini ham oshirishi, ham kamaytirishi mumkin.
Amitriptilini keksa yoshdagi bemorlarga yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek tungi enurez yoki porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Amitriptilini tabletkalari tarkibida laktoza saqlaydi. Galaktozani kam uchraydigan tug‘ma o‘zlashtirolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.
Amitriptilin tabletkalarini tarkibida allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan yordamchi moddalar (10 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalarda – punts (Ponso 4R (E 124) va 25 mg qobiq bilan tabletkalarda – sariq “shafaq” (E 110)) saqlanadi.
O‘z joniga suiqasdlik/suiqasdlik fikrlari yoki kasallikni kechishini klinik og‘irlashishi
Depressiya o‘z joniga qasd qilish fikrlari, o‘z-o‘ziga zarar yetkazish va o‘z joniga qasd qilish havfini kuchayishi bilan bog‘liq. Ushbu havf ahamiyatli remissiyaga erishilgunicha mavjud bo‘ladi. Yaxshilanish davolash boshlanganidan so‘ng birinchi bir necha hafta yoki hatto yanada uzoqroq vaqt davomida amalga oshmasligi mumkin, shuning uchun ahamiyatli remissiyaga erishilgunicha patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak. Umumiy klinik tajriba o‘z joniga qasd qilish sog‘ayishning erta bosqichida oshishi mumkinligidan dalolat beradi.
Anamnezida davolashni boshlashdan oldin o‘z joniga qasd qilish harakatlari yoki yaqqol ifodalangan suiqasdlik fikrlari bo‘lgan patsiyentlarda o‘z joniga qasd qilish fikrlari yoki o‘z joniga qasd qilishni yuqori havfi mavjud, shuning uchun davolanish vaqtida ularni sinchiklab kuzatish kerak. Platsebo nazoratli klinik tadqiqotlarda katta yoshdagi patsiyentlarda ruhiy buzilishlarni davolash uchun antidepressantlarni qo‘llash o‘rganilgan. Ushbu tadqiqotlarni metatahlil qilish 25 yoshdan kichik va platseboni qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan, antidepressantlarni qabul qilgan patsiyentlarda o‘z joniga qasd qilish harakatlarini rivojlanish havfini yuqoriligini ko‘rsatdi. Preparatni qo‘llash vaqtida, ayniqsa davolashni boshida va preparatning dozasi o‘zgartirilgandan so‘ng patsiyentlar (ayniqsa yuqori havf guruhiga mansub patsiyentlar) ni sinchiklab kuzatish kerak. Patsiyentlar va xizmat ko‘rsatuvchi personalni, patsiyentlarning klinik holatini yomonlashishi, o‘z joniga qasd qilish xatti - harakatlari yoki o‘z joniga qasd qilish fikrlari va xulq-atvorining g‘ayri oddiy bo‘lishi yuzasidan ularni kuatish lozimligi to‘g‘risida ogohlantirish kerak. Shuningdek, sanab o‘tilgan simptomlar paydo bo‘lganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi kerakligi yuzasidan ularni ogohlantirish kerak.
Homiladorlik va emizish davri
Amitriptilin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. MNT, limbik tizimga yoki homiladorlik davrida amitriptilin qabul qilgan onalardan tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni rivojlanishini buzilishiga preparatning noxush ta'siri yuzasidan ayrim xabarlar bor. Homiladorlik vaqtida preparatni shoshilinch holatlarda faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Amitriptilinni qo‘llash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Amitriptilin ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Kuzatishlar amitriptilinni kuniga 100 mg qabul qilgan va emizadigan onalarning qon plazmasida preparatning darajasi 83-141 ng/ml, sutda – 135-151 ng/ml ga yetishidan dalolat beradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qon plazmasida amitriptilin mavjud emas.
Transport vositalarini boshqarish va harakatlanayotgan mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Amitriptilin transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin (diqqat, harakat faolligi va tez qaror qilish qobiliyatiga qarama-qarshi ta'sir qiladi).
Preparatni qabul qilish vaqtida chaqqonlik va reaktsiyalar tezligini talab etuvchi va havf bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Preparatning katta dozalari ongni qisqa muddatli chalkashishi, diqqatni jamlash qobiliyatini buzilishi yoki o‘tkinchi vizual gallyutsinatsiyalarni chaqiradi.
Dozasi oshirib yuborilganida uyquchanlik, gipotermiya, taxikardiya, va yurak ritmini boshqa buzilishlari, masalan o‘tkazuvchi tugun blokadasi, o‘tkazuvchanlikni buzilishi, yurak yetishmovchiligi, ko‘z qorachiqlarini kengayishi, ko‘z olmasi harakatini buzilishi, tirishishlar, og‘ir darajadagi gipotenziya, stupor, koma va poliradikuloneyropatiya kuzatiladi. Boshqa simptomlar – qo‘zg‘aluvchanlik, giperaktiv reflekslar, mushaklar rigidligi, qusish, giperpireksiya yoki amitriptilinning nojo‘ya samaralariga o‘xshash simptomlar rivojlanishi mumkin.
Dozasi oshirib yuborilganidan so‘ng 56 soat davomida hayot uchun havfli aritmiya holatlari ta'riflangan.
Davolash
Jabr ko‘rgan odamni zudlik bilan kasalxonaga olib borish kerak, u yerda simptomatik va tutib turuvchi davolash boshlanadi. Zaharlangandan so‘ng me'dani yuvish muolajasi o‘tkaziladi, birinchi 24-48 soat davomida har 4-6 soatda 20-30 g dan faollashtirilgan ko‘mir yuboriladi. Yurak faoliyati buzilganida EKG va yurak faoliyatini monitoringini o‘tkazish kerak. Xonada kislorodning miqdorini yetarli darajada bo‘lishini va organizmda suyuqlikning darajasini normal bo‘lishini ta'minlash kerak, tana xaroratini nazorat qilish kerak.
Tritsiklik antidepressantlar bilan chaqirilgan toksik simptomlarni bartaraf qilish uchun 1-3 mg fizostigmin salitsilati suyuq holatda vena ichiga yuboriladi. Hayot uchun havf tug‘diruvchi asoratlar (aritmiya, tirishishlar, koma) bo‘lgan hollarda fizostigmin takroran yuboriladi, chunki organizmda u tez parchalanadi. Fizostigmin toksik ekanligini inobatga olish kerak. Sirkulyar shokda va metabolik atsidozda standart davolashni boshlash kerak. Yurak aritmiyasini neostigmin, piridostigmin yoki propranolol bilan bartaraf etish mumkin. Yurak yetishmovchiligida yurak glikozidlarini yuborish mumkin. Yurak faoliyatini kamida 5 kun davomida nazorat qilish kerak.
Tirishishlarda tirishishga qarshi preparatlar buyuriladi. Narkoz uchun preparatlar bilan nafas olish, diltiazem yoki paraldegid preparatlarini yuborish tavsiya etiladi.
Dializ samarasiz, chunki qonda amiriptilinning kontsentratsiyasi past.
Ushbu preparatning dozasini oshirib yuborilishi ko‘pincha ongli ravishda bo‘lganligi sababli, ehtimol patsiyent boshqa preparatlardan foydalanib, o‘z joniga qasd qilishga harakat qilgan bo‘lishi mumkin.
Doza oshirib yuborilganida zudlik bilan shifokorga murojaat qiling!
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
“Grindeks” AJ. Kruspils ko‘ch., 53, Riga, LV-1057, Latviya
Matn oxirgi marta qayta ko‘rilgan sana mart 2016 yil.
“Grindeks” AJ
preparatlarni qayd etish
bo‘yicha katta mutaxassis N. Mishlyakova
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.