Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vessel Due F kaps 250 LB № 50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сулодексид
Страна производитель
Италия
Производитель
Alfa Wassermann S.p.A.
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vessel Due F
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sulodeksid
Dori shakli
vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma, kapsulalar
Tarkibi
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma
Har bir ampula (2 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol modda 600 LB* sulodeksid;
yordamchi moddalar natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Kapsulalar
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 250 LB* sulodeksid;
yordamchi moddalar natriy laurilsarkozinati, triatsetin, kremniy dioksidi;
kapsula qobig‘ining tarkibi jelatin, glitserol, natriy etilparaoksibenzoati, natriy propilparaoksibenzoati, titan dioksidi (E171), temir (III) oksidi (E 172).
*- lipoproteinlipaza birligi
Ta'rifi
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma och-sariq yoki sariq rangli tiniq eritma.
Kapsula och-kulrang rangli suspenziya saqlovchi qizg‘ish rangli, yumshoq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
geparin guruhiga mansub antitrombotik vosita.
ATX kodi V01AV11
Farmakologik xususiyatlari
Vessel Due F (sulodeksid) cho‘chqaning ingichka ichagining shilliq qavatidan ekstraktsiya yo‘li bilan ajratib olingan tabiiy mahsulotdir. Glikozaminoglikanlar (GAG) molekulyar massasi 8000 dalton geparinga o‘xshash fraktsiya (80%) va dermatansulfat (20%) ning tabiiy aralashmasi hisoblanadi
Sulodeksidning ta'sir mexanizmi ikki asosiy xususiyatlariga bog‘liq tez ta'sir qiluvchi geparinga o‘xshash fraktsiya antitrombin III (ATIII) ga, dermatanli fraktsiyasi esa – geparinning (KGII) II kofaktoriga yaqinlikka ega.
Farmakologik ta'siri antikoagulyant, angioprotektiv, profibrinolitik, antitrombotik.
Antikoagulyant ta'siri trombinni ingibirlovchi geparinning II kofaktoriga yaqinligi hisobiga namoyon bo‘ladi.
Antitrombotik ta'sir mexanizmi faollashgan X omilni bostirishi, prostatsiklinning (PGI2) sintezi va sekretsiyasini kuchayishi, qon plazmasida fibrinogen darajasini kamayishi bilan bog‘liq.
Profibrinolitik ta'siri qonda plazminogenning to‘qima aktivatori darajasini oshishi va uning ingibitorining miqdorini kamayishi bilan bog‘liq.
Angioprotektiv ta'siri tomirlarning endoteliy xujayralarining struktur va funktsional butunligini tiklanishi, tomirlarning bazal membranalari teshiklarini manfiy elektr zaryadining normal zichligini tiklanishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, preparat triglitseridlar darajasini kamaytirishi hisobiga (PZLPning tarkibiga kiruvchi triglitseridlarni gidrolizlovchi lipolitik ferment – lipoproteinlipazani rag‘batlantiradi), qonning reologik xususiyatlarini normallashtiradi.
Preparatni diabetik nefropatiyada qo‘llashning samaradorligi sulodeksidning bazal membrananing qalinligini va mezangium xujayralarining proliferatsiyasini kamaytirish hisobiga, ekstratsellyulyar matriksni ishlab chiqarilishini kamaytirish qobiliyati bilan belgilanadi.
Farmakokinetikasi
Sulodeksidning 90% tomirlarning endoteliysida to‘planadi, bu uning boshqa a'zolarning to‘qimalaridagi kontsentratsiyasidan 20-30 marta yuqori va ingichka ichakda so‘riladi. Asosan jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi. Fraktsiyalanmagan geparin va quyimolekulyar geparinlardan farqli ravishda, antitrombotik faollikni pasayishiga olib keluvchi va organizmdan eliminatsiyasini ahamiyatli tezlashtiruvchi desulfatlanishga uchramaydi. Dozani a'zolar bo‘ylab taqsimlanishi, preparat yuborilganidan keyin 4 soat o‘tgach buyraklar orqali chiqarilishini ko‘rsatdi.
Preparat vena ichiga yuborilganidan keyin 24 soat o‘tgach birikmaning siydik bilan chiqarilishi 50% ni, 48 soat o‘tgach esa – 67% ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
-tromb hosil bo‘lishining yuqori xavfi bo‘lgan angiopatiyalar, shu jumladan o‘tkazilgan miokard infarktidan keyin;
-miya qon aylanishini buzilishi, shu jumladan ishemik insultning o‘tkir davri va erta tiklanish davri; ateroskleroz, qandli diabet, gipertoniya kasalligi bilan bog‘liq distsirkulyator entsefalopatiya; tomirli dementsiya;
-periferik arteriyalarning ham aterosklerotik va ham diabetik genezga ega bo‘lgan okklyuzion shikastlanishlari;
-flebopatiyalar, chuqur venalarning trombozi;
-mikroangiopatiyalar (nefropatiya, retinopatiya, nefropatiya) va qandli diabetdagi makroangiopatiyalar (diabetik oyoq panjasi sindromi, entsefalopatiya, kardiopatiya);
-trombofilik holatlar, antifosfolipidli sindrom (atsetilsalitsil kislotasi bilan birga, shuningdek quyimolekulyar geparinlardan keyin buyuriladi);
-geparin induktsiyalagan trombotik trombotsitopeniyani davolash, chunki uni chaqirmaydi va og‘irlashtirmaydi ham.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga va mushak ichiga yubori uchun eritma.
Ichga qabul qilish uchun kapsulalar.
Davolash preparatning 1 ampulasi ichidagisini har kungi mushak ichiga yuborishdan yoki 15-20 kun davomida, 150-200 ml fiziologik eritmada oldindan eritib, oqim bilan yoki tomchilab vena ichiga yuborishdan boshlanadi. So‘ngra, 30-40 kun davomida davolashni, preparatni ichga qabul qilib davom ettirish kerak 1 kapsuladan kuniga 2 marta, ovqat qabul qilishlar orasidagi tanaffuslarda buyuriladi. To‘liq davolash kursini 1 yilda kamida 2 marta takrorlash kerak.
Patsiyentning klinik-diagnostik tekshiruvlarining natijalariga qarab, shifokorning qaroriga qarab dozalash tartibi o‘zgartirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynashi, qusish, epigastral sohada og‘riqlar.
Allergik reaktsiyalar turli joylarda joylashgan teri toshmasi.
Boshqalar og‘riq, achishish, in'ektsiya joyida gematoma.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-gemorragik diatez va qon ivishini pasayishi bilan kechuvchi kasalliklar;
-homiladorlikning I uch oyligi
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vesel Due F preparatini boshqa preparatlar bilan ahamiyatli darajada o‘zaro ta'siri aniqlanmagan. Sulodeksid qo‘llanganida antikoagulyantlar (bilvosita va bevosita) va antiagregantlar sifatida gemostaz tizimiga ta'sir qiluvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qo‘llanganida koagulogrammani nazorat qilish kerak. Davolashning boshida va oxirida quyidagi ko‘rsatkichlarni aniqlash maqsadga muvofiqdir faollashgan qisman tromboplastin vaqti, III antitrombini, qon ketishi vaqti va qon ivishi vaqti.
Vessel Due F faollashgan qisman tromboplastin vaqtining normal ko‘rsatkichlarini taxminan bir yarim marta oshiradi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda shifokorning qat'iy nazorati ostida buyuriladi. Sulodeksid preparatini diabetning I turi bo‘lgan bemorlarda homiladorlikning II va III uch oyliklarida, homiladorlarning kechki toksikozi rivojlanganida, tomirli asoratlarini davolash va oldini olish maqsadida qo‘llashning ijobiy tajribasi mavjud.
Bolalarda qo‘llanishi
Sulodeksidni bolalarda tasdiqlangan ko‘rsatmalar bo‘yicha ishlatilishi kuzatilmagan.
Sulodeksidni 18 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risida ma'lumotlar aniqlanmagan.
Avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni haydash va mashina qurilmalarini boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari qon oquvchanligi yoki qon ketishlar.
Davolash preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 600 LB/2 ml ampulalarda; har bir 2 kontur uyali o‘ramda 5 ampuladan yoki 10 ampuladan 1 kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan.
Kapsulalar 250 LB 25 kapsuladan blisterda; 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Vessel Due F 250 LB yumshoq kapsulalar
Ishlab chiqaruvchi
Katalent Italii S.p.A., Apriliya (Latina), Italiya
O‘ramlash va Sifat nazorati Alfa Vassermann S.p.A. – Alanno (Peskara), Italiya
Vessel Due F 600 LB in'ektsiyalar
Alfa Vassermann S.p.A. – Alanno (Peskara), Italiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.