Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mumiyo-Lik kaps. 150mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мумиё
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
150 мг
Производитель
Likinterkaps
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Mumiyo-Lik
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tozalangan mumiyo
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Tozalangan mumiyo - 150,0; kungaboqar moyi (rafinirlangan) - 400 mg massani olish uchun yetarli miqdorda.
Ta'rifi oval yoki dumaloq shaklli, egiluvchan yumshoq jelatinli kapsulalar, kapsula ichidagi jigarrang rangli o‘ziga hos hidli moyli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalar trofikasini va regeneratsiyasi rag‘batlantiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Mumiyo tabiiy biostimulyator sifatida sharq tabobatida uch mingdan ko‘proq yildan beri ma'lum. Mumiyo kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan mahsulot hisoblanadi va bioorganik mineral birikmalardan mikro- va makroelementlardan, aminokislotalardan V va R guruhi vitaminlardan, steroidlardan, polifenol birikmalardan tashkil topgan. Mumiyo faol biostimulyator sifatida regenerator xususiyatlarga ega, ayniqsa suyak to‘qimasiga nisbatan, sinishlarda suyak to‘qimasini bitishini, eski jarohatlarda va osteomiyelitda suyak to‘qimasini o‘sishini tezlashtiradi. U shuningdek yallig‘lanishga qarshi, antiseptik, immunitetni rag‘batlantiruvchi, umumiy mustahkamlovchi va tonusni oshiruvchi ta'sirlarga ega.
Qo‘llanilishi
Mumiyo ayniqsa, sekin konsolidatsiyalanish bilan kechadigan suyak sinishlarda, osteomiyelitlarda, surunkali bronxitlarda (shu jumladan obstruktiv), me'da va o‘n ikki barmoqli ichakni yara kasalligida regeneratsiyani tezlashtirish uchun qo‘llanadi. Mumiyo kapsulalarini shuningdek organizmni bakterial infektsiyalardan va tashqi muhitni boshqa omillaridan ximoyalash maqsadida, umumiy mustahkamlovchi va tonusni oshiruvchi vosita sifatida ham qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mumiyoni ichga 1 kapsuladan 3 marta ertalab-och qoringa, tushlikda-ovqatdan 1 soat oldin, kechqurun-ovqatdan keyin 1-2 soatdan so‘ng, uyqudan oldin buyuriladi. Kapsulalarni sut, asal yoki suv bilan qo‘llanilgani ma'qul. Davolash kursi 2 haftani tashkil qiladi. Zarur bo‘lganda 10 kundan keyin davolash kursini davolovchi shifokorni kuzatuvi ostida qaytarish mumkin. Kasallikni xarakteri va og‘irligiga ko‘ra 1-5 kurslar (sinishlarda va osteomiyelitlarda kamida 2 kurs) buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, yaqqol nafas yoki yurak yetishmovchilikda. Mumiyo kapsulalarini juda yuqori arterial qon bosimida, turli yaqqol qon ketish davrida, gemofiliyada, homiladorlik davrida va emizikli ayollarda, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gipertoniya, gemofiliyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolash vaqtida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish tavsiya qilinmaydi. Preparatni qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar. 10 kapsuladan polivinilxlorid plyonkali va alyumin bosma laklangan folgali kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Lekinterkaps” MCHJ
Toshkent vil. Zangiota tumani, SSG Qizg‘aldoq, Beruniy ko‘ch. 1 uy, tel. (99895) 170 99 48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.