Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Teymurova pasta 50g
Nomi | Narx | |||||
Теймурова паста 50 гр (230224##2 124) |
UZS 10 000
Stokda yetarli (8)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Дозировка
50 г
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Зеленая Дубрава
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Паста
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Teymurova pasta
Ta'sir etuvchi moddalar Borat kislotasi + Metenamin + Tal'k + Natriy tetraborati + Salitsil kislotasi + Qo‘rg‘oshin atsetati + Formal'degid + Rux oksidi
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun pasta
Tarkibi
100 g pasta quyidagilarni saqlaydi faol moddalar borat kislotasi — 7,0 g, salitsil kislotasi — 1,4 g, rux oksidi — 25,0 g, natriy tetraborat dekagidrati — 7,0 g, tal'k — 25,0 g, metenamin (geksametilentetramin) — 3,5 g, formal'degid (formal'degid eritmasi, formalin) – 3,5 g, qo‘rg‘oshin atsetat trigidrati – 0,3 g;
yordamchi moddalar tlitserol (glitserin) – 12,0 g, qalampir yalpiz barglari moyi (qalampir yalpiz moyi) – 0,3 g, distillangan monoglitseridlar – 3,0 g, tozalangan suv — 12,0 g.
Ta'rifi oq yoki biroz sarg‘ish yoki kul rang tusli oq rangli, yalpiz hidli bir xil pasta.
Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptik vosita. ATX kodi DO8AD
Farmakologik xususiyatlari
Ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarga bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparatdir. antiseptik, qurituvchi va dezodorirlovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Terlash, bichilish, panjalar gipergidrozida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalarga sirtga buyuriladi. Diametri 5 mm va uzunligi 1 sm bo‘lgan pasta tasmasi taxminan 0,5 g massaga ega. Preparatni qo‘llashdan oldin oyoqlarni va (yoki) boshqa terlovchi joylarni yuvish va sinchkovlik bilan quritish, so‘ngra panja yoki terlash sohasi terisiga 1 sm² ga 0,5 hisobidan pasta surtish va 1-3 minut davomida ehtiyotkorlik bilan surtish, pastaning ortiqchasini salfetka bilan olib tashlash kerak. Muolaja sutkada 1 marta 3-4 kun davomida takrorlanadi. Zaruratga qarab 3-4 xaftadan keyin kursni takrorlash mumkin.
Nojo‘ya ta'siri
Qizarish va achishish hissi kuzatilishi mumkin ular bir necha minutdan keyin mustaqil o‘tib ketadi va preparatni bekor qilishni talab etmaydi; allergik reaktsiyalar — teri toshmasi, angionevrotik shish kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, emizish davri, buyrak kasalligi, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, panja terisining o‘tkir yallig‘lanishli kasalliklari, terida yaralarda qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Ehtimoli kam, chunki preparat ahamiyatsiz miqdorda so‘riladi va tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri holatlari ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat shilliq qavatlar va shikastlangan teriga, tananing katta sohalariga surtilmasin, preparatning ko‘rsatilgan dozalari oshirilmasin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Preparat alohida diqqatni va tezkor reaktsiyalarni talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini (transport vositalarini boshqarish va boshqalar) bajarishga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun pasta. 30 g yoki 50 g dan past zichlikdagi (yuqori zichlikdagi) poliztilen yoki polipropilen bushonli himoya lakli ichki qoplamali alyumin tubalarda.
Har bir tuba tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yerug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansish.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
liste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot «Zelenaya dubrava» EAK, Rossiya, 141801, Moskva vil., Dmitrov sh., Professional'naya ko‘ch., 151 uy,
tel. +7 (495) 993-99-95.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.