Bakteriofaglar: bu nima va nima uchun qo‘llaniladi?
Bakteriofaglar bakterial hujayralarni zararlay oladigan viruslardir. Ularning ta’siri bakteriyalarni yo‘q qilishga qaratilgan.
Bakteriya va bakteriofaglarning farqi nimada?
Bakteriofaglar va bakteriyalar jonli mikroorganizmlardir. Bakteriofaglar bakteriya hujayrasi ichiga kirib, uni nobud qiladi. Sodda qilib aytganda, bakteriofaglar bakterial zararlanish natijasida kelib chiqqan kasallikni davolashga mo‘ljallangan.
Bakteriofaglar faqat ma’lum turdagi bakteriyalarga ta’sir qiladi. Ammo barcha bakteriyalar ham o‘z bakteriofaglariga ega emas, shuning uchun ham sezgirlik tahlilini topshirish kerak.
Bakteriofaglar qaysi qo‘zg‘atuvchiga ta’sir qilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
-
polivalent bakteriofag;
-
streptokokkli bakteriofag;
-
stafilokokkli bakteriofag;
-
koliprotein bakteriofag;
-
salmonellyoz bakteriofagi;
-
kompleks bakteriofag;
-
va boshqalar.
Bakteriofaglarga sezuvchanlik testi qanday topshiriladi?
Bakteriofaglarga sezuvchanlikni aniqlash - bakteriofag terapiyadan oldin majburiy laboratoriya tekshiruvidir. Tahlillarni topshirish uchun klinikaga murojaat qilish kerak. Bemordan biomaterial olinadi va laboratoriya sharoitida tekshiruv o‘tkaziladi, uning natijalariga ko‘ra sezuvchanlik darajasi aniqlanadi.
Bakteriofaglar bilan davolash samaralimi?
Mutaxassis samarali bakteriofag terapiyani tanlashga yordam beradi. Birinchi navbatda kasallik qo‘zg‘atuvchisining turi aniqlanadi, keyin eng samarador dori tanlanadi.
Bakteriofaglarni qabul qilishdan oldin ko‘rsatmalarni majburiy tartibda o‘rganish kerak. O‘zini o‘zi davolash va ushbu dori guruhini mustaqil ravishda tanlash tavsiya etilmaydi. Bakteriofaglarni buyurishni barcha zarur diagnostik muolajalar o‘tkazilgandan so‘ng davolovchi shifokor amalga oshirishi kerak.
Toshkentda bakteriofag preparatlarini sotib olish
PharmaClick.uz - bu bakteriofag dori vositalarini topish va ularni arzon narxda xarid qilishingiz mumkin bo‘lgan noyob platformadir. Internet-dorixona mahalliy va xorijiy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarning keng assortimentdagi dori vositalarini taqdim etadi. Saytda dori-darmonlarni sizning manzilingizga yoki Toshkent shahridagi hamkor dorixonaga, shuningdek, mamlakatning boshqa hududlaridagi maxsus punktlariga yetkazib berish orqali buyurtma berish mumkin. Qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, onlayn mutaxassislarimizga murojaat qilishingiz va malakali yordam olishingiz ham mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.