Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bakteriofag stafilokokkov'iy ichga qabul qilish uchun eritma, mahalliy va sirtga qo‘llash uchun eritma 20ml
Bakteriofag stafilokokkov'iy ichga qabul qilish uchun eritma, mahalliy va sirtga qo‘llash uchun eritma 20ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Стафилококки
Kelib chiqqan mamlakat
O'zbekiston
Дозировка
20 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
AZIYA IMMUNOPREPARAT
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Спрей
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Bakteriofag stafilokokkov'iy
Ta'sir etuvchi modda (XPN) stafilokokkli bakteriofag
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma, mahalliy va sirtga qo‘llash uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda Staphylococcus bakteriyalar turi fagolizatlarining steril, tozalangan fil'trati (Appel'man bo‘yicha faolligi – 10־⁵ dan kam emas) — 1 ml gacha;
yordamchi moddalar konservant — 8-gidroksixinolin sul'fati - 0,0001 g/ml (xisob miqdori); yoki 8-gidroksixinolin sul'fati monogidrati 8-gidroksixinolin sul'fatiga
qayta xisoblanganda - 0,0001 g/ml (xisob mikdori).
Ta'rifi turli jadallikdagi sarik rangli, tiniq suyuqlik, yashil tusli bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruxi Bakteriofag.
ATX kodi V03A
Farmakologik xususiyatlari
Preparat Staphylococcus bakteriyalarini maxsus lizisini chaqiradi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va bolalarda Staphylococcus bakteriyalar urug‘i chiqirgan yiringli-yallig‘lanish va ichak kasalliklarini davolash va oldini olish
- quloq, tomoq, burun, yuqori nafas yo‘llari va o‘pkalarning kasalliklarida (burun bo‘shliqlari, o‘rta quloqning yallig‘lanishi, angina, faringit, laringit, traxeit, bronxit, pnevmoniya, plevrit);
- jarroxlik infektsiyalar (jaroxatlarning yiringlashi, kuyishlar, abetsess, flegmona, furunkul, karbunkul, gidroadenit, panaritsiyalar, paraproktit, mastit, bursit, osteomiyelit);
- urogenital infektsiyalar (uretrit, sistit, piyelonefrit, kol'pit, endometrit, sal'pingooforit);
- enteral infektsiyalar (gastroaenterokolit, xoletsistit), ichak disbakteriozi;
- yoyilgan septik kasalliklar;
- yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning yiringli-yallig‘lanish kasalliklari (omfalit, piodermiya, kon'yunktivit, gastroznterokolit, sepsis va boshkalar);
- stafilokokklar chaqirgan boshqa kasalliklar.
Stafilokokkli infektsiyalarning og‘ir ko‘rinishlarida preparat kompleks davolash tarkibida buyuriladi.
Oldini olish maqsadida preparat operatsiyadan keyingi va yangi infektsiyalangan jaroxatlarga ishlov berishda qo‘llaniladi, shuningdek, epidemik ko‘rsatmalar asosida kasalxona ichi infektsiyalarni oldini olish uchun xam qo‘llanadi.
Samarali fagoterapiyaning muhim sharti oldindan bOakteriofagga qo‘zg‘atuvchining sezgirligini aniqlash va preparatni erta qo‘llash hisoblanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilish (og‘iz orqali), rektal yuborish, applikatsiya, sug‘orish, jaraxat bo‘shlig‘iga yuborish, qin, bachadon, burun va burun bo‘shliklariga yuborish va bo‘shliqlarni yuvish uzun ishlatiladi. Bakteriofagli flakon qo‘llashdan oldin chayqatiladi va ko‘riladi. Preparat tiniq bo‘lishi va cho‘kmalar saqlamasligi lozim.
Preparatning tavsiya etilgan dozalari.
Lokal shikastlangan yiringli yalliglanish kasalliklarini davolash bir vaqtda maxalliy va preparatning ichga kuniga 2 - 3 marta, och qoringa, ovqatdan 1 soat oldin, kasallikni birinchi kunidan boshlab 7 - 20 kun davomida o‘tkazilishi kerak (klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha).
Agar bakteriofag qo‘llanilishidan oldin jaroxatni davolash uchun kimyoviy antiseptiklar qo‘llanilgan bo‘lsa, jaroxat 0,9% natriya xlorid eritmasi bilan yaxshilab yuvilishi kerak.
Infektsiya o‘chog‘ining xarakteriga qarab bakteriofag quyidagicha qo‘llanadi
1. Shikastlangan soxaning o‘lchamiga qarab 200 ml xajmgacha sug‘orish, primochka va tamponlash ko‘rinishida. Abstsesslarda punktsiya yordamida yiring olib tashlangandan so‘ng, olib tashlangan yiring xajmidan kam miqdorda preparat yuboriladi. Osteomiyelitda jaroxatga muvofiq jarroxlik ishlovi berilgandan so‘ng 10 - 20 ml dan bakteriofag quyiladi.
2. Bo‘shliqlarga 100 ml gacha yuborilganda (plevral, bo‘g‘im va boshqa cheklangan bo‘shliqlar), so‘ngra u orqali bakteriofagni bir necha kun yuborilishi uchun kapillyar drenaj qoldiriladi.
3. Sistit, piyelonefrit, uryotritlarda preparat ichg‘a qabul qilinadi. Qovuq bo‘shlig‘i yoki buyrak jomi drenajlangan xolda bakteriofag pistostoma yoki nefrostoma orqali kuniga 1-2 marta qovuqqa 20 - 50 ml dan va buyrak jomiga 5 - 7 ml dan yuboriladi.
4. Ginekologik yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida preparat qin, bachadon bo‘shlig‘iga 5-10 ml dozada kun ora bir marta yuboriladi, kol'pitda -10 ml yuviladi yoki kuniga 2 marta tamponlanadi. Tamponlar 2 soatga qo‘yiladi.
5. Quloq, tomoq, burunning yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida preparat 2-10 ml dan kuniga 1-3 marta yuboriladi. Bakteriofag chayqash, yuvish, tomizish, namlangan trundalarni kiritish (ular 1 soatga qoldiriladi) uchun ishlatiladi.
6. Enteral infektsiyalarda, ichak disbakteriozida preparat ichga kuniga 3 marta ovqatdan bir soat oldin qabul qilinadi. Kuniga 2 marta ichga qabul qilish bilan birga kuniga bir marta yoshga bog‘liq bakteriofagning bir martalik dozasini rektal huqna qo‘rinishida ichak bo‘shaganidan so‘ng yuborish mumkin.
Bolalarda bakternofagni qo‘llash (6 oyga qadar).
Sepsis, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar enterokolitida, shu jumladan chala tug‘ilgan bolalarda bakteriofag huqna ko‘rinishida (gaz naychasi yoki kateter orqali) kuniga 2-3 marta 5–10 ml dozada qo‘llaniladi. Qusish kuzatilmasa ko‘krak suti bilan aralashtirilgan xolda peroral qabul qilish mumkin. Preparatni rektal (huqna ko‘rinishida) va peroral (og‘iz orqali) qo‘llash mumkin. Davolash kursi 5-15 kun. Kasallikni qaytalanuvchi kechishida, davolash kursini takrorlash mumkin. Ona qornidagi infektsiyalanishda sepsis va enterokolitni oldini olish maqsadida yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kasalxona ichi infektsiyasi xavfi yuzaga kelganda hukna ko‘rinishida kuniga 2 marta 5-7 kun davomida qo‘llaniladi. Omfalit, piodermiya, infektsiyalangan jaroxatlarni davolashda preparat applikatsiyalar ko‘rishishida xar kuni ikki marta qo‘llanadi (doka salfetka bakteriofag bilan namlanadi va kindik jaroxatiga yoki terining shikastlangan kismiga qo‘yiladi).
Nojo‘ya ta'sirlari
Aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Individual o‘zlashtiraolmaslik yoki preparat komponentlaridan biron-biriga sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari, shu jumladan antibiotiklar bilan birga qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashdan avval suyuq bakteriofagli flakonni chayqatish kerak. Xiralashgan preparat ko‘llanilmasin!
Preparat tarkibida ozuqa muxiti borligi tufayli, unda atrof muxit bakteriyalari ko‘payishi va preparatni xiralashtirishi mumkin, flakon ochilganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak
- ko‘llarni yaxshilab yuvish;
- qalpoqchaga spirtli eritma bilan ishlov berish;
- tiqinni olmagan xolda qalpoqchani yechish;
- tiqinni ichki yuzasi bilan stol yoki boshqa jisimlarga qo‘ymaslik;
- flakonni ochiq holda qoldirmaslik;
- ochilgan flakonni faqat sovutgichda saqlash.
Flakonni ochish va preparatning kerakli xajmini olish tiqinni steril shprits yordamida teshish orqali amalga oshiriladi. Saqlash sharoitlariga, yuqorida keltirib o‘tilgan qoydalarga rioya qilingan va xiralashish kuzatilmagan preparatdan butun yaroqlilik muddati davomida foydalanish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni fagga sezgir stafilokokk shtammlari chaqirgan infektsiya mavjudligida qo‘llash maqsadga muvofikdir (shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra).
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma, maxalliy va sirtga qo‘llash uchun eritma 20 ml dan flakonda, 20 ml dan 4 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Transportirovka sharoitlari
2 dan 8°C gacha bo‘lgan xaroratda, yoki 1 oygacha muddatda 9 dan 25°C gacha bo‘lgan xaroratda tashilishi mumkin.
Saqlash sharoiti
2 dan 8°C gacha bo‘lgan xaroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
OOO Aziya Imunnopreparat Uzbekistan.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.