Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dialipon kaps. 300mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тиоктовая кислота
Страна производитель
Украина
Дозировка
300 мг
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
Preparatning savdo nomi
Dialipon
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Tioktat kislotasi (thioctic acid)
Dori shakli
Kapsulalar.
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 300 mg (0,3 g) alfa-lipoy kislotasi;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, gipromeloza (E15), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Ta'rifi qattiq jelatin kapsulalar № 0. Kapsulaning korpusi va qopqog‘i fil suyagi rangida (ivory). Kapsula ichidagisi - sariq rangli kukunsimon granulalangan aralashma.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.
ATX kodi A16AX01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Tioktat kislotasi – bu ta'siri bo‘yicha α-ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksillanishida koferment vazifasini bajaruvchi vitaminlarga o‘xshagan endogen moddadir. Qandli diabetda yuz beradigan giperglikemiya oqibatida, glyukozani qon tomirlarining matritsa oqsillariga birikishi va “glyukoza bilan tezkor bog‘lanishning yakuniy mahsulotlari” deb nomlangan moddalarni hosil bo‘lishi ro‘y beradi. Bu jarayon endonevral qon oqimini kamayishiga va nervni shikastlovchi erkin kislorodli radikallarni hosil bo‘lishini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan endonevral gipoksiyaga/ishemiyaga olib keladi. Shuningdek periferik nervlarda glutation kabi antioksidantlar darajasini kamayishi aniqlangan.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganida tioktat kislotasi tez so‘riladi. Ahamiyatli tizim oldi metabolizmi natijasida tioktat kislotasining mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi. to‘qimalarda tez taqsimlanganligi tufayli, tioktat kislotasining yarim parchalanish davri 25 minutni tashkil etadi. Qattiq dori shakllari peroral qo‘llanganda tioktat kislotasining nisbiy biokiraolishligi ichiladigan eritmaga proportsional ravishda 60% dan ortiqni tashkil etadi. Qon plazmasidagi 4 mkg/ml maksimal kontsentratsiyasi 600 mg tioktat kislotasi peroral qo‘llangandan keyin taxminan 30 minutdan keyin aniqlangan. Siydik moddaning o‘zgarmagan holda ozgina miqdori aniqlanadi. Biotransformatsiyasi yon zanjirni oksidlanishli qisqarishi (β-oksidlanish) va/yoki tegishli tiollarni S-metillanishi hisobiga amalga oshadi. Tioktat kislotasi in vitro sharoitida metallarning ion komplekslari bilan, masalan sisplatin bilan reaktsiyaga kirishadi va qand molekulalari bilan o‘rtacha eruvchan komplekslarini hosil qiladi.
Qo‘llanilishi
Diabetik polineyropatiyada paresteziyalarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar. Sutkalik doza 600 mg tioktat kislotasini (300 mg li Dialipon preparatining 2 kapsulasini) tashkil qiladi, uni bir martada birinchi marta ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin qabul qilish kerak. Kapsulalar chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Jadal paresteziyalarda davolashni, 2-4 hafta davomida Dialipon preparatining in'ektsiya uchun eritmasini parenteral yuborishdan boshlagan afzal. Keyinchalik preparatni sutkada 1 marta600 mg dozada peroral qabul qilish bilan davom ettirish kerak.
Davolash davomiyligini kasallikning xarakteri va kechishiga qarab shifokor belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nerv tizimi tomonidan ta'm bilish hissini o‘zgarishi yoki buzilishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq va gastrointestinal og‘riq, diareya.
Metabolizm tomonidan qonda qand darajasi pasayishi mumkin. Gipoglikemik holatlardan dalolat beruvchi shikoyatlar, ya'ni aynan bosh aylanishi, kuchli terlash, bosh og‘rig‘i va ko‘rishni buzilishi to‘g‘risida xabarlar bo‘lgan.
Immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar, shu jumladan terida toshmalar, eshakemi (urtikar toshmalar), qichishish, nafas olishni qiyinlashishi.
Boshqalar ekzema.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tioktat kislotasiga yoki preparatning biron-bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sisplatinning samaradorligi Dialipon® preparati bilan bir vaqtda qo‘llanganda pasayadi. Tioktat kislotasi metallarning komplekslarini hosil qiluvchi modda hisoblanadi, shuning uchun farmakoterapiyaning asosiy tamoyillariga muvofiq, uni metall birikmalari bilan (masalan, temir yoki magniy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari bilan, sut mahsulotlari bilan, chunki ular kaltsiy saqlaydi) bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Agar preparatning umumiy sutkalik dozasini nonushtadan 30 minut oldin qo‘llansa, unda temir va magniy saqlovchi ovqat qo‘shimchalarini kunduzi yoki kechqurun qo‘llash kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar tomonidan tioktat kislotasi qabul qilinganda insulin va/yoki boshqa diabetga qarshi vositalarning qandni pasaytiruvchi ta'sirini kuchayishi mumkin, shuning uchun, ayniqsa davolashni boshida qonda qand darajasini muntazam nazorat qilish lozim. Gipoglikemiya simptomlarini paydo paydo bo‘lishini oldini olish uchun ayrim hollarda insulin yoki peroral diabetga qarshi vositalarning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Diabetik polineyropatiyani samarali davolashning bosh omili – bemorning qonida qand darajasini optimal muvofiqlashtirishdir. Polineyropatiyani davolashni boshida regeneratsion jarayonlar tufayli, “chumolilar o‘rmalashi” xissi bilan bo‘lgan paresteziyani qisqa muddatli kuchayishi yuz berishi mumkin.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda tioktat kislotasi qo‘llanganda qonda glyukoza darajasini tez-tez nazorat qilish kerak. Ayrim hollarda gipoglikemiyani oldini olish uchun diabetga qarshi preparatlarning dozasini pasaytirish kerak.
Alkogolli ichimliklarni muntazam iste'mol qilish polineyropatiyani rivojlanishi va avj olishining ahamiyatli xavf omilidir va davolashda muvaffaqiyatga erishishda to‘sqinlik qilishi mumkin, shuning uchun davolanish vaqtida va davolash kurslari orasidagi davrlarda alkogolni iste'mol qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlanganda, bu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Tegishli klinik ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, tioktat kislotasini homiladorlikda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Tioktat kislotasini ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun uni emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Bolalar.
Preparatni bolalarga buyurish mumkin emas, bu yosh toifasiga nisbatan yetarli klinik qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotrasportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati
Davolanish vaqtida gipoglikemiya (bosh aylanishi va ko‘rishni buzilishi) kabi nojo‘ya reaktsiyalarni yuz berishi mumkinligi tufayli avtotransportni, boshqa mexanizmlarni boshqarishda yoki yuqori diqqatni va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka amal qilishi lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Tioktat kislotasini 10 g dan 40 g gacha bo‘lgan dozalarda alkogol bilan birga majmuada behosdan qabul qilinganda yoki o‘z joniga qasd qilishga urinishda peroral qo‘llanganda, ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi juda og‘ir intoksikatsiyalar kuzatilgan. Boshlang‘ich bosqichda intoksikatsiyaning klinik manzarasi psixomotor qo‘zg‘alish yoki ongni buzilishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Keyinchalik tarqalgan tirishish xurujlari va laktoatsidoz rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, tioktat kislotasining katta dozalari bilan intoksikatsiyada gipoglikemiya, shok, skelet mushaklarini o‘tkir nekrozi, gemoliz, disseminatsiyalangan qon tomir ichki qon ivishi, suyak ko‘migi faoliyatini susayishi va ko‘p a'zolarda yetishmovchilik hollari ta'riflangan.
Davolash. Hatto Dialipon preparati bilan kuchli intoksikatsiyaga shubha tug‘ilganida (masalan kattalar uchun 300 mg dan 20 ta dan ortiq kapsulani qabul qilish yoki bolalarda tana vazniga 50 mg/kg ortiq dozada qabul qilinganda) darhol gospitalizatsiya qilish va behosdan zaharlanishda umumiy tamoyillarga muvofiq choralarni ko‘rish (masalan qusishni chaqirish, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash) tavsiya qilinadi. Tarqalgan tirishish xurujlarini, laktatatsidozni va bemorning hayotiga xavf tug‘diruvchi intoksikatsiyaning boshqa oqibatlarini simptomatik davolashni zamonaviy jadal davolash tamoyillariga muvofiq o‘tkazish kerak. Bugungi kunga kelib, tioktat kislotasini majburiy chiqarilishi borasida gemodializni, gemoperfuziyani yoki gemofiltratsiya usullarini qo‘llashdan foyda bo‘lishi isbotlanmagan.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan blisterda. 3 yoki 6 blisterdan qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.