Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Festal draje №100
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Панкреатин
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
Sanofi India Limited
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Драже
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Festal®
Dori shakli
draje
Tarkibi
Yadroning tarkibi
Faol moddalar pankreatin – 192 mg (amilaza – 4500 FIP TB, lipaza – 6000 FIP TB, proteaza – 300 FIP TB) ga ekvivalent; gemitsellyulaza – 50 mg; safro komponentlari – 25 mg.
Yordamchi moddalar natriy xloridi.
Qobig‘ining tarkibi
Yordamchi moddalar sellatsefat (tsellyuloza atsetatftalati), etilvanilin, kanakunjut moyi, saxaroza, metilparagidroksibenzoat (metilparaben), propilparagidroksibenzoat (propilparaben), jelatin, suyuq dekstroza (suyuq glyukoza), tal'k, kaltsiy karbonati, akatsiya kamedi, glitserol (glitserin), makrogol (polietilenglikol 6000), titan dioksidi.
Ta'rifi oq, yaltiroq, kuchsiz vanilin hidli, dumaloq draje.
Farmakoterapevtik guruhi
ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.
ATX kodi A09AA02.
Farmakologik xususiyatlari
Preparat pankreatin hisobiga me'da osti bezining tashqi sekretor faoliyatining yetishmovchiligini va safro komponenti hisobiga jigarning safro ajratuvchi yetishmovchiligini kompensatsiyalaydi. Festal proteolitik, amilolitik va lipolitik ta'sir ko‘rsatadi. Pankreatinning tarkibiga kiruvchi fermentlar amilaza, lipaza va proteaza uglevodlar, yog‘lar va oqsillarning hazm bo‘lishini yengillashtiradi, ingichka ichakda ularning to‘liqroq so‘rilishiga yordam beradi. Bu borada Festal boshqa ferment preparatlaridan deyarli farq qilmaydi. Festalda o‘t kislotalarini borligi surunkali pankreatitga tez-tez olib keluvchi biliar yetishmovchilikni to‘g‘rilash uchun preparatga qo‘shimcha imkoniyatlarni beradi. Safro ekstrakti o‘t haydovchi ta'sir qiladi, yog‘lar va yog‘da eruvchi A, Ye va K vitaminlarining so‘rilishini yengillashtiradi, me'da osti bezi tomonidan lipazani ajralishiga yordam beradi. Gemitsellyuloza fermenti o‘simlik kletchatkalarini parchalanishiga yordam beradi, shuningdek ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi, ichakda gaz hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Qo‘llanilishi
Klinik jihatdan ovqat hazm bo‘lishni buzilishi, meteorizm, qabziyatga moyillik bilan namoyon bo‘luvchi turli patologik holatlar natijasida biliar yetishmovchilik bilan birga surunkali pankreatitda me'da osti bezining tashqi sekretor faoliyatining yetishmovchiligini majmuaviy davolash tarkibida
• jigarning diffuz kasalliklari, jigarning alkogolli va toksik shikastlanishlari, jigar sirrozi;
• o‘t kislotalarini ko‘p yo‘qotilishi (xoletsistoektomiyadan keyingi patsiyentlarda);
• o‘t chiqarish yo‘llarining diskineziyasi, disbakteriozlar, mal'absorbtsiyada kuzatiluvchi o‘t kislotalarining sirkulyatsiyasini buzilishi;
• me'da-ichak yo‘llarining surunkali kasalliklarida surunkali gastrit, surunkali duodenit, surunkali xoletsistitda o‘t hosil bo‘lishi va o‘t ajralishi jarayonlarining neyrogumoral boshqaruvini buzilishi.
Me'da-ichak yo‘llarining faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda ovqat iste'mol qilishni xatoliklarida, shuningdek chaynash faoliyati buzilganida, davomli majburiy immobilizatsiyada, kam harakatli hayot tarzida ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun qo‘llanadi. Qorin bo‘shlig‘i a'zolarini rentgenologik va ultratovush tekshirishiga tayyorlash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga.
Preparat ichga, chaynamasdan, ovqat vaqtida yoki ovqatdan so‘ng darhol, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. 1-2 drajedan sutkada 3 marta buyuriladi. Yuqoriroq dozalari faqat shifokor tomonidan buyuriladi. Bolalarda dozani va dozalash tartibini shifokor belgilaydi. Davolashning davomiyligi bir necha kundan (parhezninig o‘zgarishi oqibatida ovqat hazm qilish jarayoni buzilganida) bir necha oy yoki yilgacha (zarurati bo‘lganida doimiy o‘rnini bosuvchi davolash) o‘zgarishi mumkin.
Rentgenologik va ultratovush tekshirishlaridan oldin 2 drajedan sutkada 2-3 marta tekshirishdan 2-3 kun oldin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar (teri qoplamlari giperemiyasi, aksirish, ko‘z yoshini oqishi), ko‘ngil aynishi, diareya, qorin og‘rig‘i (shu jumladan, ichak sanchig‘i). Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida giperurikemiya, giperurikuriya rivojlanishi mumkin. Bolalarda (katta dozalarda qabul qilinganida) perianal ta'sirlanish va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati ta'sirlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar komasi yoki koma oldi holati, gepatit, giperbilirubinemiya, mexanik sariqlik, o‘t-tosh kasalligi, o‘t pufagining empiyemasi, ichak tutilishi, diareyaga moyillik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).
Ehtiyotkorlik bilan mukovistsidoz, homiladorlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Festal bilan bir vaqtda qo‘llanganida PASK (p-aminosalitsil kislotasi), sulfanilamidlar, antibiotiklarning so‘rilishi kuchayadi; temir preparatlarining so‘rilishi pasayishi mumkin. Kaltsiy karbonati va/yoki magniy gidroksidini saqlovchi antatsid vositalarni bir vaqtda qo‘llash, Festalning samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Simetidin preparatning ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishini simptomlari – giperurikemiya, giperurikuriya. Dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo bo‘lganida – preparatni bekor qilish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Draje.
10 drajedan alyumin stripda. 2, 4, 6 yoki 10 stripdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Sanofi Indiya Limited, Hindiston
54/A, Sir Mathuradas Vasanji Road, Chakala, Andheri (East), Mumbai-400093, India
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.