Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mezim forte 10000 №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Панкреатин
Страна производитель
Германия
Дозировка
10000
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini–Von Heyden GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Mezim® forte 10000
10000 TB lipaza (Ph. Eur bo‘yicha)
ichakda eruvchi tabletkalar
Pankreatin
Ushbu dori preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u muhim ma'lumot saqlaydi.
Ushbu preparatni doimo ushbu ilova-varaqada bayon qilingan ko‘rsatmalarga, yoki davolovchi shifokor yoki dorixona xodimining ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak.
• Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lishi mumkin.
• Agar Sizga qo‘shimcha ma'lumot yoki maslahat kerak bo‘lsa, dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
• Biron-bir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga - shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmaganlarga xam taalluqlidir.
• Agar simptomlar chuqurlashsa yoki holatni yaxshilanishi yuz bermasa, shifokorga murojaat qiling.
Ushbu ilova-varaqaning ma'muni
1.Mezim® forte 10000 o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
2.Mezim® forte 10000 ni qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Mezim® forte 10000 ni qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
5.Mezim® forte 10000 ni qanday saqlash kerak
6.O‘ram ichidagisi va qo‘shimcha ma'lumotlar
1. Mezim® forte 10000 o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
Mezim® forte 10000 o‘zi nima?
Mezim® forte 10000 pankreatin saqlovchi preparat hisoblanadi.
Mezim® forte 10000 nima uchun ishlatiladi?
Mezim® forte 10000 me'da-osti bezi yetishmovchiligi yoki faoliyatini yo‘qligi (me'da osti bezining ekzokrin yetishmovchiligi) bilan bog‘liq bo‘lgan ovqat xazm bo‘lishini buzilishlarida ovqat xazm qilish fermentlarini o‘rnini bosadi.
2. Mezim® forte 10000 ni qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak
Mezim® forte 10000 ni quyidagilarda qabul qilmang
Pankreatinga, cho‘chqa go‘shtiga yoki ushbu preparatning har qanday komponentiga
(6-bo‘limda ko‘rsatilgan moddalarga) allergiya bo‘lganida qabul qilmang.
Me'da osti bezini o‘tkir yallig‘lanishida yoki surunkali yallig‘lanishini zo‘rayishida, kasallikni avj olgan davrida qabul qilmang. Shunga qaramay, kasallikni zo‘rayishini susayish fazasida parhez kengaytirilganida (engil ovqatlar qo‘shilishi hisobiga), ovqat hazm qilinishini buzilishlari saqlangan hollarda preparatni vaqti-vaqti bilan qabul qilishga ruxsat beriladi.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Mezim® forte 10000 preparatini qabul qilish oldidan shifokor, dorixona xodimi yokitibbiyot hamshirasiga maslahat uchun murojaat qiling.
Agar Siz o‘zingizda ichakni tutilishi simptomlarini (masalan, qorinda og‘riq, ichak ishini to‘xtashi, ko‘ngil aynishi, qusish) eslatuvchi simptomlarni sezsangiz, ichak tutilishi, mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlardagi ma'lum asorat hisoblanadi.
Me'da va me'da-ichak yo‘llari tomonidan odatiy bo‘lmagan diskomfort yoki shikoyatlar o‘zgarganda, ehtiyotkorlik chorasi sifatida ichakni mumkin bo‘lgan shikastlanishini istisno qilish maqsadida, shifokor tekshiruvidan o‘tish zarur. Ayniqsa bu 1 kg tana vazniga sutkada 10000 TB dan ko‘proq lipaza qabul qilayotgan patsiyentlarga taalluqlidir.
Ushbu dori preparatida faol fermentlar saqlanadi, ular og‘iz bo‘shlig‘ida ajralib chiqqanida, masalan chaynalganda, shilliq qavatini shikastlashi mumkin (masalan, og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar paydo bo‘lishi mumkin). Shuning uchun qabul qilishda, Mezim® forte 10000 ni butunligicha yutilishiga e'tibor bering.
Mezim® forte 10000 preparatini va boshqa dori vositalarini qabul qilish
Agar Siz har qanday dori vositalarini hozirgi vaqtda yoki yaqinda qabul qilgan yoki qilmoqchi bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Pankreatin saqlovchi tayyor dori vositalarini qabul qilinganda, folat kislotasini so‘rilishi kamayishi mumkin (folat kislotasini qonga tushishi) - shuning uchun folat kislotasini qo‘shimcha qabul qilish talab etilishi mumkin.
Akarboza va miglitol (ichga qabul qilish uchun diabetga qarshi preparatlar) Mezim® forte 10000 bilan bir vaqtda qabul qilinganida, ularning ta'sir etuvchi moddalarining gipoglikemik samarasi pasayishi mumkin.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik yoki emizish hollarida, shuningdek mumkin bo‘lgan yoki rejalashtirilayotgan homiladorlikda, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki dorixona xodimiga maslahat olish uchun murojaat qiling.
Mezim® forte 10000 ni homilador ayollarda qo‘llash yuzasidan yetarli tajriba yo‘q. Homiladorlik, homilani ona qornida rivojlanish, tug‘ruqlar va postnatal rivojlanishga oid hayvonlarda olingan eksperimental ma'lumotlar yetarli emas. Preparatni odamda qo‘llash uchun mumkin bo‘lgan xavf mavjudligi aniqlanmagan. Homiladorlik yoki emizish hollarida Mezim® forte 10000 ni, davolovchi shifokor bu mutloq zarur deb qaror qilgan hollardan tashqari holatlarda qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Mezim® forte 10000 transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki juda oz ta'sir qiladi.
Mezim® 10000 preparatida laktoza saqlanadi
Agar Sizda biron bir qand turlarini o‘zlashtiraolmaslik hollari bo‘lsa, Mezim® 10000 ni faqat shifokor maslahatidan keyin qabul qiling.
3. Mezim® forte 10000 ni qanday qabul qilish kerak
Bu preparatni doimo ushbu ilova-varaqada bayon qilingan ko‘rsatmalarga muvofiq yoki davolovchi shifokor yoki dorixona xodimining ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak. Agar Sizda gumon bo‘lsa, unda davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Dozalash
Tavsiya etiladigan doza
Ovqat qabul qilish vaqtida Mezim® forte 10000 ning 2-4 tabletkasi ( 20000-40000 TB Ph. Eur. lipazaga to‘g‘ri keladi).
Doza ovqat hazm bo‘lishining mavjud og‘irlik darajasiga muvofiq belgilanadi. Talab etiladigan doza ko‘rsatilganidan yuqori xam bo‘lishi mumkin. Dozani oshirish simptomlarning (masalan, steatoreya, me'dada og‘riq) yaqqolligini kamaytirish maqsadida va faqat shifokor nazorati ostida o‘tkaziladi.
Tana vaznining kilogrammiga 15000-20000 birlik lipazani tashkil qiluvchi fermentlarning kundalik dozasini oshirish mumkin emas. Fermentlarning dozasi yog‘larni yetarli so‘rilishi uchun zarur dozadan oshmasligi lozim, ayniqsa mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Bolalarda dozalash bo‘yicha qarorni shifokor qabul qiladi.
Qo‘llash usuli
Mezim® forte 10000 ni butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik (suv yoki sharbat) bilan, ovqat qabul qilish vaqtida yutish kerak. Tabletkalar butunligicha yutilishiga e'tibor bering, chunki Mezim® forte 10000 ning samaradorligi chaynalganda pasayadi, unda saqlanuvchi fermentlar esa ajralib chiqqanidan keyin og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkin. Shundan keyin ko‘p miqdorda suyuqlik (suv yoki sharbat) iching.
Davolash davomiyligi
Davolash davomiyligi cheklanmagan. Mezim® forte 10000 ni qo‘llanilishining davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq bo‘lib, shifokor tomonidan belgilanadi. Agar Siz o‘zingizni yaxshi yoki yomon his qilsangiz, davolovchi shifokorga xabar bering.
Agar Sizga Mezim® forte 10000 ning ta'siri juda kuchli yoki juda kuchsiz bo‘lib tuyulsa, davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Agar Siz Mezim® forte 10000 preparatini keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Shundan keyin ko‘p miqdorda suyuqlik iching va davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslaxatlashing. Pankreatinning juda katta dozalari, ayniqsa mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda, siydik kislotasini miqdorini qonda (giperurikemiya) va siydikda (giperurikozuriya) oshishiga olib kelishi mumkin.
Agar Siz Mezim® forte 10000 ni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikkilangandozani qabul qilmang, davolanishni esa, tavsiyalarga muvofiq davom ettiring.
Mezim® forte 10000 qabul qilishni to‘xtatish
Agar Siz Mezim® forte 10000 ni qabul qilishni vaqtidan oldin to‘xtatsangiz yoki davolashni to‘xtatsangiz, unda Sizda simptomlar yana qaytadan paydo bo‘lishi mumkin. Davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha xar qanday qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
Boshqa dorilar kabi, bu preparat xam, xamma patsiyentlarda bo‘lmasa ham, nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
E'tibor qaratish kerak bo‘lgan ahamiyatli nojo‘ya ta'sirlar yoki simptomlar, va ular paydo bo‘lganda ko‘rilishi kerak bo‘lgan choralar
Agar Sizda quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlardan birontasi paydo bo‘lsa, Mezim® forte 10000 ni qabul qilishni to‘xtating va iloji boricha, darhol shifokorga murojaat qiling. U keyingi davolashni o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Juda kam uchraydigan nojo‘ya ta'sirlar (10000 patsiyentdan 1 da kuzatilishi mumkin)
• Diareya, qorinda diskomfort, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish.
• Tez avj oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, masalan, teri toshmasi, eshakemi, aksirish, ko‘z yoshini oqishi, nafas yo‘llarini torayishi oqibatida xansirash (bronxospazm), nafasni tezlashishi.
• Ovqat hazm qilish yo‘llarida yuz beruvchi allergik reaktsiyalar.
• Yuqori dozalarda oshqozon osti bezidan olingan kukun qabul qilgan mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda, ingichka ichak/ko‘r ichak soxasini va yo‘g‘on ichakning yuqoriga ko‘tarilgan qismini torayish xollari ta'riflangan. Bu torayish potentsial ichak tutilishiga sabab bo‘lishi mumkin (2-bo‘lim “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang).
Noma'lum (bor bo‘lgan ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas)
• Mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda siydik bilan siydik kislotasini chiqarilishi oshishi mumkin, ayniqsa pankreatin yuqori dozalarda qabul qilinganida. Shuning uchun mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda, siydik toshlarini hosil bo‘lishi xavfini kamaytirish uchun, davolashni boshlashdan oldin siydikda siydik kislotasining miqdorini aniqlash tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari haqida xabarlar
Qandaydir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokor, dorixona xodimi yoki tibbiy hamshiraga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmaganlariga xam taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta'sir haqida “Berlin-Xemi AG” Kompaniyasining O‘zbekistondagi Vakolatxonasiga, Toshkent sh. 100015, Afrosiyob ko‘ch., 12 (biznes-markaz) manzili bo‘yicha xabar berishingiz mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlarxaqida xabar berib, Siz ushbu dori preparatining xavfsizligi xaqida ko‘proq ma'lumot to‘plashga yordam berasiz.
5. Mezim® forte 10000 ni qanday saqlash kerak
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu dori preparatini tashqi karton o‘ramida va etiketkasida “goden do” so‘zlardan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatish mumkin emas.
Yaroqlilik muddati
ning tugash sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hech qanday dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Sizga kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday utilizatsiya qilish kerakligi haqida dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6. O‘ram ichidagisi va qo‘shimcha ma'lumot
Mezim® forte 10000 preparatining tarkibi
Ta'sir etuvchi modda
Ichakda eruvchi bir tabletka cho‘chqa me'da osti bezidanolingan va quyidagi minimal faoliikka ega bo‘lgan 80,000-111,111 mg kukun saqlaydi
lipaza faolligi kamida 10000 TB(Ph. Eur bo‘yicha)
amilaza faolligi kamida 7500 TB(Ph. Eur bo‘yicha)
proteaza faolligikamida 375 TB(Ph. Eur bo‘yicha)
Yordamchi komponentlar
Yadrosi laktoza monogidrati; mikrokristall sellyuloza; suvsiz kolloid kremniy dioksidi; A tipi krospovidan; magniy stearati.
Plyonka qobig‘i 30% li metakril kislotasi-etilakrilatning sopolimeri (11 dispersiya); gipromelloza; trietiltsitrat; titan dioksidi (E171 bo‘yovchisi); talk; 30% li simetikon emulsiyasi (quruq massa); makrogol 6000; karmellozaning natriyli tuzi; polisorbat 80; azorubin laki (E122); natriy gidroksidi.
Mezim® forte 10000 preparati qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi
Mezim® forte 10000 deyarli yassi yuzali va chetlari kesilgan, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ular blisterga joylashgan va ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylangan.
Original o‘ramda 10, 20 yoki 50 tabletka.
Sotuvda hamma o‘lchamli o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin.
Berish tartibi
Ushbu dori vositasi retseptsiz beriladi.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Qayd etish guvohnomasining egasi
Berlin-Xemi AG
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi
Berlin-Xemi AG
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya
yoki
Menarini-Fon Geyden GmbX
Leyptsiger Shtrasse 7-13
01097 Drezden

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.