Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Omegast 10, mikropelletlar saqlovchi kaps. №14
Nomi | Narx | |||||
Омегаст 10, капсулы с микропеллетами №14 (THBA01AA##2 231) |
UZS 11 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Омепразол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
10 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Omegast 10
Ta'sir etuvchi modda (XPN) omeprazol
Dori shakli
Mikropelletlar saqlovchi kapsulalar
Tarkibi
faol modda omeprazol;
yordamchi moddalar shakar sharchalari (neytral mikrogranulalar), mannitol, natriy lauril sulfati, natriy kraxmal glikolyati, polivinilpirrolidon, gidroksipropilmetiltsellyuloza ftalati, gidroksipropilmetiltsellyuloza, talk, atsetillangan monoglitserid.
Ta'rifi to‘q-yashil/sariq rangli, oq yoki yorqin sariq sferik, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan mikrogranulalar (mikropelletlar) saqlovchi, №4 o‘lchamli qattiq jelatinli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Protivoyazvennoye sredstvo (proton nasosi ingibitori).
ATX kodi A02VS01
Farmakologik xususiyatlari
Omeprazol me'daning pariyetal xujayralarida N+/K+-ATF-faza fermentini (“proton nasosi”) ingibitsiya qiladi va natijada me'dada xlorid kislotasi sintezining yakuniy bosqichini bloklaydi. Bu ta'sirlovchining tabiatidan qat'iy nazar, bazal va rag‘batlantirilgan sekretsiya darajasini pasayishiga olib keladi.
Preparatni ichga bir marta qabul qilinganidan so‘ng birinchi soat ichida omeprazolning ta'siri boshlanib va 24 soat mobaynida davom etadi. Samarasining maksimumiga 2 soatdan keyin erishiladi. Preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin sekretor faollik 3-5 sutkadan keyin to‘liq tiklanadi.
Farmakokinetikasi
Me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, plazmadagi eng yuqori darajasiga 0,5-3,5 soat davomida erishiladi. Biokiraolishligi – 30-40% ni, jigar yetishmovchiligida deyarli 100% ni tashkil etadi. Yuqori lipofillikka ega bo‘lib, me'daning pariyetal xujayralariga oson kiradi. Plazma oqsillari bilan (albumin va kislotali alfa1-glikoprotein) bog‘lanishi – 90-95% ni tashkil etadi. Sog‘lom sub'ektlarda plazmadan yarim chiqarilish davri 0,5-1,5 soatni tashkil etadi.
Jigarda sitoxrom R450 (CYP) ferment tizimi ishtirokida deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi va 6 farmakologik nofaol metabolitlarini (gidroksiomeprazol, sulfid va sulfon hosilalari va boshqalarni) hosil qiladi. Metabolitlari ko‘rinishida buyrak orqali (70-80%) va safro bilan (20-30%) chiqariladi.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda biokiraolishligi ancha sezilarli darajada oshadi, T1/2 3 soatgacha uzayadi.
Keksa patsiyentlarda chiqarilish tezligi kamayadi, biokiraolishligi esa oshadi.
Qo‘llanilishi
Gastroezofageal reflyuksning jig‘ildon qaynashi, taxir kekirish kabi simptomlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan oldin qabul qilinadi.
Boshlang‘ich doza – kuniga 1 marta 20 mg (2 ta kapsula) ni tashkil etadi. Simptomlar yo‘qola boshlaganda, doza kuniga 10 mg gacha kamaytirilishi mumkin va simptomlar takroran paydo bo‘lgan hollarda yana kuniga 1 marta 20 mg gacha oshirilishi mumkin. Ehtimol, preparatni simptomlarni yengillashishiga erishish uchun preparatni 3-4 kun davomida qabul qilish talab etiladi.
Preparatning maksimal sutkalik dozasi 20 mg dan oshmasligi kerak.
Doimo juda past samarali doza ishlatilishi lozim. Maksimal davolash kursi – 14 kun. 14-kunlik davolash kurslari orasidagi interval shifokor maslahatisiz kamida 4 oyni tashkil etishi lozim.
Agar 2 hafta davomida simptomlarni yengillashishi kuzatilmasa yoki ular og‘irlashsa, davolovchi shifokorga murojaat qilish lozim.
Kapsulani butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Agar patsiyent Omegast 10 kapsulasini butunligicha yuta olmasa, kapsula ichidagi moddani suv yoki meva sharbatning oz miqdorida eritish mumkin (gazlangan ichimliklarda eritish mumkin emas). Preparatning olingan eritmasini tayyorlanishi bilanoq darhol ichish, qo‘shimcha ravishda Ѕ stakan suv ichiladi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Keksa yoshdagi patsiyentlar keksa yoshdagi shaxslarda omeprazolning metabolizmi jadalligi pasayishiga qaramay, preparatni sutkalik dozada 20 mg va undan kam dozada qo‘llanganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligi quyidagi gradatsiyalarga muvofiq bayon etilgan juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100, <1/10); tez-tez emas (>1/1000, <1/100); kam hollarda (>1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000).
Allergik reaktsiyalar tez-tez emas – eshakemi, terida toshma, terini qichishishi; kam hollarda – isitma, angionevrotik shish, anafilaktoid reaktsiyalar; juda kam hollarda – eozinofiliya.
Me'da-ichak yo‘llari, jigar tomonidan tez-tez - ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya yoki qabziyat, meteorizm; tez-tez emas – transaminazalar va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi; kam hollarda – og‘izni qurishi, stomatit, MIY kandidozi, gepatit (sariqlik bilan yoki usiz); juda kam hollarda – jigar yetishmovchiligi (o‘tmishda og‘ir jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda).
Nerv tizimi tomonidan tez-tez - bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – bosh aylanishi, paresteziyalar, uyquchanlik, uyqusizlik; kam hollarda – qo‘zg‘alish, ongni qaytuvchan chalkashishi, depressiya, ta'm bilishni buzilishi; juda kam hollarda – tajovuzkorlik, gallyutsinatsiyalar; og‘ir jigar kasalligi fonida – entsefalopatiya.
Teri qoplamalari tomonidan tez-tez emas – dermatit; kam hollarda – fotosensibilizatsiya, alopetsiya; juda kam hollarda – ko‘p shaklli ekssudativ eritema, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi (yuqori tana harorati va bo‘g‘imlarda og‘riqlar fonida terida va shilliq qavatlarda dog‘lar va pufakchalarni hosil bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi og‘ir ko‘p shaklli eritema).
Sezgi a'zolari tomonidan kam hollarda – ko‘rishni buzilishlari.
Tayanch-harakat apparati tomonidan kam hollarda – mialgiya, artralgiya; juda kam hollarda – mushaklar zaifligi.
Nafas tizimi tomonidan kam hollarda – bronxospazm.
Siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kam hollarda – interstitsial nefrit.
Qon yaratish a'zolari tomonidan kam hollarda– leykopeniya, trombotsitopeniya; juda kam hollarda – agranulotsitoz, pantsitopeniya.
Boshqalar tez-tez emas – periferik shishlar; kam hollarda – terlashni kuchayishi, giponatriyemiya; juda kam hollarda – gipomagniyemiya, ginekomastiya.
Ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda ketokonazolni so‘rilishi susayishi mumkin.
Omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda rN ni oshishi oqibatida digoksinning biokiraolishligi 10% ga oshadi.
Uzoq muddat qo‘llanganda omeprazol V12 vitaminini so‘rilishini susaytirishi mumkin.
Omeprazolni dalachoy preparatlari bilan, yaqqol klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirini nazarda tutib, bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Omeprazol va klaritromitsin bir vaqtda qo‘llanganda ularning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshadi.
Omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda atazanavirning “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni 75% ga pasayadi, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda varfarin, diazepam va fenitoinni, shuningdek imipramin, klomipramin, sitalopram, geksabarbital, disulfiramnin chiqarilishi sekinlashishi mumkin, chunki omeprazol jigarda CYP2C19 izofermenti ishtirokida biotransformatsiyaga uchraydi. Bu preparatlarning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin.
Omeprazolni kofein, propranolol, teofillin, metoprolol, lidokain, xinidin, eritromitsin, fenatsetin, estradiol, amoksitsillin, naproksen, piroksikam va antatsidlar bilan birga qo‘llanganda klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Omeprazol to‘satdan yuz beruvchi jig‘ildon qaynashida (haftada 2 martadan kam yuz beruvchi jig‘ildon qaynashi) qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma jarayoni borligini istisno qilish lozim, chunki omeprazol bilan davolash simptomatikani niqoblashi va to‘g‘ri tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.
Omeprazol me'da shirasining kislotali muhitini pasaytiradi, bu ovqat hazm qilish yo‘llari infektsiyalari xavfini biroz oshirishi mumkin.
Transport vositalarini boshqarish hamda diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'siri
Omeprazol bilan davolanish davrida bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rishni buzilishi yuz berishi mumkin, shuning uchun atotransportni haydashda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Ishlatilmagan preparatni yo‘q qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari.
Talab etilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan quyidagi holatlarda preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak
- ilgari diagnostika qilingan me'da yara kasalligi, jigar yetishmovchiligi, sariqlik bilan kechuvchi og‘ir jigar kasalligini mavjudligi, MIY da o‘tmishda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvi;
- xavotirli simptomlar tana vaznini ancha kamayishi, qayta-qayta qusish, qon aralash qusish (gematemezis), yutishni buzilishi, ahlat rangini o‘zgarishi (ichni qoramoysimon kelishi - melena);
- MIY tomonidan yangi simptomlarni paydo bo‘lishi yoki avvaldan bo‘lgan simptomlarni o‘zgarishi; ovqat hazm bo‘lishini buzilishi yuzasidan simptomatik davolashni o‘tkazilishi yoki 4 hafta yoki undan ortiq vaqt davomidagi jig‘ildon qaynashi; quyida keltirilgan preparatlardan biri yoki bir nechtasini atazanavir, klopidogrel, digoksin, erlotinib, ketokonazol, itrakonazol, varfarin, silostazol, diazepam, fenitoin, sakvinavir, takrolimus, klaritromitsin, vorikonazol, rifampitsin, teshik dalachoy preparatlarini bir vaqtda qo‘llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Shuningdek Omegast 10 preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Preparatni profilaktika maqsadida qo‘llamaslik kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Uchta perspektiv epidemiologik tadqiqotlarning natijalari (1000 dan ortiq kuzatuvlar), omeprazolni homilador ayollarda qo‘llanishi homiladorlikni kechishiga va homila/yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligini ko‘rsatgan. Shunday bo‘lsa-da, preparatni homiladorlik davrida qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.
Omeprazol ko‘krak sutiga o‘tadi. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani xal qilish kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qo‘rishni xiralashishi, bosh og‘rig‘i, terlashni kuchayishi, yuzni qizib ketishini kuchayishi, taxikardiya, aritmiya, uyquchanlik, ongni chalkashishi.
Davolash simptomatik; dializ kam samarali.
Chiqarilish shakli
«Omegast 10», mikropelletlar saqlagan kapsulalar 10 mg dan, №14.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"NOBEL PHARMSANOAT" MCHJ CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 "A"
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.