Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Serrata tab. 10mg №150
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Серратиопептидаза
Страна производитель
Индия
Дозировка
10 мг
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Serrata®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Serratiopeptidaza (serratiopeptidase).
Dori shakli
ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Har bir ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 10 mg serratiopeptidaza
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, yengil magniy karbonati, natriy kraxmalglikolyati (A turi), magniy stearati, Opadry-YS-1-7027 oq qobig‘i, Opadry –OY-P-7171 oqqobig‘i, izopropil spirti, dixlormetan, tozalangan suv.
Ta'rifi dumaloq shaklga ega, ikki tomoni qavariq, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan, oq rangdagi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
tayanch-harakat apparati patologiyasida ishlatiladigan vositalar. Fermentlar.
ATX kodi M09AV.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Serratiopeptidaza patogen bo‘lmagan ichak bakteriyasi Serratia E15 olingan bo‘lib, proteolitik ferment hisoblanadi. U fibrinolitik, yallig‘lanishga qarshi va shishga qarshi faollikka ega.
Yallig‘lanish jarayonini kamaytirishdan tashqari serratiopeptidaza, yallig‘langan to‘qimalardan og‘riq chaqiruvchi aminlarning ajralib chiqishini bloklashi hisobiga og‘riqni kuchsizlantiradi. Serratiopeptidaza qonning alfa-2-makroglobulini bilan 11 nisbatda bog‘lanadi, u uning antigenligini niqoblaydi, lekin uning fermentativ faolligini saqlab qoladi. So‘ngra yallig‘lanish joyida ekssudatga sekin o‘tadi va qonda uning darajasi asta-sekin kamayadi. Bradikinin, gistamin va serotoninning gidrolizi yordamida serratiopeptidaza bevosita kapillyarlar dilatatsiyasini kamaytiradi va ularning o‘tkazuvchanligini nazorat qiladi.
Serratiopeptidaza plazminning ingibitorlarini bloklaydi va shu bilan plazminning fibrinolitik faolligiga yordam beradi. Serratiopeptidaza shishni kamaytirishi va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilashi tufayli balg‘amning ajralishiga yordam beradi.
Farmakokinetika
Preparat me'da orqali o‘zgarmasdan o‘tadi va ichakda so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 1 soat mobaynida erishiladi. Serratiopeptidaza ozgina miqdorda siydikda aniqlanadi. Serratiopeptidazaingichka ichakdaso‘riladiva faol holatdagi ferment sifatida qonda aylanib yuradi.
Qo‘llanilishi
Yuqori nafas yo‘llarining kasalliklari (balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi, antibiotiklarni yaxshi so‘rilishiga yordam beradi);
Jarohatlar sport shikastlanishlari, paylarning cho‘zilishi va uzilishi, sinishlar va chiqishlar (shishlarni kamaytirish va jarohat joyida mikrotsirkulyatsiyani tiklash uchun);
Jarrohlikdankeyingi davr (infektsion asoratlarni va chandiqli bitishmalarni profilaktikasi yoki davolash uchun, shishni yo‘qotish uchun);
LOR-a'zolarining kasalliklari;
Dermatitog‘riq bilan birga kuzatilganda;
A'zolarning va hujayralarning transplantatsiyasida (transplantantni ko‘chishini oldini olish va transplantant ko‘chgan joylarda mikrotsirkulyatsiyani tiklash uchun).
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral qo‘llanadi
Preparat majmuaviy davolashda 10 mg dozada (1 tabletka) ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar sutkada 2- 3 marta buyuriladi.
Tabletkalarni chaynamasdan, 1 stakan suv bilan birga yutish kerak.
Maksimal 1 martalik doza – 10 mg.
Maksimal 1 sutkalik doza – 30 mg.
Davolash kursining davomiyligi 1-4 haftagacha,patologik jarayonning xarakteri va dinamikasiga bog‘liqholdabelgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastriyda diskomfort, diareya.
Juda kam hollarda burundan qon ketishi va qon aralash balg‘amni chiqishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Oshqozon yara kassaligi;
• Prepartga yuqori sezuvchanlik;
• Homiladorlik va emizish davrida;
• Bolalar va18 yoshgacha bo‘lgano‘smirlar;
Eslatma Qonning quyulish xususiyatlarida, jigar va buyrak tomonidan buzilishlari bo‘lgan bemorlar va antikoagulyantlar bilan davolanayotgan bemorlar serratiopeptidaza buyurilgan vaqtda vrach tomonidan sinchikovlik bilan nazorat qilinishlarilozim.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Serratiopeptidazani va karbamazepinni bir vaqtda qo‘llanilganda karbamazepinni qon zardobidagi kontsentratsiyasini, hamda karbamazepinni samarasini kamaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik davrida serratipeptidazani qo‘llash xavfli emasligini isbotlovchi odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar haqida ma'lumotlar yetarli emas. Bundan tashqari, hayvonlardao‘tkazilgan serratiopeptidazani homiladorlikka, embrional/homilaning rivojlanishiga, tug‘ruqqa va tug‘ilishdan keyingi rivojlanishga bo‘ladigan asoratlari haqida eksperimental tadqiqotlar yetarli emas. Serratiopeptidazani homiladorlik davrida faqat jiddiy ko‘rsatmalar bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Laktatsiya davrida qo‘llanilishi Emizish davrida davolashni qo‘llash. Serratiopeptidaza ko‘krak sutiga o‘tishi ma'lum emas. Laktatsiya davrida serratipeptidaza bilan davolangan bemor onalarning bolalarida nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan.
Dori vositasini avtotransport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish kobiliyatiga ta'siri .
Yetarlicha ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
.
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastriyda diskomfort, balg‘amda qon paydo bo‘lishi va qon ketishlari.
Davolash simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
• 10 tabletkadan stripda. 1 ta stripqo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda va 10 ta shunday karton o‘rami karton qutida №100(10x1x10).
• 30 tabletkadan stripda, 1 yoki 5 yoki 10 ta shunday striplar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida№30(1x30), №150(5x30), №300(10x30).
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin joyda, 250S dan yuqori bo‘lmaganharoratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
.
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
KUSUM HEALTHCARE PVT.LTD
Manzili.
SP-289(A), RIICO INDL.AREA,
CHOPANKI, BHIWADI (RAJ.) INDIA.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.