Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Trizim №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Панкреатин
Страна производитель
Узбекистан
Производитель
Nika Pharm (Узбекистан)
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Trizim®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Pankreatin
Dori shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Faol moddalar
Pankreatin -240 mg, bu kamida
- 5040 amilolitik TB F.I.P.
- 7200 lipolitik TB F.I.P
- 330 proteolitik TB F.I.P faolligiga mos keladi
Yordamchi moddalar natriy xloridi, aerosil, mikrokristallik sellyuloza, CL kollidoni, magniy stearati.
Qobiq tarkibi 30% poliakrilat dispersiyasi, talk, propilenglikol, titan dioksidi, karmuazin Ye122.
Ta'rifi Pushti rangli,ikki tomoni qavariq, o‘ziga xos biroz kuchsiz hidli,ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesilganda ikkita qavat ko‘rinadi.
Farmakoterapevtik guruhi
Ferment.
ATX kodi A09AA02
Farmakologik xususiyatlari
Ferment preparati. Preparatning tarkibiga kiruvchi pankreatik fermentlar (lipaza, amilaza va proteaza) yog‘lar, karbonsuvlar va oqsillarni hazm bo‘lishini yengillashtiradi, bu ularni ingichka ichakda to‘liq so‘rilishiga yordam beradi. Me'da osti bezi kasalliklarida preparat uning tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligini kompensatsiya qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Tabletkalar me'daning kislotali muhitida erimaydigan, hazm fermentlarini me'da shirasining rN ta'sirida parchalanishidan himoya qiladigan himoya qobig‘iga ega.
Preparatning farmakokinetikasi bo‘yicha tekshirishlari o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
Me'da osti bezining tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligi (surunkali pankreatit, mukovistsidoz va boshqalar). Me'da, ichak, jigar, o‘t pufagining surunkali yallig‘lanish - distrofik kasalliklari. Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, meteorizm, diareya (majmuaviy davolash tarkibida) bilan kechadigan, bu a'zolarni rezektsiyasi yoki nurlanishidan keyingi holat. Me'da-ichak yo‘llarining (MIY) faoliyati me'yorida bo‘lgan patsiyentlarda ovqatlanishda xatoliklari bo‘lgan hollarda, shuningdek chaynash faoliyatini buzilishlarida, uzoq muddatli majburiy immobilizatsiyada, kam harakatli turmush tarzida ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun qo‘llanadi.
Qorin bo‘shlig‘i a'zolarini rentgenologik va ultratovush tekshirishlariga tayyorlash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Doza me'da osti bezining faoliyatini yetishmovchiligining darajasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Preparat ichga, ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida, chaynamasdan, ko‘p miqdordagi, yaxshisi ishqoriy bo‘lmagan suyuqlik bilan (suv, meva sharbatlari) qabul qilinadi.
Kattalar 1-3 tabletkadan sutkada har ovqat qabul qilishda qabul qiladilar. Fermentning sutkalik dozasi tana vaznining kilogrammiga lipazaning 15000-20000 TB dan oshmasligi kerak.
Davolash davomiyligi bir necha kundan (parhezdagi xatoliklar oqibatidagi ovqat hazm bo‘lishini buzilishida) bir necha oy yoki xattoki bir necha yillargacha (doimiy o‘rinbosar davolash zarurati tug‘ilganida) davom etishi mumkin.
Bolalarga preparatni faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan beriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ayrim hollarda – diareya, qabziyat, me'dada diskomfort hissi, ko‘ngil aynishi.
Allergik reaktsiyalar alohida hollarda – teri ko‘rinishlari.
Moddalar almashinuvi tomonidan preparat katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida giperurikozuriya rivojlanishi mumkin, xaddan tashqari yuqori dozalarda - qon plazmasida siydik kislotasi darajasini oshishi. Bolalarda trizimni yuqori dozalarda qo‘llanganida anal atrofi teri sohasi ta'sirlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bilirubinning yuqori darajasi bilan kechuvchi jigarning og‘ir kasalliklari, ichak tutilishi, jigar komasi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Trizimni antitrombotik vositalar, K vitaminining antagonistlari va atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganda, bu preparatlarning samarasi pasayadi. Monoaminlarni neyronlararo qayta qamrab olinishini noselektiv ingibitorlarining samaradorligi ularni pankreatin bilan vaqtda qo‘llanganida pasayadi bunda xavfli tormozlanish yuz berishi mumkin. M-xolinoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida antixolinergik samara kuchayadi.
Preparat temirni so‘rilishini pasaytiradi (ayniqsa uzoq muddat qo‘llanganida).
Maxsus ko‘rsatmalar
Mukovistsidozda preparatning dozasi, iste'mol qilinayotgan ovqatning sifati va miqdorini hisobga olib, yog‘larning so‘rilishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar miqdoriga mos kelishi lozim.
Homilador ayollarda lipaza, amilaza va proteaza fermentlarini qo‘llashning xavfsizligi haqida klinik ma'lumotlar yo‘q. Shuning uchun homiladorlik yoki emizish vaqtida preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lganidagina buyurish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari yuqori dozalarda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinning pastki qismida qichishish, ichak tutilishi, giperurikemiya, urikozuriya, anal atrofida teri ta'sirlanishi; juda kam hollarda mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda fibrozlovchi kolonopatiya bo‘lishi mumkin.
Davolash preparatni qabul qilishni to‘xtatish, yetarlicha gidratatsiya va simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
1, 2, 3, 5 yoki 6 kontur uyali o‘ram 10 yoki 20 tabletkadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«NIKA PHARM» ShXJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sayram 7-tor ko‘chasi, 48-A uy.
www.nikapharm.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.