Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zim kapsulalar №30
Nomi | Narx | |||||
Зим капсулы №30 (Z03W01##1974) |
UZS 38 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диастаза, пепсин, диметикон
Страна производитель
Индия
Дозировка
60 мг/10 мг/50мг
Производитель
Mediwin Pharmaceuticals
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Zim®
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 60 mg zamburug‘ diastazasi; 10 mg pepsin; 50 mg dimetikon,
yordamchi moddalar izopropil spirti, dikaltsiyfosfat, kaltsiy karbonati, magniy stearati.
Ta'rifi oq kukun saqlovchi, “0” o‘lchamdagi jigarrang/jigarrang rangli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
ovqat hazm qilishni yaxshilovchi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ovqat hazm qiluvchi fermentlar organizmda ko‘p miqdorda joylashgan katalizatorlar molekulalaridir. Ovqat hazm qiluvchi fermentlar muhim ahamiyatga ega, chunki ularning yetishmovchiligi tez qarishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. O‘simliklardan olingan fermentlar bevosita me'da-ichak yo‘llari orqali ovqat hazm qilishga yordam beradi. Qo‘shimcha fermentlar ko‘p ovqat yegandan keyin qorinni dam bo‘lishi va kattalashishi hissini oldini olishga yordam beradi. Toksik ishlab chiqaruvchi axlatni tutib qolinishidan saqlanish uchun ovqatni me'da-ichak yo‘llaridan to‘siqsiz o‘tishi muhim ahamiyatga ega. Ovqat hazm qiluvchi fermentlar yuqori darajada eruvchan kletchatka bilan buning yuzasidan yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Zim kapsulalaridagi pankreatik fermentlar me'da kislotasida minimal darajada parchalanadi yoki faolsizlanadi. Zim kapsulalari rN 5,5 yuqori bo‘lgan tabiiy sharoitda fermentlarni ko‘p miqdorda ajratib chiqaradi. Me'da osti bezi fermentlari me'da-ichak yo‘llarida ahamiyatli darajada so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Zim kapsulalari quyidagilarni qo‘llanadi ovqat hazm qilishni buzilishlari, ishtahani yo‘qolishi, meteorizm, gipoproteinemiyalar, ovqatlanishdan keyin me'dani to‘lib ketish hissi, fermentativ yetishmovchilik, me'da-ichak yo‘llarida operatsiyadan keyin ovqat hazm qilishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1-2 kapsuladan kuniga 3 marta ovqatdan keyin yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyidagilar kuzatilishi mumkin diareya, og‘riq/spazmlar yoki ko‘ngil aynishi. Agar bu ko‘rinishlardan birontasi saqlanib qolsa yoki yomonlashsa darhol shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering. Agar shifokoringiz Sizga bu preparatni buyurgan bo‘lsa, yodda tuting, u Siz uchun foyda jiddiy nojo‘ya samaralardan yuqori ekanligini aniqlagan. Bu preparatni qabul qilib ko‘pchilik odamlarda jiddiy nojo‘ya samaralar kuzatilmaydi. Agar quyidagi ehtimoli kam, lekin jiddiy nojo‘ya samaralardan birontasi Sizda kuzatilsa, darhol shifokoringizga xabar bering me'da-ichak yo‘llarida kuchli diskomfort, tez-tez/og‘riqli siyish, bo‘g‘imlarda og‘riq. Bu preparatga juda jiddiy allergik reaktsiyalar kam hollarda uchraydi. Bu kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarning to‘liq ro‘yxati emas. Agar Siz yuqorida sanab o‘tilmagan boshqa samaralarni sezsangiz shifokor yoki farmatsevt bilan bog‘laning.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Zim quyidagi preparatlar bilan ishlatilishi mumkin emas, chunki juda jiddiy o‘zaro ta'sirlar kuzatilishi mumkin akarboz, miglitol. Agar Siz yuqorida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini ishlatayotgan bo‘lsangiz bu ovqat hazm qilish fermentini qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor yoki farmatsevtga xabar bering. Bu dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevtga Siz qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan barcha retsept bo‘yicha va retseptsiz/o‘simliklardan olingan preparatlar, xususan, temir preparatlari haqida xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar Sizda preparatga yoki cho‘chqa oqsiliga allergiya bo‘lsa; yoki Sizda har qanday boshqa allergik reatsiyalar bo‘lsa, preparatni qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering. Zim allergik reaktsiyalar yoki boshqa ko‘rinishlarning sababchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yordamchi moddalar saqlashi mumkin.
Homiladorlik vaqtida bu preparatni faqat zarur bo‘lgan hollardagina qo‘llash kerak. Shifokoringiz bilan xavf va foydani muxokama qiling. Bu dori vositasini ko‘krak sutiga kirishi noma'lum. Emizishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni boshqarganda va mexanizmlar bilan ishlaganda ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar dozani oshirib yuborilishi xavfi mavjud bo‘lsa, mahalliy toksikologik markaz yoki shoshilinch tibbiy yordam bilan bog‘laning.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan blisterda, 1 yoki 3 yoki 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Mediwin Pharmaceuticals., Hindiston
125/A, Phase I & II, G.I.D.C., Naroda
Ahmeddabad – 382 330, (India)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.