Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
ALOTENDIN tab 10mg/10mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амлодипин, бисопролол
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
10 мг/10 мг
Производитель
Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(patsiyentlar uchun ma'lumot)
Alotendin®
(bisoprolol/amlodipin)
tabletkalari
5 mg/5 mg, 5 mg/10 mg, 10 mg/5 mg, 10 mg/10 mg
Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumotlarni saqlaydi.
-Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish talab qilinishi mumkin.
-Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
-Bu dori vositasi Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. U, xatto agar ularda kasallikning aynan shunday simptomlari bo‘lsa ham, ularga zarar keltirishi mumkin,.
-Agar Sizda qandaydir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qiling (4-bo‘limga qarang).
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotlarni saqlaydi
1.Alotendin® preparati o‘zi nimava u nima uchun qo‘llanadi
2.Alotendin® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Alotendin® tabletkalarini qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
5.Alotendin® preparatini qanday saqlash kerak
6.
Yaroqlilik muddati
7.
Dorixonalardan berish tartibi
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar
1.Alotendin® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
Alotendin® preparati (bisoprolol/amlodipin) oshgan arterial bosimini (arterial gipertenziyani) va ayrim sabablar oqibatida yuz bergan kislorodni miokardga tashilishining surunkali yetishmovchiligini (surunkali stabil stenokardiya) davolash uchun, holati amlodipin va bisoprololni alohida tabletkalar ko‘rinishida, ammo xuddi o‘sha dozalarda bir vaqtda qo‘llanganda adekvat nazorat qilish mumkin bo‘lgan patsiyentlarda ishlatiladi.
2. Alotendin® tabletkalarini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
Alotendin® tabletkasini quyidagi holatlarda qabul qilmang
• Agar Sizda amlodipin, bisoprolol (faol moddalar), digidropiridin hosilalariga yoki Alotendin® tabletkasining 8-bo‘limda keltirilgan har qanday yordamchi moddalariga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
• Agar Sizda yurakning chap qorinchasidan qonni otilib chiqishiga jiddiy to‘siq (aortani og‘ir torayishi) bo‘lsa;
• Agar Sizda o‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki o‘tkir miokard infarktidan keyingi yurak mushaklarini qisqarish kuchini kuchaytirish uchun preparatlarni vena ichiga yuborilishini talab etuvchi yurak yetishmovchiligi bo‘lsa;
• Agar Sizda yurak faoliyatini buzilishi oqibatida shok yuz bergan bo‘lsa (bunday hollarda arterial bosimi juda past va qon aylanishi kollapsga moyil bo‘ladi);
• Agar Sizda yurak qisqarishlari soni juda kam yoki nomuntazam qisqarishlar bilan ifodalanuvchi yurak patologiyasi (2 yoki 3 darajali atrioventikulyar blokada, sinoatrial blokada, sinus tugunining kuchsizligi sindromi) bo‘lsa;
• Arterial bosimni yaqqol pasayishi hollarida (birinchi ko‘rsatgich turg‘un 100 mm sim. ust. dan past);
• Og‘ir bronxial astma yoki o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida;
• Periferik arteriyalarning jiddiy patologiyalarida;
• Sovuq ta'sirga uchragan qo‘l va oyoq barmoqlarini uvishishi, “guvillashi” va oqarishi bilan ifodalanuvchi Reyno sindromida;
• Buyrak usti bezlari mag‘iz qavatining kam uchraydigan o‘smasi namoyon qilgan davolanmagan feoxromotsitoma holida;
• Qonning rN kislotali tomonga o‘zgarganidagi metabolik o‘zgarishlarda;
Agar Siz, Sizda yuqorida keltirilgan holatlardan birontasi bor deb taxmin qilsangiz, o‘z shifokoringiz bilan Sizga bu preparatni qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida maslahatlashing.
Tibbiyotda qo‘llaganda ehtiyotkorlik choralari
Alotendin® preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin o‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Alotendin® tabletkalarini quyida ta'riflangan holatlarda alohida o‘ta ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak, shuning uchun agar Sizda quyida keltirilgan holatlardan birontasi bo‘lsa, Siz o‘z shifokoringizga albatta xabar bering
• Keksa yoshda bo‘lsangiz;
• Yurak yetishmovchiligi;
• Qonda qand darajasini katta o‘zgarishlari bilan kechuvchi qandli diabet;
• Qat'iy parhez;
• Parallel o‘tkaziladigan allergiyaga qarshi (desensibilizatsiyalovchi) davolash (masalan, allergik rinitni oldini olish maqsadida davolash);
• Yurakning o‘tkazuvchi tizimini ozgina buzilishlari (birinchi darajali AV-blokada);
• Koronar arteriyalarning perfuziyasini buzilishi (Printsmetal stenokardiyasi);
• Perfuziyani pasayishi bilan ifodalanuvchi qo‘l-oyoqlarning qon tomir kasalliklari;
• Psoriaz;
• Gipertireoz;
• Jigar va buyrak kasalliklari;
• Buyrak usti bezlari mag‘iz qavatining kam uchraydigan o‘smasi namoyon qilgan davolangan feoxromotsitomada;
• Bronxial astma yoki o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari hollari;
• Agar Sizga jarrohlik operatsiyasini o‘tkazish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, anesteziologni Alotendin® tabletkasini qabul qilayotganingiz to‘g‘risida ogohlantiring.
Yuqorida sanab o‘tilgan siljishlar bo‘lganida, Sizning shifokoringiz, Sizga, ehtimol alohida yordam kerakligini (masalan, qo‘shimcha farmakoterapiya) hal qiladi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Ushbu dori vositasini 18 yoshdan kichik bolalarda, patsiyentlarning ushbu yosh toifasida xavfsizlik va samaradorlik yuzasidan ma'lumotlarni yo‘qligi sababli qo‘llash mumkin emas.
Boshqa dori vositalari va Alotendin® preparati
Ushbu preparatning terapevtik va nojo‘ya samaralari, bir vaqtda qabul qilinayotgan boshqa preparatlarning samaralari ta'sirida o‘zgarishi mumkin.
O‘zaro ta'sirlar, xatto agar boshqa dori preparatlari qisqa vaqt davomida qabul qilinsa ham, o‘rin tutishi mumkin.
O‘z shifokoringizga yoki farmatsevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejelashtirayotgan har qanday dori vositalar, shu jumladan retseptsiz beriladigan vositalar to‘g‘risida xam xabar bering.
Quyidagi preparatlarni Alotendin® tabletkalari bilan birga buyurish tavsiya qilinmaydi
Verapamil va diltiazem tipidagi kaltsiy kanallarining blokatorlari bu preparatlar yuqori arterial bosimni va surunkali stabil stenokardiyani davolash uchun ishlatiladi.
Markaziy ta'sirga ega gipotenziv vositalari (masalan, klonidin, metildopa, moksonodin, rilmenidin) bu preparatlarni qabul qilishni shifokor bilan maslahatlashishdan oldin to‘xtatmang.
Quyidagi preparatlar Alotendin® tabletkalari bilan birga faqat ayrim holatlarda, ehtiyotkorlik bilan va tibbiy kuzatuv imkoniyati bo‘lgan sharoitda buyurilishi mumkin
Yurak ritmiga ta'sir qiluvchi ayrim preparatlar (xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon, amiodaron). Bu preparatlar aritmiyalarni va yurak ritmining boshqa buzilishlarini davolash uchun ishlatiladi.
Beta-blokatorlarning topik dori shakllari (masalan, glaukomani davolashdagi ko‘z tomchilari).
Parasimpatomimetiklar. Bu preparatlar me'da, ingichka ichak, qovuq kasalliklarida, silliq mushaklarning faoliyatini kuchaytirish uchun, shuningdek glaukomada ishlatiladi.
Insulin va peroral diabetga qarshi vositalar.
Uxlatuvchi va og‘riq qoldiruvchi vositalar.
Yurak glikozidlari (angishvonagul preparatlari), yurak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQV). Bu preparatlar bo‘g‘imlarning yallig‘lanishida, og‘riqlarda yoki artritni davolash uchun buyurilishi mumkin.
Simpatomimetiklar (masalan, izoprenalin, dobutamin, noradrenalin, adrenalin). Bu preparatlar shoshilinch vaziyatlarda qon aylanishining jiddiy buzilishlarini davolash uchun ishlatiladi.
Terapevtik yoki nojo‘ya samaralarni hisobiga arterial bosimni pasayishini chaqiradigan har qanday preparatlar (masalan, antigipertenziv preparatlar, tritsiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar).
Sizning davolovchi shifokoringiz Alotendin® tabletkalari bilan quyidagi preparatlarni birga buyurish masalasini hal qilish kerak
Meflokin, bezgakni oldini olish yoki davolash uchun qo‘llanadigan vosita.
Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari (MAO-V ingibitorlaridan tashqari) depressiyani davolash uchun ishlatiladigan vosita.
Amlodipin yoki bisoprololning metabolizmiga ta'sir etuvchi preparatlar (masalan rifampitsin, ketokonazol, itrakonazol, eritromitsin, ritonavir va teshik dalachoy).
Ergotamin hosilalari (ginekologik qon ketishlarini davolash uchun preparatlar)
Alotendin® tabletkalarini oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish
Alkogol ushbu preparatning gipotenziv samarasini (arterial bosimni pasaytiruvchi samarasini) potentsiyalashi mumkin. Tabletkalarni ovqat hazm qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Fertillik, homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizayotgan bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki bola tug‘ishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu haqida bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
Homiladorlik
Homilador ayollarda preparatni qo‘llashni yetarli klinik tajribasini yo‘qligini hisobga olib, u faqat xavf/foyda nisbati davolovchi shifokor tomonidan sinchiklab shaxsiy ravishda ko‘rib chiqilgandan keyin buyurilishi mumkin, shuning uchun o‘z shifokoringizni homiladorlik bo‘lishi mumkinligi yoki uni rejalashtirilayotgani to‘g‘risida ogohlantirishni esdan chiqarmang.
Homiladorlik vaqtida preparat buyurilgan hollarda, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqning holatini sinchkov monitoringi talab qilinishi mumkin.
Emizish davri
Muvofiq klinik tajribaning yo‘qligini hisobga olib, bu preparatni emizikli onalarda ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, har qanday preparatni qabul qilishdan oldin O‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Alotendin® tabletkalari, ayniqsa davolanishni boshlaganingizda yoki Sizda davolash sxemasi o‘zgartirilganida, shuningdek alkogol iste'mol qilingan hollarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, toliqish yoki ko‘ngil aynishini chaqirib, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin - shu sababli shifokor har bir alohida holda preparatning qanday dozasida Siz transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishingiz mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Bu preparatni shifokorning ko‘rsatmasiga qat'iy amal qilgan holda qabul qilish kerak. Agar Sizda savollar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling.
Dozalash tartibi
Odatda tavsiya etilgan doza – ma'lum dozadagi bir tabletkani tashkil qiladi.
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi
Odatda jigar va buyrakning yengil va o‘rtacha funktsional yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritishga ehtiyoj yo‘q.
Jigar va buyrak faoliyatini jiddiy buzilishida dozalash o‘zgartirilishi mumkin.
Keksa patsiyentlar
Keksa patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, biroq doza oshirilganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Alotendin® tabletkalarini bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu preparatni ushbu toifa patsiyentlarida xavfsizligi va samaradorligi tasdiqlanmagan.
Qo‘llash usuli
Alotendin® tabletkalarini, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan, ertalab qabul qilgan ma'qulroq.
Tabletkaning riskasi faqat tabletkani qabul qilish qulay bo‘lishi uchun mo‘ljallangan, agar Sizga uni butunligicha qabul qilish qiyin bo‘lsa, riska tabletkani sindirishga yordam beradi.
Agar Siz Alotendin® tabletkalarining terapevtik samarasi haddan ziyod yoki yetarli emas deb taxmin qilsangiz, o‘z shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Agar Siz Alotendin® tabletkalarining keragidan ortiq miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Alotendin® tabletkalarining keragidan ortiq miqdorini qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokor bilan maslahatlashing.
Agar Siz Alotendin® tabletkalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Iloji boricha tezroq preparatni o‘tkazib yuborilgan dozasini qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani kompensatsiya qilish maqsadida ikki barobar dozani qabul qilmang, chunki Siz shunday qilib kompensatsiyaga erishmaysiz, ammo dozani oshirib yuborish xavfini oshirishingiz mumkin.
Agar Siz Alotendin® ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Dori preparatini qabul qilishni to‘satdan to‘xtatmang, o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashmasdan tavsiya qilingan dozani o‘zgartirmang, chunki u yurak yetishmovchiligining kechishini vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Davolash keskin to‘xtatilmasligi kerak, bu ayniksa yurakning toj arteriyalarini kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga taalluqlidir. Agar davolanishni to‘xtatish talab qilinsa, dozani sekin asta kamaytirish kerak.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, o‘z davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat xam noxush samaralarni chaqirishi mumkin, biroq ular har kimda xam namoyon bo‘lavermaydi.
Quyidagi nojo‘ya samaralardan birontasi yuz bergan hollarda, o‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari (10 patsiyentdan 1 nafaridan kamida uchraydi) bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik (ayniqsa davolanishni boshida), yurakni urib ketishi, qizib ketishlar, qorinda og‘riqlar, to‘piqlarni shishi, shishlar, charchoqlik, oyoq-qo‘llarda uvishish va karaxtlanish xissi, me'da-ichak buzilishlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat.
Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya samaralari (100 patsiyentdan ko‘pi bilan 1 nafarida uchraydi) uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgarishi (shu jumladan havotirli holatlar), depressiya, qisqa muddatli hushni yo‘qotish (sinkopa), gipesteziya, paresteziyalar, ta'mni o‘zgarishi, tremor, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan diplopiya), quloqlarni jaranglashi, arterial bosimni pasayishi (arterial gipotenziya), hansirash, tumov, me'da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilishi (shu jumladan diareya va qabziyat), dispepsiya, og‘izni qurishi, allopetsiya (sochlarni to‘kilishi), teri va shilliq qavatlarga mayda qon quyilishlari (purpura), teri rangini o‘zgarishi, ko‘p terlash, qichishish, terida toshmalar, ekzantema, artralgiya (bo‘g‘imlarda og‘riq), mialgiya (mushaklarda og‘riq), mushaklarni tirishishi, belda og‘riq, siyishni tezlashishi, siyishni buzilishi, nikturiya (tungi siyishlar), impotentsiya, erkaklarda sut bezlarini kattalashishi, ko‘krakda og‘riq, asteniya, kayfiyatni yomonlashishi, tana vaznini oshishi yoki kamayishi, uyquni buzilishi, yurak o‘tkazuvchanlikni buzilishi, mavjud bo‘lgan yurak yetishmovchiligini yomonlashishi, yurak qisqarishlarini sekinlashishi (minutiga 50 zarbadan kam), past arterial bosim, anamnezda bronxial astmasi yoki o‘pkaning obstruktiv kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm, mushak zaifligi, xoldan toyish*
*Asosan bunday simptomlar davolashning boshida kuzatiladi va odatda og‘ir bo‘lmay, 1-2 haftadan keyin o‘tib ketadi.
Kam uchraydigan nojo‘ya samaralari (1000 patsiyentdan ko‘pi bilan 1 nafarida uchraydi) ongni chalkashishi, qonda triglitseridlarning kontsentratsiyasini oshishi, dahshatli tush ko‘rishlar, gallyutsinatsiyalar (aniqlanadigan ta'sirlovchilar bo‘lmaganida hatto qabul qilishlar real xislarga o‘xshash va odamga real bo‘lib tuyuladi), ko‘z yoshi suyuqligining sekretsiyasini kamayishi (agarda Siz kontakt linzalarni taqsangiz buni hisobga olishingiz kerak), eshitishni buzilishi, allergik rinit, gepatit, qichishish, qizib ketishlar, toshma kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jigar fermentlari darajasini oshishi.
Juda kam uchraydigan nojo‘ya samaralari (10000 ko‘pi bilan 1 nafarida uchraydi) oq qon tanachalari va qon plastinkalari sonini kamayishi, allergik reaktsiyalar, qonda qand darajasini oshishi, gipertoniya, periferik nevropatiya, yurak xuruji (miokard infarkti), yurak ritmini buzilishi, uncha katta bo‘lmagan qon tomirlarini o‘choqli yallig‘lanishi (vaskulit), yo‘tal, gastrit, milklarning giperplaziyasi, pankreatit, sariqlik, angionevrotik shish (o‘tkir paydo bo‘ladigan teri va shilliq qavatini shishi, ko‘pincha qovoqlarda, lablarda, bo‘g‘imlar sohasida, genitaliyda, tovush teshigida, tomoq va tilda paydo bo‘ladi), teri va shilliq qavatini og‘ir yallig‘lanishi (eksfoliativ dermatit), terida yoki og‘iz bo‘shlig‘i, genitaliy va anal sohasining shilliq qavatida isitma, tomoqda og‘riq va toliqish hissi bilan kechuvchi g‘o‘ddalar (Stivens-Djonson sindromi), yorug‘likka sezuvchanlik, kon'yunktivit; bisoprolol (preparatning faol ingrediyenti) bilan ta'sir mexanizmi o‘xshash bo‘lgan preparatlar psoriaz chaqirishi yoki uning kechishini yomonlashtirishi mumkin yoxud terining psoriazsimon o‘zgarishini paydo bo‘lishini sababchisi bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya samaralar to‘g‘risida xabar berish
Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan samaralar aniqlanganda, iltimos shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qilinsin.
Siz dori vositalarning nojo‘ya samaralarini qayd etishning milliy tizimi orqali har qanday nojo‘ya samaralar haqida xabar berishingiz mumkin. Sizning xabarlaringiz tufayli, bu dorining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma'lumot olishingiz mumkin.

30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Agar ko‘rinarli shikastlanishlarni aniqlasangiz (masalan, rangsizlanish) bu preparatni qabul qilmang.
6. Saqlash muddati
Yaroqlilik muddati
o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qabul qilmang.
Yaroqlilik muddati
ning tugash sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi. Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqava suvlarga tashlab yubormaslik kerak. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindiga tashlab yuborish kerak bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitning ifloslanishini bartaraf qilishiga yordam beradi.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.

Alotendin® tabletkasi nima saqlaydi
Ta'sir etuvchi moddalar
Alotendin® tabletkalari 5 mg/5 mg
5 mg bisoprolol fumarati, 5 mg amlodipin (6,95 mg amlodipin besilati ko‘rinishida)
Alotendin® tabletkalari 5 mg/10 mg
5 mg bisoprolol fumarati va 10 mg amlodipin (13,90 mg amlodipin besilati ko‘rinishida)
Alotendin® tabletkalari 10 mg/5 mg
10 mg bisoprolol fumarati va 5 mg amlodipin (6,95 mg amlodipin besilati ko‘rinishida)
Alotendin® tabletkalari 10 mg/10 mg
10 mg bisoprolol fumarati va 10 mg amlodipin (13,90 mg amlodipin besilati ko‘rinishida).
Yordamchi moddalar
mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmalglikolyati (A turi), magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.
Alotendin® tabletkalari preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ramida nima saqlaydi
Tashqi ko‘rinishi
Alotendin® tabletkalari 5/5 mg
Oq yoki deyarli oq, uzunchoq, ikki yoqlama biroz qavariq, hidsiz tabletkalar, tabletkaning bir tomonida riskasi* va boshqa tomonida MS gravirovkasi bor.
Alotendin® tabletkalari 5/10 mg
Oq yoki deyarli oq, dumaloq, yassi faskali, hidsiz tabletkalar, tabletkaning bir tomonida riskasi* va boshqa tomonida MS gravirovkasi bor.
Alotendin® tabletkalari 10/5 mg
Oq yoki deyarli oq, oval, ikki yoqlama biroz qavariq, hidsiz tabletkalar, tabletkaning bir tomonida riskasi* va boshqa tomonida MS gravirovkasi bor.
Alotendin® tabletkalari 10/10 mg
Oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama biroz qavariq, hidsiz tabletkalar, tabletkaning bir tomonida riskasi* va boshqa tomonida MS gravirovkasi bor.
* riska faqat tabletkani qabul qilish qulay bo‘lishi uchun mo‘ljallangan.
O‘rami
Preparat blisterlarga o‘ramlangan, bir blisterda 7 yoki 10 tabletkadan.
4x7 (28 tabletka), 8x7 (56 tabletka), yoki 9x10 (90 tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
MARKETING LITSENZIYASINING EGASI VA ISHLAB CHIQARUVCHI
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YOAJ
1106 Budapesht, Keresturi ko‘ch., 30-38,
VENGRIYA
Ishlab chiqarish maydoni
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YOAJ
1165 Budapesht, Byokenfyoldi ko‘ch., 118-120,

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.