Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dibazol in'ektsiya uchun eritma 1% 2ml №10 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бендазол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
1% 2 мл
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Dibazol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) bendazol gidroxloridi
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faolmodda bendazol gidroxloridi - 10 mg
yordamchi moddalar etil spirti 96% 0,1 ml, glitserin 0,1 ml, xlorid kislota 0,01 ml, in'ektsiya uchun suv – 1 ml
Ta'rifi tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Spazmolitik va gipotenziv vosita.
ATX kodi S04AX.
Farmakologik xususiyatlari
Vazodilatatsiyalovchi va spazmolitik vosita. Gipotenziv, qon tomirlarni kengaytiruvchi ta'sirga ega, orqa miya faoliyatini rag‘batlantiradi, o‘rtacha darajali immun rag‘batlantiruvchi faollikka ega.
Qon tomirlari va ichki a'zolarning silliq mushaklariga bevosita spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Preparat uzoq bo‘lmagan (2-3 soat) va o‘rtacha darajada gipotenziv samara chaqiradi, yaxshi o‘zlashtiriladi. Bosh miyada mahalliy qon aylanishini buzilishi (tserebral arteriyalarning sklerozi) sababli bosh miya gipoksiyada, bosh miya tomirlarini uzoq muddatli bo‘lmagan kengayishini chaqiradi. Orqa miyada sinaptik uzatishni yengillashtiradi. Immunmodullovchi faollikka ega. Immun hujayralarda sGMF va sAMF kontsentratsiyalari nisbatini boshqarishi orqali sGMF miqdorini oshiradi, bu yetilgan sensibilizatsiyalangan T- va V-limfotsitlar proliferatsiyasiga, ular tomonidan o‘zaro boshqarish, kooperativ reaktsiya omillarini sekretsiyasi va xujayraning so‘ngi effektor faoliyatini faollashuviga olib keladi. Preparat antitelolar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, leykotsitlar, makrofaglarning fagotsitar faolligini kuchaytiradi, interferon sintezini yaxshilaydi, biroq immunmodullovchi samarasi sekin rivojlanadi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganida preparat qon aylanish tizimiga tez kiradi. Qonda maksimal kontsentratsiyasi yuborilganidan keyin 15-30 minut o‘tgach kuzatiladi. Ta'sir qilish davomiyligi – 2-3 soat. Jigarda metabolizmga uchraydi.
Dibazolning biotransformatsiyasini mahsulotlari bo‘lib dibazolning imidazol halqasining imin guruhini metillizatsiyasi va karboetoksilizatsiyasi natijasida hosil bo‘ladigan ikkita kon'yugat hisoblanadi 1-metil-2benzilbenzimidazol va 1-karboetoksi-2-benzilbenzimidazol.
Metabolizm mahsulotlari asosan siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qon tomirlari (gipertoniya kasalligini zo‘rayishlari, gipertonik krizlar) va ichki a'zolarning silliq mushaklarining (me'da pilorusi, ichak spazmlari) spazmlarida; nerv kasalliklarini (asosan poliomiyelit, yuz nervining periferik falaji, polinevritning qoldiq ko‘rinishlari) davolashda qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga dibazol vena ichiga, mushak ichiga yoki teri ostiga buyuriladi. Gipertonik krizlarni bartaraf qilish uchun 3-5 ml 1 % li eritma (30-50 mg) vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Arterial bosimni xaddan tashqari oshishida 1% li preparatni 2-3 ml (20-30 mg) dan sutkada 2-3 marta mushak ichiga yuborish kerak. Davolash kursi shaxsiy ravishda belgilanadi, o‘rtacha 8-14 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i;
Yurak-tomir tizimi tomonidan yurak urishini his qilish, yurak sohasida og‘riq, uzoq muddat qo‘llanganida – yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini kamayishi sababli EKG ko‘rsatkichlarini yomonlashishi; arterial bosimni pasayishi;
Nafas tizimi tomonidan quruq yo‘tal, burun bitishi, nafas olishni qiyinlashishi;
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, tomoqda achishish;
Immun tizimi tomonidan qichishish, giperemiya, toshmalar, eshakemi;
Umumiy buzilishlar issiqlik hissi, ko‘p terlash, yuzni qizarishi.
Yuborish joyidagi reaktsiyalar mahalliy og‘riq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Mushak tonusini pasayishi, tirishish sindromi, og‘ir yurak yetishmovchiligi bilan kechadigan kasalliklar. Gipotenziya. Shishlar va buyrakning azot chiqaruvchi faoliyatini buzilishi bilan kechadigan surunkali nefrit. Qon ketishi bilan kechadigan me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi. Qandli diabet. Homiladorlik va laktatsiya davri. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz boshqa har qanday dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, preparatni qo‘llash mumkinligi haqida albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Papaverin gidroxloridi, teobromin, salsolin – dibazol bilan majmuaviy qo‘llashda papaverin gidroxloridi, teobromin, salsolinning farmakologik ta'sirining doirasi kengayadi.
Barbituratlar - dibazol bilan majmuaviy qo‘llashda uzoq ta'sir qiluvchi barbituratlar, xususan fenobarbitalning samaradorligi kuchayadi.
Fentolamin, gipotenziv preparatlar (renin-angiotenzin tizimiga ta'sir qiluvchi vositalar va boshqalar), saluretiklar - dibazol bilan majmuaviy qo‘llashda gipotenziv samarasi kuchayadi.
β-blokatorlar - dibazol bilan majmuaviy qo‘llashda gipotenziv samarasi o‘zgarmaydi, ammo uzoq muddat qo‘llashda dibazol β-blokatorlar chaqiradigan umumiy periferik qarshilikni oshishini oldini oladi.
Nomutanosiblik. Dibazol salitsilatlar va benzoatlar bilan nomutanosib, chunki dibazol salitsilati yoki benzoati cho‘kmaga tushadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing!
In'ektsiya shaklidagi dibazol, boshqa gipotenziv vositalarga yuqori sezuvchanlikda, arterial gipertenziyada qo‘llanadigan yordamchi vosita hisoblanadi. Arterial gipertenziyani davolashda boshqa gipotenziv vositalar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinadi.
Keksa yoshdagi bemorlarda dibazolni EKG ko‘rsatkichlarini yomonlashishi, yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini kamayishi mumkinligi tufayli, antigipertenziv vosita sifatida uzoq muddat qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda arterial gipertenziyani uzoq muddatli davolash uchun qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanmasin.
Bolalar. Preparat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, bosh aylanishi paydo bo‘lgan holda esa diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari gipotenziya, terlash, issiqlik hissi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, preparatni bekor qilishda tez o‘tib ketadigan yengil bosh og‘rig‘i.
Davolash. Preparatni bekor qilish. Yaqqol gipotenziyada AB nazorati ostida transfuzion davolash, tomirlarni toraytiruvchi vositalar, yurak glikozidlari buyuriladi. Keyingi davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 1 ml, 2 ml yoki 5 ml dan ampulalarda. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi, 1 uy. Tel (0369) 224-67-22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.