Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Diroton 20mg №28
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лизиноприл
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
20 мг
Производитель
Гедеон Рихтер, ОАО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Diroton®
Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN) lizinopril/gidroxlorotiazid
(lisinopril/hydrochlorothiazide)
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
20 mg+12,5 mg li tabletkalar
Har bir tabletka saqlaydi
Faol moddalar lizinopril- 20 mg (10,89 mg lizinopril digidrati ko‘rinishida) va gidroxlorotiazid - 12,5 mg.
Yordamchi moddalar mannitol (E 421), indigotin laki (E 132), qayta jelatinlangan kraxmal, makkajo‘xori kraxmali, kaltsiy gidrofosfat digidrati, qisman qayta jelatinlangan kraxmal, magniy stearati.
20 mg+12,5 mg li tabletkalar
Har bir tabletka saqlaydi
Faol moddalar lizinopril- 20 mg (21,77 mg lizinopril digidrati ko‘rinishida) va gidroxlorotiazid - 12,5 mg.
Yordamchi moddalar mannitol (E 421), indigotin laki (E 132), temir (II) oksidi (E 172), qayta jelatinlangan kraxmal, makkajo‘xori kraxmali, kaltsiy gidrofosfat digidrati, qisman qayta jelatinlangan kraxmal, magniy stearati.
Ta'rifi
10 mg+12,5 mg li tabletkalar dumaloq, ikki tomonlama yassi, olingan faskali, biroz to‘qroq rangli dog‘lari bo‘lgan och moviy rangli tabletkalar. Bir tomonida – “S 43” gravirovkasi bilan.
20 mg +12,5 mg li tabletkalar dumaloq, ikki tomonlama yassi, olingan faskali, biroz to‘qroq rangli dog‘lari bo‘lgan och yashil rangli tabletkalar. Bir tomonida – “S 44” gravirovkasi bilan.
Farmakoterapevtik guruhi
AAF ingibitori va diuretik.
ATX kodi S09VA03.
Farmakologik xususiyatlari
Diroton lizinopril – angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitori, va gidroxlorotiazid- tiazid diuretik saqlovchi majmuaviy preparatdir. Komponetlar bir-birining ta'sirini to‘ldirib, antigipertenziv samarasini kuchaytiradi.
Lizinopril peptidildipeptidaza ingibitori hisoblanadi. Lizinopril angiotenzin I ni vazokonstriktor peptid, angiotenzin II ga aylanishini katalizlovchi – angiotenzinga -aylantiruvchi ferment (AAF) ni ingibirlaydi. Angiotenzin II shuningdek aldosteronni buyrak osti bezining po‘stloq qavatidan chiqarilishini rag‘batlantiradi.
AAF ni susaytirilishi angitenzin II ning kontsentratsiyasini pasayishiga olib keladi, bu tomirlarni toraytiruvchi faolligi va aldosteron sekretsiyasini kamayishiga olib keladi. Aldosteron miqdorini kamayishi qon plazmasida kaliy miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin.
Lizinoprilning asosiy antigipertenziv ta'sir mexanizmi, renin-angitenzin-algosteron tizimini susaytirilishi ekanligiga qaramasdan, lizinopril renin miqdori past arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda ham samara ko‘rsatadi. AAF bradikininni parchalanishini katalizlovchi kinikaza II - fermenti bilan o‘xshash. Kuchli vazodilatator peptid bradikinin darajasini oshishi, lizinoprilning terapevtik samarasiga hissa qo‘shishi yoki qo‘shmasligi noaniqligicha qolmoqda.
Gidroxlorotiazid diuretik va gipotenziv vositadir. Gidroxlorotiazid elektrolitlarni buyrakning distal naychalari orqali qayta so‘rilishi mexanizmga ta'sir qiladi va natriy va xlor ionlarini chiqarilishini taxminan bir xil miqdorda oshiradi.
Natriyurez kaliy ionlari va bikarbonatlarni xam biroz yo‘qotilishi bilan kechishi mumkin.
Tiazidlarning antigipertenziv ta'sir mexanizmi oxirigacha o‘rganilmagan. Tiazidlar odatda normal arterial bosimga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Lizinopril va gidroxlorotiazidni birgalikda qo‘llanilishi ikkala dori vositasining biokiraolishligiga biroz ta'sir ko‘rsatadi yoki ta'sir ko‘rsatmaydi. Ikkala komponentni bir tabletkada qabul qilinishida ularning o‘rtasida hech qanday klinik ahamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta'sirlar bo‘lmagan.
Lizonopril
So‘rilishi
Lizonopril ichga qabul qilinganidan keyin qon zardobidagi kontsentratsiyasining cho‘qqisiga 7 soat davomida erishiladi. Buyraklar ekskretsiyasiga asosan, lizinoprilni so‘rilishining o‘rtacha darajasi, turli dozalar diapazonida (5-80 mg) shaxsiy ko‘rsatkichlar orasidagi ahamiyatli 6-60% o‘zgaruvchanlikda taxminan 25% ni tashkil qiladi.
Mutloq biokiraolishligi surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda 16% ga kamayadi. Ovqat qabul qilish lizinoprilni so‘rilishiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi
Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) bilan bog‘lanishdan tashqari, lizinopril qon zardobining boshqa oksillari bilan bog‘lanmaydi. Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, lizinopril gematoentsefalik to‘siq orqali deyarli o‘tmasligini ko‘rsatdi.
Chiqarilishi
Lizinopril metabolizmga uchramaydi va buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Ko‘p marta qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri 12,6 soatni tashkil qiladi. Lizinoprilning klirensi sog‘lom ko‘ngillilarda taxminan 50 ml/min ga teng. Lizinoprilning zardob kontsentratsiyasini pasayishi faol moddaning akkumulyatsiyasiga ta'sir qilmaydigan terminal prolongatsiya fazasini ko‘rsatadi. Ushbu terminal faza AAF bilan to‘yingan bog‘liqligini va doza bidan proportsional emasligini namoyon qiladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi
Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan lizinoprilning yuqori ekspozitsiyasi (“kontsentratsiya–vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydonni (AUS) o‘rtacha 125% ga oshishi) kuzatilgan, lekin lizinoprilning buyrak ekskretsiyasiga asoslanib, so‘rilishi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan taxminan 16% ga pasayishi haqida xulosa qilish mumkin.
Keksalar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda, yoshroq patsiyentlarga nisbatan qon plazmasida lizinoprilning kontsentratsiyasi yuqoriroq ekaligi, va shu jumladan AUS (taxminan 60% ga) oshganligi kuzatilgan.
Buyraklar faoliyatini buzilishi
Buyraklar faoliyatini buzilishida lizinoprilni chiqarilishi pasayadi (lizinoprilni chiqarilishi buyraklar orqali bo‘lganligi sababli), lekin bu faqat agar kalava filtratsiyasining darajasi minutiga 30 ml dan kamni tashkil qilsagina ahamiyatga egadir. Yengil va o‘rta buyrak yetishmovchiligiga (kreatinin klirensi (KK)≥30-<80 ml/min) AUS ning o‘rtacha ko‘rsatkichi faqat 13% ga oshadi, og‘ir buyrak yetishmovchiligida esa, AUS ning o‘rtacha ko‘rsatkichi 4,5 barobarga oshganligi kuzatilgan (KK≥5<30 ml/min). Lizinopril organizmdan gamodializ yordamida chiqarilishi mumkin. Dializli klirensi minutiga 40 dan 55 ml gacha bo‘lgan 4 soatlik gemodializ muolajasi davomida lizinoprilning qon zardobidagi kontsentratsiyasi o‘rtacha 60% ga pasayadi.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishi lizinoprilni so‘rilishini (buyraklar orqali chiqarilishiga asoslanib, taxminan 30% ga) pasayishiga olib kelgan, lekin sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan klirens pasayishi natijasida ekspozitsiyani (taxminan 50% ga) oshishi kuzatilgan.
Gidroxlorotiazid
Gidroxlorotiazid me'da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi. Ichga qabul qilingan terapevtik dozaning taxminan 70% asosan o‘n ikki barmoq ichak va ingichka ichakning yuqori bo‘limlarida so‘riladi. Ovqat gidroxlorotiazidni so‘rilishiga ta'sir qilmaydi, qon plazmasidagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga, qabul qilingandan keyin 2-4 soat davomida erishiladi. Taqsimlanish hajmi 0,8 dan 3 l/kg gachani tashkil qiladi. Gidroxlorotiazid metabolizmga uchramaydi va buyraklar orqali tez chiqariladi. Dozaning kamida 61% o‘zgarmagan holda 24 soat davomida chiqariladi. Terminal yarim chiqarilish davri 8-12 soatni tashkil qiladi, so‘rilgan gidroxlorotiazidning 95% siydik bilan chiqariladi. Gidroxlorotiazid qabul qilinganidan keyin diuretik samarasi birinchi 2 soat davomida boshlanadi, maksimumga taxminan 4 soatdan keyin erishiladi va taxminan 6-12 soat saqlanadi. Gidroxlorotiazid yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, lekin gematoentsefalik to‘sig‘idan o‘tmaydi.
Qo‘llanilishi
Lizinopril va gidroxlorotiazidni Diroton preparatida bo‘lgani kabi bir xil dozalarda bir vaqtda qabul qilinishi bilan holati adekvat nazorat qilinayotgan patsiyentlarda yengil va o‘rta arterial gipertenziyani davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Arterial gipertenziya
Dozalari
Kattalar
Majmuaviy preparatni fiksatsiyalangan dozada qo‘llash davolashni boshlash uchun to‘g‘ri kelmaydi. Lizinopril va gidroxlorotiazidni Diroton preparati kabi bir xil dozalarda bir vaqtda qabul qilinishi bilan, holati adekvat nazorat qilinayotgan patsiyentlarda majmuaviy preparat fiksatsiyalangan dozada 10 mg yoki 20 mg lizinopril va 12,5 mg gidroxlorotiazid majmuasini o‘rinini bosishi mumkin. Odatdagi doza -1 tabletka sutkada 1 marta. Sutkada bir marta qabul qilinadigan boshqa dlri preparatlari kabi, Dirotonni har kuni taxminan bir vaqtda qabul qilish kerak.
Umuman, agar kutilayotgan terapevtik samara 2-4 hafta davomida boshlanmasa, doza sutkada 2 martagacha oshirilishi mumkin.
Diuretiklar bilan oldindan davolash
Diroton preparatining boshlang‘ich dozasi qabul qilinganidan so‘ng simptomatik gipotenziya rivojlanishi mumkin; bunday holatni rivojlanishi qon aylanishi hajmini (QAH) pasayishi bo‘lgan va/yoki oldin diuretiklar bilan davolash oqibatida tuzlar tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda ko‘proq uchrashi mumkin. Diuretiklar bilan davolashni Diroton preparati bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin to‘xtatish kerak. Agar iloji bo‘lsa, davolashni alohida komponentlarning individual tanlangan kichik dozalaridan (lizinoprilni 5 mg dozada) boshlash kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Tiazidlar buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash uchun to‘g‘ri kelmaydi, ular KK≤30 ml/min bo‘lganida samarasizdir (ya'ni, og‘ir buyrak yetishmovchiligi va kasallikning terminal bosqichida).
Diroton buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda boshlang‘ich davolash sifatida qo‘llanilishi mumkin emas.
Yengil va o‘rta darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (KK>30 ml/min va <80 ml/min) Diroton faqat alohida komponentlarning dozalari titrlab tanlanganidan so‘ng qo‘llanishi mumkin. Bunday hollarda alohida preparat ko‘rinishida buyurilgan lizinoprilning tavsiya qilingan dozasi 5-10 mg ni tashkil qiladi.
Bolalar va o‘smirlar (<18 yosh)
Bolalar va o‘smirlarda (<18 yosh) preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Klinik tadqiqotlarda lizinopril va gidroxlorotiazidni bir vaqtda qo‘llashdagi samaradorligi va o‘zlashtirilishi arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa yoshdagilarda ham va yoshroq patsiyentlarda ham bir xil bo‘lgan.
20-80 mg dozalar diapazonda lizinoprilning samarasi arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa (65 yosh va undan oshgan) va yoshroq patsiyentlarda bir xil bo‘lgan.
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa patsiyentlarda lizinopril bilan monoterapiyaning samarasi klinik tadqiqotlarda diastolik arterial bosimni atenolol yoki gidroxlorotiazid bilan monoterapiyada pasaytirishga nisbatan bir xil bo‘lgan. Agar keksa yoshdagi patsiyentda buyrak faoliyatini pasayishi kuzatilsa, lizinoprilning boshlang‘ich dozasini to‘g‘rilash kerak (Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga qarang).
Nojo‘ya ta'sirlari
Klinik tadqiqotlarda eng jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar xushdan ketish (0,8%) va arterial gipotenziya (1,9%) bo‘lgan. Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalar bosh aylanishi (7,5%), bosh og‘rig‘i (5,2%), yo‘tal (3,9%), toliqish (3,7%) va ortostatik samaralar (3,2%) bo‘lgan.
Asosan bosh aylanishi, yo‘tal, charchoq yoki mushaklar tirishishi rivojlanishi bilan bog‘liq nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi oqibatida 4,4% patsiyentlarda davolash to‘xtatilgan.
Klinik tadqiqotlarda yoki postmarketing qo‘llanilganida joy olgan nojo‘ya reaktsiyalar lizinopril va gidroxlorotiazidni arterial gipertenziyani davolashda alohida qo‘llanilganida keltirilganlari bilan o‘xshash bo‘lgan.
Qayd qilingandan keyingi qo‘llash tajribasi
Original preparat bilan davolash vaqtida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar haqida ma'lum qilingan
Nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligi
A'zolar tizimi sinfiTez-tez
(≥1/100-<1/10) Tez-tez emas
(≥1/1000-<1/100) Kam (≥1/10000-<1/1000) Juda kam (<1/10000), tez-tezligi ma'lum emas (mavjud ma'lumotlarga asoslannib baholashni imkoni yo‘q)
Laborator va instrumental tekshiruvlar natijalariga ta'siri Jigar ferment-larining faolli-gini oshishi, qon zardobida krea-tinin va mochevi-na kontsentratsiya-sini oshishi, gemoglobin miqdorini pasayishiGemotokritni pasayishi Qon zardobida bilirubin kontsentratsiyasini oshishi
Yurak tomonidanbuzilishlar Yurak urishini tezlashishi
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar Anemiya Agranulotsitoz, suyak ko‘migini susayishi, gemolitik anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziya
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar Yo‘tal
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Diareya, qusish, ko‘ngil aynishi Og‘iz qurishi Pankreatit Intestinal
angionevrotik shish
Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan buzilishlar Toshma O‘ta yuqori sezuvchanlik, angionevrotik shish.
Simptomokompleks
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlarMushak spazmi Mushak xolsizligi
Modda almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar Podagra Giperurikemiya, giper-yoki gipokaliyemiya, giperglikemiya
Tomirlar tomonidan buzilishlar Arterial gipotenziya (shu jumladan ortostatik gipotenziya)
Umumiy buzilishlar va yuborilish joyida buzilishlarToliqish, asteniya Ko‘krakda diskomfort
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlarGepatit gepatotsellyulyar yoki xolestatik, sariqlik, jigar yetishmovchiligi
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlarImpotentsiya
AAF ingibitorlari bilan davolash oqibatida kelib chiqqan yo‘tal, kuchli, balg‘amni kam ajralishi bilan ifodalanadi va preparatni to‘xtatish bilan yo‘q bo‘ladi. Buni yo‘talni differentsial diagnostikasini o‘tkazishda e'tiborga olish kerak.
Gepatit ko‘rinishida noxush reaktsiya jigar yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelgan patsiyentlar haqida juda kam ma'lumotlar o‘rin tutgan. Lizinopril/gidroxlorotiazid bilan davolash fonida sariqlik yoki “jigar” fermentlarining faolligini ahamiyatli oshishi rivojlangan patsiyentlar Diroton preparatini qabul qilishni to‘xtatishlari va tegishli tibbiy tekshiruvdan o‘tishlari kerak.
Yuz, qo‘l-oyoq, lablar, til, ovoz chiqarish yo‘li va/yoki xalqumda angionevrotik shish rivojlanishi kabi juda kam uchraydigan holatlar haqida habar qilingan (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Quyidagi simptomlardan bir yoki bir nechtasini isitma, vaskulit, mialgiya, artralgiya/artrit, musbat antinuklear antitelalar (IAA), eritrotsitlarni cho‘kish tezligini (EChT) oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz, toshma, fotosensibilizatsiya yoki boshqa dermatologik ko‘rinishlarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan simptomokompleksni rivojlanishi haqida habar qilingan
Qon zardobida kreatinin va mochevina kontsentratsiyasini ahamiyatsiz oshishi kuzatilagan. Bunday ko‘rinishlar odatda preparatni qabul qilishni to‘xtatish bilan qaytadi. Gemoglobin va gematokritning ko‘rsatkichlarini yuqori bo‘lmagan darajada pasayishi xaqida xabar berilgan. Anemiya va/yoki trombotsitopeniya bilan namoyon bo‘luvchi suyak ko‘migini susayishi haqida xabar qilingan. Giper– yoki gipokaliyemiya va giponatriyemiya kuzatilgan. “Jigar” fermentlari faolligini va/yoki qon zardobida bilirubin kontsentratsiyasini oshishining juda kam holatlari xaqida xabar qilingan, lekin Lizinopril/Gidroxlorotiazid preparatining 10 mg/12,5 mg va 20 mg/12,5 mg tabletkalari bilan bog‘liqligi aniqlanmagan.
Sinkope va ko‘krakda og‘riq rivojlanishi kabi alohida hollar haqida xabar qilingan, lekin Lizinopril/Gidroxlorotiazid preparatining 10 mg/12,5 mg va 20 mg/12,5 mg tabletkalar bilan bog‘liqligi aniqlanmagan. AAF ingibitorlarini qabul qilish fonida ginekomastiya va neyropatiya rivojlanishi haqida ma'lumotlar mavjud.
Alohida komponentlarni qabul qilish fonida boshqa nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar qilingan, bular Diroton preparatini qabul qilish fonida potentsial rivojlanishi mumkin va ular quyidagilarni o‘z ichichga oladi
Gidroxlorotiazid anorensiya, me'dani ta'sirlanishi, qabziyat, sialoadenit, bosh aylanishi, ksantopsiya, aplastik anemiya, purpura, fotosensibilizatsiya, eshakemi, respirator distress-sindromi, shu jumladan pnevmoniya va o‘pka shishi, glikozuriya, elektrolitlar muvozanatini buzilishi, shu jumladan giponatriyemiya, bezovtalik, ko‘rishni tranzitor buzilishi, buyrak yetishmovchiligi, buyrak faoliyatini buzilishlari va interstitsial nefrit.
Lizinopril yuqori xavf guruhi patsiyentlarida yaqqol arterial gipotenziya natijasida miokard infarkti yoki insult, taxikardiya, qorinda og‘riq va ovqat xazm qilishni buzilishi, kayfiyatni o‘zgarishi, ongni chalkashishi, bosh aylanishi; AAF ning boshqa ingibitorlarini qabul qilganda bo‘lgani kabi, ta'mni buzilishi va uyquni buzilishi haqida habar qilingan; bronxospazm, rinit, sinusit, alopeniya, eshakemi, kuchli terlash, qichishish, psoriaz va og‘ir teri jarohatlarini rivojlanishi (shu jumladan pemfigus, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi va ko‘p shaklli eritema) haqida xabar berilgan; shuningdek giponatriyemiya, oliguriya anuriya, buyrak faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi kabi kam holatlar haqida ham habar qilingan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Ta'sir etuvchi moddalarga, AAF ning boshqa ingibitorlariga, boshqa sulfonamidlarga yoki har qanday yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik (“
Tarkibi
” bo‘limiga qarang);
• AAF ingibitorlari bilan ilgari davolash bilan bog‘liq bo‘lgan angionevrotik shish;
• Nasliy yoki ideopatik angionevrotik shish;
• Aorta yoki mitral klapanning gemodinamik ahamiyatli stenozi yoki gipertrofik kardiomiopatiya;
• Og‘ir buyrak yetishmovchiligi va buyraklar kasalligining terminal bosqichi;
• Jigarning og‘ir kasalligi;
• Homiladorlikning II va III uch oyligi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” va “Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi” bo‘limlariga karang);
• Podagraning manifest shakli.
Ehtiyotkorlik bilan
Aortal stenoz/gipertrofik kardiomiopatiya, buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi, yakka buyrak arteriyasining stenozi avj oluvchi azotemiya bilan, buyraklar ko‘chirib o‘tkazilganidan keyingi holat, buyrak yetishmovchiligi (KK 30 mg/min dan ortiq), birlamchi giperaldosteronizm, arterial gipotenziya, suyak ko‘migining gipoplaziyasi, giponatriyemiya (kam tuzli yoki tuzsiz parhezdagi patsiyentlarda arterial gipotenziyani rivojlanishini yuqori xavfi), gipovolemik holatlar (shu jumladan diareya, qusish), biriktiruvchi to‘qima kasalliklari (shu jumladan tizimli qizil yugurik, sklerodermiya), qandli diabet, podagra, suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi, giperurikemiya, giperkaliyemiya, yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar kasalliklar (shu jumladan miya qon aylanishini buzilishlari), og‘ir surunkali yurak yetishmovchiligi, jigar yetishmovchiligi, keksalik yoshi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Diuretiklar
Lizinopril bilan davolashda diuretiklar qo‘shilganida antigipertenziv ta'sir odatda kuchayadi.
Simptomatik gipotenziya Diroton preparatini boshlang‘ich dozalarini qabul qilgandan so‘ng yuzaga kelishi mumkin; bunday holatni rivojlanishi ko‘proq pasayishi va/yoki oldin diuretiklar bidan davolash o‘tkazilganligi natijasidagi tuzlar tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda uchrashi mumkin. Diuretiklar bilan davolashni Diroton preparati bilan davolashni boshlashdan oldin to‘xtatish kerak. (“
Qo‘llash usuli va dozalari
” va “
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limlariga qarang).
Kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliyli ozuqa qo‘shimchalari yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar
Tiazid diuretiklarini qabul qilish fonida kaliyni chiqarilishi odatda lizinoprilni kaliyni tejovchi samarasi tufayli kamayadi. Kaliyli ozuqa qo‘shimchalarini, kaliyli tutib qoluvchi preparatlarni yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilarni qo‘llanilishi, ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qon zardobida kaliy darajasini ahamiyatli oshishiga olib kelishi mumkin.
Agar Diroton preparatini va ushbu vositalardan har qaysisini bir vaqtda qo‘llash zarurati tug‘ilsa, ushbu preparatlarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va qon zardobida kaliy darajasini muntazam nazorat qilish kerak.
Tritsiklik antidepressantlar/antipsixotik preparatlar/anestetiklar
Ba'zi anestetiklar, tritsiklik antidepressantlar yoki antipsixotik preparatlarni va AAF ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash arterial bosimni yanada pasayishiga olib kelishi mumkin (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limlariga qarang).
Narkotik preparatlar/antipsixotik preparatlar
AAF ingibitorlarini qabul qilish fonida ortostatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin.
Barbituratlar yoki narkotik preparatlar
Ortostatik gipotenziyani kuchayishi yuz berishi mumkin.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar/revmatizmga qarshi preparatlar (NYaQP)
NYaQP (TSOG2 selektiv ingibitorlari, atsetilsalitsil kislotasi >3 g/sutkada va noselektiv NYaQP) AAF ingibitorining ham, tiazid diuretikning ham gipotenziv ta'sirini kamaytirishi mumkin. NYaQP ni va AAF ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash buyrak faoliyatini yomonlashtirishi mumkin. Bu samara odatda qaytuvchandir. Kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, eng avvalo keksa yoshdagi patsiyentlar va degidratatsiya holatidagi patsiyentlar kabi buyrak faoliyati susayishi bo‘lgan patsiyentlarda rivojlanishi mumkin. Ba'zi patsiyentlarda NYaQP ni qo‘llash diuretiklarning, natriyuretik va antigipertenziv samarasini pasaytirishi mumkin.
Simpatomimetiklar
Simpatomimetiklar AAF ingibitorlarining gipotenziv samarasini susaytirishi mumkin.
Boshqa gipotenziv vositalar
Diroton preparatining antigipertenziv samarasi, ortosatik gipotenziyani rivojlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda kuchayishi mumkin. Nitroglitserin va boshqa nitratlarni yoki boshqa qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalarni birga qo‘llash, arterial bosimni yanada pasayishiga olib kelishi mumkin.
Atsetilsalitsil kislotasi, trombolitiklar, beta-adrenoblokatorlar, nitratlar
Diroton atsetilsalitsil kislotasi (kardiologik dozalarda), trombolitiklar, beta-adrenoblokatorlar va/yoki nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanilishi mumkin.
Gipoglikemik vositalar
Epidemiologik tadqiqotlar AAF ingibitorlari va gipoglikemik preparatlarni (insulin, ichga qabul qilish uchun gipoglikemik preparatlar) bir vaqtda qo‘llash gipoglikemiya rivojlanishi xavfi bilan gipoglikemikta'siri kuchayishiga olib kelishi mumkin. Ehtimol, ushbu fenomen ko‘proq majmuaviy davolashning birinchi ikki haftasi davomida va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda rivojlanishi mumkin.
Allopurinol
AAF ingibitorlarini va allopurinolni bir vaqtda qo‘llash buyraklar shikastlanishi xavfini oshiradi va leykopeniya rivojlanishi xavfi oshishiga olib kelishi mumkin.
Siklosporin
AAF ingibitorlarini va siklosporinni bir vaqtda qo‘llanishi buyraklar shikastlanishi va giperkaliyemiya xavfini oshiradi.
Lovastatin
AAF ingibitorlarini va lovastatinni bir vaqtda qo‘llash giperkliyemiyani rivojlanish xavfini oshiradi.
Sitostatiklar, immunodepressantlar, prokainamid AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda leykopeniyani rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Amfoteritsin V (parentaral), karbenoksolon, kortikosteroidlar, adrenokortikotrop gormoni (AKTG) yoki rag‘batlantiruvchi surgi vositalari
Gidroxlorotiazid suv-elektrolit muvozanatini buzilishini, ayniqsa gipokaliyemiyani og‘irlashtirishi mumkin.
Yurak glikozidlari
Tiazidlar tomonidan chaqirilgan gipokaliyemiya bilan bog‘liq digitalis intoksikatsiyasini rivojlanishining yuqori xavfi mavjud.
Xolestiramin va kolestipol
Ushbu preparatlar gidroxlorotiazidni so‘rilishini pasaytirishi yoki yomonlashtirishi mumkin. Shuning uchun sulfonamidlarni ushbu dori preparatlarini qabul qilishda kamida 1 soat oldin yoki qabul qilgandan 4-6 soat keyin qabul qilish kerak.
Qutibsizlantirmaydigan miorelaksantlar (masalan, tubokurarin)
Gidroxlorotiazid ushbu dori preparatlarining ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
“Piruet” turidagi yurak qorinchalari taxikardiyasini chaqirishi mumkin bo‘lgan dori preparatlar
Giperkaliyemiyanini rivojlanish xavfi tufayli, gidroxlorotiazid va “piruet” turdagi yurak qorinchalari taxikardiyasini chaqirishi mumkin bo‘lgan dori preparatlarini, masalan antipsixotik preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilsh kerak.
Sotalol
Tiazidlar tomonidan chaqirilgan gipokaliyemiya sotalol chaqirgan aritmiyani rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Litiy preparatlari
Odatda, litiy preparatlarini diuretiklar yoki AAF ingibitorlari bilan birga buyurish mumkin emas.
Diuretik preparatlar va AAF ingibitorlari litiyning buyrak klirensini pasaytiradi va litiy bilan intoksikatsiya xavfini oshiradi. Agar ushbu preparatlar majmuasini buyurish zarurati bo‘lsa, qon zardobida litiy darajasini sinchkov nazorat qilish kerak (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Trimetoprim
AAF ingibitorlari va tiazidlarni trimetoprim bilan bir vaqtda qo‘llash giperkaliyemiyani rivojalanish xavfini oshiradi.
Kortikosteroidlar, AKTG
Elektrolitlarni yaqqol kamayishi, aniqsa gipokaliyemiya.
Pressor aminlar (masalan, epinefrin (adrenalin)).
Pressor aminlar ta'siriga javob pasayigi mumkin, lekin ularni qo‘llashni to‘xtatishchalik emas.
Alkogol
Alkogol har qanday gipotenziv preparatning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.
Antatsidlar
AAF ingibitorlarining biokiraolishligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Arterial gipotenziya va suv-elektrolit muvozanatini buzilishi
Boshqa har qanday gipotenziv davolash fonida bo‘lgani kabi, ba'zi patsiyentlarda arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin.
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda agar diuretiklar bilan davolash, tuzsiz parxez, dialez, diareya yoki qusish fonidagi suyuqlik yetishmovchiligi o‘rin olgan bo‘lsa yoki agar patsiyentda og‘ir renin-bog‘liq gipertenziya bo‘lsa, gipotenziv holat rivojlanishi zhtimoli yuqoriroq (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” va “Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limiga karang).
Simptomatik gipotenziya shu jumladan bir vaqtda buyrak yetishmovchiligi yoki usiz yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ham kuzatiladi. Bu holat ko‘proq halqali diuretiklarni yuqori dozalarda qo‘llanganda, giponatriyemiya yoki funktsional buyrak yetishmovchiligi oqibatidagi og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda rivojlanadi. Simptomatik gipotenziya rivojlanishi xavfi bo‘lgan patsiyentlar davolash boshida va dozani to‘g‘irlash davrida sinchkov nazorat ostida bo‘lishlari kerak.
Bunday patsiyentlarda ma'lum vaqt oraliqlaridan qon zardobida elektrolitlar darajasini nazoratini o‘tkazish kerak.
Yurak ishemik kasalligi yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarni davolashda alohida e'tibor qilish kerak, chunki arterial bosimni o‘ta pasayishi miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkin.
Arterial gipotenziya rivojlanishida patsiyentni chalqancha yotqizish va agar muhim bo‘lsa vena ichiga fiziologik eritma bilan infuziyani boshlash kerak. Tranzitor gipotenziv reaktsiya davolashni davom ettirishda qo‘llash mumkin emas deb hisoblanadi. Qon aylanishini samarali xajmi va arterial bosim tiklanganidan keyin davolashni kam dozada qayta boshlash yoki komponentlardan har qaysisini alohida qo‘llash mumkin.
Aortal va mitral klapan stenozi/gipertrofik kardiomiopatiya.
AAF ning boshqa ingibitorlari kabi, lizinoprilni chap qorinchani qon oqib chiqish yo‘llarining obstruktsiyasi bor patsiyentlarda ehtiyotorlik bilan qo‘llash kerak. Agar obstruktsiya gemodinamik ahamiyatli bo‘lsa, Diroton preparatini qo‘llash mumkin emas.
Buyraklar faoliyatini buzilishi
Tiazidlar yengil va o‘rta buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga diuretik sifatida to‘g‘ri kelmaydi va kreatinin klirensi ≤30 ml/min bo‘lganida samarasiga ega emas (og‘ir buyrak yetishmovchiligida).
Yengil va o‘rta buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga (KK≥30-<80 ml/min) alohida komponentlar dozalarini titrlash yo‘li bilan patsiyentni aynan majmuaviy dozalarga ehtiyojini borligi aniqlanmagunicha Dirotonni buyurish kerak emas.
Ilgari AAF ingibitorlari bilan davolash o‘lkazilgan bir tomonlama yoki ikki tomonlama buyrak arteriyalari stenozi yoki yagona buyrak arteriyalari stenozi bo‘lgan ba'zi patsiyentlarda qon zardobida mochevina va kreatinin kontsentratsiyasi oshganligi kuzatilgan, bu odatda davolash to‘xtalilganidan keyin qaytuvchidir. Bu ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun xarakterlidir. Agar shuningdek renovaskulyar gipertenziya ham o‘rin olgan bo‘lsa, og‘ir arterial gipotenziya va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishining yuqori xavfi mavjud. Bunday patsiyentlarda davolashni sinchkov tibbiy nazorat ostida kam dozadardan boshlash kerak; dozani ehtiyotkorlik bilan titrlash talab qilinadi. Diuretiklar bilan davolash yuqorida keltirilgan holatlarni rivojlanishiga yordam berishi tufayli, Diroton preparati bilan davolashning birinchi bir necha haftasi davomida buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak.
Anamnezida buyrak kasalliklari bo‘lmagan, arterial gipertenziyasi bor ba'zi patsiyentlarda lizinopril va diuretiklarni bir vaqtda buyurilishida odatda qon zardobida mochevina va kreatinin kontsentratsiyasining yuqori bo‘lmagan tranzitor oshishi kuzatilgan. Agar bu Diroton preparati bilan davolash fonida yuz bersa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Davolashni dozani pasaytirish bilan qayta boshlash mumkin yoki preparat komponentlaridan birini alohida qo‘llash mumkin.
Buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan keyingi holat
Buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin lizinoprilni patsiyentlarda qo‘llash haqidagi ma'lumotlar yo‘qligi sababli, Diroton preparatini bu guruh patsiyentlarida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Gemodializdagi patsiyentlar
Buyrak yetishmovchiligi sababli gemodializdagi patsiyentlarda Diroton preparatini qo‘llash mumkin emas.
Gemodializdagi patsiyentlarda anafilaktoid reaktsiyalar
O‘tkazuvchanlik oqimi yuqori jadallikka ega bo‘lgan membranalardan (masalan, AN 69) foydalangan holda gemodializdan o‘tayotgan, va bir vaqtda AAF-ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda anafilaktoid reaktsiyalar rivojlanishining yuqori xavfi haqida habar berilgan. Gemodializ o‘tkazilish muhim bo‘lganida boshqa tur membranalarini yoki gipotenziv preparatlarning boshqa guruhini qo‘llash kerak.
Jigar kasalliklari, jigar yetishmovchiligi
Juda kam xollarda AAF ingibitorlarini qabul qilish xolestatik sariqlik rivojlanishi bilan boshlanib, jigarning fulminant nekrozini tez rivojlanishi, ba'zida o‘lim sindromi bilan ketishi mumkin.
Ushbu sindromning rivojlanish mexanizmi aniq emas. Agar Dirotonni qabul qilayotgan patsiyentlarda sariqlik simptomlari yoki jigar fermentlarining faolligini oshishi yuzaga kelsa, preparat bilan davolashni to‘xtatish va tegishli ravishdagi tekshiruvlarni o‘tkazish kerak.
Jigar faoliyatini buzilishi yoki tez rivojlanayotgan jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda tiazidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki suv-elektrolit muvozanatidagi katta bo‘lmagan o‘zgarish ham jigar komasiga olib ketishi mumkin (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang).
Xirurgik aralashuvlar/umumiy anesteziya
Patsiyentlarda katta xirurgik aralashuvlar yoki arterial gipotenziyani chaqiruvchi preparatlarni qo‘llash bilan o‘tkaziladigan umumiy anesteziya vaqtida, lizinopril reninni kompensator ajralib chiqishi fonida angiotenzin II ni hosil bo‘lishini bloklaydi. Ushbu mexanizmning natijasi bo‘lib hisoblangan AB yaqqol pasayishini qon aylanish hajmini ko‘paytirish bilan to‘g‘irlash mumkin.
Metabolik va endokrin samaralar
Epidemiologik tadqiqotlar AAF ingibitorlari va gipoklikemik vositalarni (insulin va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar) bir vaqtda qabul qilish oxirgilarni gipoglikemik rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ta'sirini kuchaytirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bunday holatlar ayniqsa patsiyentlarni birgalikdagi davolashni birinchi haftalarida, hamda buyraklar faoliyati buzilishlarida yuqoridir. (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang).
Tiazidlar bilan davolash glyukozaga tolerantlikni kamaytirishi mumkin. Qandli diabetda insulinni yoki peroral gipoglikemik vositalarni dozasini to‘g‘irlash zarurati yuzaga kelishi mumkin.
Tiazidlar kaltsiy ionlarini siydik bilan chiqarilishi pasaytirishi mumkin, bu zardobida kaltsiy darajasini vaqti-vaqti bilan ahamiyatsiz oshishiga olib kelishi mumkin. Yaqqol giperkaltsiyemiya yashirin giperparatireoz borligini ko‘rsatadi. Tiazidlarni qabul qilishni qalqonsimon bez oldi bezlarining faoliyatini tekshiruvi natijalarini olishdan avval to‘xtatish kerak.
Tiazid diuretiklari bilan davolashni xolesterin va triglitseridlar darajasini oshishi bilan bog‘laydilar.
Tiazid diuretiklar qabul qilayotgan ba'zi patsiyentlarda siydik kislotasi kontsentratsiyasini oshishi yoki podagra yuzaga kelishi kuzatilishi mumkin. Bunda lizinopril siydikda siydik kislotasi darajasini oshirishi mumkin va bu yo‘l bilan gidroxlorotiazidning giperurikemik ta'sirini susaytirishi mumkin.
Yuqori sezuvchanlik/angionevrotik shish
AAF ingibitorlari, shu jumladan lizinopril bilan davolanayotgan patsiyentlarda yuz, oyoq-qo‘llar, lablar, til, tovush boylash va/yoki xalqumni angionevrotik shishi kam rivojlanadi. Davolash davrida angionevrotik shish har qanday paytda rivojlanishi mumkin. Bunday xollarda lizinoprilni qabul qilishni darxol to‘xtatish, kerakli davolash o‘tkazish va patsiyentni kuzatuv ostiga olish kerak; patsiyentni qo‘yib yubrishdan oldin shishning barcha simptomlari yo‘qolganligiga ishonch hosil qilish kerak. Xatto shish faqat til bilan chegaralangan va nafas buzilishi alomatlari yo‘q bo‘lgan hollarda ham, patsiyentlar uzoq nazoratga muxtoj bo‘lishlari mumkin, chunki antigistamin vositalari va kortikosteroidlar bilan davolash yetarli bo‘lmasligi mumkin. Xalqumni shishi yoki tilni shishi bilan bog‘liq angionevrotik shish o‘limiga olib kelganligi haqida juda kam bo‘lsada xabar qilingan. Agar shish til, tovush boylami yoki xalqumga tarqalsa, nafas yo‘llarini to‘silishi ehtimoli bor, bunday hollarda tezkor terapiya choralarini qo‘llash kerak. U o‘ziga adrenalin yuborish va/yoki nafas yo‘llarini o‘tuvchanligini ta'minlashni o‘z ichiga oladi.
Patsiyent simptomlar butunlay yo‘qolgunicha sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Shu jumladan istestinal angionevrotik shish kuzatilishi va qorinda kuchli og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Anamnezida AAF ingibitorlari bilan bog‘liq bo‘magan angionevrotik shish bo‘lgan patsiyentlarda AAF ingibitorlarini qabuliga javoban agionevrotik shish rivojlanishi xavfi oshishi mumkin (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang).
Tiazidlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi anamnezida allergiya yoki bronxial astmasi borligidan qat'iy nazar rivojlanishi mumkin.
Tiazidlarni qo‘llash vaqtida tizimli qizil yugurukni kechishi zo‘rayishi mumkinligi haqida xabar qilingan.
Irqiy tegishlilik
AAF ingibitorlari boshqa tanlilarga qaraganda ko‘proq qora tanli patsiyentlarda angionevrotik shishni rivojlanishini chaqiradi. AAF ning ingibitorlari kabi, lizinopril boshqa tanli patsiyentlarga nisbatan qora tanli patsiyentlarda AB ni pasaytirishda kamroq samarali, bu qora tanli patsiyentlarda past reninli arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlar soni ko‘p bo‘lganligi tufayli.
Past zichlikdagi likoproteinlar (PZL) aferez muolajalarini o‘tkazish vaqtidagi anafilaktik reaktsiyalar.
Kam hollarda dekstran sulfatini qo‘llash bilan PZL aferez muolajalarini o‘tkazish vaqtida AAF ingibitorlarini qabul qilgan patsiyentlarda hayot uchun havf tug‘diruvchi anafilaktik reaktsiyalar rivojlangan. Bu simptomlardan AAF ingibitorlarini har bir aferez muolajasidan oldin to‘xtatish yo‘li bilan saqlanish mumkin.
Desensibilizatsiya
Desensibilizatsiya davolash fonida AAF ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda (masalan, parda qanotlilar zaxri bilan intoksikatsiyasida) uzoq muddatli anafilaktoid reaktsiyalar rivojlanadi. Agar bunday patsiyentlar desensibilizatsiya vaqtida AAF ingibitorlarini qabul qilishdan saqlangan bo‘lsalar reaktsiya kuzatilmagan, biroq AAF ni behosdan yuborilishi anafilaktoid reaktsiyani chaqirgan.
Giperkaliyemiya
AAF ingibitorlarini, shu jumladan lizinoprilni qabul qilayotgan ba'zi patsiyentlarda qon zardobida kaliy darajasi oshganligi kuzatiladi. Giperkaliyemiya rivojlanishi xavfi guruhiga buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet bilan kasallangan yoki kaliy tejovchi diuretiklar, kaliyli qo‘shimchalar yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilarni qabul qilayotgan patsiyentlar, va shu jumladan qon zardobida kaliy darajasini oshiruvchi boshqa dori vositalarini (masalan, geparin) qabul qilayotgan patsiyentlar kiradi. Agar yuqorida keltirilgan vositalarni birgalikda qo‘llash muhim bo‘lsa, qon zardobida kaliy darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Neytropeniya/agrakulotsitoz/trombotsitopeniya/anemiya
AAF ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda neytropeniya, agrakulotsitoz, trombotsitopeniya va anemiya rivojlanishi mumkin. Neytropeniya buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda va boshqa asoratlar bo‘lmaganida kam rivojlanadi. Neytropeniya va agranulotsitoz qaytuvchidir va AAF ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatilganidan keyin yo‘q bo‘ladi. Tomir ko‘rinishidagi biriktiruvchi to‘qimaning kasalliklari bilan kasallangan, immunosupressiv davolash olayotgan, allopurinol yoki prokainamid qabul qilayotgan patsiyentlarga, va shu jumladan bu faktorlarni ayniqsa buyrak faoliyati buzilishi fonida birgalikda kechishida lizinoprilni buyurishda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday patsiyentlarning ba'zilarida, har doim ham antibiotiklar bilan jadal davolashda javob bermaydigan og‘ir infektsiyalar rivojlanishi mumkin. Agar bunday patsiyentlarni davolashda lizinopril ishlatilsa, qonda leykotsitlar darajasi vaqti –vaqti bilan tekshirib turish tavsiya qilinadi, shuningdek har qanday infektsiyalarning alomatlari paydo bo‘lishi to‘g‘risida habar berish lozimligi haqida patsiyentni ogohlanitirish kerak.
Yo‘tal
AAF ingibitorlarini qo‘llash davrida yo‘tal paydo bo‘lishi to‘g‘risida habar qilingan. Yo‘tal quruq, davomli bo‘lib, AAF ingibitorlari bilan davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘q bo‘ladi. Yo‘talning differentsial tashxisida AAF ingibitorlarini qo‘llash chaqirgan yo‘talni ham e'tiborga olish kerak.
Litiy preparatlari
AAF ingibitorlari va litiy preparatlarini bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang).
Homiladorlik
AAF ingibitorlari
Homiladorlikning I uch oyligida AAF ingibitorlarini qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Homiladorlikning II va III uch oyligida AAF ingibitorlarini qo‘llash mumkin emas. (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang).
Homiladorlikning I uch oyligida AAF ingibitorlarining teratogen samaralarini rivojlanish xavfi yuzasidan o‘tkazilgan epidemiologik tadqiqotlar yetarli ma'lumot bermagan, shunday bo‘lsada, xavfni oshishini inkor etib bo‘lmaydi. Agar AAF ingibitorlari bilan davolashni davom ettirish zarur hisoblanmasa, homiladorlikni rejalashtirayotgan patsiyent ayollar uni xavfsiz bo‘lgan muqobil gipotenziv davolashga o‘tkazish kerak. Homiladorlik aniqlanganida AAF ingibitorlari bilan davolashni darhol to‘xtatish va zarurati bo‘lganida, muqobil davolashni boshlash kerak.
Ma'lumki, homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklari vaqtida AAF ingibitorlari fetotoksik ta'sir ko‘rsatadi (buyraklar faoliyatini pasayishi, oligogidramnion, kalla suyagining qotishini sekinlashishi) va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa toksik ta'sir ko‘rsatadi (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperkaliyemiya). Agar AAF ingibitorlarining ta'siri homiladorlikning II uch oyligida kuzatilsa, buyrak faoliyati va boshni ultratovush tekshiruvini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ona qornida AAF ingibitorlarining ta'siriga duchor bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda arterial gipotenziyani borligini sinchkovlik bilan kuzatish kerak. (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang).
Odatda sog‘lom homilador ayollarda diuretiklarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki ona va homila ortiqcha xavfga duch keladi, shu jumladan, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqda sariqlik, katta yoshdagi patsiyentlarda uchraydigan trombotsitopeniya va boshqa nojo‘ya samaralar bo‘lishi mumkin.
Yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tgan lizinopril yangi tug‘ilgan chaqaloqning tizimli qon oqimidan peritoneal dializ yordamida va shuningdek, nazariy jihatdan, qon almashtirish yo‘li bilan chiqarilishi mumkin. Yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tgan gidroxlorotiazidni yangi to‘g‘ilgan chaqaloqning tizimli qon oqimidan chiqarilishi xususida tajribalar yo‘q.
Gidroxlorotiazid
Gidroxlorotiazidni homiladorlik davrida qo‘llash tajribasi, xususan homiladorlikning I uch oyligida cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar yetarli emas. Gidroxlorotiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Gidroxlorotiazidning farmakologik ta'sir mexanizmiga asosan, uni homiladorlikning II va III uch oyligida qo‘llash homila perfuziyasini buzilishi xavfini keltirib chiqarishi va homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqda sariqlik, elektrolitlar muvozanatini buzilishi va trombotsitopeniya kabilarni chaqirishi mumkin.
Qon plazmasi hajmini pasayishi va yo‘ldosh gipoperfuziyasini rivojlanishi havfi va kasallikni kechishiga nisbatan hech qanday ijobiy samaralarni yo‘qligi tufayli preeklampsiyada yoki homiladorlarda gestatsion shish, arterial gipertenziyada gidroxlorotiazidni qo‘llash mumkin emas.
Muqobil davolash mavjud bo‘lmagan juda kam uchraydigan vaziyatlardan tashkari, gidroxlorotiazidni essentsial gipertenziyasi bo‘lgan homiladorlarda qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri
AAF ingibitorlari
Lizinopril/gidroxlorotiazid majmuasini qo‘llashga taalluqli ma'lumotlar yo‘qligi sababli, emizish davrida Diroton preparatini qo‘llash tavsiya qilinmaydi, ayniqsa yangi tug‘ilgan yoki muddatidan oldin tug‘ilganchaqaloqlarni emizishda xavfsizligi aniq bo‘lgan muqobil davolashni buyurish afzal hisoblanadi.
Lizinopril emizuvchi kalamushlar sutiga o‘tadi. Lizinopril ko‘krak sutiga o‘tishi ma'lum emas, gidroxlorotiazid xatto terapevtik dozalarda ham ko‘krak sutiga o‘tishi sababli, bolaga ta'sir qilishi taxmin qilinadi.
Emizilayotgan chaqaloqlarda potentsial jiddiy reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkinligi sababli, preparatni ona uchun muhimligini hisobga olib, emizishni to‘xtatish yoki Diroton preparatini qabul qilishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilish kerak.
Gidroxlorotiazid
Gidroxlorotiazid kam miqdorda ko‘krak sutiga o‘tadi. Kuchli diurezni chaqiruvchi tiazidlarni yuqori dozalari sut ishlab chiqarilishini ingibirlaydi. Diroton preparatini emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Agar Diroton emizish davrida qo‘llansa, doza minimal bo‘lishi kerak.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Diroton preparati ayniqsa davolanish boshida nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkinligi tufayli transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga kuchsiz yoki o‘rta ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Agar Diroton alkogol bilan bir vaqtda qabul qilinsa xavf oshadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Lizinopril/gidroxlorotiazidning dozasini oshirib yuborilishini davolash haqida maxsus ma'lumotlar yo‘q.
Simptomlari doza oshirib yuborilganida eng ko‘p uchraydigan simptomlar arterial gipotenziya, elektrolitlar muvozanatini buzilishi va buyrak yetishmovchiligidir.
Davolash Simptomatik va tutib turuvchi davolash.
Diroton preparati bilan davolash to‘xtatilishi va patsiyent sinchkov kuzatuv ostiga olinishi kerak. Davolash tadbirdari simptomlarning xarakteri va og‘irligiga bog‘liq. Preparatning faol moddalarini so‘rilishi va tezkor eliminatsiyani oldini olish choralarini ko‘rish kerak.
Og‘ir arterial gipotenziya rivojlanishi hollarida patsiyentni oyoqlarini bir oz ko‘targan holda, chalkancha yotqizish va tezda fiziologik eritmani vena ichiga infuziyasini boshlash kerak. Angiotenzin II bilan (mavjud bo‘lsa) davolash imkoniyatini ham ko‘rib chiqish mumkin.
Barcha AAF ingibitorlari kabi, lizinopril qon aylanishi tizimidan gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin. (“
Farmakokinetikasi
” bo‘limiga qarang). Yuqori oqim o‘tkazuvchanligiga ega bo‘lgan poliakrilnitril membranalarni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak.Qon zardobida elektrolitlar darajasini va kreatinin kontsentratsiyasini nazorat qilish kreak. Davolash qiyin bo‘lgan bradikardiyada kardiostimulyatorni qo‘llash ko‘rsatilgan. Hayotiy muhim ko‘rsatkichlarni, kon zardobida elektrolitlar darajasini va kreatinin kontsentratsiyasini tez-tez nazorat qilish kerak.
Gidroxlorotiazid
2-3 yoshdagi bolalarda 25-50 mg va kattalarda 1 g dozalar kuchsiz toksiklikka ega bo‘lgan.
Eng ko‘p kuzatilgan belgilar va simptomlar elektrolitlarni kamayib ketishi (gipokaliyemiya, gipoxloremiya, giponatriyemiya) va kuchli diurez oqibatidagi suvsizlanish sababli chaqirilgan. Yurak glikozidlarini bir vaqtda qo‘llaganda gipokaliyemiya yurak aritmiyasini kuchaytirishi mumkin.
Chiqarilish shakli
10 tabletka PVX-plyonka va alyuminiy folgali blisterda.
1 yoki 3 blisterda tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
+15°C dan +300S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
“Gedeon Rixter Polsha” MChJ, Grodzisk Mazovetskiy, Polsha
“Gedeon Rixter” OAJ, Budapesht, Vengriya uchun.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.