Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ekvator tab. 10mg/5mg №30
Nomi | Narx | |||||
Экватор таб 10 мг/5мг №30 (T37376A##2 224) |
UZS 72 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амлодипин, лизиноприл
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
10мг/5мг
Производитель
Гедеон Рихтер, ОАО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- CYP3A4 izofermenti induktorlari
Preparatning savdo nomi
Ekvator® (Ekvator®)
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) lizinopril/amlodipin (lisinopril/amlodipine)
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Tabletkalar 10 mg/5 mg
faol moddalar lizinopril - 10,00 mg (lizinopril digidrati shaklida 10,38 mg), amlodipin 5,00 mg (amlodipin bezilati shaklida 6,94 mg);
yordamchi moddalar magniy stearati; natriy kraxmalglikolyati (A turi); mikrokristall sellyuloza, 12 turi; mikrokristall sellyuloza, 101 turi.
Tabletkalar 20 mg/5 mg
faol moddalar lizinopril - 20,00 mg (lizinopril digidrati shaklida 12,76 mg), amlodipin 5,00 mg (amlodipin bezilati shaklida 6,94 mg);
yordamchi moddalar magniy stearati; natriy kraxmalglikolyati (A turi); mikrokristall sellyuloza, 12 turi; mikrokristall sellyuloza, 101 turi.
Tabletkalar 20 mg/10 mg
faol moddalar lizinopril - 20,00 mg (lizinopril digidrati shaklida 12,76mg), amlodipin 10,00 mg (amlodipin bezilati shaklida 13,88 mg);
Yordamchi moddalar magniy stearati; natriy kraxmalglikolyati (A turi); mikrokristall sellyuloza, 12 turi; mikrokristall sellyuloza, 101 turi.
Ta'rifi
Tabletkalar 10 mg/5 mg oq yoki deyarli oq, dumaloq, yassi, bir tomonida faska va riskali va boshqa tomonida - “A+L” grafirovkali tabletkalar. Diametri 8 mm ± 0,1 mm.
Riska tabletkani teng dozalarga bo‘lish uchun emas, balki faqat tabletkani sindirish va yutilishini yengillashtirish uchun mo‘ljallangan.
Tabletkalar 20 mg/5 mg oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida “CF2” gravirovkali, boshqa tomoni gravirovkasiz tabletkalar
Tabletkalar 20 mg/10 mg oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq (R 13 mm), bir tomonida “CF3” gravirovkali, boshqa tomoni gravirovkasiz tabletkalar.
Diametri 11 mm ± 0,1 mm.
Farmakoterapevtik guruhi
AAF ingibitorlari va “sekin” kaltsiy kanallarining blokatorlari.
ATX kodi S09VV03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ekvator® tabletkalari 10 mg/5 mg, Ekvator® tabletkalari 20 mg/5 mg va Ekvator® tabletkalari 20 mg/10 mg ta'sir etuvchi moddalar lizinopril va amlodipinning fiksatsiyalangan dozalari bo‘lgan majmuaviy preparati hisoblanadi.
Lizinopril - angiotenzinga-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitori, angiotenzin I dan angiotenzin II ni hosil bo‘lishini kamaytiradi. Angiotenzin II ning miqdorini pasayishi aldosteronning ajralib chiqishini bevosita kamayishiga olib keladi. Bradikininni degradatsiyasini susaytiradi va prostaglandinlar sintezini oshiradi. Umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini (UPQTQ), arterial bosimni (AB), oldyuklamani, o‘pka kapillyarlaridagi bosimni pasaytiradi, qonning minutlik xajmini oshishini va surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE) bo‘lgan patsiyentlarda yuklamalarga miokardning tolerantligini oshishini chaqiradi. Venalarga nisbatan ko‘proq darajada arteriyalarni kengayishini chaqiradi. Ayrim samaralari to‘qima renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga (RAAT) ta'sir qilishi bilan bog‘liqdir.
Uzoq muddat davomida qo‘llanganida miokard va rezistiv turdagi arteriyalar devorini gipertrofiyasi kamayadi. Miokardning ishemiyalangan sohasini qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.
AAF ingibitorlari SYuE bo‘lgan patsiyentlarda umr davomiyligini uzaytiradi, miokard infarktini o‘tkazgan, yurak yetishmovchiligining klinik ko‘rinishlari bo‘lmagan patsiyentlarda chap qorincha disfunktsiyasini avj olishini sekinlashtiradi.
Ta'sirini boshlanishi - ichga qabul qilinganidan keyin 1 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi. Maksimal antigipertenziv samara 6 soat o‘tgach aniqlanadi va 24 soat davomida saqlanadi. Arterial gipertenziyali bemorlarda samara davolash boshlanganidan keyingi birinchi kunlaridayoq aniqlanadi, barqaror ta'siri esa 1-2 oy o‘tgach rivojlanadi. Preparatni qo‘llash keskin bekor qilinganida AB ni yaqqol oshishi aniqlanmagan.
RAAT ga ta'sirida namoyon bo‘luvchi birlamchi samarasiga qaramay, reninning faolligi past bo‘lgan arterial gipertenziyada ham samaralidir. AB ni pasayishidan tashqari lizinopril albuminuriyani kamaytiradi. Lizinopril qandli diabet bilan xastalangan patsiyentlarda qondagi glyukozaning kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi va gipoglikemiya hollarini oshishiga olib kelmaydi.
Amlodipin - digidropiridin hosilasi, “sekin” kaltsiy kanallarining blokatori (SKKB), antianginal va antigipertenziv ta'sir ko‘rsatadi. Kaltsiy kanallarini bloklaydi, kaltsiy ionlarini xujayraga membrana orqali o‘tishini (kardiomiotsitlarga qaraganda, ko‘proq darajada qon tomirlarning silliq mushaklariga o‘tishini) pasaytiradi.
Antianginal ta'siri koronarva periferik arteriyalar va arteriolalarni kengayishi bilan bog‘liq stenokardiyada miokardni yaqqol ishemiyasini kamaytiradi; periferik arteriolalarni kengaytirib, UPQTQ ni pasaytiradi; yurakka keyingi yuklamani kamaytiradi, miokardni kislorodga bo‘lgan extiyojini pasaytiradi. Miokardning o‘zgarmagan va ishemiyaga uchragan sohalarida koronar arteriyalar va arteriolalarni kengaytirib, miokardga kislorodni kirishini oshiradi (ayniqsa vazospastik stenokardiyada); koronar arteriyalarning spazmini oldini oladi (shu jumladan chekish chaqirgan). Barqaror stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda bir martalik sutkalik doza jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshiradi, stenokardiya va ST segmentining “ishemik” depressiyasini pasaytiradi, stenokardiya xurujlari tez-tezligini va nitroglitserin va boshqa nitratlarni iste'mol qilinishini pasaytiradi.
Dozaga bog‘liq uzoq muddatli antigipertenziv samara ko‘rsatadi. Antigipertenziv ta'siri qon tomirlarning silliq mushaklariga bevosita tomirlarni bo‘shashtiruvchi ta'siri bilan bog‘liq. Arterial gipertenziyada bir martalik doza arterial bosimni 24 soat davomida pasayishini (patsiyentning “yotgan” va “turgan” holatida) klinik ahamiyatli darajada ta'minlaydi. Amlodipin buyurilganida ortostatik gipotenziya ancha kam holatlarda rivojlanadi. Jismoniy zo‘riqishlarga tolerantlikni, chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasini pasayishini chaqirmaydi.
Chap qorincha miokardi gipertrofiyasi darajasini kamaytiradi. Miokardni qisqaruvchanligi va o‘tkazuvchanligiga ta'sir ko‘rsatmaydi, yurak qisqarishlari sonini (YuQS) reflektor oshishini chaqirmaydi, trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi, buyrak kalavasi filtratsiyasining tezligini (KFT) oshiradi, kuchsiz natriyuretik ta'sirga ega. Diabetik nefropatiyada mikroalbuminuriyaning yaqqolligini oshirmaydi. Moddalar almashinuvi va qon plazmasidagi lipidlarning kontsentratsiyasiga biron-bir noxush ta'sir ko‘rsatmaydi va bronxial astma, qandli diabet va podagra bilan xastalangan patsiyentlarni davolashda qo‘llanishi mumkin. AB ni ahamiyatli pasayishi 6-10 soat o‘tgach kuzatiladi, samaraning davomiyligi - 24 soat.
Fiksatsiyalangan dozalari bo‘lgan Ekvator® majmuaviy preparati
Bir dori preparatida amlodipin va lizinoprilni qo‘shilishi, mumkin bo‘lgan ta'sir qiluvchi moddalardan biri chaqirgan noxush samaralar rivojlanishini oldini olish imkonini beradi. Masalan, SKKB bevosita arteriolalarni kengaytirib, organizmda natriy va suyuqlikni tutilishiga olib kelishi va oqibatda RAAT ni faollashtirishi mumkin. AAF ingibitori bu jarayonni kechishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Farmakokinetikasi
Lizinopril
So‘rilishi
Ichga qabul qilinganidan keyin lizinopril me'da-ichak yo‘llaridan (MIY) so‘riladi, so‘rilishining o‘rtacha darajasi taxminin 25% ni tashkil qiladi, o‘zgaruvchanligini tekshirilgan dozalar (5 dan 80 mg gacha) diapozonida 6 dan 60% gachani tashkil qiladi. SYuE bo‘lgan patsiyentlarda lizinoprilning mutloq biokiraolishligi taxminan 18% gacha pasayadi. Ovqat qabul qilish lizinoprilni so‘rilishiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi va qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi
Lizinopril aylanib yuruvchi angiotenzinga-aylantiruvchi fermentdan (AAF) tashqari qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanmaydi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 6-7 soatdan keyin erishiladi. Gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siqlaridan o‘tishi past.
Metabolizmi
Lizinopril organizmda biotransformatsiyaga uchramaydi.
Chiqarilishi
Buyrak orqali o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T½) 12,6 soatni tashkil qiladi.
Alohida guruh patsiyentlaridagi farmakokinetikasi
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak faoliyatini buzilishi lizinoprilni chiqarilishini susaytiradi, lekin bu susayish faqat Kalavalar Filtratsiyasi Tezligi ≤30 ml/min bo‘lganida klinik ahamiyatli bo‘lib qoladi.
Yengil va o‘rtacha buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30-80 ml) “kontsentratsiya - vaqt” egri chizig‘i osti maydonining (AUC) o‘rtacha qiymati 13% ga oshadi, og‘ir buyrak yetishmovchiligida (KK minutiga 5-30 ml) AUC ning o‘rtacha qiymatini 4,5 marta oshishi kuzatiladi.
Lizinopril gemodializ yo‘li bilan organizmdan chiqariladi. 4 soat gemodializdan keyin qon plazmasidagi lizinoprilning kontsentratsiyasi o‘rtacha 60% ga pasayadi.
Dializli klirens minutiga 40 dan 55 ml gachani tashkil qiladi.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda lizinoprilni so‘rilishi va klirensi pasaygan.
Surunkali yurak yetishmovchiligi
SYuE bo‘lgan patsiyentlarda lizinoprilni so‘rilishi va klirensi pasaygan. AUC ni o‘rtacha 125% ga oshishi kuzatiladi.
Keksa yoshli patsiyentlar
Keksa yoshli patsiyentlarda lizinoprilning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi va AUC qiymati yosh patsiyentlarga qaraganda taxminan 60% ga ortiq.
Amlodipin
So‘rilishi
Ichga qabul qilinganidan keyin amlodipin MIY sekin va deyarli to‘liq (90%) so‘riladi. Amlodipinning biokiraolishligi 64-80% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish amlodipinni so‘rilishiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi va qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi
Qondagi amlodipinning katta qismi (95%-98%) qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Qon plazmasidagi Smax 6-12 soat o‘tgach kuzatiladi. Muvozanat kontsentratsiyasiga (Css) davolashning 7-8 kunlaridan keyin erishiladi. Taqsimlanishining o‘rtacha xajmi tana vazniga 20 l/kg ni tashkil qiladi, bu amlodipinning katta qismi to‘qimalarda, kamrog‘i esa - qonda bo‘lishini ko‘rsatadi. Amlodipin gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi.
Metabolizmi
Amlodipin ahamiyatli “birinchi o‘tish” samarasisiz jigarda sekin, lekin faol metabolizmga uchraydi. Metabolitlari ahamiyatli farmakologik faollikka ega emas.
Chiqarilishi
Chiqarilishi ikki fazadan iborat, yakuniy fazasining T1/2 35-50 soat. Ichga qabul qilingan dozaning taxminan 60% buyrak orqali asosan metabolitlari ko‘rinishida, 10% - o‘zgarmagan holda, 20-25% esa - metabolitlari ko‘rinishida safro bilan ichak orqali chiqariladi. Amlodipinning umumiy klirensi 0,116 ml/s/kg (7 ml/min/kg, 0,42 l/s/kg).
Alohida guruh patsiyentlaridagi farmakokinetikasi
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak yetishmovchiligi amlodipinning kinetikasiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Gemodializda chiqarilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda amlodipinning klirensini pasayishi va AUC va T1/2 qiymatlarini taxminan 40-60% ga oshishi kuzatiladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi
Dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda amlodipinning AUC qiymatini va yarim chiqarilish davrini oshishi kuzatiladi.
Keksa yoshli patsiyentlar
Keksa va yoshroq patsiyentlarning qon plazmasida preparatning maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti deyarli bir xil. Keksa yoshli patsiyentlarda amlodipinning klirensini pasayishiga moyillik aniqlangan, bu AUC va yarim chiqarilish davrini oshishiga (T1/2 - 65 s) olib keladi.
Fiksatsiyalangan dozalari bo‘lgan Ekvator® majmuaviy praparati
Preparatning ta'sir etuvchi moddalari orasida farmakokinetik o‘zaro ta'sir ta'riflanmagan. Farmakokinetik parametrlari (AUC, maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti va qiymatlari, T1/2 ) ta'sir etuvchi moddalar alohida qo‘llanganidan keyingi shunday ko‘rsatkichlardan farq qilmaydi.
Ovqat qabul qilish ta'sir etuvchi moddalarni MIY orqali so‘rilishiga ta'sir qilmaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalarda gipertoniya kasalligini davolash.
Ekvator® tabletkalari preparati quyidagi dozalarda 10 mg/5 mg, 20 mg/5 mg va
20 mg/10 mg katta patsiyentlarda arterial bosimni adekvat nazoratini ta'minlovchi ko‘rsatilgan dozalarda lizinopril va amlodipinni bir vaqtda qabul qilishga muqobil sifatida qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar buyuriladi.
Tavsiya etiladigan doza - Ekvator® preparatining bir tabletkasi xar kuni buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza - Ekvator® preparatining bir tabletkasi buyuriladi.
Odatda fiksatsiyalangan dozalari bo‘lgan majmuaviy preparatni boshlang‘ich davolash uchun qo‘llash kerak emas.
10 mg/5 mg, 20 mg/5 mg va 20 mg/10 mg dozalardagi Ekvator® preparati faqat lizinopril va amlodipinning optimal tutib turuvchi dozalari 10 mg va 5 mg gacha testlangan patsiyentlarga muvofiq Ekvator® tabletkalari preparati 10 mg/5 mg, 20 mg va 5 mg gacha holda Ekvator® tabletkalari preparati 20 mg/5 mg va 20 mg va 10 mg gacha xolda, Ekvator® tabletkalari preparati 20 mg/10 mg ko‘rsatilgan. Agar dozaga tuzatish kiritish kerak bo‘lsa, preparatning aloxida komponentlarining dozalarini titrlashni ko‘rib chiqish kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun optimal boshlang‘ich va tutib turuvchi dozani aniqlash uchun, lizinopril va amlodipinni aloxida qo‘llab, dozalarni titrlash kerak. Ekvator® preparati bilan davolash vaqtida buyrak faoliyatini, qon zardobida kaliy va natriyning miqdorini nazorat qilish kerak. Buyrak faoliyati yomonlashgan xolda preparatni bekor qilish va uni adekvat dozalardagi lizinopril va amlodipinga almashtirish kerak.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda amlodipinni chiqarilishi sekinlashgan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda dozalash tartibi bo‘yicha aniq tavsiyalar belgilanmagan, shuning uchun Ekvator® preparatini eng kam tavsiya etilgan dozada buyurish kerak. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda optimal boshlang‘ich va tutib turuvchi dozani aniqlash uchun, dozalash tartibini lizinopril va amlodipinni alohida qo‘llab shaxsiy tartibda aniqlash kerak.
Keksa yoshli patsiyentlar (65 yoshdan katta)
Keksa yoshli patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Klinik tadqiqotlarda amlodipin va lizinoprilning samaradorligi va xavfsizligiga oid tavsiflarini yosh o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlari aniqlanmagan. Optimal tutib turuvchi dozani aniqlash uchun, dozalash tartibini lizinopril va amlodipinni alohida qo‘llash usuli bilan shaxsiy tartibda aniqlash kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Majmuaviy preparat qabul qilgan patsiyentlarda nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi, ta'sir etuvchi moddalardan birini olgan patsiyentlarga qaraganda yuqori bo‘lgan. Nojo‘ya reaktsiyalar amlodipin va/yoki lizinopril bo‘yicha ilgari olingan ma'lumotlarga muvofiq kelgan. Nojo‘ya reaktsiyalar yengil, o‘tkinchi bo‘lgan va davolashni bekor qilishni kam talab qilgan. Preparatlar majmuasini qabul qilishda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalari bosh og‘rig‘i (8%), yo‘tal (5%), bosh aylanishi (3%) bo‘lgan.
Nojo‘ya reaktsiyalarningtez-tezligi lizinopril va amlodipin uchun aloxida berilgan.
Ma'lumotlar MedDRA tasnifiga muvofiq tizimli-a'zoli sinflar bo‘yicha va quyidagi tez-tezlikda berilgan juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (bor bo‘lgan ma'lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
A'zolar tizimi sinfiTez-tezligiLizinoprilning
nojo‘ya reaktsiyasiAmlodipinning
nojo‘ya reaktsiyasi
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlarJuda tez-tezSuyak ko‘migida qon yaratilishini susayi-shi, agranulotsitoz, leykopeniya, neytrope-niya, trombotsitopeniya,
gemolitik anemiya, anemiya, limfadeno-patiyaTrombotsitopeniya,
leykopeniya
Immun tizimi tomonidan buzilishlarJuda kamAutoimmun buzilishlarAllergik reaktsiyalar
Endokrin tizim tomonidan buzilishlarKamAntidiuretik gor-monining noadekvat
sekretsiyasi sindromi (AGNSS)
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlarJuda kamGipoglikemiyaGiperglikemiya
Ruxiyatni buzilishiTez-tez emasKayfiyatni o‘zgarishlari, uyquni buzilishiUyqusizlik, kayfiyat-ni o‘zgarishi (shu jumladan xavotirlik, depressiya
KamRuxiyatni buzilishiOngni chalkashishi
Tez-tezligi noma'lumDepressiya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlarTez-tez Bosh aylanishi,
bosh og‘rig‘iUyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i (ayniqsa davolashning boshlang‘ich davrida)
Tez-tez emasVertigo, parasteziya, disgevziyaXushdan ketish, tremor, disgevziya, gipesteziya, parasteziya
Juda kamMushaklar gipertonu-si, periferik neyropatiya
Tez-tezligi noma'lumXushdan ketish
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlarTez-tez emasKo‘rishni buzilish-
lari (shu jumladan diplopiya)
Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirintli buzilishlarTez-tez emasQuloqlarni shang‘illashi
Yurak tomonidan buzilishlarTez-tezYurak urishini tezlashishi
Tez-tez emasYuqori xavf guruhi patsiyentlarida ehtimol, AB ni yaqqol pasayishi oqibatidagi miokard infarkti,
taxikardiya, yurak urishini tezlashishi
Juda kamMiokard infarkti, aritmiyalar (shu jumladan bradikar-
diya, qorinchalar taxikardiyasi, bo‘lma-
chalarni xilpillashi)
Qon tomirlari tomonidan buzilishlarTez-tezOrtostatik gipotenziyaTeri giperemiyasi
Tez-tez emasYuqori xavf guruhi patsiyentlarida ehti-mol AB yaqqol pasayi-shi chaqirgan miya qon aylanishini buzili-shi, Reyno sindromiAB ni pasayishi
Juda kamVaskulit
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlarTez-tezYo‘tal
Tez-tez emasRinitXansirash, rinit
Juda kamBronxospazm, allergik alveolit/eozinofil pnevmoniya, sinusitYo‘tal
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarTez-tezDiareya, qusishQorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi
Tez-tez emasQorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, ovqat xazm bo‘lishini buzilishiQusish, dispepsiya,
diareya yoki qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi
KamOg‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi
Juda kamIntestinal pankrea-tit, angionevrotik
shishPankreatit, gastrit, milklarni giperpla-ziyasi
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlarJuda kamJigar yetishmovchi-ligi, gepatit, xolestatik sariqlikGepatit, sariqlik
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlarTez-tez emasToshma, qichishishAlopetsiya, purpura, terining rangini o‘zgarishi, ko‘p terlash, qichishish, toshma, ekzantema
KamPsoriaz, eshakemi,
alopetsiya, o‘ta yuqori sezuvchanlik/ yuz, oyoq-qo‘llar, lablar, tovush tirqishi va/yoki xalqumni angionev-
rotik shishi
Juda kamToksik epidermal nekroliz, Stivens-
Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema
oddiy qavariq, ko‘p terlash, terining soxtalimfomasi*Angionevrotik shish
eksfoliativ derma-
tit, Stivens-
Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema
Kvinke shishi, foto-
sensibilizatsiya, eshakemi
Skelet-mushak va birik-
tiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlarTez-tezTo‘piqlarni shishi
Tez tez emasArtralgiya, mialgiya,
mushaklarni tirishishi, belda og‘riq
Tez-tezBuyrak faoliyatini buzilishi
Tez-tez emasSiydik chiqarilishi-ni buzilishi, nikturiya, siyishni tezlashishi
KamO‘tkir buyrak yetish-
movchiligi, uremiya
Juda kamOliguriya/anuriya
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlarTez-tez emasImpotentsiyaImpotentsiya,
ginekomastiya
KamGinekomastiya
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlarTez-tezPeriferik shishlar,
kuchli toliqish
Tez-tez emasYuqori charchoqlik,
asteniyaKo‘krakda og‘riqlar,
og‘riqlar, loxaslik, asteniya
Laborator va instrumen-tal tekshirishlarning natijalariga ta'siriTez-tez emasQonda mochevina, qon zardobida kreatinin
kontsentratsiyasini oshishi, giperka-liyemiya, “jigar” fer-
mentlari faolligini oshishiTana vaznini oshishi, tana vaznini pasayishi
KamGemoglobinni pasa-
yishi, gematokritni
pasayishi, qon zar-
dobida bilirubin kontsentratsiyasini oshishi
Juda kam“jigar” fermentlari faolligini oshishi**
* Sindrom quyida sanab o‘tilgan simptomlardan birini yoki ko‘prog‘ini o‘z ichiga olishi mumkin isitma, vaskulit, mialgiya, artralgiya/artrit, antinuklear antitelolar (ANA) titrini oshishi, eritrotsitlar cho‘kish tezligini (EChT) oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz, toshma, fotosensibilizatsiya yoki teri tomonidan boshqa o‘zgarishlar.
** Ko‘proq xolestazga muvofiq keladi.
Amlodipin qo‘llanganida shunigdek ekstrapiramid sindromni yuz berishining bir-bir hollari haqida ham xabar berilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Lizinopril bilan bog‘liq bo‘lgan
-Lizinoprilga yoki AAF ning xar qanday boshqa ingibitoriga yuqori sezuvchanlik;
-Anamnezdagi angionevrotik shishi, shu jumladan AAF ingibitorlarini qo‘llash fonida;
-Nasliy yoki ideopatik angionevrotik shish;
-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
-Homiladorlikning II va III uch oyliklari (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” va “Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash” bo‘limlariga qarang);
-AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlarining blokatorlarini (ARB II) qandli diabeti yoki o‘rtacha / og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KFT <60 ml/min/1,73 m2) bo‘lgan patsiyentlarda aliskiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Amlodipin bilan bog‘liq bo‘lgan
-Amlodipinga yoki digidropiridinning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
-Og‘ir arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm sim. ust. dan past);
-Shok (shu jumladan kardiogen shok);
-Chap qorinchaning chiqarish yo‘lini obstruktsiyasi (aortal stenozning og‘ir darajasi);
-O‘tkir miokard infarktidan keyingi gemodinamik nostabil yurak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Ekvator® tabletkalari 10 mg/5 mg, Ekvator® tabletkalari 20 mg/5 mg, Ekvator® tabletkalari 20 mg/10 mg preparati bilan bog‘liq bo‘lgan
Alohida komponentlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yuqorida ko‘rsatilgan xamma qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Ekvator® tabletkalari 10 mg/5 mg, Ekvator® tabletkalari 20 mg/5 mg, Ekvator® tabletkalari 20 mg/10 mg majmuaviy preparatiga ham taalluqlidir.
-yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik (“
Tarkibi
” bo‘limiga qarang) da qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, avj oluvchi azotemiya bilan kechuvchi buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi, buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan keyingi holat, azotemiya, giperkaliyemiya, birlamchi giperaldosteronizm, jigar faoliyatini buzilishi, arterial gipotenziya, serebrovaskulyar kasalliklar (shu jumladan miya qon aylanishining yetishmovchiligi), yurak ishemik kasalligi, koronar qon tomir yetishmovchiligi, sinus tuguni kuchsizligi sindromi (yaqqol bradikardiya, taxikardiya), noishemik etiologiyali NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV funktsional sinfi SYuE, aortal stenoz, mitral stenoz, o‘tkir miokard infarkti (miokard infarktidan keyin 1 oy davomida), biriktiruvchi to‘qimaning tizimli autoimmun kasalliklari (shu jumladan sklerodermiya, tizimli qizil yugurik), suyak ko‘migida qon hosil bo‘lishini susayishi, qandli diabet, osh tuzi cheklangan parhez, gipovolemik holatlar (shu jumladan diareya, qusish natijasidagi), keksalar, yuqori o‘tkazuvchanlikka ega yuqori oqimli dializ membranalarini qo‘llash bilan o‘tkaziladigan gemodializ (AN69®)da ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Lizinopril
Kaltsiy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari, kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar kaliyni tejovchi diuretiklar (masalan, spironolakton, amilorid va triamteren), kaliy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari, kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar va qon zardobida kaliyning miqdorini oshishiga yordam beruvchi xar qanday boshqa dori preparatlari (masalan, geparin), ular AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurilganida, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi va anamnezda buyrakning boshqa kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, giperkaliyemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Lizinopril bilan bir vaqtda kaliyning miqdoriga ta'sir qiluvchi dori preparati buyurilganida, qon zardobida kaliyning miqdorini nazorat qilish kerak. Bir vaqtda buyurish aloxida ehtiyotkorlik va buyrak faoliyati holatini va qon zardobida kaliyning miqdorini muntazam nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.
Kaliyni tejovchi diuretiklarni Ekvator® preparati bilan bir vaqtda faqat sinchikov tibbiy kuzatuv sharoitida qo‘llash mumkin.
Diuretiklar lizinopril olayotgan patsiyentga diuretik buyurilganida, odatda antigipertenziv samara kuchayadi. Lizinopril qabul qilinganida simptomatik gipotenziyani yuz berish ehtimolini, lizinopril bilan davolashni boshlashdan oldin diuretikni bekor qilish yo‘li bilan minimumga yetkazish mumkin. Bir vaqtda qo‘llashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak.
Lizinopril diuretiklarning kaliyuretik samarasini yumshatadi.
Boshqa gipotenziv preparatlar bu preparatlarni bir vaqtda qabul qilish Ekvator® preparatining antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin. Nitroglitserin, boshqa nitratlar yoki vazodilatatorlar bilan bir vaqtda qabul qilishi, AB ni yaqqol pasayishiga olib kelishi mumkin.
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimining ikki tomonlama blokadasi bor bo‘lgan ma'lumotlar bo‘yicha, AAF ingibitorlari, ARB II yoki aliksirenni qo‘llash bilan RAAT ning ikki tomonlama blokadasi, har qanday patsiyentga tavsiya qilinmasligi mumkin, ayniqsa diabetiknefropatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda.
Qandli diabeti yoki o‘rtacha/og‘ir buyrak yetishmovchiligi (SKF <60 ml/min/1,73 m2) bo‘lgan patsiyentlarda aliksirenni AAF ingibitorlari yoki ARB II bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Ayrim hollarda, AAF ingibitorlari va ARB II ni birga qo‘llash mutloq ko‘rsatilganda, mutaxassisning sinchkov kuzatuvi va albatta buyrak faoliyati, suv-elektrolit balansi, AB ni monitoringi zarur.
Tritsiklik antidepressantlar/antipsixotik vositalar/umumiy anasteziya uchun vositalar/narkotik analgetiklar AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish AB ni yaqqol pasayishiga olib kelishi mumkin.
Etanol antigipertenziv samarani kuchaytiradi.
Allopurinol prokainamid, sitostatiklar yoki immunodepressantlar (tizimli glyukokortikoidlar) AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida leykopeniyani rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Antatsidlar va kolestiramin AAF ingibitorlari bilan birga qabul qilinganda oxirgilarning biokiraolishini pasaytiradi.
Simpatomimetiklar AAF ingibitorlarining antigipertenziv samarasini susaytirishi mumkin; istalgan samaraga erishishni sinchkov nazoratini o‘tkazish kerak.
Gipoglikemik preparatlar AAF ingibitorlari va gipoglikemik dori preparatlarini (insulin va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar) bir vaqtda qo‘llanganida, gipoglikemiya xavfi oshishi mumkin. Ko‘proq bunday holatlar majmuaviy davolashning birinchi haftasi vaqtida va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatiladi.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQP) (shu jumladan siklooksigenaza-2 (TSOG-2) selektiv ingibitorlari) NYaQP, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasining sutkada 3 g dan ortiq yuqori dozalarini uzoq muddat davomida qo‘llash, AAF ingibitorlarining antigipertenziv samarasini pasaytirishi mumkin. NYaQP va AAF ingibitorlari qo‘llangandagi additiv samara qon zardobida kaliyning miqdorini oshishida namoyon bo‘ladi va buyrak faoliyatini yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Juda kam hollarda, ayniqsa keksa va suvsizlangan patsiyentlarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Litiy preparatlari AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida litiyni chiqarilishi sekinlashishi mumkin va shuning uchun bunday hollarda qon zardobida litiyning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning neyrotoksik ta'sirining ko‘rinishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ataksiya, tremor, quloqlarni shang‘illashi) kuchayishi mumkin. Lizinopril va litiy preparatlarini birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. AAF ingibitorlari bilan tiazid diuretiklarni birga qo‘llash litiyli toksiklik xavfini oshishiga va yana xam ko‘proq litiy bilan intoksikatsiyani oshirishi mumkin.
Oltin preparatlari AAF ingibitorlari va oltin preparatlari (natriy aurotiomalat) vena ichiga bir vaqtda qo‘llanganida yuz giperemiyasi, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi va arterial gipertenziyani o‘z ichiga oluvchi simptomokompleks ta'riflangan.
Atsetilsalitsil kislotasi, trombolitiklar, beta-adrenoblokatorolar, nitratlar lizinoprilni atsetilsalitsil kislotasi (kardiologik dozalarda), trombolitiklar, beta-adrenoblokatorlar va/yoki nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Amlodipin
Boshqa dori vositalarini amlodipinga ta'siri
CYP3A4 izofermenti ingibitorlari amlodipinni CYP3A4 izofermentining kuchli yoki o‘rtacha ingibitorlari (proteaza ingibitorlari, azollar guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi vositalar, makrolidlar guruhi antibiotiklari (eritromitsin yoki klaritromitsin kabilar, verapamil yoki diltiazem) bilan bir vaqtda qo‘llash, amlodipinning samarasini sezilarli kuchayishiga olib kelishi mumkin, ular keksa patsiyentlarda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shifokor nazorati va zarurati bo‘lganida - amlodipinning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.
CYP3A4 izofermenti induktorlari
CYP3A4 izofermentining induktorlari (masalan, rifampitsin, Teshik dalachoy saqlovchi preparatlar) bilan bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida amlodipinning kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Amlodipin va
CYP3A4 izofermenti induktorlari
ni bir vaqtda qo‘llashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak.
Amlodipinni greypfrut yoki greypfrut sharbati bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki ayrim patsiyentlarda bu amlodipinning biokiraolishligini oshishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida uning antigipertenziv samarasi oshadi.
Dantrolen (infuziya) xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda verapamil qabul qilinganidan va dantrolen vena ichiga yuborilganidan keyin qorinchalar fibrillyatsiyasi va yo‘ldosh giperkaliyemiya va o‘lim bilan yakunlanuvchi yurak-qon tomir yetishmovchiligini rivojlanishi kuzatilgan. Giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi tufayli, xavfli gipertermiyaga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek xavfli gipertermiyani davolash uchun amlodipin kabi “sekin” kaltsiy kanallarining blokatorlarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Amlodipinni boshqa dori preparatlariga ta'siri
Amlodipinning antigipertenziv samarasi kuchayadi. Antigipertenziv xususiyatlarga ega bo‘lgan dori preparatlar ta'sirida.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirini o‘rganish bo‘yicha klinik tadqiqotlarda amlodipin atorvastatin, digoksin, varfarin yoki siklosporinning farmakokinetikasiga ta'sir qilmagan.
Simvastatin 10 mg amlodipin va 80 mg simvastatinning takroriy dozalarini bir vaqtda qabul qilish, simvastatin bilan monoterapiyadagiga nisbatan simvastatinning kontsentratsiyasini 77% ga oshishiga olib kelgan. Amlodipin qabul qilayotgan patsiyentlarda simvastatinning dozasini kuniga 20 mg gacha cheklash kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Alohida komponentlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan, quyida keltirilgan ogohlantirishlar, shuningdek majmuaviy preparat Ekvator®ga ham taalluqlidir.
Lizinopril bilan bog‘liq bo‘lgan
Arterial gipotenziya
Klinik simptomlarni rivojlanishi bilan kechuvchi AB ni yaqqol pasayishi aylanayotgan qon xajmi va/yoki diuretiklarni qabul qilish, suyuqlikni yo‘qotish yoki boshqa sabablar yuzasidan, masalan ko‘p terlash, davomli qusish va/yoki diareya yoki og‘ir reninga-qaram arterial gipertenziya oqibatidagi natriyning miqdori kam bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Ekvator® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin suyuqlik va/yoki natriyni yo‘qotilishini tiklashni o‘tkazish kerak. Boshlang‘ich doza qabul qilinganidan keyin AB ni nazorat qilish kerak. Bunday holatlar yurak ishemik kasalligi yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ham taaluqlidir, ularda AB ni yaqqol pasayishi miokard infarktiga yoki insultga olib kelishi mumkin.
O‘tkinchi gipotenziya lizinoprilni keyingi qo‘llashga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi, uni odatda AQX oshganidan keyin AB ko‘tarilganidan keyinroq darhol qo‘llash mumkin.
AB normal yoki pasaygan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan ayrim patsiyentlarda, lizinopril qo‘llanganida tizimli AB ni qo‘shimcha pasayishi kuzatiladi. Ushbu samarakutilayotgan hisoblanadi va odatda davolashni to‘xtatishni talab qilmaydi. Agar arterial gipotenziya simptomatik gipotenziyaga aylansa, dozani pasaytirish yoki lizinoprilni qo‘llashni to‘xtatish talab qilinishi mumkin.
RAAT ikki tomonlama blokadasi
RAAT ikki tomonlama blokadasi monoterapiya bilan solishtirganda arterial gipotenziya, giperkaliyemiya va buyrak faoliyatini buzilishlari (shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) rivojlanishi xavfini oshishi bilan assotsiatsiyalanadi. AAF ingibitorlari, ARB 11 yoki aliskirenni qo‘llash bilan RAAT ikki tomonlama blokadasi xar qanday patsiyentga, ayniqsa diabetik neyropatiyasi bo‘lgan patsiyentlarga tavsiya qilinishi mumkin emas.
Alohida hollarda, AAF ingibitorlari va ARB II ni birga qo‘llash mutloq ko‘rsatilganda mutaxassisning sinchkov kuzatuvi va buyrak faoliyati, suv-elektrolit balansi, AB majburiy monitoringini o‘tkazish kerak. Bu surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda AAF ingibitorlari bilan davolashga qo‘shimcha sifatida kandesartan yoki valsartanni buyurishga xam taalluqlidir. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda aldosteronning (spirinolakton) antagonistlarini o‘zlashtiraolmaslikda RAAT ni ikki tomonlama blokadasini mutaxassisning sinchkov kuzatuvi va buyrak faoliyati, suv-elektrolit balansi, AB ning majburiy monitoringi ostida o‘tkazish mumkin, ularda boshqa adekvat davolashni o‘tkazishga qaramasdan surunkali yurak yetishmovchiligi simptomlarini persistitsiyalanishi kuzatiladi.
O‘tkir miokard infarktidagi arterial gipotenziya
Vazodilatatorlar bilan davolashdan keyin gemodinamikani yanada jiddiy yomonlashishi xavfiga uchragan o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlarda, lizinopril bilan davolashni boshlamaslik kerak. Bu sistolik arterial bosimi (SAB) 100 mm sim. ust. yoki pastroq bo‘lgan, shuningdek kardiogen shok bilan xastalangan patsiyentlardir. Miokard infarktidan keyin birinchi 3 kun davomida, agar SAB 120 mm sim. ust. yoki pastroqni tashkil qilsa, lizinoprilning dozasini kamaytirish kerak. Agar SAB 100 mm sim. ust. yoki pastroqni tashkil qilsa, tutib turuvchi dozani 5 mg yoki vaqtincha 2,5 mg gacha kamaytirish kerak. Arterial gipotenziya SAB 90 mm sim. ust. pastda 1 soatdan ko‘proq saqlansa) saqlangan hollarda, lizinoprilni bekor qilish kerak.
Aortal va mitral klapanning stenozi/gipertrofik kardiomiopatiya
Boshqa AAF ingibitorlaridagi kabi, lizinoprilni mitral klapan stenozi va yurakning chap qorinchasini chiqarish yo‘lining obstruktsiyasi (aortal stenoz yoki gipertrofik kardiomiopatiya) bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi
Buyrak yetishmovchiligi (KK ≤80 ml/min) bo‘lgan hollarda lizinoprilning boshlang‘ich dozasini patsiyentning KK ko‘rsatkichiga qarab, so‘ngra esa patsiyentning davolashga bo‘lgan reaktsiyasiga qarab tanlash kerak. Davolashni o‘tkazishda qon zardobida kaliy miqdorini va kreatinin kontsentratsiyasini nazoratini o‘tkazish kerak.
Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda AAF ingibitorlari bilan davolash boshlanganidan keyin arterial gipertenziya buyrak faoliyatini yanada yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi haqida, lekin, odatda qaytuvchi xabar berilgan.
AAF ingibitorlarini olgan buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan patsiyentlarda, odatda davolash to‘xtatilganidan keyin, qon zardobida mochevina va kreatinin kontsentratsiyasini qaytuvchan oshishi kuzatilgan. Buning ehtimoli ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda bo‘ladi. Yo‘ldosh vazorenal arterial gipertenziyasida og‘ir arterial gipotenziya va buyrak yetishmovchiligini rivojlanishining yuqori xavfi bor. Bunday patsiyentlarda davolashni qatiy tibbiy kuzatuv ostida past dozalardan boshlash va dozani ehtiyotkorlik bilan titrlash kerak. Diuretiklar bilan davolash yuqorida ko‘rsatilgan holatlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, ularni qo‘llashni to‘xtatish kerak, bunda buyrak faoliyatini lizinopril bilan davolashni birinchi haftalari davomida nazorat qilish kerak.
Yaqqol oldingi vazorenal gipertenziyasi bo‘lmagan arterial gipertenziyasi bo‘lgan ayrim patsiyentlarda, qon zardobida mochevina va kreatinin kontsentratsiyasini, odatda biroz va o‘tkinchi oshishi, ayniqsa lizinopril diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llangan hollarda aniqlangan. Buning ehtimoli ayniqsa oldingi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda bo‘ladi. Diuretik va/yoki lizinoprilning dozasini pasaytirishni va/yoki bekor qilishni talab qilishi mumkin.
O‘tkir miokard infarktida lizinopril bilan davolashni, qon zardobidagi kreatininning kontsentratsiyasi 177 mikromol/l dan yuqori bo‘lmagan va/yoki
500 mg/24 soat dan yuqori bo‘lmagan proteinuriya sifatida aniqlangan buyrak yetishmovchiligi belgilari bo‘lgan patsiyentlarda boshlamaslik kerak. Lizinopril bilan davolash vaqtida buyrak faoliyatini buzilishi (qon zardobidagi kreatininning kontsentratsiyasi 265 mikromol/l dan yuqori yoki davolashni boshlashgacha bo‘lgan qiymatidan 2 marta yuqori) bo‘lgan hollarda, shifokor lizinoprilni bekor qilish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqishi kerak.
Angionevrotik shishi
Yuz, oyoq-qo‘llar, lablar, tovush boylamalari va/yoki xalqumning angionevrotik shishi AAF ingibitorlarini, shu jumladan lizinoprilni, qabul qilgan patsiyentlarda qayd qilingan. Bunday hollarda Ekvator® preparatini qabul qilishni darxol to‘xtatish va simptomlar butunlay yo‘qolgunicha patsiyentni sinchikov tibbiy kuzatuvini olib borish kerak.
Yuz, lablar, va oyoq-qo‘llarni shishi odatda mustaqil o‘tib ketadi, shunga qaramay, simptomlarning yaqqolligini kamaytirish uchun antigistamin preparatlarni qabul qilish kerak.
Xalqumni shishi yoki tilni shishi bilan birga kechuvchi angionevrotik shishi o‘limga olib kelishi mumkin. Til, tomoq yoki xalqumni shishi aniqlanganida, ular nafas yo‘llarining obstruktsiyasini sababi bo‘lishi mumkin, darhol shoshilinch yordam choralarini boshlash kerak. Kerakli choralarga quyidagilar kiradi 0,1% li epinefrin (adrenalin) eritmasini teri ostiga 0,3-0,5 mg yoki 0,1 mg vena ichiga sekin, keyingi glyukokortikosteroidlarni (vena ichiga) va antigistamin preparatlarni yuborish va bir vaqtda xayotiyo-muxim faoliyatlarni kuzatish kerak.
AAF ingibitorlarini qabul qilgan patsiyentlarda kam hollarda intestinal angionevrotik shishi kuzatilgan. Bu patsiyentlar qorinda og‘riqlarga (ko‘ngil aynishi va qusish bilan yoki ularsiz kechuvchi) shikoyat qilganlar; ayrim hollarda oldingi yuzni angionevrotik shishi kuzatilmagan, va S-1 esterazaning faolligi norma chegaralarida bo‘lgan. Intestinal angionevrotik shishi me'da-ichak yo‘llarining kompyuterli tomografiya yoki ultratovush tekshirishlari ma'lumotlari bo‘yicha, yoki jarrohlik aralashuvda diagnostika qilingan; AAF ingibitorlari bekor qilinganidan keyin simptomlar yo‘qolgan. AAF ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda qorin og‘riqlarini differentsial tashxisini o‘tkazishda, interstitsial angionevrotik shish rivojlanishini hisobga olish kerak.
Anamnezida AAF ingibitorlarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan angionevrotik shishi bo‘lgan patsiyentlarda, AAF ingibitorlarini qo‘llash angionevrotik shishi rivojlanishining yuqoriroq xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Gemodializda bo‘lgan patsiyentlardagi anafilaktik reaktsiyalar
Poliakrilnitril membranalarni (masalan, AN69®) qo‘llash bilan gemodializ o‘tkazilgan va bir vaqtda AAF ingibitorlarini olgan patsiyentlarda, anafilaktik shok hollari qayd qilingan, shuning uchun bunday majmuadan saqlanish kerak. Patsiyentlarga dializ membranasining boshqa turini yoki boshqa farmakoterapevtik guruhi gipotenziv preparatni qo‘llash tavsiya etiladi.
Past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) aferezi muolajasini o‘tkazish vaqtida patsiyentlardagi anafilaktik reaktsiyalar
AAF ingibitorlarini olayotgan patsiyentlarda dekstran sulfati bilan PZLP aferezi muolajasini o‘tkazish vaqtida kam xayot uchun xavfli anafilaktik reaktsiyalar rivojlangan. Xar bir aferez muolajasi oldidan AAF ingibitorini bekor qilish yo‘li bilan bunday reaktsiyalarni oldini olish mumkin.
Pardaqanotlilarning zahari bilan desensibilizatsiya
AAF ingibitorlarini olayotgan patsiyentlarda ba'zida pardaqanotlilarning (masalan, arilar yoki asalarilar) zahari bilan desensibilizatsiyada anafilaktik reaktsiyalar rivojlangan. Bunday hayot uchun xavfli vaziyatlarni desensibilizatsiya muolajasini o‘tkazish oldidan AAF ingibitorini bekor qilib saqlanish mumkin.
Jigarga ta'siri
Kam hollarda AAF ingibitorlarini qo‘llash sindrom bilan birga kechgan, u xolestatik sariqlik yoki gepatit bilan boshlangan va jigarning fulminant nekroziga aylangan va ayrim hollarda o‘limga olib kelgan. Bu sindromning mexanizmi ma'lum emas. Ekvator® olayotgan, sariqlik yoki “jigar” fermentlarining faolligini oshishi kuzatilgan patsiyentlarda, preparatni bekor qilish va ularning holatini sinchkov nazoratini o‘tkazish kerak.
Neytropeniya/agranulotsitoz
AAF ingibitorlarini olayotgan patsiyentlarda neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya va anemiya rivojlanishining kam hollari qayd qilingan. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlarda va boshqa og‘irlashtiruvchi omillar bo‘lmaganida neytropeniya kam uchraydi. Neytropeniya va agranulotsitoz qaytuvchan bo‘ladi va AAF ingibitorlari bekor qilinganidan keyin yo‘qoladi. Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, immunosupressiv davolashni o‘tkazishda, allopurinol yoki prokainamid bilan davolash vaqtida yoki bu og‘irlashtiruvchi omillar qo‘shilganida, ayniqsa buyrak faoliyatini oldingi buzilishi bo‘lganida, Ekvator®ni alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bu patsiyentlarning ayrimlarida jiddiy infektsion kasalliklar rivojlangan, ularda ayrim hollarda antibiotiklar bilan davolashga javob olingan emas. Bunday patsiyentlarda Ekvator® preparati bilan davolash vaqtida vaqti-vaqti bilan leykotsitlar sonini nazorat qilish (leykotsitar formulani hisoblash bilan qonning taxlilini o‘tkazish) kerak. Patsiyentlarni infektsion kasalliklarning birinchi belgilari paydo bo‘lganida shifokorni xabardor qilishlari kerakligi haqida ogohlantirish kerak.
Irqqa mansublik
AAF ingibitorlarini qo‘llagan negroid irqi vakillarida, boshqa irq patsiyentlariga nisbatanangionevrotik shish ko‘proq paydo bo‘lgan.
Boshqa AAF ingibitorlari kabi, lizinopril ham boshqa irq patsiyentlariga nisbatan negroid guruhi patsiyentlarida gipotenziv vosita sifatida kamroq samaralidir. Ushbu samara arterial gipertenziyasi bo‘lgan negroid irqi patsiyentlarida pastreninli statusni yaqqol ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yo‘tal
AAF ingibitorlarini qo‘llash vaqtida ko‘pincha yo‘tal kuzatiladi. Odatda, yo‘tal balg‘amsiz, doimiy bo‘ladi va preparat bekor qilinganidan keyin to‘xtaydi. Yo‘talni differentsial tashxis qilishda, AAF ingibitorlarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘talni hisobga olish kerak.
Jarrohlik aralashuvi/umumiy anasteziya
Jarrohlik aralashuvlarida yoki arterial gipotenziyani chaqiruvchi preparatlarni qo‘llash bilan o‘tkaziladigan umumiy anasteziyada, lizinopril reninni kompensator ajralib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan angiotenzin II ni hosil bo‘lishini bloklashi mumkin.
Agar yuqorida keltirilgan mexanizm natijasida arterial gipotenziya rivojlansa, AQX oshirish bilan muvofiqlashtirish mumkin.
Giperkaliyemiya
AAF ingibitorlarini olgan ayrim patsiyentlarda qon zardobida kaliyning miqdorini oshishi kuzatilgan. Giperkaliyemiya rivojlanishi bo‘yicha xavf guruhini buyrak yetishmovchiligi, 2 tur qandli diabeti, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, degidratatsiyasi, metabolik atsidozi bo‘lgan yoki kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari, kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar yoki qon zardobida kaliyning miqdorini oshishiga olib keluvchi xar qanday boshqa dori vositalarini (masalan, geparin) bir vaqtda qo‘llangan patsiyentlar tashkil qiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida, qon zardobida kaliyning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar
Gipoglikemik preparatlarni ichga qabul qilayotgan yoki insulin olayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda, AAF ingibitorlari bilan davolashning birinchi oyi davomida qonda qandning darajasini nazorat qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang).
Amlodipin bilan bog‘liq bo‘lgan
Gipertonik krizda amlodipinni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Yurakyetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Kaltsiy kanallari blokatorlarini, shu jumladan amlodipinni dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ular yurak-qon tomir asoratlari va o‘lim xavfini oshirishlari mumkin.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda amlodipinning yarim chiqarilish davrini uzayishi va AUC qiymatini oshishi aniqlanadi, lekin dozalashga nisbatan muvofiq tavsiyalar ishlab chiqilmagan. Shuning uchun amlodipinni qo‘llashni dozalash doirasida minimal dozadan boshlash kerak; davolashni boshlashni va dozani oshirishni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, dozani sekin titrlash va sinchkov tibbiy kuzatuv talab qilinishi mumkin.
Keksa yoshli patsiyentlar
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan keksa yoshli patsiyentlarda, lizinopril va amlodipinni aloxida qo‘llab, dozaga tuzatish kiritishni o‘tkazish kerak.
Davolanish vaqtida tana vaznini nazorat qilish stomatolog kuzatuvida (milklarning og‘riqliligi, qonovchanligi va giperplaziyasini oldini olish uchun) bo‘lish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Ekvator® preparatini homiladorlikning I uch oyligi vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi va xomiladorlikning II va III uch oyliklarida qo‘llash mumkin emas. (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang).
Adekvat nazoratli klinik tekshirishlar doirasida homilador ayollarda Ekvator® preparatini qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Shuning uchun xomiladorlik vaqtida ikkala ta'sir qiluvchi moddalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi yoki mumkin emas. Homiladorlik tasdiqlanganida Ekvator® preparatini qabul qilishni darxol to‘xtatish va muqobil davolashni boshlash kerak (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Xomiladorlik vaqtida Ekvator® preparatini qabul qilishni boshlamaslik kerak. Agarda Ekvator® preparati bilan davolashni davom ettirish zarur deb hisoblansa, xomiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarni, xomiladorlik vaqtida qo‘llash xavfsizligi ma'lum bo‘lgan muqobil gipotenziv vositalarga o‘tkazish kerak.
Lizinopril
AAF ingibitorlarini xomiladorlikning I uch oyligida qo‘llash tavsiya etilmaydi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang) va II va III uch oyliklarida qo‘llash mumkin emas (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” va “
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limlariga qarang).
Homiladorlikning I uch oyligi vaqtida AAF ingibitorlarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan teratogenlik xavfi yuzasidan epidemiologik ma'lumotlar ishonchli hisoblanmaydi, lekin, xavfni biroz oshishini istisno qilish mumkin emas. Agar AAF ingibitori bilan davolash zarur deb hisoblansa, homiladorlik vaqtida qo‘llash xavfsizligi ma'lum bo‘lgan muqobil gipotenziv vositalarga o‘tkazish kerak. Homiladorlik tasdiqlanganida, AAF ingibitori bilan davolash darxol to‘xtatilishi va zarurati bo‘lganida muqobil davolash buyurilishi kerak.
AAF ingibitorlarini xomiladorlikning II va III uch oyliklari vaqtida ayollarda qo‘llashni fetotoksiklikni (buyrak faoliyatini pasayishi, kamsuvlik, kalla suyaklarini suyaklanishini sekinlashishi) induktsiyalashi va neonatal toksikligi (buyrak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, giperkaliyemiya) ma'lum. Agar AAF ingibitori homiladorlikning II uch oyligidan boshlab qo‘llangan bo‘lsa, buyrak faoliyatini va kalla suyagini ultratovush tekshirish tavsiya etiladi. Onalari AAF ingibitorlarini qabul qilgan yangi tug‘ilgan va emizikli bolalarni, arterial gipertenziyani o‘z vaqtida aniqlash uchun sinchiklab kuzatib borish tavsiya etiladi (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” va “
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limlariga qarang).
Amlodipin
Homiladorlik vaqtida amlodipinni qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun homiladorlik vaqtida amlodipinni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Emizish
Emizish davrida Ekvator® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi (ma'lumotlar yo‘q). Agar laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lsa, xavfsizlik profili ma'lum bo‘lgan muqobil gipotenziv vositalarni buyurish kerak (ayniqsa yangi tug‘ilgan va chala tug‘ilgan bolalarni emizish davrida).
Fertillik
Ekvator® preparatini fertillikka ta'siri yuzasidan adekvat nazoratli klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari yo‘q. BMKK qo‘llanganda ayrim patsiyentlarda spermatazoidlarning boshchalarida qaytuvchan biokimyoviy o‘zgarishlar xaqida xabar berilgan.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Lizinopril bilan bog‘liq bo‘lgan
Transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarishda bosh aylanishi yoki charchoq rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Amlodipin bilan bog‘liq bo‘lgan
Amlodipin transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ahamiyatsiz yoki o‘rtacha ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, charchoq va ko‘ngil aynishi rivojlanishi mumkinligi tufayli, psixomotor reaktsiyalar tezligi buzilishi mumkin. Ehtiyotkorlikka rioya qilish, ayniqsa davolashni boshida tavsiya etiladi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Odamda Ekvator® preparatining dozasini oshirib yuborilishi xaqida ma'lumotlar yo‘q.
Lizinopril
Simptomlari arterial gipotenziya, sirkulyator shok, elektrolitlar balansini buzilishi, buyrak yetishmovchiligi, giperventilyatsiya, taxikardiya, yurak urishini tezlashishi, bradikardiya, bosh aylanishi, xovotirlik va yo‘tal
Davolash me'dani yuvish, faollangan ko‘mir qabul qilish, oyoqlarni ko‘tarib patsiyentni gorizontal holatga keltirish, aylanayotgan qon xajmini (AQX) to‘ldirish - plazma o‘rnini bosuvchi eritmalarni vena ichiga yuborish, simptomatik davolash, shuningdek angiotenzin II ni infuzion yuborish va/yoki katexolaminlarni vena ichiga yuborish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish ham mumkin, yurak-qon tomir va nafas tizimi faoliyatini, AQX, mochevina, kreatinin kontsentratsiyasini va qon zardobida elektrolitlar miqdorini, shuningdek diurezni nazorat qilish kerak. Dorilar bilan davolashga chidamli bradikardiya rivojlanganida, ritmni sun'iy boshqaruvchisini qo‘yish ko‘rsatilgan. Lizinopril tizimli qon oqimida gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin.
Amlodipin
Simptomlari reflektor taxikardiya va xaddan ziyod periferik vazodilatatsiya rivojlanishi mumkinligi bilan AB ni yaqqol pasayishi (yaqqol va turg‘un arterial gipotenziya rivojlanishini xavfi, shu jumladan shok va o‘lim rivojlanishi bilan).
Davolash me'dani yuvish, faollangan ko‘mir buyurish, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tutib turish, yurak-qon tomir va nafas tizimlarining faoliyatini nazorat qilish, oyoqlarni ko‘tarib patsiyentni gorizontal holatga keltirish, aylanayotgan qon xajmini (AQX) va diurezni nazorat qilish. Tomirlar tonusini tiklash uchun - tomirlarni toraytiruvchi vositalarni qo‘llash (ularni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganida); kaltsiy kanallarining blokadasi asoratlarini bartaraf qilish uchun - vena ichiga kaltsiy glyukonatini yuborish kerak.Gemodializ samarali emas.
Fiksatsiyalangan dozali Ekvator® majmuaviy preparati
Simptomlari
Ekvator® preparatining dozasini oshirib yuborilishi yaqqol arterial gipotenziya, o‘tkir qon tomir yetishmovchiligi, elektrolit balansini buzilishlari, buyrak yetishmovchiligi, giperventilyatsiya, taxikardiya, yurak urishini tezlashishi, bradikardiya, bosh aylanishi, xovotirlik va yo‘tal bilan oshiqcha periferik vazodilatatsiyaga olib kelishi mumkin.
Davolash simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi (patsiyentni orqada “yotgan” holatga keltirish, kuzatish va zarurati bo‘lganida yurak-qon tomir va nafas tizimlari faoliyatini tutib turish kerak, AB ni nazorat qilish AQX ni to‘ldirish va elektrolit balansini tiklash, qon zardobida kreatinin kontsentratsiyasini monitorlash). Yaqqol arterial gipotenziya xolida oyoqlarni boshdan yuqoriga ko‘tarish kerak agar qon o‘rnini bosuvchilarni vena ichiga yuborish yetarli natijaga olib kelmasa, periferik vazopressorlarni yuborish hisobiga, ularni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasligi sharti bilan tutib turuvchi davolash talab qilinishi mumkin. Angiotenzin II ni infuzion yuborish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kaltsiy glyukonatini vena ichiga yuborish kaltsiy kanallarining blokadasi chaqirgan samaralarni ortga rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Amlodipin sekin so‘rilishi tufayli, ayrim hollarda me'dani yuvish samarali bo‘lishi mumkin. Lizinoprilni tizimli qon oqimidan chiqarish uchun gemodializ o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Dializ vaqtida yuqori oqimli poliakrilonitril membranalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Chiqarilish shakli
10 tabletka blisterda (PVX/PE/PVDX - alyumin folga).
1,3 yoki 6 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likning ta'siridan ximoya qilish uchun original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Gedeon Rixter” OAJ
1103 Budapesht, Dyomryoi ko‘ch., 19-21, Vengriya
Ishlab chiqaruvchi
va buyurtmachining manfaatlarini belgilovchi kompaniya
«Gedeon Rixter» OAJ
Vengriya, 1103 Budapesht, Dyomryoi ko‘ch., 19-21.
Ishonch telefoni (qo‘ng‘iroq bepul) 7-800-555-00777
Elektron manzil drugsafety@g-richter.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.