Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Enalapril tab. 0,005g. №20 Radiks
Nomi | Narx | |||||
Эналаприл таб. 0,005г. №20 Radiks (020424##2 236) |
UZS 3 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Эналаприл, гидрохлоротиазид
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,005 г
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Enalapril
Ta'sir etuvchi modda (XPN) enalapril (enalapril maleati ko‘rinishida).
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
faol modda enalapril maleati – 5 mg yoki 10 mg;
yordamchi moddalar sut qandi (laktoza), kartoshka kraxmali, tal'k, stearin kislotasi yoki kaltsiy stearati.
Ta'rifi oq yoki oq sarg‘ish tusli bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antigipertenziv vositalar (AAF ingibitorlari).
ATX kodi S09AA02
Farmakologik xususiyatlari
Angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) faolligini susaytiradi, bu angiotenzin II hosil bo‘lishini kamaytiradi, bu uni arterial va venoz tomirlariga tomirni toraytiruvchi ta'sirini yo‘qolishiga olib keladi. Umumiy periferik tomirlar qarshiligini pasaytirib, antigipertenziv ta'sir ko‘rsatadi. Oldingi va keyingi yuklamani kamaytiradi, yurakdan otilib chiqadigan qon va yurakning minutlik hajmini, yurak qisqarishlarini tezlashtirmagan holda oshiradi. Yurakning o‘ng bo‘lmachasidagi va kichik qon aylanish doirasidagi bosimni kamaytiradi. Uzoq muddat qo‘llanganida yurakni kattalashgan o‘lchamlarini qisqartiradi. Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ida aldosteron hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Bir marta qabul qilingandan keyin, antigipertenziv ta'siri 1 soatdan so‘ng boshlanadi, 4-6 soat o‘tgach maksimumga yetadi va 24 soatgacha saqlanadi. Arterial bosimni (AB) optimal tushirishga erishish uchun preparatni bir necha hafta davomida qabul qilish talab etiladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, preparatning taxminan 60% so‘riladi. Jigarda faolroq modda - enalaprilatni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Enalaprilning qon zardobidagi eng yuqori kontsentratsiyasiga 1 soatdan so‘ng erishiladi, enalaprilat esa - 3-4 soatdan so‘ng, qon zardobida barqaror kontsentratsiya 4 kun qabul qilingandan so‘ng hosil bo‘ladi. Preparat va uning metaboliti buyrak orqali filtratsiyasi va naychalar sekretsiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Qon zardobida barqaror kontsentratsiyasiga erishilgandan keyin yarim chiqarilish davri (T1/2) 11 soatni tashkil qiladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml ga teng yoki undan kam bo‘lganida) T1/2 uzayadi.
Qo‘llanilishi
Arterial gipertoniya (shu jumladan renovaskulyar), surunkali yurak yetishmovchiligi, yurakning chap qorinchasini simptomsiz disfunktsiyasini (majmuaviy davolash tarkibida) davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin chaynamasdan, suv bilan qabul qilinadi. Preparatning dozasi bemorning holatiga qarab individual ravishda tanlanadi.
Arterial gipertenziyani davolash monoterapiyada tavsiya qilingan boshlang‘ich doza sutkada 1 marta 5 mg ni tashkil qiladi. Yetarli gipotenziv samara kuzatilmasa, sutkada 2 martagacha oshiriladi. Yaxshi o‘zlashtirilganda va zarurati bo‘lganida preparatning sutkalik dozasini oshirish mumkin. Odatda davolashning 2-4 haftasidan keyin belgilanadigan sutkalik samarani bir maromda ushlab turuvchi doza 10 mg dan 20 mg gacha, kam hollarda 40 mg ni tashkil qiladi, uni 1 yoki 2 marta qabul qilishga bo‘linadi. Maksimal sutkalik doza - 80 mg.
Diuretiklarni qabul qilayotgan bemorlar uchun boshlang‘ich doza, bir marta 2,5 mg ni tashkil qiladi.
Davolash kursi uzoq muddatli, odatda umrbod davom etadi.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda nefropatiya chaqirgan arterial gipertenziyada preparatni qo‘llanishi.
Agar diabetik nefropatiya normal AB fonida kechsa, unda kichikroq dozalar, sutkada - 2,5 mg yoki 5 mg ishlatiladi, agar arterial gipertenziya fonida bo‘lsa, unda doza arterial gipertenziyadagi kabi tanlanadi (sutkada maksimal 40 mg).
Buyrak kasalliklaridagi arterial gipertenziyani davolash KK minutiga 30 ml yuqori bo‘lsa, boshlang‘ich sutkalik doza 5 mg, minutiga 30 ml dan kam bo‘lsa - 2,5 mg ni tashkil qiladi. Doza kamida 4 kunlik interval bilan asta-sekin oshiriladi. Maksimal sutkalik doza - 40 mg. Gemodializda bo‘lgan bemorlar uchun gemodializ o‘tkazilgan kuni doza 2,5 mg, qolgan kunlari esa doza AB ko‘rsatkichlariga va yuqorida keltirilgan ko‘rsatmaga muvofiq tuzatiladi.
Yurakning chap qorinchasini simptomsiz disfunktsiyasini davolash boshlang‘ich doza sutkada 2 marta 2,5 mg ni tashkil qiladi. Odatdagi samarani bir maromda ushlab turuvchi doza - 10 mg, kuniga 2 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlari odatda kuchsiz va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lib, preparatni bekor qilishni talab etmaydi;
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan juda kam hollarda - arterial gipotenziya, shu jumladan ortostatik, hushdan ketish, stenokardiya, miokard infarkti, serebral insult, taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, yurakni urib ketishi;
Markaziy nerv tizimi va ruhiyat tomonidan juda kam hollarda - bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kuchli toliqish, asteniya; depressiya, ongni chalkashishi, uyquni buzilishi, sochlarni to‘kilishi, impotentsiya;
Sezgi a'zolari tomonidan juda kam hollarda - ko‘rishni buzilishi, ta'm bilishni buzilishi, quloqlarni shang‘illashi;
Me'da-ichak yo‘llari, jigar va me'da osti bezi tomonidan juda kam - ko‘ngil aynishi, diareya, jigar transaminazalari faolligini, bilirubinni oshishi, ishtahani yo‘qolishi, qabziyat, pankreatit, gepatit, sariqlik, glossit, og‘izni qurishi;
Nafas tizimi tomonidan balg‘amsiz yo‘tal, juda kam hollarda - bronxospazm, o‘pka infiltratlari, hansirash;
Allergik, toksiko-allergik va immunopatologik reaktsiyalar juda kam hollarda - angionevrotik shish, teri toshmasi, qichishishi, eshakemi;
Artralgiya yoki artrit, mialgiya, qaltirash, serozit, vaskulit, fotosensibilizatsiya, teri toshmalari, leykotsitoz, eozinofiliya, eritrotsitlar cho‘kish tezligini oshishi, antinuklear antitelolar paydo bo‘lishi kabi qizil yugurikni eslatuvchi simptomlar majmuasini rivojlanish hollari ta'riflangan;
Qon yaratish tizimi tomonidan juda kam hollarda - gemoglobin va gematokrit darajasini biroz pasayishi; neytropeniya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz;
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan proteinuriya, qonda kreatinin va qoldiq azotning kontsentratsiyasini qaytuvchi oshishi;
Suv-elektrolit muvozanati tomonidan kam hollarda - giperkaliyemiya, gipernatriyemiya;
Boshqalar psoriazni eslatuvchi teri toshmasi, fotosensibilizatsiya, alopetsiya, mushaklar tirishishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, yoki boshqa AAF ingibitorlarini qabul qilish vaqtida angionevrotik shishni rivojlanishi haqida anamnezdagi ma'lumotlar; porfiriya, homiladorlik va emizish davri, bolalik yoshi giperkaliyemiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni diuretiklar, boshqa antigipertenziv preparatlar, periferik vazodilyatatorlar, nitratlar, umumiy narkoz vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish gipotenziv ta'sirni kuchayishiga va arterial gipotenziyani rivojlanish havfini oshishiga olib keladi. Simetidin enalaprilning ta'sirini uzaytiradi.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi bilan), bir vaqtda qo‘llanganida enalaprilning gipotenziv ta'siri pasayishi va buyrak funktsiyasini buzilishi havfi ko‘chayishi mumkin. Kaliyni tejovchi diuretiklar (spironolakton, amilorid, triamteren) yoki kaliy preparatlari bilan - giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin (kaliyning qondagi darajasini tez-tez nazorat qilish lozim), litiy preparatlari bilan - litiyning organizmdan chiqarilishini sekinlashishi bilan bog‘liq bo‘lgan uning nojo‘ya ta'sirini oshishi o‘rin tutishi mumkin (qondagi litiyning miqdorini muntazam aniqlash kerak), alkogol bilan (spirtli ichimliklar bilan) - arterial gipotenziyani rivojlanish xavfini oshiruvchi ta'sirlarini o‘zaro kuchayishi yuz beradi, teofillin saqlovchi preparatlar bilan - ularning samarasi kamayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Renovaskulyar gipertoniyasi, yaqqol yurak yetishmovchiligi bo‘lgan (ayniqsa diuretiklarni qabul qilayotgan) patsiyentlarga buyrak funktsisini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga (davolashning birinchi haftalarida buyrak funktsiyasini muntazam nazorat qilish ko‘rsatilgan), renin darajasini oshishi bilan birga kechuvchi arterial gipertoniyasi bo‘lgan patsiyentlarga, yurak yetishmovchiligida, yurak ishemik kasalligida, serebrovaskulyar kasalliklarda, giponatriyemiyada, diuretiklarning yuqori dozalarini olayotgan yoki yaqinda qabul qilgan patsiyentlarga, gemodializdagi patsiyentlarga, shuningdek aylanayotgan qon hajmini sezilarli darajada kamayish holatlarida yoki turli genezli elektrolit buzilishlarida, qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga preparat buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Sanab o‘tilgan toifadagi patsiyentlarda preparat bilan davolashni, kamida 2 soat davomida doimiy kuzatish sharoitida boshlash kerak, davolash davom ettirilganida, hech bo‘lmaganda birinchi 2 hafta davomida, shuningdek preparat yoki diuretiklarning dozasi oshirilganida muntazam nazorat qilish zarur. Iloji boricha enalapril qabul qilishdan 2-3 kun oldin diuretiklarni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni enalapril bilan davolashda kaliy tejovchi diuretiklarni va diuretiklarni yuqori dozada qo‘llashdan saqlanish kerak. Haddan tashqari gipotenziya rivojlangan hollarda patsiyentni yotqizish va zarurati bo‘lganida vena ichiga (v/i) natriy xloridining izotonik eritmasini yuborish kerak. O‘tkinchi gipotenziya preparat bilan davolashni davom ettirishga, arterial bosim turg‘unlashganidan keyin, qo‘llash mumkin bo‘lmagan holat hisoblanmaydi. Takroriy yaqqol gipotenziya paydo bo‘lgan hollarda preparatning dozasini kamaytirish yoki uni bekor qilish kerak. Jarrohlik operatsiyalari vaqtida enalaprilni boshqa umumiy narkoz vositalari bilan birga qo‘shilishi oqibatida, arterial gipotenziya rivojlanganida qo‘shimcha ravishda suyuqlik yuborish kerak.
Preparatning samaradorligi patsiyent tomonidan natriy xloridi (osh tuzi) ko‘p miqdorda ovqat iste'mol qilinganida enalaprilning samarasi pasayishi mumkin.
Qalqonsimon bezi oldi bezlari funktsiyasini tekshirish oldidan preparatni bekor qilish lozim.
Preparatni qabul qilayotgan bemorlarda arterial gipotoniya rivojlanishi xavfi tufayli spirtli ichimliklarni qabul qilish mumkin emas.
Uzoq muddatli davolash jarayonida periferik qon manzarasini nazorat qilish tayinlangan.
Agar enalapril bilan davolash davrida homiladorlik yuz bersa, iloji boricha preparatni tezroq bekor qilish va homiladorlikda qo‘llash mumkin bo‘lgan boshqa gipotenziv preparatga o‘tish kerak.
Davolanish boshida avtomobilni haydash yoki boshqa yuqori diqqatni talab qiladigan ishlarni bajarishdan (arterial bosimni haddan tashqari tushib ketishi va bosh aylanishi sababli) saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari AB keskin pasayib ketishi, kollaps.
Davolash bemor tanasining pastki qismini yuqoriga ko‘tarilgan holatga keltirish kerak. Yengil hollarda ichga, og‘ir hollarda v/i natriy xloridi yoki plazma o‘rnini bosuvchilar, zarurati bo‘lganida - angiotenzin II ni yuborish kerak. Preparatni chiqarilishini tezlashtirish uchun gemodializ qilish mumkin.
Chiqarilish shakli
5 mg va 10 mg dan tabletkalar kontur uyali o‘ramlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
XIIChK “RADIKS”,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50
Tel 273-92-31
Faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.