Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Enap-N 10mg/25mg №20
Nomi | Narx | |||||
Энап-Н 10мг/25мг N20 (NM6636##1966) |
UZS 36 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Эналаприл, гидрохлоротиазид
Страна производитель
Словения
Дозировка
10 мг/25 мг
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Enap-N tabletkalari 10 mg/25 mg
Enalapril maleat/gidroxlortiazid
Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, ushbu ilova-varaqaning xammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muxim ma'lumot saqlaydi.
-Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying, chunki u sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
-Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
-Ushbu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Bu ularga zarar yetkazishi mumkin, xatto agar Sizda kasallikning o‘xshash belgilari kuzatilsa xam.
-Agar Sizda nojo‘ya samaralar rivojlansa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu shuningdek ushbu annotatsiyada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralariga xam taalluqli. 4 bo‘limga qarang.
Ushbu ilova-varaqada qanday ma'lumot saqlanadi
1.Enap-N preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi.
2.Enap-N preparatini qo‘llashdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak.
3.Enap-N qanday qanday qabul qilinadi.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
5.Enap-N preparatini qanday saqlash kerak.
6.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar.
1. Enap-N preparati o‘zi nima, va u nima uchun mo‘ljallangan.
Enap-N arterial bosimni pasaytirish uchun preparatdir. U ta'sir etuvchi moddalar enalapril va gidroxlortiazid saqlaydi.
Enalapril angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari nomi ostida ma'lum bo‘lgan preparatlar guruxiga kiradi, ular qon tomirlarni kengaytiradi, u yo‘l bilan arterial bosimni pasaytiradi va yurak mushagi va boshqa a'zolarga qon va kislorod oqib kelishini oshiradi.
Gidroxlortiazid siydikni chiqarilishini oshiruvchi (diuretiklar), shu yo‘l bilan arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar guruxiga kiradi. Enalapril va gidroxlortiazidning majmuasi, bu komponentlarni aloxida qo‘llash bilan davolashga qaraganda arterial bosimni samaraliroq pasaytiradi.
Sizning shifokoringiz Sizga, gipertenziya yoki yuqori arterial bosim sifatida ma'lum bo‘lgan holatni davolash uchun Enap-N buyurgan.
2. Enap preparatini qo‘llashdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak.
Enap preparatini qabul qilmang
-agar Sizda enalaprilga, gidroxlortiazidga yoki ushbu preparatning boshqa komponentlariga (6 bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa.
-agar Sizda ilgari shunday preparatlarni qo‘llagandan keyin qichishish, eshakemi, xushtakli nafas yoki qo‘l kaftlari, yuz, lablar, og‘iz, tomoq va qoshlarda shish (angionevrotik shishi) rivojlangan bo‘lsa.
-agar Sizda nasliy angionevrotik shish yoki boshqa noma'lum sabab bo‘yicha angionevrotik shish bo‘lsa.
-agar Sizda sulfonamidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lsa (sulfonamidlar nima ekanligini shifokoringizdan so‘rang);
-buyrak yoki jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lsa;
-agar Sizda buyraklarga qon olib keluvchi arteriyalar toraygan bo‘lsa;
-agar Sizda siydikni tutilishi bo‘lsa;
-agar Sizning homiladorlik muddati uch oydan ko‘p bo‘lsa; (Homiladorlikning ilk muddatlarida xam Enap-N preparatini qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi - “Homiladorlik” bo‘limiga qarang);
-agar Sizda diabet yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa yoki agar Siz arterial bosimni pasaytirish uchun aliskiren saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz.
Maxsus ko‘rsatmalar
Enap-N va Enap-NL preparatlarini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing
-agar Sizda arterial bosim past yoki suv-elektrolit almashinuvini buzilishi bo‘lsa;
-agar Siz buyrak kasalligini davolash uchun preparatlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Siz gemodializ o‘tayotgan bo‘lsangiz;
-agar Siz yaqinda buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan bo‘lsangiz;
-agar Siz diabetni davolash uchun preparatlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Siz podagrani davolash uchun preparatlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Siz biriktiruvchi to‘qimaning og‘ir kasalliklarini (tizimli qizil yugirikni) davolash uchun preparatlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Sizda yurak klapanlarini shikastlanishi yoki yurakning boshqa kasalliklari bo‘lsa;
-agar Sizda sulfonamidlar guruxi preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lsa;
-agar Siz siydik xaydovchi vositalarni (diuretiklar tabletkalarda) qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Sizda qusish yoki diareya paydo bo‘lsa;
-agar Sizda yaqinda ko‘p qusish yoki diareya kuzatilgan bo‘lsa;
-agar Siz, Sizda qonda siydik kislotasining darajasini oshishi mumkinligini bilsangiz;
-agar Sizga shifokor, Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa;
-agar Siz, u ayrim ruxiy kasalliklarni davolash uchun qabul qilinadigan litiy preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-agar Siz yuqori arterial bosimni davolash uchun quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz
-angiotenzin II retseptorlarining blokatorlari (ARB) (shuningdek statinlar sifatida ma'lum bo‘lgan - masalan, valsartan, telmisartan, irbesartan), xususan Sizda diabet fonida buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa.
-aliskiren.
Sizning shifokoringiz muntazam intervallar bilan sizda buyrak faoliyatini, arterial bosimni va qonda elektrolitlar (masalan, kaliy) miqdorini aniqlashi mumkin.
Shuningdek “Enap-N ni qabul qilmang” nomi ostidagi ma'lumotga xam qarang.
O‘tkazilishi mumkin bo‘lgan jarrohlik muolajasi yoki anesteziya (xatto stomatologiya amaliyotidagi) oldidan, enalapril va gidroxlortiazid majmuasini qo‘llash xaqida shifokorga xabar berish kerak.
Agar Siznig shifokoringiz keyinga rejalashtirsa
-gemodializ bilan davolashni,
-sizning qoningizdan xolesterinni chiqarishni (aferez),
-desensibilizatsiyani (asalarilar yoki arilar chaqishiga allergiya yaqqolligini pasaytirish uchun davolash);
-qalqonsimon bezi oldi bezlari faoliyatini tekshiruvini o‘tkazishni (bu bezlar bo‘yin soxasida joylashgan va qonda kaltsiy darajasini nazorat qiladi) rejalashtirsa;
enalapril va gidroxlortiazid majmuasini qo‘llash xaqida shifokorga xabar berish kerak.
Agar Sizda stenokardiya bo‘lsa va enalapril va gidroxlortiazidni qo‘llash fonida sizning holatingiz yomonlashsa, bu xaqida shifokorga xabar berish kerak.
Agar Siz homilador bo‘lishim mumkin deb hisoblasangiz (yoki homilador bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa), shifokorga xabar berish kerak. Enap-N ni homiladorlikning ilk muddatlarida va 3 oylikdan ortiq muddatlarida qo‘llash mumkin emas, chunki u ushbu bosqichlarda qo‘llanganida bolaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (“Homiladorlik” bo‘limiga qarang).
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Bolalarda preparatning samaradorligi va o‘zlashtirilishi bo‘yicha ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli, ushbu preparat bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Boshqa dori preparatlari va Enap-N
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Agar Siz quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu ayniqsa muximdir
-yuqori arterial bosimni pasaytirish uchun preparatlar (gipotenziv preparatlar);
-kaliy preparatlari, kaliy-saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar yoki kaliyni tejovchi diuretiklar (masalan, spirinolakton, amiodaron);
-og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi preparatlar (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, masalan, ibuprofen, diklofenak);
-depressiyani davolash uchun preparatlar (masalan, litiy preparatlari, tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar);
-siydikning chiqarilishini oshiruvchi preparatlar (diuretiklar);
-yuqori xolesterin darajasini pasaytiruvchi preparatlar (masalan, qatronlar, xolesteramin va kolestipol);
-o‘smalarni o‘sishini susaytiruvchi preparatlar (tsitostatiklar, masalan, siklofosfamid, metotreksat);
-ma'lum holatlarni, masalan, revmatizm, artrit, allergik holatlar, bronxial astma va qonning ayrim kasalliklarini davolash uchun preparatlar, (kortikosteroidlar);
-yurak aritmiyasini davolash uchun preparatlar (prokainamid, amiodaron yoki sotalol);
-yurak yetishmovchiligini davolash uchun preparatlar (angishvonagul preparatlari);
-yo‘tal va shamollashni davolash uchun preparatlar (simpatomimetiklar), noradrenalin va adrenalin, ular past arterial bosim, shok, yurak yetishmovchiligi, bronxial astma va allergiyani davolash uchun qo‘llanadi; Enap-N preparati bilan birga qo‘llanganida bu dori vositalari arterial bosimni yuqori darajada tutib turishlari mumkin;
-diabetga qarshi preparatlar, masalan, insulin, diabetga qarshi preparatlarni qo‘llash fonida Enap-N arterial bosimni qo‘shimcha pasayishini chaqirishi mukin;
-miorelaksantlar (masalan, anesteziya uchun qo‘llanadigan tubokurarin);
-artritni davolash uchun in'ektsiya ko‘rinishidagi oltin preparatlari (natriy aurotiomalat).
Sizning shifokoringiz buyurilgan dozani o‘zgartirishi va/yoki extiyotkorlikning boshqa choralarini ko‘rishi mumkin.
-Angiotenzin II retseptorlarining blokatori (ARB) yoki aliskirenni qo‘llaganda (shuningdek “
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” va “
Maxsus ko‘rsatmalar
” nomi ostidagi bo‘limlarga xam qarang).
Enap-N preparatni ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qo‘llash
Preparatni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin ozgina miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish mumkin. Davolanish vaqtida alkogol iste'mol qilish mumkin emas, chunki ayniqsa turganda bosh aylanishi yoki vertigo rivojlanishi mumkin. Bunday xolda darxol alkogol iste'mol qilishni to‘xtatish kerak.
Homiladorlik va emizish
Har qanday preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Homiladorlik
Agar Siz homilador bo‘lishim mumkin (yoki homilador bo‘lib qolishim mumkin) deb hisoblasangiz, shifokorga xabar bering. Sizning shifokoringiz Sizga homiladorlik yuz bergunicha yoki homiladorlik tasdiqlanganidan keyin darxol Enap-N preparatini qo‘llashni to‘xtatishni tavsiya qiladi, shuningdek Enap-N preparati o‘rniga Sizga boshqa preparatni tavsiya etadi. Enap-N homiladorlikning ilk muddatlarida tavsiya etilmaydi va homiladorlikni 3 oylikdan ortiq muddatlarida qo‘llash mumkin emas, chunki homiladorlikning 3-nchi oyidan keyin qo‘llangshanida bolaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Emizish dari
Agar Siz bola emizsangiz yoki emizishni boshlashni rejalashtirgan bo‘lsangiz shifokorga xabar bering. Enap-N ni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Enap-N, ayniqsa davolashni boshida ayrim patsiyentlarda bosh aylanishi yoki charchoqlik chaqirishi mumkin va shuning uchun bilvosita va vaqtincha transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda psixofizik qobiliyatni pasaytirishi mumkin.
Enap-N va Enap-NL laktoza saqlaydi
Agar Sizning shifokoringiz, Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bor deb aytgan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
3. Enap-N ni qanday qabul qilish kerak
Enap-N preparatni doimo Sizga shifokor aytgandak aniq qo‘llash kerak. Agar sizda shubhalar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Dozalash
Odatdagi doza sutkada bir marta bir tabletkani tashkil qiladi.
Zarurati bo‘lganida shifokor dozani sutkada bir marta ikki tabletkagacha oshirishi mumkin. Agar Siz boshqa diuretiklarni (siydik xaydovchi tabletkalar) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Enap-N preparati bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin diuretiklarni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash usuli
Tabletkani ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin butunligicha ozgina suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Preparatni muntazam, yaxshisi ertalab, xar kuni bir vaqtda qo‘llash kerak. Agar Siz Enap-N preparatining samarasi juda kuchli yoki juda kuchsizligini xis qilsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Agarda Siz Enap-N preparatini keragidan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Dozani oshirib yuborilishi
ning eng tarqalgan belgilari, arterial bosimni kuchli pasayishi (gipotenziya) natijasida ko‘ngil aynishi, yurakni tez urishi, bosh aylanishi va xushdan ketishni o‘z ichiga oladi. Xaddan ziyod miqdordagi tabletkalarni Tasodifan qabul qilinganida, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashing.
Enap-N preparatining dozasini o‘tkazib yuborilishi
Agar Siz preparatning dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, navbatdagi dozani odatdagi vaqtida qabul qiling, lekin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun, ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas.
Agar Siz Enap-N preparatini qo‘llashni to‘xtatsangiz
Davolash to‘xtatilganidan keyin vaqt o‘tishi bilan arterial bosim dastlabki ko‘rsatgichlarga qaytishi mumkin, bu arterial bosimni oshishi chaqirgan asosan yurak, bosh miya va buyraklarga, bo‘lgan asoratlar xavfini oshiradi.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
4. Bo‘lishi mumknn bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Boshqa dori preparatlariga o‘xshab, ushbu preparat ham, garchi ular xammada paydo bo‘lmasa-da, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.
Agar Sizda qichishish, xansirash yoki xushtakli nafas, og‘ir teri toshmasi yoki qo‘l kaftlari, og‘iz, tomoq, yuz va ko‘zlarning shishi paydo bo‘lsa, darxol preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Agar Sizda kuchli bosh aylanishi yoki vertigo (ayniqsa davolasho‘ni boshida, dozani oshirish fonida yoki turishda) kuzatilsa, preparatini qabul qilishni darxol to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.
Juda tez-tez 10 odamdan 1 dan ko‘prog‘ida paydo bo‘lishi mumkin
-ko‘rishni noaniqligi
-bosh aylanishi
-yo‘tal
-ko‘ngil aynishi
-holsizlik (asteniya)
Tez-tez 10 odamdan 1 nafarida paydo bo‘lishi mumkin
-qonda kaliyning past darajasi, qonda xolesterin, triglitseridlar va siydik kislotasi darajasini oshishi
-bosh og‘rig‘i, depressiya, xushdan ketish, ta'mni o‘zgarishi
-turganda past arterial bosim va holsizlik, nomuntazam yurak urishi, ko‘krakda og‘riq (stenokardiya), yurak urishini tezlashishi
-nafasni qiyinlashishi (xansirash)
-diareya, qorinda og‘riq
-toshma
-mushak spazmlari
-ko‘krakda og‘riq, charchoq
-qonda kaliy darajasini oshishi, zardobda karnitinin darajasini oshishi
Tez-tez emas 100 odamdan 1 nafarida paydo bo‘lishi mumkin
-anemiya
-qonni oqib kelishlari, yurakni tez yoki kuchli urishi (yurak urishini xis qilish), yurak-qon tomir asoratlarining yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda arterial bosimni xaddan ziyod pasayishi tufayli, yurak xuruji yoki insult bo‘lishi mumkin.
-quloqlarni shang‘illashi (tinnitus)
-burundan ajralmalar (rinoreya), tomoqda og‘riq va tovushni xirillashi, astma
-ichak tutilishi (ileus), me'da osti bezini yallig‘lanishi (pankreatit), qusish, ovqat xazm bo‘lishini buzilishi (dispepsiya), ichakda gazlarni to‘planishi (meteorizm), qabziyat, ishtaxani yo‘qolishi (anoreksiya), me'dani ta'sirlanishi, og‘izni qurishi, yaralar
-buyrak faoliyatini buzilishi, buyrak yetishmovchiligi, siydikda oqsil (proteinuriya)
-qichishish, terchanlik, sochlarni to‘kilishi
-bo‘g‘imlarda og‘riq (artralgiya)
-noturg‘unlik tuyg‘usi (qonda qandning darajasini pasayishi chaqirgan), magniyning past darajasi, podagra
-impotentsiya
-bezovtalik, isitma
-ongni chalkashishi, libidoni pasayishi, uyqusizlik, uyquchanlik va asabiylik, aylanish hissi (vertigo), qo‘llar va oyoqlarda sanchilish yoki chimchilanish xissi (paresteziya)
-qon zardobida mochevina darajasini oshishi, qonda natriy darajasini pasayishi
Kam hollarda 1000 odamda 1 nafarida paydo bo‘lishi mumkin
-qon ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi (neytropeniya, gipogemoglobinemiya, gematokritni pasayishi, trombotsitopeniya, leykopeniya)
-qonda glyukoza darajasini oshishi
-g‘ayri-oddiy tush ko‘rishlar, uyquni buzilishi, xarakat buzilishlari (parez)
-bezlarni shishi, autoimmun kasalliklar, qo‘l va oyoq barmoqlarida qon oqimin pasayishi, bu qizarish va og‘riqqa olib keladi (Reyno sindromi)
-o‘pkada suyuqlikni to‘planishi, tumov yoki burunda og‘riq, eozinofilli pnevmoniya (belgilari yo‘tal, yuqori xarorat va nafas olishda qiyinchilikni o‘z ichiga olishi mumkin)
-og‘iz bo‘shlig‘ida shish yoki yaralanish, til infektsiyasi, og‘rig‘i va shishi
-jigar yetishmovchiligi yoki gepatit, u terini sarg‘ayishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin (sariqlik)
-terini xaddan ziyod qizarishi, isitma fonida po‘rsildoqlar xosil bo‘lishi bilan kechuvchi toshma, xususan qo‘l kaftlari va tovonlarda, og‘iz bo‘shlig‘i yoki og‘iz atrofida toshma (Stivens-Djonson sindromi), terini butun qavatlari bilan qipiqlanishi.
-buyrak tomonidan buzilishlar, masalan, belda og‘riq va chiqarilayotgan siydik xajmini pasayishi
-erkaklarda ko‘krak bezini kattalashishi
-qonda jigar fermentlari va bilirubin darajalarini oshishi
Juda kam hollarda 10000 odamdan 1 nafarida paydo bo‘lishi mumkin.
-ichakni shishi (ichakning angionevrotik shishi); belgilari qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga oladi
-qonda kaltsiya darajasini oshishi
Noma'lum bor bo‘lgan ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas
-antidiuretik gormonning noadekvat sekretsiyasi sindromi (ADGNSS) (qonda natriy darajasini pasayishini chaqiradi)
Shuningdek sanab o‘tilganlardan ba'zilari yoki xammasini o‘z ichiga oluvchi simptomlar kompleksi qayd etilgan isitma, ichki a'zolarni o‘rab turuvchi qobiqlarni (seroz qobiqlar) yallig‘lanishi, qon tomirlarini yallig‘lanishi, mushaklar yoki bo‘g‘imlarni og‘rig‘i/yallig‘lanishi, ayrim laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi (antinuklear antitelalarning (ANA) musbat titri), eritrotsitlar cho‘kish tezligini oshishi, eozinofiliya va leykotsitoz).
Agar nojo‘ya samaralari jiddiy tus olsa yoki siz ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralani sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashing.
5. Enap-N ni qanday saqlash kerak
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llamang.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlamang. Siz endi boshqa qo‘llamaydigan dori preparatlarni qanday utilizatsiya qilish kerakligini farmatsevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muxitni ximoya qilishga yordam beradi.
6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar
Enap-N preparatining tarkibi
-Faol moddalar enalapril maleati va gidroxlortiazid.
Har bir tabletka 10 mg enalapril va 25 mg gidroxlortiazid saqlaydi.
-Yordamchi moddalar natriy gidrokarbonati, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (E104), laktoza monogidrati, jo‘xori kraxmali, o‘ta jelatinlangan kraxmal, talk, magniy stearati.
Enap-N preparati va o‘ram ichidagisi qanday ko‘rinishga ega.
Ta'rifi dumaloq, sariq rangli, chetlari kesilgan va bir tomonida riskali yassi tabletkalar.
O‘rami 10 tabletkadan OPA/Al/PVX folga va almin folga blisterda.
2, 3, 6 yoki 9 blisterdan ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmareshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.