Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Farmadipin oral tomchilar 2% 5ml Farmak
Nomi | Narx | |||||
Фармадипин р-р 2% 5мл кап. Фармак (160723##2 077) |
UZS 25 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фармадипин р-р 2% 5мл кап. Фармак (160723##2 120) |
UZS 26 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нифедипин
Страна производитель
Украина
Дозировка
2% 5мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капли оральные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Farmadipin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) nifedipin (nifedipine);
Dori shakli
oral tomchilar.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda 20 mg (30 tomchi) nifedipin;
yordamchi moddalar polietilenglikol 400, 96% li etanol.
Ta'rifi tiniq, sariq yoki yashil-sariq rangli, kuchsiz spirt hidli qovushqoq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
asosan qon tomirlarga ta'sir ko‘rsatuvchi selektiv kaltsiy antagonistlari.
ATX kodi C08CA05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Farmadipin antianginal va antigipertenziv ta'sir ko‘rsatadi. Kardiomitsitlar va koronar va periferik arteriyalarning silliq mushak xujayralariga xujayra membranalaridagi sekin potentsialga bog‘liq kaltsiy kanallari orqali kaltsiy ionlarini kirishini bloklaydi. Qon tomirlarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi, spazmni bartaraf etadi va qon tomirlarning periferik qarshiligini kamaytirib, koronar va periferik arterialarni kengaytiradi; miokardni qisqaruvchanligi ahamiyatsiz kamaytiradi, trombotsitlar agregatsiyasini biroz kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi, biokiraolishligi – 40-60%. Ayniqsa sublingval qabul qilinganida samara tez (5-10 minutdan keyin) rivojlanadi. Odatda maksimal ta'siri 30-40 minutdan keyin kuzatiladi. Ovqat qabul qilish preparatning so‘rilish tezligiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi. Gemodinamik samarasi 4-6 soat davomida saqlanadi. Qon plazmasi oqsillari bilan nifedipinning 90% gachasi bog‘lanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi va organizmdan nofaol metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Nifedipinning umumiy klirensi – soatiga 0,4 dan 0,6 l/kg gachani tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri 2-4 soatni tashkil qiladi. Keksa yoshdagi odamlarda va jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda nifedipinning metabolizmi sekinlashishi mumkin, shuning uchun ularda preparatning yarim chiqarilish davri deyarli 2 marta uzayishi mumkin, bu dozani kamaytirishni va preparatni qabul qilish orasidagi intervalni uzaytirishni talab etadi. Nifedipin organizmda to‘planmaydi. Ahamiyatli miqdorda gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi.
Qo‘llanilishi
Arterial gipertenziyada (gipertenziv krizlarni davolash maqsadida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Farmadipin gipertonik krizni davolash uchun shoshilinch yordam preparati sifatida qo‘llanilsin.
Kursli davolash uchun preparatni bu dori shaklida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Kursli angigipertenziv davolash o‘tkazish zarurati bo‘lganida preparat va dori shaklini shifokor belgilaydi.
Arterial bosimni to‘satdan va ahamiyatli oshishida kattalar uchun boshlang‘ich doza 3-5 tomchi (2-3,35 mg), keksa yoshdagi shaxslarga – 3 tomchi (2 mg) gachani tashkil etadi, u iloji boricha uzoqroq og‘izda tutib til ostiga yoki non yoki qand bo‘lagiga tomiziladi. Samaradorlik yetarli bo‘lmaganida dozani klinik ahamiyatli samaragacha asta-sekin oshirish mumkin. keyinchalik arterial bosim oshganida aynan shu dozani e'tiborga olish kerak. Zarurati bo‘lganida (AB ni 190/100 mm sim. ust. – 220/110 mm sim. ust. gacha oshganida) bir martalik dozani ayrim hollarda bemorda AB ko‘rsatkichlarini individual o‘zgarishlariga qarab 10-15 tomchi (6,7-10 mg) gacha asta-sekin oshirish mumkin.
Bemorlarning Farmadipin ga individual sezgirligini e'tiborga olish kerak. Bunday hollarda dozani 3 tomchidan boshlab va klinik samaraga erishguncha 23 tomchi (1,34-2 mg) ga asta-sekin oshirib individual ravishda tanlash kerak.
Preparatning boshlang‘ich dozasini oshirish arterial bosimni haddan tashqari pasayishiga olib kelishi mumkin!
Bolalar.
Preparat bolalarni (18 yoshgacha) davolash uchun qo‘llanilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qon va limfatik tizim tomonidan leykopeniya, agranulotsitoz.
Immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar, allergik shish/angioshish (shu jumladan hiqildoq shishi*), qichishish, eshakemi, toshma, anafilaktik/anafilaktoid reaktsiya.
Ruhiy buzilishlar bezovtalik reaktsiyalari, uyquni buzilishi.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, vertigo, migren, bosh aylanishi, tremor, giposteziya, paresteziya, dizesteziya, uyquchanlik.
Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan giperglikemiya.
Ko‘rish a'zosi tomonidan ko‘rishni buzilishi, ko‘zlarda og‘riq.
Yurak tizimi tomonidan taxikardiya, yurak urinishi kuchayishi, ko‘krakda og‘riq (stenokardiya).
Vaskulyar buzilishlar shish, vazodilatatsiya, gipotenziya, hushdan ketish.
Nafas tizimi tomonidan burundan qon ketishi, burun bitishi, dispnoe.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan qabziyat, me'da-ichak yo‘llarida og‘riq va abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, dispepsiya, meteorizm, og‘izni qurishi, milklar giperplaziyasi, bezoar, disfagiya, ichak tutilishi, ichak yarasi, qusish, gastroezofageal sfinkter yetishmovchiligi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan jigar fermentlari faolligini tranzitor oshishi, sariqlik.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan eritema, toksik epidermal nekroliz, fotosezuvchanlik, purpura.
Skelet-mushak tizimi, biriktiruvchi to‘qima va suyaklar tomonidan mushak tortishishlari, bo‘g‘imlarni shishi, artralgiya, mialgiya.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan poliuriya, dizuriya.
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan erektil disfunktsiya.
Umumiy buzilishlar lohaslik hissi, nospetsifik og‘riq, isitma.
hayot uchun xavf soluvchi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Gemodializda bo‘lgan xavfli gipertenziya va gipovolemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda vazodilatatsiya oqibatida arterial bosimni haddan tashqari pasayishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Nifedipin va yordamchi moddalarga ma'lum individual o‘ta yuqori sezuvchanlikda, homiladorlik (20 xaftagacha) va laktatsiya davridagi ayollarda, kardiogen shokda, rifampitsin bilan birga (fermentlarni induktsiyasi oqibatida plazmada nifedipinning samarali darajasiga erishaolmaslik tufayli), yuqori darajadagi aortal stenozda, nostabil stenokardiyada, o‘tkir miokard infarktida (birinchi 4 xafta davomida), ileostoma yoki kolostomada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nifedipinning samaradorligiga ta'sir ko‘rsatuvchi preparatlar.
Nifedipin ichak shilliq qavati va jigarda joylashgan sitoxrom R450 3A4 tizim orqali metabolizmga uchraydi. Shuning uchun bu fermentlar tizimini ingibitsiya qiluvchi yoki induktsiya qiluvchi preparatlar nifedipinning “birinchi o‘tish” (peroral qo‘llanilgandan keyin) yoki klirensini o‘zgartirishi mumkin.
Ngifedipinni quyida keltirilgan preparatlar bilan birga qo‘llaganda o‘zaro ta'sirning darajasi va davomiyligi e'tiborga olish kerak.
Rifampitsin
Rifampitsin sitoxrom R450 3A4 tizimini induktsiya qiladi. Rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llaganda nifedipinning biokiraolishligi ahamiyatli darajada pasayadi va shunday qilib uning samaradorligi ham susayadi. Buni hisobga olib, nifedipinni rifampitsin bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Sitoxrom R450 3A4 tizimining kuchsiz yoki o‘rtacha ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llaganda arterial bosimni nazorat qilish va zarurati bo‘lganida nifedipinning dozasini pasaytirish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Makrolid antibiotiklari (masalan eritromitsin)
Nifedipin va makrolid antibiotiklarining o‘zaro ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ayrim makrolid antibiotiklari boshqa preparatlarning sitoxrom R450 3A4 tizimiga bog‘liq metabolizmini ingibitsiya qiladi. Buni hisobga olib, ikkala preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda nifedipinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshishi ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi.
Tuzilishi jihatidan makrolid antibiotiklari sinfi vakillariga o‘xshash bo‘lgan azitromitsin CYP3A4 ni ingibitsiya qilmaydi.
Anti-OITV proteaza ingibitorlari (masalan, ritonavir)
Nifedipin va ayrim anti-OITV proteaza ingibitorlarining o‘zaro ta'sirini o‘rganuvchi klinik tadqiqotlar hozircha o‘tkazilmagan. Ma'lumki, bu sinf preparatlari sitoxrom R450 3A4 tizimini ingibitsiya qiladi. Bundan tashqari bu sinf preparatlari in vitro sharoitda nifedipinning sitoxrom R450 3A4 tizimiga bog‘liqmetabolizmini ingibitsiya qiladi. Nifedipin bilan bir vaqtda qo‘llaganda birinchi o‘tishda metabolizmini pasayishi va organizmdan chiqarilish tezligini pasayishi oqibatida plazmada nifedipinning kontsentratsiyasini ahamiyatli darajada oshishini inkor etib bo‘lmaydi.
Azol antimikotiklar (masalan ketokonazol)
Nifedipin va ayrim azol antimikotiklarning o‘zaro ta'sirini o‘rganuvchi klinik tadqiqotlar hozircha o‘tkazilmagan. Ma'lumki, bu sinf preparatlari sitoxrom R450 3A4 tizimini ingibitsiya qiladi. Nifedipin bilan bir vaqtda peroral qo‘llanilganda birinchi o‘tishda metabolizmini pasayishi oqibatida nifedipinning tizimli bikiraolishligini ahamiyatli oshishini inkor etib bo‘lmaydi.
Fluoksetin
Nifedipin va fluoksetinning o‘zaro ta'sirini o‘rganuvchi klinik tadqiqotlar hozircha o‘tkazilmagan. Ma'lumki, fluoksetin in vitro sharoitda nifedipinning sitoxrom R450 3A4 tizimiga bog‘liqmetabolizmini ingibitsiya qiladi. Ikkala preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda plazmada nifedipinning kontsentratsiyasini oshishini inkor etib bo‘lmaydi.
Nefazodon
Nifedipin va nefazodonning o‘zaro ta'sirini o‘rganuvchi klinik tadqiqotlar hozircha o‘tkazilmagan. Ma'lumki, nefazodon in vitro sharoitda boshqa preparatlarning sitoxrom R450 3A4 tizimiga bog‘liqmetabolizmini ingibitsiya qiladi.Ikkala preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda plazmada nifedipinning kontsentratsiyasini oshishini inkor etib bo‘lmaydi.
Xinupristin/dalfopristin
Xinupristin/dalfopristin va nifedipinni bir vaqtda qo‘llash plazmada nifedipinning kontsentratsiyasiga olib kelishi mumkin.
Valproat kislotasi
Nifedipin va valproat kislotasining o‘zaro ta'sirini o‘rganuvchi klinik tadqiqotlar hozircha o‘tkazilmagan. Ma'lumki, valproat kislotasi fermentlarni ingibitsiya qilish oqibatida tuzilishi jihatidan kaltsiy kanallari blokatorlariga o‘xshash bo‘lgan nimodipinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi. Buni e'tiborga olib, plazmada nifedipinning kontsentratsiyasini oshishi va samaradorligini oshishini inkor etib bo‘lmaydi.
Simetidin
Sitoxrom R450 3A4 ni ingibitsiya qilishi oqibatida simetidin plazmada nifedipinning kontsentratsiyasini oshiradi va antigipertenziv samarani kuchaytirishi mumkin.
Sizaprid
Sizaprid va nifedipinni bir vaqtda qo‘llash plazmada nifedipinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Fenitoin, karbamazepin va fenobarbital kabi sitoxrom R450 3A4 tizimini induktsiya qiluvchi tutqanoqqa qarshi vositalar
Fenitoin sitoxrom R450 3A4 tizimini induktsiya qiladi. Fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llaganda nifedipinning biokiraolishligi pasayadi, samaradorligi esa susayadi. Ikkala preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda nifedipin bilan davolashga klinik javobni nazorat qilish kerak va zarurati bo‘lganida nifedipinning dozasini oshirish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Ikkala preparatlarni bir vaqtda qo‘llash vaqtida nifedipinning dozasi oshirilganda, fenitoinni bekor qilganda nifedipinning dozasini pasaytirish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Nifedipin va karbamazepin yoki fenobarbitalni potentsial o‘zaro ta'sirini o‘rganish yuzasidan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ma'lumki, ikkila preparatlar fermentlarni ingibitsiya qilish oqibatida tuzilishi jihatidan kaltsiy kanallari blokatorlariga o‘xshash bo‘lgan nimodipinning plazmadagi kontsentratsiyasini pasaytiradi. Buni e'tiborga olib, plazmada nifedipinning kontsentratsiyasini pasayishi va samaradorligini kamayishini inkor etib bo‘lmaydi.
Antigipertenziv preparatlar
Nifedipin diuretiklar, β-blokatorlar, AAF ingibitorlari, AT-1 retseptorlari antagonistlari, boshqa kaltsiy antagonistlari, α-adrenergik blokatorlar, FDE5 ingibitorlari, α-metildopa, magniy stearati kabi bir vaqtda qo‘llanadigan antigipertenziv preparatlarning antigipertenziv samarasini oshirishi mumkin.
Nifedipinni β-blokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda patsiyentning sinchkovlik bilan monitoring qilish kerak, chunki yurak yetishmovchiligini zo‘rayishining yakka holatlari ma'lum.
Digoksin
Nifedipin va digoksinni bir vaqtda qo‘llaganda digoksinning klirensi pasayishi va plazmada digoksinning kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Buni e'tiborga olib, digoksin dozasini oshirib yuborilishi simptomlari yuzasidan patsiyentni nazorat qilish va zarurati bo‘lganida plazmadagi digoksinning kontsentratsiyasiga qarab glikozidning dozasini kamaytirish kerak.
Xinidin
Nifedipin va xinidinni bir vaqtda qo‘llaganda ayrim hollarda xinidin darajasini pasayishi, nifedipinni bekor qilganda esa – plazmada xinidinning kontsentratsiyasini haddan tashqari oshishi kuzatilgan. Buni e'tiborga olib, bir vaqtda qo‘llaganda yoki nifedipinni bekor qilganda plazmada xinidinning kontsentratsiyasi monitoringini olib borish, zarurati bo‘lganida esa xinidinning dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Ayrim mualliflar ikkala preparatni bir vaqtda qo‘llaganda plazmada nifedipinning kontsentratsiyasini oshishi haqida xabar berishgan, lekin boshqa mualliflar nifedipinning farmakokinetikasida o‘zgarishlarni qayd etishmagan.
Buni e'tiborga olib, nifedipin bilan davolash sxemasiga xinidinni kiritganda arterial bosimni sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Zarurati bo‘lganida nifedipinning dozasini kamaytirish kerak.
Takrolimus
Ma'lumki, takrolimus sitoxrom R450 3A4 tizimi orqali metabolizmga uchraydi. Chop etilgan ma'lumotlar ayrim hollarda nifedipin bilan bir vaqtda qo‘llaganda hollarda takrolimusning dozasini kamaytirish mumkinligini namoyish etgan. Ikkala preparatlarni bir vaqtda qo‘llaganda plazmada takrolimusning kontsentratsiyasi monitoringini olib borish va zarurati bo‘lganida takrolimusning dozasini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
O‘zaro ta'sirning boshqa turlari
Greypfrut sharbati
Greypfrut sharbati sitoxrom R450 3A4 tizimini ingibitsiya qiladi. Nifedipinni qo‘llaganda greypfrut sharbatini iste'mol qilish, birinchi o‘tishda metabolizmni pasayishi yoki klirensini pasayishi oqibatida plazmada preparatning kontsentratsiyasini oshishiga va nifedipinning ta'sir davomiyligini oshishiga olib keladi. Buning natijasida preparatning antigipertenziv ta'siri kuchayishi mumkin. Greypfrut sharbati muntazam iste'mol qilgandan keyin bu samara sharbatni oxirgi marta qabul qilgandan keyin kamida 3 kungacha davom etishi mumkin.
Buni e'tiborga olib, nifedipin bilan davolaganda greypfrutlar/greypfrut sharbatini iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Nifedipinni qo‘llash siydikda vanililbodom kislotasining kontsentratsiyasini spektrofotometrik usulda aniqlaganda soxta yuqori natijalarga olib kelishi mumkin (lekin yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usuli qo‘llanilganda bu samara kuzatilmaydi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Yaqqol arterial gipotenziyada (sistolik bosim 90 mm sim. ust. dan past), yaqqol yurak yetishmovchiligida Farmadipin ni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Obturatsion simptomlarni yuzaga kelishi mumkinligi tufayli me'da-ichak yo‘llarini kuchli torayishi bo‘lgan patsiyentlarda Farmadipin preparatini qo‘llaganda juda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Juda kam hollarda bezoarlar hosil bo‘lishi mumkin, ular jarroxlik aralashuvini talab etishi mumkin.
Yakka holatlarda anamnezida me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bo‘lmaganida obstruktsion simptomlar ta'riflangan.
Yonbosh-ichak rezervuari (proktokolektomiyadan keyin ileostoma) bo‘lgan patsiyentlarda Farmadipin ni qo‘llash mumkin emas.
Farmadipin ni qo‘llash bariyli kontrast vositani qo‘llash bilan rentgenologik tekshiruvda soxtamusbat natijalarni olinishiga olib kelishi mumkin (masalan to‘lish nuqsonlari polip sifatida interpretatsiya qilinadi).
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar sinchkovlik bilan monitoringga, og‘ir holatlarda – dozani kamaytirishga muhtojlar.
Nifedipin sitoxrom R450 3A4 tizimi orqali metabolizmga uchraydi, shuning uchun bu fermentlar tizimini ingibitsiya qiluvchi yoki induktsiya qiluvchi preparatlar nifedipinning “birinchi o‘tish” ni yoki klirensini o‘zgartirishi mumkin.
Sitoxrom R450 3A4 tizimining kuchsiz yoki o‘rtacha ingibitorlari hisoblangan va plazmada nifedipinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan preparatlarga quyidagilar kiradi makrolid antibiotiklari (masalan eritromitsin), anti-OITV proteaza ingibitorlari (masalan ritonavir), azolantimikotiklar (masalan ketokonazol), nefazodon va fluoksetin antidepressantlari, xinupristin/dalfopristin, valproat kislotasi, simetidin.
Farmadipin preparatini bu preparatlar bilan birga qo‘llaganda arterial bosimni nazorat qilish va zarurati bo‘lganida nifedipinning dozasini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
Alohida in vitro sharoitdagi tadqiqotlar kaltsiy antagonistlari, xususan nifedipin va spermatozoidlarning qaytuvchan biokimyoviy o‘zgarishlari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan, ular urug‘lantirish qobiliyatini yomonlashtiradi. Agar in vitro sharoitda urug‘lantirishga urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, boshqa sabablar bo‘lmaganida kaltsiy antagonistlari, masalan nifedipin bu ko‘rinishning sababi sifatida ko‘rilishi mumkin.
Agar nifedipinni avvalgi qo‘llash va ishemik og‘riq o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lsa, preparatni qo‘llash mumkin emas. Stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda tez-tez yuzaga kelishi mumkin, ularning davomiyligi va jadalligi esa, ayniqsa davolashni boshida oshishi mumkin.
Stabil stenokardiyaning o‘tkir xuruji bo‘lgan patsiyentlarda nifedipin ta'sir etuvchi moddasini saqlovchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas.
Gemodializda bo‘lgan, xavfli arterial gipertenziya yoki gipovelemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda preparat juda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki qon tomirlarni kengayishi ularda arterial bosimni ahamiyatli pasayishini chaqirishi mumkin. Nifedipinni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llash davolashga tuzatish kiritishni talab etishi mumkin.
Bu dori vositasi oz miqdorda 100 mg/dozadan kamroq miqdorda etanol (alkogol) saqlaydi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikning 20 xaftasiga nifedipinni qo‘llash mumkin emas.
Homilador ayollar ishtirokidagi yaxshi nazoratlangan tadqiqotlar asosida nifedipinning qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi haqidagi ma'lumotlar yo‘q.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar organogenez davrida va undan keyingi davrda yuborilganda bir qator embriotoksik, platsentotoksik va fetotoksik samaralarni namoyish etgan.
Mavjud klinik dalillar asosida spetsifik prenatal xavfi aniqlanmagan. Garchi perinatal asfiksiya, kesar kesish usulida tug‘ruqlar, muddatidan oldingi tug‘ruqlar va homilani o‘sishini sekinlashishi tez-tezligini oshishi haqida xabar berilgan. Bu xabar gipertenziyaning mavjudligi, uni davolash yoki prepapatning spetsifik samarasining oqibati bo‘lib hisoblanashi noma'lum.
Homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga jiddiy nojo‘ya samaralarini inkor etish uchun mavjud ma'lumotlar yetarli emas. Buni e'tiborga olib, homiladorlikning 20 xaftasidan keyin preparatni har qanday qo‘llanishi davolashdan xavf va foyda nisbatini sinchkovlik bilan baholashni talab etadi va preparat bilan davolash masalasi faqat, agar davolashning barcha boshqa usullari ko‘rsatilmagan yoki samarasiz bo‘lganida ko‘rib chiqilishi kerak.
Nifedipinni vena ichiga magniy sulfati bilan bir vaqtda qo‘llaganda arterial bosimni ahamiyatli pasayishi mumkinligi tufayli, arterial bosimni sinchkovlik bilan monitoringi zarur, bu ona va homilaga zarar yetkazishi mumkin.
Nifedipin ko‘krak sutiga kiradi, shuning uchun preparatni qo‘llash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaktsiya tezligiga ta'sir ko‘rsatish qobiliyati.
Har bir patsiyentga qarab jadalligi bo‘yicha farq qiluvchi preparatga reaktsiyalar avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini izdan chiqarishi mumkin. Ayniqsa bu davolashni boshiga taalluqli.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nifedipin bilan o‘tkir intoksikatsiya simptomlari ongni hatto komagacha buzilishi, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya/bradikardiya, giperglikemiya, metabolik atsidoz, gipoksiya, o‘pka shishi bilan kechuvchi kardiogen shok.
Davolash. Shoshilinch yordam ko‘rsatish birinchi navbatda organizmdan preparatni chiqarish va barqaror gemodinamikani tiklashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Peroral qo‘llagandan keyin me'dani to‘liq bo‘shatish tavsiya etiladi, zarurati bo‘lganida – ingichka ichakni yuvish bilan majmuada.
Organizmdan preparatni chiqarish to‘liqroq bo‘lishi kerak, shu jumladan ingichka ichakni, ayniqsa ta'sir etuvchi moddani so‘rilishini oldini olish uchun ajralib chiqishi sekinlashgan nifedipin preparatlari bilan intoksikatsiya holatida.
Nifedipin uchun qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanish va nisbatan kichik taqsimlanish xajmi xarakterli bo‘lganligi uchun gemodializ samarasiz, lekin plazmaferez o‘tkazish tavsiya etiladi.
Bradikardiyani beta-simpatomimetiklar yordamida bartaraf etish mumkin. hayot uchun xavf soluvchi yurak ritmi sekinlashganida yurak ritmini sun'iy yurgizuvchisini qo‘llash tavsiya etiladi.
Kardiogen shok va vazodilatatsiya oqibatida yuzaga kelgan gipotenziyani kaltsiy preparatlari bilan bartaraf etish mumkin (10-20 ml 10% li kaltsiy xloridi yoki glyukonati vena ichiga sekin yuboriladi, so‘ngra zarurati bo‘lganida takrorlanadi). Buning oqibatida kaltsiyning zardobdagi darajalari normaning yuqori chegarasiga erishishi mumkin yoki ahamiyatli darajada yuqori bo‘lishi mumkin. agar kaltsiyni yuborish yetarli darajada samarali bo‘lmasa, dopamin yoki noradrenalin kabi simpatomimetiklarni qo‘llash maqsadga muvofiq. Bu preparatlarning dozasi erishilgan davolash samarasiga qarab tanlanadi.
Suyuqlikni qo‘shimcha yuborishga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, chunki buda yurakka yuklamani oshishi xavfi ortadi.
Chiqarilish shakli
5 ml yoki 25 ml dan flakonlarda. 1 flakondan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» JAJ.
Ishlab chiqaruvchi
ning manzili va uni faoliyat ko‘rsatish joyi manzili
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch.,74
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot haqida ma'lumot
“Farmak” JAJ O‘zbekistondagi vakolatxonasi
100000, Tooshket sh., A.Qodiriy ko‘ch., 39.
Tel./faks 235-77-13, 235-67-05.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.