Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xartil Amlo kaps. 10/5mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Рамиприл, амлодипин
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
10 мг/5 мг
Производитель
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotlarni saqlaydi
1.Xartil® Amlokapsulalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
2.Xartil® Amlo kapsulalari preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Xartil® Amlo kapsulalarini qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalari
5.Xartil® Amlo kapsulalari preparatini qanday saqlash kekrak
6.
Yaroqlilik muddati
7.
Dorixonalardan berish tartibi
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
1. Xartil® Amlo kapsulalari preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
Xartil® Amlo preparati ikki ta'sir etuvchi moddaning majmuasini saqlaydi ramipril va amlodipin. Ramipril – AAF (angiotenzinga-aylantiruvchi ferment) ingibitori deb nomlanuvchi dori vositalari guruhiga, amlodipin esa kaltsiy kanallari blokatorlari deb nomlanuvchi dori vositalari guruhiga mansub.
Ramiprilning ta'siri quyidagilardan iborat
• Sizning organizmingizda arterial bosimni oshishini chaqirishi mumkin bo‘lgan moddalarning ishlab chiqarilishini pasaytiradi.
• Sizning qon tomirlaringizni kengaytiradi va bo‘shashtiradi
• Qonni haydash bo‘yicha Sizning yuragingiz ishini yengillashtiradi.
Amlodipinning ta'siri
• Qon oqimini yengillashtirib, Siz qon tomirlaringizni bo‘shashtiradi va kengaytiradi.
Xartil® Amlo majmuaviy preparatdagi ikkala alohida preparat huddi shu dozada bir vaqtda majmuada ham, alohida ham qo‘llanilganda adekvat ta'sir ko‘rsatadigan qon bosimi yuqori (gipertenziyasi) bo‘lgan patsentlarni davolash uchun qo‘llanishi mumkin.
2. Xartil® Amlo kapsulalarini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
Xartil® Amlo kapsula preparatini qabul qilmang
• agar Sizda ramiprilga, amlodipinga (faol moddalar), kaltsiy kanallarining digidropiridin blokatorlariga yoki AAF ingibitorlari preparatlari, shuningdek 6-bo‘limda keltirilgan Xartil® Amlo preparatining yordamchi moddalardan birontasiga allergiya bo‘lsa;
Allergik reaktsiyaning belgilari bo‘lib qichishish, terini qizarishi, nafas olishni qiyinlashishi bo‘lishi mumkin;
• agar Sizda chap qorinchadan qonni chiqib ketishiga to‘sqinlik qilayotgan aortal klapanning jiddiy torayishi (og‘ir darajadagi aortal stnoz) bo‘lsa, bunda yurak organizmni yetarli darajada qon bilan ta'minlay olmaydi;
• agar Sizda qachonlardir angionevrotik shish (Kvinke shishi) deb nomlanuvchi og‘ir allergik reaktsiya bo‘lgan bo‘lsa, uning belgilari bo‘lib qichishish, allergik toshma (eshakemi), qo‘l, oyoq va bo‘yinda qizil dog‘lar, tomoq va tilda shish, ko‘zlar va lablar atrofida shish, nafas olish va yutishni qiyinlashishi hisoblanadi;
• agar Sizga dializ yoki qon filtratsiyasining har qanday boshqa turi buyurilgan bo‘lsa. Bunday hollarda Xartil® Amlopreparatini qabul qilish ishlatilayotgan apparatura yoki membrananing turiga qarab Siz uchun samarasiz yoki xavfli bo‘lishi mumkin;
• agar Sizda buyrakka qon kelishi kamaygan buyrak kasalligi (buyrak arteriyasi stenozi) bo‘lsa;
• agar Sizda qon bosimi anomal past yoki nostabil bo‘lsa. Bunday hollarda davolovchi shifokoringiz o‘z xulosasini berishi kerak;
• agar Sizda miokard infarktidan keyin yurak yetishmovchiligi bo‘lsa.
Agar Sizda yuqorida keltirilgan xolatlardan birontasi bo‘lsa, Xartil® Amlokapsulalarini qabul qilmang. Agar Sizda ishonch bo‘lmasa, Xartil® Amlo ni qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Tibbiy qo‘llashdagi extiyotkorlik choralari
Xartil® Amlo preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing
Quyidagi holatlarda davolovchi shifokoringizga xabar bering
• agar Siz keksa yoshda bo‘lsangiz va Sizga preparatning dozasini oshirish zarur bo‘lsa;
• agar Sizda yurak, jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa;
• agar Sizda arterial bosim to‘satdan oshib ketsa (gipertonik xuruj);
• agar Sizda suv-tuz muvozanatini buzilishi bo‘lsa (qusish, ich ketishi, ko‘p terlash yoki siydik haydovchi preparatlarni uzoq vaqt davomida qabul qilish, shuningdek past-tuzli parhezda bo‘lish yoki dializ o‘tkazish oqibatida suyuqlik va tuzlarni yo‘qotilishi);
• agar Siz ari yoki asalari chaqishiga allergik reaktsiyani kamaytirish (desensibilizatsiya) uchun davolash kursini o‘tishni rejalashtirgan bo‘lsangiz;
• agar Sizga og‘riq qoldiruvchi preparat buyurilgan bo‘lsa. Bu jarroxlik yoki stomatologik operatsiya rejalashtirganda yuz berishi mumkin. Ehtimol buyurilgan muolajadan bir kun oldin Siz Xartil® Amlopreparatini qabul qilishni to‘xtatishingiz va davolovchi shifokoringizga murojaat etishingiz kerak;
• agar Sizda qonda kaliy yuqori darajasi aniqlangan bo‘lsa (qonning biokimyoviy tahlili o‘tkazilganda);
• agar Sizda tizimli qizil yugirik yoki sklerodermiya kabi kollagenoz tomirli kasalliklar bo‘lsa;
Agar Sizda yuqorida keltirilgan holatlardan birontasi bo‘lsa (yoki Siz bunga ishonch hosil qilmasangiz), Xartil® Amlo preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Bu guruh patsiyentlarida preparatni qo‘llashni samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, Xartil® Amlopreparatini bolalar va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Boshqa dori vositalari va Xartil® Amlokapsulalari preparati
Shifokoringizga yoki farmatsevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari xaqida xabar bering.
Bunday hollarda Xartil® Amlo preparati boshqa dori vositalarining samarasiga ta'sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim dori vositalari Xartil® Amlopreparatining samarasiga ta'sir qilishi mumkin.
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering. Ular Xartil® Amlopreparatining samarasiga ta'sir qilishi va samaradorligini yomonlashtirishlari mumkin
-og‘riq va yallig‘lanish simptomlarini yengillashtiruvchi dori vositalari (masalan, ibuprofen, indometatsin yoki aspirin kabi nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP));
-efedrin, noradrenalin va adrenalin kabi past arterial bosim, shok, yurak yetishmovchiligi, astma yoki allergiyani davolash uchun dori vositalari. shifokoringiz sizning arterial bosimingizni nazorat qilishi kerak;
-rifampitsin (tuberkulyozi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun qo‘llanadigan antibiotik);
-dalachoy (depressiyada o‘simliklar bilan davolash)
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga xabar bering, chunki agar Siz ularni Xartil® Amlokapsulalari bilan birga qo‘llanayot bo‘lsangiz, ular nojo‘ya samaralar xavfini oshirishi mumkin
• og‘riq va yallig‘lanish simptomlarini yengillashtirish uchun qo‘llanadigan dori vositalari (masalan, iburofen yoki indometatsin, shuningdek aspirin kabi nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP));
• onkologik kasalliklarda buyuriladigan dori vositalari (ximioterapiya kursini o‘tganda);
• furosemid kabi diuretiklar (siydik haydovchi vositalar);
• spironolakton, triamteren, amilorid, kaliy preparatlari va ozuqa tushining kaliy saqlovchi o‘rinbosarlari, shuningde geparin (qon ivishiga to‘sqinlik qiluvchi preparat) kabi qonda kaliyning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin bo‘lgan dori vositalari;
• prednizolon kabi steroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari;
• allopurinol (qonda siydik kislotasining darajasini kamaytirish uchun qo‘llanadi);
• prokainamid (normal yurak ritmini tutub turuvchi preparat);
• ketokonazol, itrakonazol (zamburug‘li kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun qo‘llanadi);
• ritonavir, indinavir, nelfinavir (oitv-infektsiyalangan patsiyentlarni davolash uchun qo‘llanadi);
• verapamil, diltiazem (bir qator yurak kasalliklari va yuqori arterial bosimni davolash uchun);
• dantrolen (tana haroratining og‘ir o‘zgarishlarida buyuriladigan infuziya).
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringizga xabar bering, chunki Xartil® Amlokapsulalari ularning samarasini o‘zgartirib ta'sir qilishi mumkin
• insulin va qonda qand darajasini pasaytiruvchi ichga qabul qilish uchun preparatlar kabi diabetda davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalari. Xartil® Amloqonda qand darajasini pasaytirishi mumkin. Xartil® Amlo ni qabul qilganda Siz qonda qand darajasini doimo nazorat qilishingiz kerak.
• litiy (ruhiy buzilishlarni davolash uchun preparat). Xartil® Amloqonda litiy darajasini oshirishi mumkin. Sizning qoningizdagi litiyning darajasini davolovchi shifokoringiz doimo nazorat qilishi kerak.
Agar Siz yuqorida sanab o‘tilganlardan birontasi Sizga taalluqli bo‘lsa (yoki Siz bunga ishonch hosil qilmasangiz), Xartil® Amlo preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Xartil® Amlokapsulalarini ovqat va ichimliklar bilan birga qo‘llanishi
• Xartil® Amlopreparati bilan davolanish vaqtida alkogol istemol qilish, Sizda bosh aylanishini chaqirishi mumkin. Agar Xartil® Amlokapsulalari qo‘llanganida Siz qancha ichishingiz mumkinligiga Sizda savol tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Arterial bosimni pasaytirish uchun preparatlarni alkogol bilan qabul qilish sedativ samarani kuchaytiradi.
• Xartil® Amlokapsulalarini ovqat bilan yoki och qoringa qabul qilish mumkin.
• Xartil® Amlopreparatini qabul qilayotgan patsiyentlarga greypfrut va greypfrut sharbati tavsiya etilmaydi, chunki ular amlodipin (preparatning faol moddalaridan biri) darajasini oshirishi mumkin, bu arterial bosimni to‘satdan pasayishiga olib kelishi mumkin (Xartil® Amlopreparatining antigipertenziv samarasini kuchayishi oqibatida).
Fertillik, homiladorlik va emizish davri
Agar Siz xomilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz, yoki bolaga ega bo‘lishni rejalashtirsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu xaqida davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida Xartil® Amlopreparatini qabul qilish mumkin emas.
Agar Siz Xartil® Amlopreparati bilan davolash kursi vaqtida homilador bo‘lsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringizga darhol xabar berishingiz kerak.
Tegishli muqobil davolashga o‘tish rejalashtirilgan homiladorlikkaga amalga oshirilishi kerak.
Emizish
Emizish davrida Xartil® Amlopreparatini qabul qilish mumkin emas.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Xartil® Amlopreparati Sizning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatingizga ta'sir qilishi mumkin. Agar Xartil® Amloni qo‘llanilganda Sizda bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yoki toliqish paydo bo‘lsa, Siz transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanishingiz kerak.
3. Xartil® Amlopreparatini qanday qabul qilish kerak
Ushbu preparatni doimo qat'iy shifokorning buyurishi bo‘yicha qabul qiling. Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Dozalash tartibi
• Tavsiya etilgan doza davolovchi shifokoringiz buyurgan dozadagi preparatning 1 kapsulasini tashkil etadi.
• Terapevtik samaraga qarab, davolovchi shifokoringiz dozani oshirishi yoki o‘zgartirishi mumkin.
• Maksimal doza 10 mg/10 mg dozali preparatning 1 kapsulasini bir kunda bir marta tashkil qiladi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Preparatni jigar va buyrak kasalliklarida buyurilishi
Jigar va buyrak kasalliklarida preparatning dozasi o‘zgartirilishi mumkin.
Preparatni keksa odamlarga buyurilishi
Davolovchi shifokoringiz preparatning boshlang‘ich dozasini kamaytiradi va yengil dozalash tartibini buyuradi. Xartil® Amloni haddan tashqari keksa va yordamsiz patsiyentlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Preparatni bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga buyurilishi
Ushbu yosh guruh patsiyentlarda preparatning samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda Xartil® Amlopreparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Agar Siz preparatning terapevtik samarasi haddan tashqari kuchli yoki kuchsiz deb hisoblasangiz, Siz davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.
Bu preparatni doimo, tanaffuslarsiz qabul qilish juda muhim. Shifokorning qabulidan oldin kapsulalarni tugashini kutmang.
Qo‘llash usuli
• Bu dori vositasi sutkaning bir vaqtida, har kuni butun kurs davomida, ovqatdan oldin ham, undan keyin ham ichga qabul qilinadi.
• Preparat saqlovchi qattiq kapsulalarni butunligicha, suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
• Qattiq kapsulalarni maydalash yoki chaynash mumkin emas.
• Kapsulalarni greypfrut sharbati bilan birga qabul qilmang.
Agar Siz buyurilganidan ko‘proq Xartil® Amlo kapsulalarini qabul qilgan bo‘lsangiz
Buyurilgandan ko‘proq kapsulalarni qabul qilish arterial bosimni to‘satdan hatto xavfli pasayishini chaqirishi mumkin. Sizda bosh aylanishi, hushdan ketish yoki holsizlik rivojlanishi mumkin. Juda kam hollarda arterial bosimni pasayishi shok chaqirishi mumkin. Bunda inson hushdan ketadi, teri esa sovuq va yopishqoq bo‘ladi. Agar Siz Xartil® Amlo kapsulalarini buyurilgandan ko‘proq qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga darhol xabar bering yoki yaqindagi shifoxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat eting. Shifoxonaga yetib borish uchun avtomobilni o‘zingiz boshqarmang, yaxshisi boshqa shaxsdan Sizni olib borishini so‘rang yoki telefon orqali tez yordam chaqiring. Ishlatilgan o‘ramni saqlang, u Sizda bo‘lsin. Uni ko‘zdan kechirish Siz preparatning aynan qanday dozasini qabul qilganligizni shifokor aniqlashiga yordam beradi.
Agar Siz Xartil® Amlo kapsulalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz kapsulani o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz xavotirlanmang. Preparatni keyingi dozasini belgilangan vaqtda qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang, chunki bu orqali Siz o‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirmaysiz, lekin dozani oshirib yuborilishi xavfini oshirasiz.
Agar Siz Xartil® Amlokapsulalarini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashmaguncha preparatni qabul qilishni to‘satdan to‘xtatish yoki qabul qilinayotgan dozasini o‘zgartirish mumkin emas, chunki bu kasalligingizni qaytalanishiga olib kelishi mumkin. davolovchi shifokor bu preparatni qancha qabul qilishingiz kerakligini aytadi.
Agar Sizda ushbu dori vositasini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham noxush reaktsiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hammada ham paydo bo‘lavermaydi.
Quyida sanab o‘tilgan jiddiy nojo‘ya samaralardan birontasi paydo bo‘lganida Xartil® Amlopreparatini qabul qilmang va darxol shifokorga murojaat eting - Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab qilinishi mumkin
• Yutish yoki nafasni qiyinlashishi bilan kechuvchi yuz, lablar yoki tomoqni shishi, shuningdek qichishish va teri toshma. Bu Xartil® Amlopreparatiga og‘ir allergik reaktsiyalarning belgilari bo‘lishi mumkin.
• Teri tomonidan og‘ir reaktsiyalar, shu jumladan toshma, og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar, mavjud bo‘lgan teri kasalliklarini yomonlashishi, terini qizarishi, po‘rsildoqlar va terini ko‘chishi (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz yoki ko‘p shaklli eritema).
Quyidagi holatlar rivojlanganida darhol davolovchi shifokoringizga xabar bering
• Yurak qisqarishlarini tezlashishi, muntazam bo‘lmagan yoki kuchli yurak qisqarishlari (yurak urishini his qilish), ko‘krakda og‘riq, ko‘krak qafasida bosilish hissi yoki jiddiyroq kasalliklar, shu jumladanmiokard infarkti va insult;
• Hansirash yoki yo‘tal. Bu nafas faoliyatini buzilishi belgisi bo‘lishi mumkin;
• Terida qon talashlarni tez-tez paydo bo‘lishi, odatdagiga nisbatan davomliroq qon ketishi yoki qon ketishini xar qanday belgilari (masalan, milklardan qon ketishi), terida to‘q-qizil nuqtalarni paydo bo‘lishi, odatdagiga nisbatan ko‘proq infektsion kasalliklarni rivojlanishi, tomoq og‘rig‘i va tana haroratini oshishi, charchoqlik, xolsizlik, bosh aylanishi, teri qoplamalarini oqarishi. Bu simptomlar suyak ko‘migining yoki qon yaratish a'zolarining kasalliklariga ishora qilishi mumkin.
• Belda aks etuvchi qorinda keskin og‘riq. Bu simptomlar pankreatit (me'da osti bezining yallig‘lanishi) ga ishora qilishi mumkin;
• Isitma, etni uvishishi, toliqish, ishtaxani yo‘qolishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, teri yoki ko‘zlarni sarg‘ayishi (sariqlik). Bu simptomlar jigar kasalliga ishora qilishi mumkin, masalan gepatit (jigarni yallig‘lanishi) yoki jigar to‘qimasini shikastlanishi.
Boshqa nojo‘ya samaralari (agar sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralardan birontasi kuchaysa yoki bir necha kundan uzoqroq davom etsa, davolovchi shifokoringizga murojaat eting) quyidagilarni o‘z ichiga oladi
Tez-tez (100patsiyentdan 1-10 tasida qayd etiladi)
• uyquchanlik (ayniqsa davolashni boshida);
• yurak urishini kuchayishi (yuragingizni urishini his qilishingiz), yuzni qizarishi;
• to‘piq bo‘g‘imlarini shishi (shishlar);
• bosh og‘rig‘i yoki toliqish hissi;
• bosh aylanishi. Bu ko‘pincha Xartil® Amlopreparati bilan davolashni boshida yoki uning dozasi oshirilganida uchraydi
• hushdan ketish, gipotenziya (arterial bosimni anomal pasayishi), ayniqsa Siz yotgan holatdan tez turganingizda yoki o‘tirganingizda;
• quruq, ta'sirlovchi yo‘tal, burun bo‘shliqlarini yallig‘lanishi (sinusit) yoki bronxit, hansirash;
• po‘rsildoqlar hosil bo‘lishi bilan yoki usiz kechuvchi terida toshmalar;
• ko‘krakda og‘riq;
• mushaklarda tirishish yoki og‘riq;
• hushdan ketish;
• qonda kaliy darajasini oshishi (qonning biokimyoviy tahlilini o‘tkazish natijasida aniqlangan)
Tez-tez emas (1000patsiyentdan 1-10 tasida qayd etiladi)
• kayfiyatni o‘zagarishi, uyqusizlik
• qaltirash
• ko‘rishni buzilishi (shu jumladan, diplopiya), quloqda shang‘illash
• aksirish/tumov
• ichak motorikasini buzilishi (shu jumladan, diareya va qabziyatlar)
• sochlarni to‘kilishi
• ekzantema
• siyishni tezlashishi, ayniqsa kechasi, erektsiyaga erishishni qiyinlashishi va erishib bo‘lmaslik
• o‘zini yomon his qilish
• belda og‘riq
• tana vaznini oshishi yoki kamayishi
• erkaklarda sut bezlarida diskomfort hissi yoki kattalashishi
• muvozanatni buzilishi (bosh aylanishi)
• qichishish va uvishish, sanchish, achishish yoki terida chumoli o‘rmalashi (paresteziya) kabi terida odatdagi bo‘lmagan hislar
• ta'm bilashni yo‘qolishi yoki o‘zgarishi
• uyquni buzilishi
• depressiya, bezovtalik, yuqori asabiylik yoki qo‘zg‘aluvchanlik
• burunni bitishi, nafas olishni qiyinlashishi yoki astmani kechishini zo‘rayishi
• ichak shishini paydo bo‘lishi (ichakning angionevrotik shishi deb nomlanuvchi), qorinda yaqqol og‘riqlar, quchish va ich ketishi
• jig‘ildon qaynashi, qabziyat yoki og‘izni qurishi hissi
• kun davomida ajralayotgan siydik xajmini oshishi
• ko‘p terlash
• ishtahani pasayishi yoki oshishi (anoreksiya)
• yurak urishini tezlashishi yoki aritmiya
• qo‘l va oyoqlarni shishi. Bu Sizning organizmingizda ortiqcha suyuqlik miqdori tutib qolinishini bildirishi mumkin
• ko‘rishni noaniqligi
• bo‘g‘imlarda og‘riq
• isitmalash holatlari
• erkaklarda jinsiy ojizlik, erkaklar va ayollarda jinsiy mayilni pasayishi
• qon tahlilini o‘tkazish natijasida aniqlangan ayrim oq qon xujayralari darajasini oshishi (eozinofiliya)
• qon tahlili va biokimyoviy tahlil natijasida aniqlangan jigar, me'da osti bezi va buyraklarning funktsional qobiliyatini o‘zgarishi
• miokard infarkti
Kam hollarda (10000 patsiyentdan 1-10 tasida qayd etiladi)
• o‘zini yomon his qilish yoki ongni chalkashishi
• tilni qizarishi va shishi
• terini yaqqol qavatlarga ajralishi yoki kepaklanishi, qichishish, yo‘l-yo‘l teri toshmasi
• tirnoq kasalliklari (masalan, tirnoqlarni kuchsizlanishi yoki ko‘chishi)
• terida toshma yoki qon talashlar
• terida dog‘lar va qo‘l-oyoqlarni sovushi
• ko‘zlarni qizarishi, qichishish, shish yoki ko‘z yoshi oqishini namoyon bo‘lishi
• eshitishni buzilishi
• qon tahlilini o‘tkazish natijasida aniqlangan eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar sonini kamayishi yoki gemoglobin darajasini pasayishi.
Juda kam xollarda (10000 patsiyentdan 1 tasidan kamrog‘ida qayd etiladi)
• qonda qand darajasini oshishi
• eshakemi
• qorinni dam bo‘lishi yoki gastrit
• me'da osti bezini yallig‘lanishi
• jigarni yallig‘lanishi, terini sarg‘ayishi (sariqlik)
• quyosh nurlariga sezuvchanlikni oshishi
• eksfoliativ dermatit
• milklarni kattalashishi
• mushaklar tonusini oshishi
• qon tomirlarni yallig‘lanishi
Qayd etilgan boshqa nojo‘ya samaralar (tez-tezligi noma'lum)
Agar quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralardan birontasi kuchaysa yoki bir necha kundan uzoqroq davom etsa, iltimos, davolovchi shifokoringizga murojaat eting
• diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi
• ahamiyatsiz yaralarni paydo bo‘lishi bilan kechuvchi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi
• qon tahlilini o‘tkazish natijasida aniqlangan qon tanachalari sonini kamayishi
• biokimyoviy tahlilini o‘tkazish natijasida aniqlangan qonda natriy kontsentratsiyasini pasayishi
• sovuqda yoki hayajonlanganda qo‘l kafti rangini o‘zgarishi, xuruj so‘ngida esa, qon aylanishi tiklanganda – qizish hissi va og‘riqli sanchish hissi (Reyno sindromi)
• psixomotor reaktsiyalarni sekinlashishi yoki buzilishi
• hid bilishni buzilishi
• psoriaz.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish
Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Siz dori vositalarining nojo‘ya samaralarini qayd etishning milliy tizimi orqali har qanday nojo‘ya samara haqida xabar berishingiz mumkin. Sizning xabarlaringiz tufayli, bu dori vositasining xavfsizligi xaqida qo‘shimcha ma'lumot olishga yordam berasiz.
5. Xartil® Amlokapsulalari preparatini qanday saqlash kerak
30oS dan past haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sifatining yomonlashganini aniq belgilari (masalan, rangini o‘zgarishi) paydo bo‘lganida Xartil® Amlokapsulalarini qo‘llash mumkin emas.
6.
Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati
o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
ning o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldin olishga yordam beradi.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
Xartil® Amlo kapsulalari nima saqlaydi
Ta'sir etuvchi moddalar
Xartil® Amlokapsulalari 2,5 mg/2,5 mg
har bir kapsulada 2,5 mg ramipril va 2,5 mg amlodipin (3,475 mg amlodipin besilati ko‘rinishida) saqlaydi.
Xartil® Amlokapsulalari 5 mg/5 mg
har bir kapsulada 5 mg ramipril va 5 mg amlodipin (6,95 mg amlodipin besilati ko‘rinishida) saqlaydi.
Xartil® Amlokapsulalari 10 mg/5 mg
har bir kapsulada 10 mg ramipril va 5 mg amlodipin (6,95 mg amlodipin besilati ko‘rinishida) saqlaydi.
Xartil® Amlokapsulalari 5 mg/10 mg
har bir kapsulada 5 mg ramipril va 10 mg amlodipin (13,90 mg amlodipin besilati ko‘rinishida) saqlaydi.
Xartil® Amlokapsulalari 10 mg/10 mg
har bir kapsulada 10 mg ramipril va 10 mg amlodipin (13,90 mg amlodipin besilati ko‘rinishida) saqlaydi.
Yordamchi moddalar
Kapsula ichidagisi
krospovidon, gipromelloza, mikrokristall sellyuloza, glitserol dibegenati.
Kapsulalar
2,5 mg/2,5 mg kapsulalar (qopqog‘i va asosi)
temir (III) oksidi, titan dioksidi, jelatin
5 mg/5 mg kapsulalar (qopqog‘i va asosi)
FCF+FD brilliant ko‘ki va S ko‘ki 1, AS+FD qizil allyura va S qizil 40, titan dioksidi, jelatin
5 mg/10 mg kapsulalar (qopqog‘i va asosi)
titan dioksidi, temir (III) oksidi, azorubin, karmoizin, indigokarmin +FD va S ko‘ki 2, jelatin
10 mg/5 mg kapsulalar (qopqog‘i va asosi)
titan dioksidi, temir (III) oksidi, FCF+FD brilliant ko‘ki va S ko‘ki 1, AS+FD qizil allyura va S qizil 40, jelatin
10 mg/10 mg kapsulalar (qopqog‘i va asosi)
azorubin, karmoizin, indigokarmin+FD va S ko‘ki 2, titan dioksidi,jelatin.
Xartil® Amlokapsulalarining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi
Xartil® Amlokapsulalari 2,5 mg/2,5 mg
Tiniq bo‘lmagan och-pushti rangli asosli va tiniq bo‘lmagan och-pushti rangli qopqoqchali o‘zi yopiladigan markirovkasiz CONI-SNAP 3 qattiq jelatin kapsullar. Kaasula ichidagisi oq yoki deyarli oq rangli, hidsiz yoki deyarli hidsiz, mexanik kiritmalarni saqlamaydigan granulalar va kukunlar aralashmasi.
Xartil® Amlokapsulalari 5 mg/5 mg
Tiniq bo‘lmagan och-pushti rangli asosli va tiniq bo‘lmagan och-to‘q qizil rangli qopqoqchali o‘zi yopiladigan markirovkasiz CONI-SNAP 3 qattiq jelatin kapsullar. Kapsula ichidagisi oq yoki deyarli oq rangli, hidsiz yoki deyarli hidsiz, mexanik kiritmalarni saqlamaydigan granulalar va kukunlar aralashmasi.
Xartil® Amlokapsulalari 10 mg/5 mg
Tiniq bo‘lmagan och-pushti rangli asosli va tiniq bo‘lmagan och-to‘q qizil rangli qopqoqchali o‘zi yopiladigan markirovkasiz CONI-SNAP 0 qattiq jelatin kapsullar. Kapsula ichidagisi oq yoki deyarli oq rangli, hidsiz yoki deyarli hidsiz, mexanik kiritmalarni saqlamaydigan granulalar va kukunlar aralashmasi.
Xartil® Amlokapsulalari 5 mg/10 mg
Tiniq bo‘lmagan och-pushti rangli asosli va tiniq bo‘lmagan to‘q-to‘q qizil rangli qopqoqchali o‘zi yopiladigan markirovkasiz CONI-SNAP 0 qattiq jelatin kapsullar. Kapsula ichidagisi oq yoki deyarli oq rangli, hidsiz yoki deyarli hidsiz, mexanik kiritmalarni saqlamaydigan granulalar va kukunlar aralashmasi.
Xartil® Amlokapsulalari 10 mg/10 mg
Tiniq bo‘lmagan to‘q-to‘q qizil rangli asosli va tiniq bo‘lmagan to‘q-to‘q qizil rangli qopqoqchali o‘zi yopiladigan markirovkasiz CONI-SNAP 0 qattiq jelatin kapsullar. Kapsula ichidagisi oq yoki deyarli oq rangli, hidsiz yoki deyarli hidsiz, mexanik kiritmalarni saqlamaydigan granulalar va kukunlar aralashmasi.
O‘rami
7 yoki 1 kapsuladan blisterda. 4 blister x 7 (28 kapsula), 8 blister x 7 (56 kapsula), 3 blister x 10 (30 kapsula) yoki 9 blister x 10 (90 kapsula) tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
MARKETINGGA LITSENZIYA EGASI VA ISHLAB CHIQARUVCHI
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YOAJ
1106 Budapesht, Keresturi ko‘ch., 30-38
VENGRIYA
Ishlab chiqarish maydonchasi
“Farmatsevticheskiy zavod EGIS” YOAJ
1165 Budapesht, Byokenfyoldi ko‘ch., 118-120
9900 Kyormend, Matyash kiray ko‘ch., 65

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.